MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
72
SINTAKTIK SATHDA TRANSFORMATSIYA HODISASI
Qarshi davlat universiteti, doktoranti
Ergashev Sardor Kosimovich
sardorergashev654@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada sintaktik sathning ba’zi birliklari orasida
transformatsiya hodisasining yuz berishi haqida so‘z boradi. Shuningdek, mazkur
hodisa haqida nazariyalar hamda misollar keltirib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar: tobe-hokim transforma, hosila transforma, sintaktik bo‘linish,
lingvistik vosita, shakliy o‘zgarish.
TRANSFORMATION PHENOMENON AT THE SYNTACTIC LEVEL
Doctoral student of Karshi State University
Ergashev Sardor Kosimovich
sardorergashev654@gmail.com
Abstract: The article discusses the occurrence of the transformation
phenomenon among some units of the syntactic level. Theories and examples of this
phenomenon are also presented.
Keywords: subordinate-dominant transform, derivative transform, syntactic
division, linguistic means, formal change.
ЯВЛЕНИЕ ТРАНСФОРМАЦИИ НА СИНТАКСИЧЕСКОМ
УРОВНЕ
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
73
Каршинский государственный университет, докторант
Эргашев Сардор Косимович
sardorergashev654@gmail.com
Аннотация: В статье рассматривается феномен трансформации
между некоторыми единицами синтаксического уровня. Также приводятся
теории и примеры этого явления.
Ключевые слова: подчиненная-властная трансформация, производная
трансформация, синтаксическое членение, лингвистическое средство,
формальное изменение.
KIRISH.
Bugungi kunda transpozitsiya hodisasi til birliklari va ularni chuqur
o‘rganishda katta ahamiyatga ega unsurlardan biri hisoblanmoqda. Milliy tilimiz
taraqqiy etib, tobora sayqallashib borar ekan, uni tadqiq etish, hozirda yechim
kutayotgan ayrim noaniq qarashlar haqida aniq nazariyalar ishlab chiqish tilshunoslar
oldiga muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Bugungi kunda tilimizni o‘rganishda
tilshunoslarimiz umumiy va maxsus usullarni qo‘llamoqdalar. Ilmiy-texnik jihatdan
rivojlanayotgan hozirgi davr tilshunos mutaxassislar uchun alohida qiyinchiliklar
tug‘dirmoqda. Tezlashgan zamon tilimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan
qolmayapti. Sintaktik transformatsiya til hodisalarining bir turi bo‘lib, u faqat manba
va tarjima tillarida parallel sintaktik tuzilmalar mavjud bo‘lgan hollardagina sodir
bo‘ladi. Transformatsion hodisalar tilimizda mavjud boshqa hodisalar singari tarjima
amaliyotida ham kam hollarda uchraydi.
ВВЕДЕНИЕ.
В настоящее время явление транспозиции считается одним
из важнейших элементов в глубоком изучении языковых единиц. По мере
развития и совершенствования нашего национального языка его исследование,
а также разработка конкретных теорий о некоторых неопределенных взглядах,
требующих разрешения, ставят перед лингвистами важные задачи. Сегодня при
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
74
изучении нашего языка лингвисты применяют как общие, так и специальные
методы. Современный этап научно-технического развития создает особые
трудности для специалистов в области языкознания. Ускоренный темп времени
неизбежно оказывает влияние и на наш язык. Синтаксическая трансформация
представляет собой разновидность языковых явлений, которая происходит
только при наличии параллельных синтаксических структур в исходном и
переводящем языках. Трансформационные явления, как и другие явления,
существующие в нашем языке, редко встречаются в переводческой практике.
ASOSIY QISM.
Ma’lumki, tilimizning sintaktik sathi boshqa til sathlarining
imkoniyatlarini ko‘rsatib beruvchi, tilimizning ko‘zgusi hisoblanadi. Shu bois, aynan
shu sath imkoniyatlarini o‘rganish va ushbu sathda transformatsiyaning o‘rni haqida
to‘xtalib o‘tish asosiy vazifalardan biridir. O‘zbek tilida so‘z tartibida ko‘proq
moslashuvchanlikni namoyon etishda nutqiy almashishlar tez-tez yuzma-yuz
kelganligi kuzatiladi. Shunday ekan, bunday almashtirishlar mantiqqa ta’sir qilmay,
balki so‘z birikmasi va gapning tuzilishini o‘zgartirishi kuzatiladi. Bunday
transformatsiyalar garchi passiv bo‘lsa-da, til sathlarida o‘z o‘rniga ega. Tilshunos
olim R.Rasulov ta’kidlaganidek
“Transformatsion tahlil usuliga ko‘ra sintaktik
konstruksiyalar (qurilmalar) muayyan qoidalar asosida o‘zgaradi, ya’ni boshqacha
shaklga, ko‘rinishga ega bo‘ladi, transformatsiyalashadi. Bunday transformatsiyalar
orqali muayyan sintaktik konstruksiyaning - qurilmaning bir necha shakllari
aniqlanadi, o‘zaro farqlanadi, ularning mohiyatiga, tarkibiga chuqurroq kiriladi”. [1;
278]
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining sintaktik sathida transformatsiyaning bir necha
ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular quyidagicha tasniflanadi:
1. So‘z birikmasi va gap transformatsiyasi
2. Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gapga transformatsiyasi
3. Qo‘shma gap turlarining o‘zaro transformatsiyasi
4. Ko‘chirma gaplarning o‘zlashtirma gapga transformatsiyasi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
75
Grammatik tobe-hokim bog‘lanishning bir turi sifatida so‘z birikmalari orqali
gaplarni hosil qilish, ya’ni so‘z birikmalaridan gaplarning o‘zgarishini yuzaga
keltirish an’anaviy tilshunoslikda uchraydigan hodisalardan biridir. Bu
taqqoslashdagi har ikkala birlikning tobe-hokim aloqa asosida shakllanishi hech
kimga sir emasdir. Biroq, so‘z birikmalari gaplarga o‘zgartirilganda ularning farqlari
kesimlik shaklining mavjud yoki mavjud emasligida namoyon bo‘ladi. Shu sababli,
so‘z birikmalarini gaplarga o‘zgartirishda ot yoki fe’l kesimini yuzaga keltiruvchi
vositaga tayanish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun:
obod mahalla, mehribon ustoz,
qadimiy shahar
kabi birikmalarning o‘zgarishlari quyidagi jadvalda yaqqol ko‘rinadi.
1-jadval
So‘z birikmasi
Transformatsiyasi
Hosilaning bog‘lanish
turi
Obod mahalla
Mahalla oboddir
Tobe-hokim
Mehribon ustoz
Ustoz mehribondir
Tobe-hokim
Qadimiy shahar
Shahar qadimiydir
Tobe-hokim
Tilimiz g‘oyat boy imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu imkoniyatlarning yana bir
ko‘rinishi sifatida ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplarga aylantirish
masalasini ta’kidlash mumkin.
“Tarkibida ko‘rsatish olmoshi mavjud bo‘lgan
ergashgan qo‘shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo‘la oladi. Ergash
gapni bosh gap tarkibida tegishli ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo‘lagi
o‘rniga qo‘yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin” [2;
53
]. S. Yeseninning ona
haqidagi quyidagi misralariga e’tibor qarataylik:
Oh, sen bo‘lsang eding
Mening yonimda.
Kelinlik bo‘lardim,
So‘nggi armonim
- Nabira suyardim
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
76
Asrab jonimda. (S. Yesinin) [4]
Ushbu misolning grammatik tahlilida uning hol ergash gapli qo‘shma gap
ekanligi aniqlanadi. Shuningdek, birinchi gapning kesimi nomustaqil, shart mayli
shaklida bo‘lib, ikkinchi gapning kesimi mustaqil sodda tuzilishli kesimdir. Bu
misolni transformatsiya hodisasiga tortilsa, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi: // Sen
yonimda bo‘lganingda so‘nggi armonim bo‘lmish kelinlik, nabiralarni jonimdek
suyish orzusiga yetardim. Ma’lumki, tilshunosligimizda tahlil metodlari bir nechta
bo‘lib, ular orasida transformatsion metod ham o‘z o‘rniga ega. Zero, qayd
etilganidek “Transformatsion metod zamonaviy usullar orasida eng mukammali
hisoblanadi. Ushbu metod tildagi sintaktik jarayonni tushuntirish imkoniyatiga ega
bo‘lgani bilan tavsiflanadi.
”.
[3;170]
2-jadval
Ergashgan qo’shma
gap
Sodda gapga
transformatsiyasi
Hosilaning turi
Oilang bo‘lsaydi,
Do‘sting bo‘lsaydi,
Senga mayxonalar
Bo‘lmasdi makon. [4]
Oilang, do‘stlaring
bo‘lganda senga
mayxonalar begona
bo‘lardi
Sodda gap
Qo‘shma gaplarning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular bog‘langan,
bog‘lovchisiz va ergash qo‘shma gaplardir. Bu turlar orasida transformatsiya hodisasi
azaldan mavjud bo‘lib, bir xil fikrni turli shakllarda ifodalash imkonini beradi.
Keltirilgan gaplar orasida aynan shu hodisa ro‘y berishi kuzatilmoqda. Qo‘shma
gaplarning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular bog‘langan, bog‘lovchisiz va
ergashgan qo‘shma gaplardir. Bu turlar orasida transformatsiya hodisasi azaldan
mavjud bo‘lib, bir xil fikrni turli shakllarda ifodalash imkonini beradi. Quyida
keltirilgan gaplar orasida aynan shu hodisa ro‘y berishi kuzatilmoqda. Masalan:
“Qamchingdan qon tomsa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan.
”
[5].
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
77
Keltirilgan misol ergashgan qo‘shma gap bo‘lib, uning bog‘lovchisi z va bog‘langan
qo‘shma gap shaklidagi transformalarini shakllantirish mumkin.
Qamchingdan qon
tomadi, yuzta xotin orasida ham rohatlanib yashaysan. Qamchingdan qon tomadi,
shuning uchun yuzta xotin orasida ham rohatlanib yashaysan.
Ko‘rinadiki, birinchi
gap ergashgan qo‘shma gap bo‘lib, uning barcha transformalarida aynan bir fikr
ifodalangan. Gapning turli a’zolari tomonidan tuzilgan semantik guruhlarning
kommunikativ yuki turli darajalarda turli xil lingvistik vositalar bilan ta’kidlanadi.
Shunday qilib, o‘zbek tilida boshlang‘ich o‘rinda kelgan mavzu ko‘pincha kichik
kommunikativ yukka ega bo‘lgan qismlarga aylanadi va jumla oxiriga kelib asta-
sekin o‘sib boradi. Bu grammatik ega va kesimning sintaktik bo‘linishi bilan mos
keladi. Bo‘laklarning sintaktik vazifasini o‘zgartirish orqali so‘zlarning semantik
tartibi sintaktik tartibga moslashtiriladi. Gaplarning transformalari har xil bo‘lib,
grammatik shakllarida farqlar kuzatilsa-da, gapning ko‘zlangan asosiy mazmunida
farq sezilmaydi. Bu o‘rinda transformatsiya hodisasining qoidalariga zid bo‘lgan
holat yo‘q. Quyidagi jadvalda bu haqda batafsil ma’lumot beriladi. Kuzatishlardan
shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qo‘shma gap turlari o‘zaro bir-biri bilan transformatsion
almashinish xususiyatiga ega. Bog‘langan qo‘shma gaplarni bog‘lovchisiz yoki
ergashgan qo‘shma gaplarga, shuningdek, ayni sanalgan holatlarni aksincha
almashtirish ham mumkin. Quyidagi jadvalda bu haqida to‘liqroq ma’lumot beriladi.
3-jadval.
Bog‘langan qo‘shma gaplarning bog‘lovchisiz qo‘shma gapga
transformatsiyalanishi
Bog‘langan qo’shma gap Bog‘lovchisiz qo’shma
gapga transformasi
Ergashgan qo’shna
gapga transformasi
Soqolining oqlig‘iga
qaramasdan uning qaddida
keksalik alomatlari
sezilmas va tusida ham
Soqolining oqlig‘iga
qaramasdan uning
qaddida keksalik
alomatlari sezilmas edi,
Soqolining oqlig‘iga
qaramasdan uning
qaddida keksalik
alomatlari sezilmas edi
shuning uchun tusida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
78
uncha o‘zgarish yo‘q edi.
[5]
tusida ham uncha
o‘zgarish yo‘q edi.
ham uncha o‘zgarish
yo‘q edi.
Transformatsiyalanishning yana bir turi sifatida ko‘chirma gaplarni
o‘zlashtirma gapga aylantirish jarayonini ham ko‘rib chiqishimiz mumkin. “Boshqa
shaxsning gapi ham ko‘chirma gap, ham o‘zlashtirilgan gap orqali ifodalanishi
mumkin. Bunday holatlarda ko‘chirma gap va o‘zlashtirilgan gap ma’nodosh bo‘ladi.
Ko‘chirma gap quyidagi shakliy o‘zgarishlar orqali o‘zlashtirilgan gapga
aylantiriladi” [2; 84] Shunday ekan ko’chirma gapli qo’shma gaplarni o’zlashtima
gapga aylantirishda ular orasida grammatik va shakliy o’zgarishlar kuzatilsa-da asos
yadro saqlanib qola beradi. Masalan: “Sening orzungni shu xonlar eshitadimi, shu
beklar ijro qiladimi?” deb meni ma’yus qildilar. [5] Hasanaliga o‘tkan gaplarni birin-
birin aytib bergusi va “manim uylanishimga sen sabab bo‘lg‘an eding, endi uni
mendan ajratdilar”, deb undan o‘z dardiga davo istagusi kelar edi. [5] Berilgan
misollarning transformatsiyaga tortilgan hosilalari quyidagi jadvalda aks etadi.
4-jadval
Ko
‘
chirma gap
O
‘
zlashtirma gap shaklida
transformatsiyalanishi
“Sening orzungni shu xonlar
eshitadimi, shu beklar ijro qiladimi?”
deb meni ma’yus qildilar. [5]
Mening orzuyimni shu xonlar, shu
beklar ishitib ijro qilmasligni aytib
ma’yus qildilar.
Hasanaliga o‘tkan gaplarni birin-birin
aytib bergusi va “manim
uylanishimga sen sabab bo‘lg‘an
eding, endi uni mendan ajratdilar”,
deb undan o‘z dardiga davo istagusi
kelar edi. [5]
O’z dardiga Hasanaliga o‘tkan gaplarni
birin-birin aytib “manim uylanishimga
sen sabab bo‘lg‘an eding”, endi esa uni
ajratganini aytib dardiga davo istagusi
kelar edi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
79
XULOSA.
So‘z birikmasini gapga, qo‘shma gaplarni sodda gapga, qo‘shma
gap turlarini o‘zaro va ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish jarayonida
til birliklarini almashtirish, o‘zgarayotgan birlikning sintaktik tuzilishini qayta
qurishga olib keladi. Bunday qayta qurish nutqning bir qismini o‘zgartirishda ham bir
qator hollarda sodir bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan o‘zgartirishlarda qismlarni
almashtirish moddiy shaklga tegishli bo‘lib, mantiqiy asosga ta’sir etmagan. Sintaktik
tuzilmaning qayta o‘zgartirilishi berilgan birliklarning asosiy a’zolarini, ayniqsa ega
(sub’ekt)ni almashtirish bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Bunday o‘zgartirishlardan
foydalanish asosan o‘zbek tilida boshqa sathlarga qaraganda aynan sintaksisda faol
qo‘llaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. R RASULOV. UMUMIY TILSHUNOSLIK. TOSHKENT: 2010,
-
323 B.
2. ONA TILI: UMUMTA’LIM MAKTABLARINING 9-SINFI UCHUN DARSLIK
/N.M. MAHMUDOV, A. NURMONOV, A.SH. SOBIROV.— TOSHKENT: ÌCHJ
“TASBIR”, 2014.—128 B.
3. Z XOLMONOVA. TILSHUNOSLIKKA KIRISH. ТOSHKENT: 2007, - 177 B.
4.
HTTPS://KH-DAVRON.UZ/KUTUBXONA/JAHON/SERGEY-YESENIN-
POETRY.HTML
5. HTTPS://ARM.NAVOIY-UNI.UZ/WP-CONTENT/UPLOADS/2019/04/
UTGAN_ KUNLAR_ZIYOUZ_COM.PDF