MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
190
SHAXS KAMOLOTIDA OILANING AHAMIYATLILIGI
MASALALARI
ZOKIROVA NOZIMA MAXMUDJON QIZI
FARDU SIRTQI BO’LIM O’QITUVCHISI
Annotatsiya:shaxs barkamolligi masalasi bugungi kunda har tomonlama
o‘rganililmoqda. Ilmiy asoslar bilan tadqiq etilib, kerakli konsultatsiyalar berib
borilmoqda. Oila muqaddas dargoh. Insoniylik munosabatlari ham asosan oilada
taraqqiy etadi.
Kalit so‘zlar: shaxs, barkamollik, oilaviy munosabatlar, fazilat, sog‘lom
turmush tarzi, axloqiy kamolot, ko‘nikma, malaka, individuallik
Shaxs kamoloti borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar tahsinga
sazovordir. Kelajak egalari bo‘lgan yoshlarni mustaqil, erkin fikrlovchi, sog‘lom
turmush tarziga xos insoniy fazilatlarga ega qilib tarbiyalash borasida yuksak
muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
Oila va oilaviy munosabatlar masalasi ilmiy amaliy o‘rganilib tadqiq
etilmoqda. Oila mustahkam bo‘lishi, uning axloqiy, huquqiy asoslari, barqarorligi
komil insonni tarbiyalashning birinchi zaminidir.
Darhaqiqat, har qanday jamiyatning taraqqiy etishi, mustahkamligi shu
jamiyatda tug‘ilib, shaxs sifatida shakllanadigan insonning dunyoga kelishi va voyaga
etishda bosh omil bo‘lmish oilalarning barqarorligiga uzviy bog‘liqdir. Oiladagi
ma’naviy muhit yaxshiligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri- inoqlik, ahillik,
totuvlikdir. Inoqlik oila a’zolari bir-birini hurmat qilishi, bir-biriga ishonishi va
suyanishi natijasida yuzaga keladi.
SHaxs kamoloti uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va
xususiyatlar, masalan har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati,
atrofidagi odamlar bilan muomilasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi,
etakchilik hislatlariga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashi-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
191
bularning barchasi avvalo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan
tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda tasdiqlab beradi.
SHaxsning turli yosh davrlarida o‘ziga xosligini doimo inobatga olishimiz zarur.
SHaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e’tiqodiga
aloqador ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Tarbiya shakllarini amalga
oshirishning qulay yo‘li avvalo ota-onalarning ma’naviy va huquqiy bilim saviyasini
oshirish, ularda sog‘lom tafakkur va zamonaviy farzandlar tarbiyalash
dunyoqarashini shakllantirishdir. Binobarin, ota-onalik shunday ma’suliyatli vazifaki,
uning jamiyatimiz manfaatiga mos tarzda amalga oshirilishi uchun inson ham
ma’naviy jihatdan, ham psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak.
Ota-onalarning har biri o‘z farzandi tarbiyasi bilan asosli ravishda
shug‘ullanishi, buning uchun esa tarbiya ishining o‘ziga xos tomonlarini,
qonuniyatlarini, bolaning psixologik va yosh xususiyatlarini, jismoniy va fiziologik
rivojlanishi qonuniyatlarini bilishlari barkamol avlodni tarbiyalash sohasida
muvaffaqiyatlarga erishishning asosiy omillaridir.
Oilada bola tarbiyasining o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib ota-onalar
ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Psixologik adabiyotlarda ular quyidagicha:
1)
oilada hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish;
2)
ota-ona obro‘sini saqlash;
3)
tarbiyada ota-ona, kattalar o‘rtasida talabchanlik birligi;
4)
bola shaxsini mehnatda tarbiyalash;
5)
oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi;
6)
bolani sevish va izzat qilish;
7)
oilada qat’iy rejim va kun tartibi o‘rnatish;
8)
tarbiyada bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;
9)
bola taraqqiyotini aniqlab borish;
10)
bolada mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini hosil etish va boshqalar.
Oila muhitida bolalarda yoshlikdan boshlab borliqni hissiy idrok etish, boshqa
odamlar haqida o‘ylash va qayg‘urish, jamoatchilik, yaxshilik, samimiylik, adolat,
go‘zallik kabi axloqiy fazilatlar qaror topadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
192
Ota-onalar shu narsani unutmasliklari kerakki, bolalarda taqlidchanlik kuchli
bo‘ladi. Bu bilan bola o‘z hayotiy tajribasini boyitadi va shu bilan birga turli xil
ko‘nikmalarni hosil qilib boradi. Ota-ona ibrati bola shaxsiga eng kuchli ta’sir
etadigan omil hisoblanadi.
Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, uning ahilligi,
mustaqilligi, obodonchiligi va madaniyatliligi u yashayotgan jamiyatning farovonligi
hamda ma’naviyat me’zoni hisoblanadi.
Demak, oila intizomi jamiyat va davlat intizomining negizidir. Oilasida
intizom, axillik, inoqlilik, yaqinlariga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘usi shakllangan
kishi, davlat va jamiyat ishida ham shu kabi oliy tuyg‘ular sohibi, yoinki sohibasi
sifatida faol xizmat qiladi. Bunday kishilar har bir ishni o‘z joyida va o‘z vaqtida
belgilab, tartib-intizom asosida chin dildan, vijdonan bajaradi. Bunday intizom va
tartib butun xalq va millatning sharafiga aylanadi
Oilada shakllangan odob-axloq, xulq-atvor keyinchalik mahallada, mehnat
jamoalarida, o‘quv muassasalarida rivojlanib shaxsning ongi va qalbiga singib boradi.
FOYDALANILGSAN ADABIYOTLAR:
1.Mustaqil fikrlash. Karimova V.M, Sunnatova R.I, Tojiboyeva N. T.2000.
2. Ibrokhimjonovna T. N. PERSONAL EDUCATION AS A MAIN BASIS OF
SOCIETY'S DEVELOPMENT //Academicia Globe: Inderscience Research. – 2021.
– T. 2. – №. 03. – S. 1-2.
3
. Toshboltayeva Nodira Ibrohimjonovna. "Vajnыe aspektы uprajneniy v
umstvennoy deyatelnosti psixologicheskaya interpretatsiya."
INTERNATIONAL
JOURNAL
OF
DISCOURSE
ON
INNOVATION,
INTEGRATION
AND
EDUCATION
1.5 (2020): 97-99
.
4.
Toshboltayeva Nodira Ibrohimjonovna// The importance of thinking in
the complex process of individual activity// International conference on Studies in
Humanities, Education and Sciences.January 10 th,2022.69-70