Authors

  • Djumaboyev Jaloliddin Zayniddinovich

Author Biography

  • Djumaboyev Jaloliddin Zayniddinovich

    O’zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti

    Jangovar tayyorgarlik sikli katta o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119228

Keywords:

Strategiya Jamoat xavfsizligi Jamoat xafsizligini ta’minlash Ichki ishlar organlari Milliy gvardiya Yo’l xaritasi Ommaviy tadbir Raqamlashtirish.

Abstract

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirishning ahamiyatini nazariy va amaliy jixatlariga ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

44

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI

TA’MINLASH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Djumaboyev Jaloliddin Zayniddinovich

O’zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti

Jangovar tayyorgarlik sikli katta o’qituvchisi

Annotasiya: Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida jamoat

xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirishning ahamiyatini nazariy va amaliy

jixatlariga ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilgan.

Tayanch so’zlar: Strategiya, Jamoat xavfsizligi, Jamoat xafsizligini

ta’minlash, Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Yo’l xaritasi, Ommaviy tadbir,

Raqamlashtirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi

PF-27-son Farmoni 2-ilovasida O’zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini

ta’minlash tizimini rivojlantirish Strategiyasi tasdiqlandi. Strategiyasi 8 ta bob 104 ta

moddadan iborat. Huquq-tartibotni yanada mustahkamlash va jinoyatchilikning yangi

ko’rinishlariga qarshi kurashish zarurati mamlakatimizda jamoat xavfsizligini

ta’minlash bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni belgilab olishni talab etadi. 2022 - 2025

yillarda O’zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini

rivojlantirish

strategiyasining

maqsadi

mamlakatda

jamoat

xavfsizligini

ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo’yicha huquqiy, uslubiy,

ilmiy, tashkiliy choralarni ishlab chiqish va samarali amalga oshirishdan iborat.

Strategiyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish,

tizimlashtirish hamda mavjud huquqiy bo’shliq va ziddiyatlarni bartaraf etish;

jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo’l harakati

xavfsizligini ta’minlash va probasiya faoliyatini uyg’unlashtirish;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

45

jamoat tartibini saqlash, shu jumladan ommaviy tadbirlarni o’tkazishga jalb

qilinadigan vazirlik va idoralar kuch va vositalarining birgalikdagi harakatlanish

algoritmini ishlab chiqish va uni doimiy takomillashtirib borish;

jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga zamonaviy shakl va ish usullarini

hamda ilg’or axborot texnologiyalarini keng joriy etish;

jamoat xavfsizligi tizimini raqamlashtirishni 90 foizga yetkazish orqali xizmat

faoliyatida inson omilini minimallashtirish;

profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probasiya nazoratidagi shaxslar

tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish.

Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarni O’zbekiston Respublikasi jamoat

xavfsizligi konsepsiyasiga asoslangan holda 2025 yil yakuniga qadar to’liq amalga

oshirish nazarda tutilgan.

Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarning samarali bajarilishini tashkil

etish uchun O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Strategiyada belgilangan

vazifalarning sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya va boshqa

mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili qo’shma dastur va «yo’l

xarita»larini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi va

ularning ijrosini muvofiqlashtiradi.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini rivojlantirish

Jamoat xavfsizligi sohasida yagona qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish va

qabul qilish orqali jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo’l

harakati xavfsizligini ta’minlash va probasiya sohasidagi munosabatlar va

vakolatlarni tartibga soluvchi 200 dan ortiq normativ-huquqiy va idoraviy normativ

hujjatlar normalari va qoidalarini birlashtirish.

Jamoat xavfsizligiga xavflarning holati va darajalarini belgilovchi mezonlarni

va asosiy ko’rsatkichlarni (indikatorlarni) ishlab chiqish hamda joriy etish.

Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada

takomillashtirish, davlat organlari hamda servis-xizmat ko’rsatish subyektlarining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

46

mazkur yo’nalishdagi vazifa va funksiyalarini belgilovchi yagona qonun hujjati

loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish.

Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probasiya nazoratidagi shaxslarga

o’rnatiladigan cheklovlar, shuningdek, ularning zimmasiga yuklanadigan

majburiyatlar doirasini va ularga rioya etilishini ta’minlash mexanizmlarini aniq

belgilash.

Ilg’or xorijiy tajribaga tayangan holda yo’l harakatini tashkil etishda vakolatli

davlat organlari va jamoat tuzilmalarining faoliyatini va o’zaro hamkorligini «Ravon

yo’l» tamoyili asosida tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda ularning vakolatlari

doirasini aniq belgilashni nazarda tutgan holda, ushbu sohadagi munosabatlarni

to’g’ridan-to’g’ri qonun normalari bilan tartibga solish, «Yo’l - piyoda uchun»

tamoyilini keng joriy etish.

Yo’l harakati xavfsizligi qoidalarini muntazam ravishda qasddan

buzuvchilarga, og’ir oqibatlarga olib kelgan yo’l-transport hodisalarini sodir

etganlarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish, shu jumladan ilg’or xorijiy

tajribalarni hisobga olgan holda, transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq

muddatga mahrum qilish tarzidagi jinoiy-huquqiy ta’sir chorasini joriy qilish.

Ommaviy tadbirlarni o’tkazish qoidalarini tartibga soluvchi qonun loyihasini

ishlab chiqish va qabul qilish.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini

tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashga vakolatli bo’lgan davlat organlari

xodimlarining qonuniy talablariga bo’ysunmaslik hamda faol qarshilik ko’rsatish

harakatlarining oldini olish tartib va mexanizmlarni belgilash.

Majburiy jamoat ishlari jazosini qo’llashga doir normalarni, ushbu jazoni ijro

etish mexanizmlarini takomillashtirish.

Axloq tuzatish ishlari jazosini band bo’lmagan shaxslarga tayinlash

amaliyotiga doir muammoni bartaraf etish.

Jazoni o’tashdan bo’yin tovlagan shaxslarning jazosini og’irroq jazoga

almashtirish tartiblarni takomillashtirish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

47

Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish

markaziga joylashtirishda shaxsni tibbiy ko’rikdan o’tkazishni va unga nisbatan

prosessual harakatlarni markazning o’zida amalga oshirish tartibini joriy etish.

Qurol aylanmasi ustidan nazoratni kuchaytirish, qurol egalarini tibbiy

cheklovlar bo’yicha davriy ravishda tekshirish bo’yicha aniq tartibni belgilash,

o’qotar ov quroliga egalik qilish mezonlarini qayta ko’rib chiqish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashda respublika ovchilik jamiyatlarining rolini

oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish.

Piyodalarni yo’l harakati qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka

tortishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

Qoniqarsiz holati yo’l-transport hodisasiga, ayniqsa, o’limga olib kelgan yo’l

yoki muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi obyektlari tasarrufida bo’lgan

tashkilotlar yoki organ rahbarlaridan moddiy zararni undirish tartibini joriy etish

hamda ularning javobgarligini belgilash.

Transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etiladigan «yo’lda

bezorilik» holatlari bilan ifodalanadigan xatti-harakatlar uchun ma’muriy

javobgarlikni joriy etish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashning uslubiy asoslarini rivojlantirish

Mahalla huquq-tartibot maskanining namunaviy loyihasini ishlab chiqish va

amaliyotga joriy etish.

Respublika bo’yicha mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini to’laqonli

yo’lga qo’yish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy

tartibsizliklarni bartaraf etish bo’yicha 14 ta (Qoraqalpog’iston Respublikasi,

Toshkent shahar va viloyatlar) «Hudud metodikasi»ni ishlab chiqish va amaliyotga

tatbiq etish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashda huquq-tartibot idoralarining kuch va

vositalarini boshqarishning yagona markazlashgan tizimini tashkil etish.

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo’linmalarini

bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo’ysunuviga o’tkazish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

48

hamda yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o’tash tamoyiliga

muvofiq qayta tashkil etish.

Ichki ishlar organlari tarkibida tumanlararo patrul-post xizmati bo’linmalarini

tashkil etish.

Xizmat vazifalarini bajarishda qulayliklar yaratishni va iqlim xususiyatlarini

hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan huquq-tartibot

organlari xodimlari uchun yangi formali kiyim-bosh namunasini ishlab chiqish,

tasdiqlash hamda ularni sifatli va mos o’lchamdagi formali kiyim-bosh bilan

ta’minlash.

Jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarning mast holatda sodir etilganligini,

shuningdek, alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik cheklovi o’rnatilgan shaxsni

ushbu cheklovga rioya etmaganligini aniqlash va tasdiqlash tartibini ishlab chiqish.

Alkogolli ichimlikka ruju qo’ygan, giyohvand, zaxarvand, tajovuzkor ruhiy

kasal shaxslarni majburiy davolash bo’yicha namunaviy dastur ishlab chiqish.

Ekstremistik va yot g’oyalar ta’siriga tushgan shaxslar bilan ishlash va ularda

mafkuraviy immunitetni shakllantirish bo’yicha namunaviy metodikani ishlab

chiqish.

Internet tarmog’ida jamoat xavfsizligi uchun xavf tug’diradigan tahdidlarni

o’z vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo’yicha kompleks tashkiliy-

metodik asoslar va harakatlar mexanizmlarini yaratish.

Guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish vaqtida

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari tomonidan foydalaniladigan maxsus texnik

vositalarni, shuningdek, tezkor axborot almashish, quyi tizimdagi bo’linmalarni

oqilona boshqarish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini

takomillashtirish.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-

tadqiqot

markazlarida

bajariladigan

dissertasion

tadqiqotlar

mavzularini

shakllantirishda

jamoat

xavfsizligini

ta’minlash

amaliyotidagi

dolzarb

muammolarning yechimlariga yo’naltirilgan masalalarga ustuvor ahamiyat qaratish

bo’yicha ta’sirchan mexanizmlarni yo’lga qo’yish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

49

Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probasiya nazoratidagi shaxslarning

o’rnatilgan cheklovlarga rioya etishini va ularning zimmasiga yuklangan

majburiyatlarni bajarishini ta’minlash, tekshirish va nazorat qilish, shuningdek, ushbu

shaxslarga tarbiyaviy va huquqiy ta’sir choralarini qo’llash hamda ularni ijtimoiy

moslashtirish bo’yicha «Harakatlar protokoli»ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq

etish.

Davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini yo’l harakati

xavfsizligini ta’minlash tizimiga va yo’l infratuzilmasini takomillashtirish jarayoniga

joriy etish.

Tranzit va davlat ichki transport oqimi uchun maqbul shart-sharoitlar

yaratishga

yo’naltirilgan

xalqaro

avtomobil

yo’llari

infratuzilmasini

takomillashtirish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini rivojlantirish

Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatining tarkibiy qismlarini ifodalovchi

masalalarni chuqur ilmiy o’rganish asosida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya

ta’lim muassasalari o’quv jarayonida «Jamoat xavfsizligi asoslari» fanini joriy etish,

shu jumladan «Jamoat xavfsizligi asoslari» darsligini tayyorlash.

Profilaktika inspektorlarining ma’muriy hududda ish faoliyatini olib borishi

bo’yicha to’liq mexanizmlarni nazarda tutuvchi «shahar inspektori» va «qishloq

inspektori» modellarini yaratish, joriy etish va ular bo’yicha o’qitishni tashkil etish.

«Jamoat xavfsizligi asoslari» fani predmetiga kiradigan sohalarni yagona ilm

sohasiga birlashtirgan holda, «Jamoat xavfsizligini ta’minlash» ixtisosligini kiritish.

Jamoat xavfsizligi muammolarini o’rganish, ilmiy tadqiq qilish borasida Ichki

ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va

Jamoat xavfsizligi universitetini tayanch metodik bazaga aylantirish.

Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning asl omillarini «ilmiy diagnoz»

asosida aniqlash va «ilmiy diagnoz xulosasi» bilan «E-jamoat havfsizligi» axborot

tizimi orqali rasmiylashtirish tartibini joriy qilish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

50

Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning asl omillarini bartaraf etish

bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ilmiy baholash asosida tahlil qilish va

«ilmiy baholash xulosasi»ni rasmiylashtirish tartibini joriy qilish.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar

markazi va Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Innovasion rivojlanish vazirligi

va Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda jamoat xavfsizligini ta’minlash va

jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi muammolarni hal qilish yo’nalishida

ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va

innovasion loyihalar shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlash.

Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini Jamoat

xavfsizligi universiteti hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi negizida jamoat

xavfsizligi asoslari bo’yicha qisqa muddatli o’quv kurslarida o’qitish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy asoslarini rivojlantirish

Har beshta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskanini namunaviy

loyiha asosida tashkil etish.

«Jinoyat o’choqlari» hisoblangan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar

organlari va Milliy gvardiya bo’linmalarining harbiy xizmatchilari va xodimlaridan

iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyatini yo’lga qo’yish,

ularning vakolat doirasini belgilash va funksional majburiyatlarini tasdiqlash.

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlaridagi ommaviy tadbirlar

o’tkaziladigan obyektlarda, istirohat bog’lari, xiyobonlar va bozorlarda Milliy

gvardiya bo’linmalari tomonidan jamoat tartibini saqlash bo’yicha faoliyat olib

borishning batafsil va aniq huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga

tatbiq etish.

Ommaviy axborot vositalari, telekommunikasiya tarmoqlari va Internet

tarmog’idan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish,

shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha vakolatli davlat organlari

xodimlarini obro’sizlantirish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning

tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

51

Ichki ishlar organlarining axloqqa qarshi huquqbuzarliklar bilan kurashish

faoliyatini, shu jumladan, tashkiliy-tuzilmaviy asoslarini yaratgan holda

takomillashtirish.

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini huquqiy tartibga solishni, shu

jumladan ularning yoshlar tomonidan notibbiy maqsadlarda iste’mol qilinishi

holatlarining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish.

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlashga mas’ul

bo’linmalarining huquqbuzarliklarni aniqlash va ma’muriy jazo choralarini qo’llash

vakolatini kengaytirish.

Mahalla huquq-tartibot maskanlarida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-

tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlash

mexanizmlarini belgilash.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha vakolatli davlat organlari

xodimlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasiga doir imtiyozlardan foydalanishida inson

omilini cheklaydigan avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish.

Hududiy ichki ishlar organlarining ma’muriy binolarini qo’riqlashni Milliy

gvardiya qo’riqlash xizmati tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi tizimini

joriy etish.

Hududiy ichki ishlar organlari patrul-post xizmati bo’linmalari tarkibida

bosqichma-bosqich otliq otryadlarni tashkil etish.

Ota-onasi nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi

oilalarda yashayotgan voyaga yetmaganlar bilan ishlashning yangicha tizimini

yaratish.

Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar

yaratilishini nazarda tutgan holda, respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan

yo’llar tizimini rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Transport va piyodalarning harakatni to’xtatishi va boshlashi to’g’risida

ogohlantirishning zamonaviy signal beruvchi tizimlarini joriy etish, piyodalar uchun

yangi turdagi o’tish joylarini tashkil etish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

52

Yo’l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish, yo’llar sifatini yaxshilash,

transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli sharoitlar yaratish

hisobidan yo’l-transport hodisalari sodir etilishini minimal darajaga keltirish.

Yo’l qurilishi sohasiga oid normativ hujjatlarga (ShNQ, Davlat standarti va

boshq.) zamon talablaridan kelib chiqib tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish.

Jamoat va maxsus transport uchun alohida harakatlanish yo’l polosasi va

zamonaviy velosiped yo’lkalari tashkil etish.

Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligining

jamoat xavfsizligini, shu jumladan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong’in

xavfsizligini ta’minlash faoliyatini amalga oshiruvchi bo’linmalarini zamonaviy

maxsus texnika vositalari bilan ta’minlash.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashning shakl va usullarini rivojlantirish

Sodir etilgan jinoyatlarning asl omillarini aniqlash va bartaraf etishda

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va

muassasalarning vakolat doirasini aniq belgilash.

Bozorlar atrofidagi tirbandliklarni bartaraf etish va fuqarolarga qulayliklar

yaratish maqsadida va transport vositalari sonini hisobga olgan holda, yirik bozorlar

atrofida ushbu bozorlarning daromadlari hisobidan ko’p qavatli yoki yer osti

avtoturargohlari qurilishini tashkil etish.

Shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo’lakchalariga

piyodalar boshqaradigan svetoforlarni o’rnatish.

«Yo’l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi» shiori ostida umumta’lim

muassasalarida «Yo’l harakati qoidalari» bo’yicha o’quv tadbirlarini tashkil etish.

Umumta’lim

muassasalarida

«Harakat

xavfsizligi

sinfxonalari»ni,

mahallalarda «Yo’l harakatini o’rgatish maydonchalari»ni tashkil etish.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yo’l harakati xavfsizligi

asoslarini o’qitish tizimini joriy etib, yo’llarda, chorrahalarda va piyodalar o’tish

joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda ko’rgazmali tarzda o’rgatishni yo’lga

qo’yish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

53

Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati ma’muriy amaliyot bo’linmalari

faoliyatini takomillashtirish, ularning lavozimlarini ofiserlik tarkibiga o’tkazish

hamda birinchi navbatda oliy yuridik ma’lumotli xodimlar bilan butlash tartibini joriy

etish.

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash

bo’linmalari hamda «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini

muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini yo’lga qo’yish.

Fuqarolar orasidan favqulodda vaziyatlarda jalb etiladigan Milliy

gvardiyaning safarbarlik zaxiralarini yaratish tizimini joriy etish.

Ichki ishlar organlari, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Mahalla va

oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa mutasaddi organlarning mahallalar

kesimida uyushmagan yoshlar bilan ishlashini tashkil etish bo’yicha o’zaro

bog’langan to’liq mexanizmlarni joriy etish.

«Ijtimoiy profilaktika», «probasion profilaktika», «tergov profilaktikasi»,

«sud profilaktikasi»ni huquqbuzarliklar profilaktikasi turlari sifatida joriy etish va

ularni qo’llashning aniq mexanizmlarini belgilash.

Mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish, notinch oilalar hamda oilaviy

zo’ravonlik qurbonlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini yangicha yondashuv -

«Xavfsiz xonadon» va «Xavfsiz hovli» tizimi asosida amalga oshirish

mexanizmlarini ishlab chiqish.

Ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlari negizida profilaktik nazorat

institutini joriy qilish.

Davlat yo’l harakati xavfsizligi bo’linmalarining asosiy faoliyatini

fuqarolarga ko’mak berishga yo’naltirish, jumladan yo’llarda inspektorlarning patrul

xizmatini faqat avto- va mototransport vositalarida olib borishi tartibini joriy etish.

Favqulodda vaziyatlarda va alohida sharoitlarda vakolatli davlat organlari va

jamoat tuzilmalari huquq-tartibotni ta’minlash bo’yicha kuch va vositalarining tezkor

va yagona idoralararo boshqaruvini tashkil etish tartibini takomillashtirish.

Aholiga ehtimoliy yoki sodir bo’lgan favqulodda vaziyatlar hamda yong’inlar

to’g’risida xabar berish va ma’lumot yetkazish tizimini yanada takomillashtirish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

54

Ko’p qavatli binolarda yong’in xavfsizligini ta’minlash va yong’in o’chirish

bo’yicha samarali tizimni joriy etish.

Tungi vaqtlarda aholi yashash punktlarining yoritilishi va video kuzatuv

qamrovini kengaytirish.

Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan kuch va vositalarni markazlashgan

tarzda boshqarish tartibini samarali yo’lga qo’yish maqsadida Ichki ishlar vazirligi

Jamoat xavfsizligi departamenti huzurida yagona muvofiqlashtirilgan idoralararo

boshqaruv tizimini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga soluvchi aniq va batafsil

huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha vakolatli davlat organlari harbiy

xizmatchi va xodimlarini sug’urtalash institutini takomillashtirish.

«Jamoat xavfsizligi fidoyisi» idoralararo ko’krak nishonini ta’sis etish.

Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probasiya nazoratidagi shaxslar bilan

yakka tartibdagi suhbatlarni maxsus «suhbat xonasi»da o’tkazish tartibini joriy qilish.

Ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi bo’linmalari xodimlari xizmat

faoliyatida skuter vositasidan foydalanish amaliyotini sinovdan o’tkazish.

Ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo’yicha bo’linmalari huzurida

yoshlar orasidan «To’maris izdoshlari» jamoaviy guruhlarini tashkil etish, ularni

jamoat xavfsizligi tizimiga jalb etish hamda guruh a’zolariga huquq-tartibot

idoralarining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishda tegishli imtiyozlarni berish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini raqamlashtirish

Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida qog’oz shaklidagi ish yuritishni

maksimal darajada qisqartirib, faqat elektron shaklda yuritiladigan hujjatlar ulushini

90 foizga yetkazish.

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlaridan jamoat tartibini saqlashga jalb

qilingan bo’linmalarning axborot tizimlari (probasiyaning markazlashgan elektron

tizimi, yo’l harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil

tizimi) bazasida «E-jamoat havfsizligi» yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini

ishlab chiqish va amaliyotga to’liq tatbiq etish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

55

Jamoat tartibini buzgan, qayta jinoyat sodir etgan shaxslarning yagona

elektron ro’yxatini yuritish va axborot tizimi orqali davriy monitoring qilib borish

tartibini yo’lga qo’yish.

Fuqarolarning ma’muriy huquqbuzarliklar masalalari bo’yicha ortiqcha ovora

bo’lishining oldini olish, soha xodimlarining vaqtini tejash, o’z vaqtida va tezkorlik

bilan jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida ma’muriy ish yurituvni to’liq elektron

shaklga o’tkazish.

Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probasiya nazoratidagi shaxslarning

jamoat xavfsizligi xizmatiga kelib ro’yxatdan o’tishini ta’minlashda barmoq izini

tanib olish tizimidan foydalanish amaliyotini joriy etish.

Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga raqamli texnologiyalarni keng

joriy etgan holda «Ravon va xavfsiz yo’l» konsepsiyasi asosida kompleks chora-

tadbirlarni amalga oshirish.

Ichki ishlar organlari konvoy bo’linmalari faoliyatiga konvoy ostidagi

shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimini joriy etish.

Probasiya nazoratidagi shaxslarning yashash, ish va o’qish joyida ekanligini

tekshirish maqsadida GPS texnologiyali qurilmalarni amaliyotga joriy etish.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish

va takomillashtirish.

Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarining oldini

olish, tirbandliklarni masofadan turib bartaraf etish maqsadida yo’llardagi barcha

svetoforlarning axborot boshqaruvi tizimiga ulanishini ta’minlash, sohaga intellektual

tizimlarni joriy etish.

Milliy gvardiyaning umumiy rahbarligi ostida ichki ishlar organlari va boshqa

mutasaddi davlat organlari xodimlarining maxsus tayyorgarlik darajasini oshirish,

alohida sharoitlarda birgalikda harakat qilishiga doir amaliy ko’nikmalarini

rivojlantirish bo’yicha o’quv mashqlarini tizimli ravishda o’tkazish, o’quv

mashqlarini raqamli texnologiyalar orqali monitoring qilish amaliyotini yo’lga

qo’yish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

56

Xulosa qilib aytganda Strategiya ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va

boshqa mutasaddi organlarning jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini yanada

takomillashtirish bo’yicha normativ-huquqiy va idoraviy normativ hujjatlar ishlab

chiqishda uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Strategiyada belgilangan tadbirlarning

amalga oshirilishi natijasida fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat

manfaatlarining qonunga xilof tajovuzlardan himoyalanganlik holati sifat jihatidan

yuqori darajaga ko’tariladi. Jinoyatlar, shu jumladan takroran sodir etilgan jinoyatlar

va yo’l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, xodimlarning xizmat faoliyatini

fuqarolarga ko’maklashishga yo’naltirish orqali aholining jamoat xavfsizligini

ta’minlash bo’yicha vakolatli davlat organlariga ishonchi ortishiga erishiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022—2026

yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida PF-

60-sonli farmoni.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 02 apreldagi “Ichki ishlar

organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish

sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-

tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5050 son qarori.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O’zbekiston

Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish

chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-27 son farmoni