Authors

  • Ishmuratova Gulshan Davletmuratovna

Author Biography

  • Ishmuratova Gulshan Davletmuratovna

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi MBA-Kichik biznes va tadbirkorlik tinglovchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119213

Keywords:

agrar sektor oziq-ovqat taʼminoti kichik biznes subyekti moliyaviy yetishmovchilik investitsiya innovatsiya kooperatsiya davlat qoʻllab-quvvatlashi.

Abstract

Maqolada agror sohada kichik biznes subyektlarini rivojlantirish yoʻllari keltiriladi. Qishloq xoʻjaligining inson xoʻjalik faoliyatidagi asosiy oʻrni insonlarni oziq-oqat mahsulotlari bilan taʼminlashdan iborat. Ushbu sohani rivojlantirishning asosiy omillaridan biri bu tarmoqda kichik biznesni ulushini oshirishdir. Sababi kichik biznes birinchi navbatda yangi ish oʻrinlarini yaratish, raqobatni kuchaytirish va boshqa qator imkoniyatlarni ochib beradi. Maʼlumki, bugungi kunda barcha sektorda kichik biznesning ulushini oshrishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xuddi shu kabi aynan agrar sohada kichik biznesni qoʻllav quvvatlanishidan koʻzlanayotgan maqsad ish oʻrinlari yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini taʻminlash va iqtisodiy barqarorlikni oshirishdan iborat. Maqolada sohada kichik biznes subyektlarining moliyaviy, yer va yer resuralariga ega boʻlishdagi muammolari, texnologiya muammolari, kadrlar salohiyati va ekologik muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar koʻrib chiqiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_Март –2025

154

QISHLOQ XOʻJALIGIDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI

RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI

Ishmuratova Gulshan Davletmuratovna

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va

tadbirkorlik oliy maktabi MBA-Kichik biznes va tadbirkorlik tinglovchisi

Annotatsiya:

Maqolada agror sohada kichik biznes subyektlarini

rivojlantirish yoʻllari keltiriladi. Qishloq xoʻjaligining inson xoʻjalik faoliyatidagi

asosiy oʻrni insonlarni oziq-oqat mahsulotlari bilan taʼminlashdan iborat. Ushbu

sohani rivojlantirishning asosiy omillaridan biri bu tarmoqda kichik biznesni ulushini

oshirishdir. Sababi kichik biznes birinchi navbatda yangi ish oʻrinlarini yaratish,

raqobatni kuchaytirish va boshqa qator imkoniyatlarni ochib beradi. Maʼlumki,

bugungi kunda barcha sektorda kichik biznesning ulushini oshrishiga katta eʼtibor

qaratilmoqda. Xuddi shu kabi aynan agrar sohada kichik biznesni qoʻllav

quvvatlanishidan koʻzlanayotgan maqsad ish oʻrinlari yaratish, oziq-ovqat

xavfsizligini taʻminlash va iqtisodiy barqarorlikni oshirishdan iborat. Maqolada

sohada kichik biznes subyektlarining moliyaviy, yer va yer resuralariga ega

boʻlishdagi muammolari, texnologiya muammolari, kadrlar salohiyati va ekologik

muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar koʻrib chiqiladi.

Kalit soʻzlar:

agrar sektor, oziq-ovqat taʼminoti, kichik biznes subyekti,

moliyaviy yetishmovchilik, investitsiya, innovatsiya, kooperatsiya, davlat qoʻllab-

quvvatlashi.

KIRISH

Iqtisodiyotning asosiy ahamiyat kasb etadigan va boshqa tarmoqlarga hom-

ashyo yetkazib beradigan, inson xoʻjalik faoliyatida birinchi boʻlib paydo boʻlgan

tarmoq bu qishloq xoʻjaligi tarmogʻi hisoblanadi. Tarmoqning paydo boʻlishi tosh

davriga borib taqaladi. Shu davrdanoq insonlar bugungi kunda ishlab chiqarish

jarayonida asosiy kapital boʻlib xizmat qilayotgan yer resursidan oddiy mehnat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_Март –2025

155

qurollaridan foydalangan holda mahsulot yetishitira boshlagan va bugungi kungacha

shu asnoda oʻz ehtiyojlarining katta qismini qondirib kelishmoqda.

Soha aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini taʻminlash,

eksport hajmini oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish kabi muhim vazifalarni

bajaradi. Kichik biznes subyektlari ushbu jarayonda muhim oʻrin tutadi, chunki ular

resurslardan samarali foydalanish, mahalliy bozorni qoʻllab-quvvatlash, eksport

salohiyatini oshirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, monopoliyani cheklash va

raqobatni kuchaytirish orqali sifat koʻrsatkichini yuqori bosqichga olib chiqish, katta

kompaniyalarga nisbatan inqiroz paytida tezroq moslashishi va va innovatsiyalarni

joriy etish imkoniyatlariga ega. Shu bilan birga kichik biznes subyektlari faoliyatida

bir nechta muammolar sodir boʻlmoqda, jumladan, moliyaviy yetishmovchilik, yer

ajratishdagi byurokratik toʻsiqlar, marketing strategiyalarining sustligi, ekologik

muammolar va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishdagi cheklovlar. Ushbu

maqolada qishloq xoʻjaligidagi kichik biznes subyektlarini rivojlantirish yoʻllari va

ularni samarali faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar tahlil qilinadi.

ASOSIY QISM

Qishloq xoʻjaligida kichik biznes subyektlarining ahamiyatini bilish uchun

dastlab kichik biznes subyekti tushunchasiga toʻliq izoh berish talab qilinadi. Kichik

biznes subyektlari - mustaqil mulk egaligiga, xoʻjalik faoliyatini mustaqil tashkil

etishga asoslangan va oʻz tarmogʻida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Turli

mamlakatlarda kichik biznes subyektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar

sifatida korxonada band boʻlgan ishlovchilar soni, korxonaning tovar aylanmasi,

aktivlar, kapitallar, foyda miqdori va boshqa koʻrsatkichlardan foydalaniladi.

Masalan, AQShda koʻpgina tarmoqlarda ishlovchilar soni 100 kishidan, ishlov

beruvchi sanoatda 500 kishidan kam xodimlar ishlaydigan korxonalar kichik biznesga

kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining joriy, amaldagi milliy iqtisodiyotida biznes

subyektlari mamlakat qonunchiligia asosan kichik, oʻrta va yirik biznes subyektlariga

boʻlinadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston

Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_Март –2025

156

birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi. Bugungi kunda tadbirkorlik

faoliyati bilan bogʻliq 5 000 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. Ularning

tarqoq holda va nihoyatda koʻp miqdorda qabul qilinganligi zarur boʻlgan

qonunchilik hujjatini topish hamda amalda qoʻllashda qiyinchiliklarni yuzaga

keltirmoqda. Mazku kodeksni qayta koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 22-yanvardagi 358-V-

son qarori qabul qilindi. Biroq qoʻshimcha manbalarni oʻrganish natijasida iqtisodiyot

nazariyasida biznes subyektlarini quyidagicha tasniflanishini oʻrganish mumkin:

Shuningdek,

Oʻzbekiston

Respublikasining

2012-yil

2-maydagi

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni 5-mollasida

yakka tartibdagi tadbirkorlar(YATT), ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan

xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma kishi, xizmat koʻrsatish

sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa tarmoqlardagi, band

boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, ulgurji, chakana

savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining

oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar kichik tadbirkorlik

subyektlari deb belgilangan.

Qishloq xoʻjaligi boʻlsa, moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan

biri boʻlib, quyidagi asosiy yoʻnalishlarga boʻlinadi:

Dehqonchilik – don, poliz, mevali va sabzavot ekinlarini yetishtirish;

Chorvachilik – mol, qoʻy, echki, ot parranda va boshqa hayvonlarni boqish;

Bogʻdorchilik va uzumchilik – mevali daraxtlar va uzumzorlarni parvarish

qilish;

Pilla va asalarichilik – ipak qurti va asalarilarni boqib, ipak hamda asal

mahsulotlari yetishtirish kabi yoʻnalishlar.

Qishloq xoʻjaligi sohasi orqali aholi oziq-ovqat mahsulotlari va xalq

xoʻjaligining bir qancha tarmoqlari xom-ashyo bilan taʼminlanadi. Qishloq xoʻjaligi

oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham

oʻz ichiga oladi. Moddiy ishlab chiqarishning boshqa jami sohalaridan farq qilgan

holda qishloq xoʻjaligi juda katta maydonlarda va hududiy xilma-xil sharoitlarda olib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_Март –2025

157

boriladi. Unda yer asosiy ishlab chiqarish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek,

yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan

foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish davri ish davri bilan mos

tushmaydi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik

hisoblanadi.

Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri.

Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va

boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi

hayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila

dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari

parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.

Yuqorida mavzuga oid hisoblangan va maqolaning asosiy mohiyatini oʻzida

aks ettiradigan ikkita tushuncha – kichik biznes subyekti va qishloq xoʻjaligi sohasi

boʻyicha yetarli tushuncha keltirib oʻtildi.

Quyida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb

sayti – stat.uz saytidan olingan statistik maʼlumotda kichik biznes subyektlari

tomonidan oʻtgan 2023-yil va 2024-yillar davomida respublika hududining viloyatlari

kesimida qancha miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqarilganligini koʻrish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab

chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi toʻgʻrisida

Qishloq xoʻjaligida kichik biznes subyektlarini rivojlantirish yoʻllari sifatida

quyidagilarni keltirish mumkin:

Aholi xonadonlarida mavjud uy va dala tomorqa yer maydonlaridan samarali

foydalanish. Uy sharoitida qishloq xoʻjaligi faoliyatlarini, jumladan, chorvachilik

(qoramol, parranda, qoʻychilik), parrandachilik, meva va sabzavot yetishitirish,

issiqxona tashkil qilish va boshqa shu kabi yoʻnalishlarni tashkil qilish lozim. Shu

orqali birinchidan xonadondagi ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanadi,

shuningdek, daromad manbayi yaratiladi, qolaversa pirovard mahsulot yetishtirilishi

natijasida qoʻshimcha oziq-ovqat taʼminoti paydo boʻladi. Bu yoʻl orqali dastlab oʻz


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_Март –2025

158

faoliyatini jismoniy shaxs sifatida boshlagan fuqarolar keyinchalik kichik biznes

subyektiga aylantirish imkoniyatlari yaratiladi;

Kichik biznes subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratish orqali qishloq xoʻjaligi

sohasida ularni qoʻllab-quvvatlash. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining 02.04.2024-yildagi PQ-149-son qarori ijrosi yuzasidan 2024-yil 1-

apreldan boshlab dasturlar doirasida kreditlar oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy

shaxslarga:

a) 33 million soʻmgacha, bir yildan soʻng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik

faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab

guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qoʻshimcha 50 mln soʻmgacha;

b) ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yoʻnalishlarida

(parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham

issiqxona) foydalanishi uchun;

v) yer maydoni 10 sotixdan ortiq boʻlgan tomorqa yer egalariga va

ijarachilarga 50 mln soʻmgacha garovsiz;

g) 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini

tashkil etish uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz ajratilib kelinmoqda. Ushbu kreditlar

yuqoridagi qarorga muvofiq 3 yildan 4 yilgacha muddatga 6 oydan 1 yilgacha

imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt

yuqori stavkada, yaʼni 17,5 foiz stavkada ajratilmoqda.

Sohada kichik biznes subyektlarini rivojlantirishning ikkinchi yoʻli sifatida

mazkur imtiyozli kredit shartlarini yanada yengillashtirish lozim. Tadbirkorlarga

qulay moliyaviy shartlar asosida asosan muddatini uzaytirish va yillik foiz stavkasi –

17,5 foizni pasaytirish.

Xususiy sektordagi jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz mablagʻlari

hisobidan investitsiya kiritishni qoʻllab-quvvatlash, sohada soliq imtiyozlarini joriy

qilish orqali sohada kichik biznes subyektlarini rivojlantirish;

Davlat tomonidan sohada grantlar tartibini takomillashtirish, shuningdek,

bugungi kun amaliyotida koʻrish mumkin subsidiya ajratish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu amaliyotni uzoq muddatli miqdori yetarli darajadagi limitlangan ssudalar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_Март –2025

159

ajratish islohoti bilan almashtirish lozim. Sababi agar talab qilinadigan miqdordagi

moliyalashtirish manbayi mavujd boʻlsa, kishloq xoʻjaligidagi loyihalarni toʻliq

moliyalashtirish imkoniyati paydo boʻladi;

Davlat dasturlari asosida sohada imtiyozli shartlar asosida imkoniyatlar

yaratib berish. Misol sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2021-

yildagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish,

qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-20-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

05.04.2024-yildagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va

bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-153-son qarorlarini kelitirish mumkin;

Malakali kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Kichik biznes subyektlari quyidagi jihatlari bilan qishloq xoʻjaligida muhim

rol oʻynaydi:

mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʻminlash;

ish oʻrinlarini yaratish va qishloq aholisi daromadini oshirish;

innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ekologik toza mahsulotlar ishlab

chiqarish;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish orqali milliy iqtisodiyotga hissa

qoʻshish.

Xulosa

Qishloq xoʻjaligidagi kichik biznes subyektlari iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy

barqarorlikni taʻminlashda muhim rol oʻynaydi. Ularning samarali faoliyat yuritishi

uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, innovatsiyalarni joriy qilish, kooperatsiyalarni

rivojlantirish va marketing strategiyalarini mustahkamlash talab etiladi. Shuningdek,

davlatning tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash siyosati kichik biznes subyektlari oʻsishi

va rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

Shu sababli, kichik biznes subyektlarini ragʻbatlantirish va ularga qulay muhit

yaratish qishloq xoʻjaligi tarmogʻining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_Март –2025

160

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati tahlili

Tadqiqotni oʻrganish davomida mavzuni qonuniy asoslantirish maqsadida

qonunchilik hujjatlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasining qarori foydalanildi. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasining logosi,

Birinchi jildidan esa asosiy tushunchalarga nazariy izoh kelitirishda foydalanildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb saytidan statistik

tahlil usuti uchun zarur boʻlgan statistik maʼlumotlar olindi. Shuningdek, sohaga oida

rejalashtirilgan chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023-

yildagi PQ-300-son ““Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz

vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroridan olindi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 22.01.2025-

yildagi 358-V-son qarori;

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023-yildagi PQ-300-son

““Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga

oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori;

3.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasining logosi, Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil;

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb sayti –

stat.uz;

5.

“Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali

Toshkent 2024

yilhttps://lex.uz