Authors

  • Tojimamatov Jamshidbek Iqboljon o’g’li

Author Biography

  • Tojimamatov Jamshidbek Iqboljon o’g’li

    FarDU Psixologiya yo’nalishi 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119425

Keywords:

ta’lim aqliy taraqqiyot metod tarbiya jarayoni muammoli vaziyat ijodiy tafakkur uzluksiz ta’lim sifatli ta’lim shaxs iqtidori.

Abstract

ta’limni takomillashtirishda pedagogik texnologiyalar asosida mashg’ulotlar olib boorish yaxshi samara beradi. Interfaol metodlardan foydalanish o’quvchi va talabalarda mustaqil, ijodiy fikrlash, yangi g’oyalarni asoslash,  muammoli vaziyatlar yuzasidan oqilona qarorlarni qabul qilish, kichik guruhlarda o’zaro hamkorlikda ta’lim olish ko’nikma va malakalarni rivojlantiirishga yordam beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

193

TA’LIM SAMARADORLIGIDA AJDODLAR TA’LIMOTI

Tojimamatov Jamshidbek Iqboljon o’g’li

FarDU Psixologiya yo’nalishi 2-kurs magistranti

Annotatsiya: ta’limni takomillashtirishda pedagogik texnologiyalar asosida

mashg’ulotlar olib boorish yaxshi samara beradi. Interfaol metodlardan foydalanish

o’quvchi va talabalarda mustaqil, ijodiy fikrlash, yangi g’oyalarni asoslash, muammoli

vaziyatlar yuzasidan oqilona qarorlarni qabul qilish, kichik guruhlarda o’zaro hamkorlikda

ta’lim olish ko’nikma va malakalarni rivojlantiirishga yordam beradi.

Kalit so’zlar:ta’lim, aqliy taraqqiyot, metod, tarbiya jarayoni, muammoli

vaziyat, ijodiy tafakkur, uzluksiz ta’lim, sifatli ta’lim, shaxs iqtidori.

Z

amonaviy sharoitda O’zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimida

yangi g’oyalarga asoslangan innovatsiyalar va ular boradagi ilg’or xorij tajribalarini

samarali qo’llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning

respublika uzluksiz ta’lim tizimi amaliyotiga samarali tatbiq etilayotgan ta’lim sifati

va samaradorligini ta’minlashga doir tajribalari orqasida ta’lim oluvchilarning o’quv

faolligini oshirishga xizmat qiladigan interfaol metodlar alohida o’rin tutadi. Ta’lim,

qolaversa, tarbiya jarayonida ham interfaol metodlardan foydalanish o’quvchi va talabalarda

mustaqil, ijodiy fikrlash, yangi g’oyalarni asoslash, muammoli vaziyatlar yuzasidan oqilona

qarorlarni qabul qilish, kichik guruhlarda o’zaro hamkorlikda ta’lim olish ko’nikma va

malakalarni rivojlantiirishga yordam beradi.

Abu Ali ibn Sino inson aqli haqidagi hikmatlarida «Ilm—narsalarning inson

aqli yordami bilan o’rganilishidir». «Bilim deb, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu

shundayki, inson aqli uni xato yo’ldan toymasdan turib unga erishishi kerak

bo’ladigan narsadir» deydi

1

.

O’zbek pedagogikasi antalogiyasi. Т.: O’qituvchi. 1999. 2j. 137-b.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

194

Bola jamiyatning a’zosi mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muhitda

kamol topar ekan uning butun bilish jarayoilari, o’ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari,

ongi ham rivojlanadi.

Ibn Sino «Hayy ibn Yaqzon» qissasida kishi fe’l-atvorini, tabiatni chuqurroq

tushunish uchun ilmi mantiqni bilishga da’vat qiladi. CHunki bu ilm kishi didini

o’stiradi, fikr doirasini kengaytiradi. Ibn Sino bu haqda shunday deydi: «Farosat ilmi

foydasi naqd ilmlardandir. Bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning pinhoniy fe’l-

atvorini bildiradi. Farosat ilmidan bahramand bo’lsang, juda o’tkir bo’lib ketasan»

2

.

Hozirda keng tarqalgan masofaviy ta’lim bilim olishning eng qulay shakliga

aylanishi barobarida, aholining keng qatlamlari uchun hatto eng elitar oliy o‘quv

yurtlari eshiklarining ochilishiga zamin yaratadi. Sodda qilib aytganda, ma’lumotlilik

ko‘p darajada insonning hohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Ibn Sino o’z ta’limoti orqali o’rta asr psixologiyasining aqliy ob’ektlarini

moddiy narsalar sifatida gavdalantiradi. Garchi bu asar aql, ilm-fan, ma’rifat haqida

hikoya qilsa-da, lekin olimning fanga, uni egallashga intilishlarini ham tasvirlovchi

qissa hamdir.

Aql ilmining makoni, muqaddas joy, buning ma’nosi haqiqiy fan, ya’ni aqlda

yolg’onchilik, tubanlik, yomonlik kabilar bo’lmasligi kerak. qissadagi oqib turgan

chashma – mantiq ilmi, unda cho’milish esa mantiqni egallashir. Mantiq ilmini

egallasa, kishi Bahri muhitda cho’kmaydi.

Ibn Sino qadimgi falsafadagi «nazariy aql» bilan «amaliy aql» haqida ham

to’xtalib o’tadi: «…o’ngda o’tirib kuzatuvchisi buyruq beruvchilardan bo’lib,

yozdirish ishi shuning qo’lida. CHapda o’tirib kuzatuvchisi buyruq beruvchilardan

bo’lib, yozish ishi uning qo’lida». Bunda kishining rost yolg’onga rag’bati, o’ylab-

o’ylamay ish qilish kayfiyati, hissi qabul qilgan narsalarni aql bilan ifodalash

xususiyatlari nazarda tutiladi. CHunki his yordami bilan ma’lum bo’lgan narsalar

aqlga borib yetadi.

Ibn Sino SHarq falsafasidagi «faol aql»ni hamma narsalarning asosi,

boshlang’ichi deb ta’riflaydi.

2

Ibn Sino. Falsafiy qissalar. Т.: O’qituvchi. 1963. 32-b.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

195

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Shavkat Mirziyoyev

.

Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanobxalqimiz bilan birga

quramiz

.

”. Tohkent. Ozbekiston. 2017.

2. Ibn Sino. Falsafiy qissalar. T.: O’qituvchi. 1963. 32-b.

3. V.Karimova. Ijtimoiy psixologiya.T. «Fan va texnologiya»2012 y.

4. Ibrokhimjonovna T. N. Personal education as a main basis of society's

development //academicia globe: inderscience research. – 2021. – t. 2. – №. 03. – s.

1-2.

5

. Toshboltayeva Nodira Ibrohimjonovna. "Vajnыe aspektы uprajneniy v

umstvennoy deyatelnosti psixologicheskaya interpretatsiya." International journal of

discourse on innovation, integration and education 1.5 (2020): 97-99.

6.

Toshboltayeva Nodira Ibrohimjonovna// The importance of thinking in

the complex process of individual activity// International conference on Studies in

Humanities, Education and Sciences.January 10 th,2022.69-70