Authors

  • Meliboev Doniyor Hayotjon o‘g‘li

Author Biography

  • Meliboev Doniyor Hayotjon o‘g‘li

    Farg‘ona davlat universiteti

    Psixologiya yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119428

Keywords:

oila shaxs ijodiylik mustaqil tafakkur psixologik muhit jamiyat tarbiya komil inson samarali ta’sir hayot maktabi

Abstract

oila jamiyatning bir bo‘lagi. SHaxs oilada tarbiya topadi. SHaxslararo munosabatlar ijobiy iliq bo‘lgan muhitda mustaqil fikrga ega, yangicha ilg‘or g‘oyalar mualliflari etishib chiqadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

182

OILAVIY MUNOSABATLARDA FARZAND TARBIYASI

MASALALARI

Meliboev Doniyor Hayotjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti

Psixologiya yo‘nalishi magistranti

Annotatsiya: oila jamiyatning bir bo‘lagi. SHaxs oilada tarbiya topadi.

SHaxslararo munosabatlar ijobiy iliq bo‘lgan muhitda mustaqil fikrga ega, yangicha

ilg‘or g‘oyalar mualliflari etishib chiqadi.

Kalit so‘zlar:

oila, shaxs, ijodiylik, mustaqil tafakkur, psixologik muhit,

jamiyat, tarbiya, komil inson, samarali ta’sir, hayot maktabi

Keng imkoniyatlar mamlakati bo‘lgan obod diyorimizda yoshlarni mustaqil,

erkin fikrlovchi, sog‘lom turmush tarziga xos insoniy fazilatlarga ega qilib tarbiyalash

borasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Oila mustaxkam bo‘lishi, uning

axloqiy, huquqiy asoslari, barqarorligi komil insonni tarbiyalashning birinchi

zaminidir.

Oilaviy munosabatlar muhiti yaxshi bo‘lgan sharoitda farzandlarni komil

inson qilib tarbiyalab voyaga etkazish imkoniyati to‘laqonlidir. Har qanday

jamiyatning taraqqiy etishi, mustahkamligi shu jamiyatda tug‘ilib, shaxs sifatida

shakllanadigan insonning dunyoga kelishi va voyaga etishida bosh omil bo‘lmish

oilalarning barqarorligiga uzviy bog‘liqdir.

Farzand taraqqiysi uchun xavfsiz, uni hissiy qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘z

faoliyatini namoyon qilishga imkon beradigan tabiiy muhit oila hisoblanadi. Oilada

bolalar o‘zaro munosabat, ijtimoiy rollarning ko‘nikma va malakalarini egallaydilar

hamda dastlabki me’yor, qadriyat tushunchalarini shu erda anglay boshlaydilar.

Oiladagi ma’naviy muhit yaxshiligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri-

inoqlik, ahillik, totuvlikdir. Inoqlik oila bir-birini hurmat qilishi, bir-biriga ishonishi

va suyanishi natijasida yuzaga keladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

183

Psixolog V.P.Levkovich tadqiqotlari natijasi shuni ko‘rsatadiki, shaxslararo

munosabatlar yomon bo‘lgan oiladagi bolalarda dushmanlik, ishonchsizlik, befarqlik

va boshqa salbiy sifatlar shakllangan va bu bolaning ichki dunyosiga ham zarar

etkazgan bo‘ladi. Ota-onalarning farzandlariga mehr-muhabbatli bo‘lishlari va buni

to‘g‘ri ifodalab berishlari oiladagi psixologik muhitning har tomonlama sog‘lom,

ma’naviy mustahkam bo‘lishiga erishishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.

Oiladagi axloq, odob tarbiyasi o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. “Ota-ona

farzandlariga berayotgan tarbiya inson shaxsi shakllanishining birinchi poydevoridir.

Bu poydevor inson ma’naviy olami degan jarayonning hammasi emas, balki

boshlanishi. Bu poydevor aql, idrok, ma’suliyat bilan barpo etilgan bo‘lsa uning

ustiga go‘zal, mustahkam bino qo‘rish mumkin. Bu binoning chiroyi, naqshlari inson

xayotining barcha davrlarida shakllanib, sayqal topib boradi.”

1

Ijobiy sifatlarni bolada shakllantirib, rivojlantirish uchun avvalo ota-ona

qolaversa katta yoshdagilar o‘zlariga tanqidiy ko‘z bilan qarashlari, o‘zlarining

shaxsiy namunasi bolalarga qanday ta’sir etishini o‘ylab ko‘rishlari lozim. Ota-

onaning namunasi bolalar uchun ko‘rgazmali hayot darsidir. Ota-onaga, jamiyatga,

jamiyat a’zolariga bo‘lgan munosabati bola qalbida yaxshilik yoki yomonlik, ma’qul

yoki noma’qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi. Faqatgina

og‘zaki so‘zlar emas, balki ongli, o‘ylab qilingan ishlar bola ongi va qalbiga borib

etadi.

Tarbiya jarayonida oilaning tarbiyasi katta ahamiyatga ega. Kattalarning

ko‘rsatmalari va xatti-xarakatlari avvalo katta avlodning ishlari, bolalar tarbiyasiga u

yoki bu tomondan bevosita yoki bilvosita ta’sir etadi.

Oila qurishda turmush, bolalar tarbiyasi, ularni ijtimoiy foydali faoliyatga

tayyorlash kabi maqsadlar ko‘zlanadi. Oilani bunday ijtimoiy vazifasi jamiyat uchun

ham, er – xotin uchun ham juda muhimdir. “Insonni o‘rgatib baxtli qilib bo‘lmaydi,

ammo uni shunday tarbiyalash kerakki, u baxtli bo‘lsin” degan edi. A.S. Makarenko.

Ota – onalar qanchalik ma’naviy boy, e’tiqodli va ta’sir usullarini bilishlari

lozimki, shu darajada takomillashgan uslub orqali o‘z farzandlarini tarbiyalaydilar.

1

Yusupov E. Oila manaviyat bulog’i. Т.: 2003 y, 116-b


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

184

Ular faqat maslahat berish, ma’qullash, mukofatlash, jazolash, suhbat va hikoya, fikr

almashish bilangina emas, balki shaxsiy namunalari, bolalari bilan birgalikda ishlash,

ularni mehnat faoliyatiga tortish orqali ham tarbiyalaydilar.

Inson o‘ziga ato etilgan baxtning to‘rtdan uch qismini oiladan, chorakdagi

etar-etmas qismini boshqa narsalardan topadi. Ba’zi oilalarda ayol liderligining

mavjudligi o‘g‘il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning kuchayib borishiga

olib kelishi mumkin. O‘g‘il bolalarda feminin sifatlarning ko‘proq namoyon

bo‘lishining sabablaridan biri ham oilada ota rolining, mavqeyining pastligi bo‘lsa,

qiz bolalarda maskulin sifatlarining ortishiga ayolning oilada ro‘zg‘or boshqaruvi,

oilani moddiy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun

mas’ulligining ortganidir.

Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni sog‘lom, barkamol, bilimli,

mustaqil va erkin fikr sohibi etib tarbiyalashimiz muhimdir. Oilaviy munosabatlar

jarayonida farzandlarni erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalasak, bundan kelgusida

nafaqat oila, balki butun jamiyat manfaatdor bo‘ladi. Buning uchun ularning yosh va

individual xususiyatlarini inobatga olgan holda tarbiyalashimiz hamda ularning

bildirayotgan fikrlarini ahamiyatsiz qoldirmasligimiz lozim. Ijtimoiy hayotda, ta’lim

jarayonida va ishlab chiqarishda o‘zaro munosabatlar, aloqalar, hamkorlikdagi aqliy

va jismoniy mehnat mahsuli, muomala maromi mustaqil fikrlash majmuasi tariqasida

yuzaga keladi. SHaxs mustaqil fikrlash orqali voqelikni umumlashtirib, narsa va

hodisalar o‘rtasidagi ichki, murakkab bog‘lanishlar, munosabatlar, xossalar,

xususiyatlar hamda mexanizmlarni anglab etadi.

Demak, agar inson o‘zigacha yaratilgan kashfiyotlar, ilmu fan yangiliklari

mohiyatini bilgach, ularning yangidan-yangi ochilmagan qirralarini boshqa tomondan

ham o‘rganishga o‘zida xohish, tilak, kuchli ehtiyoj va malakalar hosil qilsagina,

uning fikri erkin va nostandart bo‘lib, kashfiyotlar qilishga qodir bo‘ladi. Uning aqli

boshqacha fikrlash malakasini orttira borib, boshqa odamlarga nisbatan mustaqil

hukmlar chiqarishga o‘rganib boradi. Bu esa ilmiy tafakkur ijodiy kamolot kalitidar.

O‘z fikriga ega bo‘lmagan odam faqat boshqalardan o‘zlashtirib olingan fikrni to‘g‘ri

tushunib olish va ularga rioya qilgan holda biror ishni amalga oshirish bilangina


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

185

cheklanib qoladi. Fikri boshqalarga qaram bo‘lgan odam o‘zgalardan tayyor holda

o‘zlashtirilgan fikrdan faqat shaxsiy muammolarini hal qilish uchun foydalanish

imkoniyatiga ega bo‘ladi, zero, u boshqa odamlarning ham ana shunday muammolari

haqida mulog‘aza yuritish, ularni imkoniyat darajasida hal qilishga intilmaydi.

Boshqacha qilib aytganda, fikriy qaramlik insonda faqat shaxsiy manfaatlar doirasida

faoliyat yuritish bilan cheklanish, ijtimoiy muammolarni tushunmaslik va ularni hal

qilishga layoqatsizlik kabi salbiy xususiyatlarning shakllanishiga olib keladi.

Oilada o‘z-o‘zini to‘g‘ri anglagan bolalargina maktab ta’limi jarayonidayoq

bilimlarni samarali egallaydilar. O‘z-o‘zini anglagan va bilimlarni chuqur

o‘zlashtirgan bolalargina komil inson sifatida tarbiyalanadilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Mustaqil fikrlash. Karimova V.M, Sunnatova R.I, Tojiboyeva N. T.2000.

2. Yusupov E. Oila manaviyat bulog’i. T.: 2003 y, 116-b

3. Ibrokhimjonovna T. N. Personal education as a main basis of society's development

//academicia globe: inderscience research. – 2021. – t. 2. – №. 03. – s. 1-2.

4

. Toshboltayeva Nodira Ibrohimjonovna. "Vajnыe aspektы uprajneniy v

umstvennoy deyatelnosti psixologicheskaya interpretatsiya."

International journal of

discourse on innovation, integration and education 1.5 (2020): 97-99

.

5.

Toshboltayeva Nodira Ibrohimjonovna// The importance of thinking in the

complex process of individual activity// International conference on Studies in

Humanities, Education and Sciences.January 10 th,2022.69-70