MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
177
SHAXSNING RIVOJLANISHIDA OLIY TA'LIMNING O'RNI
Zayniddinova Gulasal Vohidjon qizi - Nizomiy nomidagi TDPU
Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi yo'nalishi 2-kurs talabasi
Email:
Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxsning rivojlanishida oliy ta'lim asosiy
omil ekanligi keltirilgan.
Kalit so’z: Shaxs, oliy ta'lim, könikma, tajriba, ilmiy, madaniy, innovatsion
ğoyalar.
Oliy ta’lim shaxsning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu jarayon nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, balki
insonning ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va axloqiy jihatdan yetuk bo‘lishiga ham
xizmat qiladi. Insonning tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim olishiga yordam
beradi. Universitet va institutlarda talabalarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy
tajribalar ham beriladi, bu esa ularning kasbiy rivojlanishiga asos yaratadi.
Shuningdek, ilmiy izlanish olib borish, yangi innovatsion g‘oyalar ustida ishlash kabi
jihatlar ham shakllanadi.
Oliy ta’lim jarayonida talabalar mustaqil fikrlash, muammolarni tahlil qilish
va ularga innovatsion yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Tanqidiy
fikrlash insonni hayotdagi har xil vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatadi.
Universitet muhitida talabalar turli millat va madaniyat vakillari bilan muloqot qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning dunyoqarashini kengaytiradi, turli
madaniyat va qadriyatlarni hurmat qilishga o‘rgatadi.
Oliy ta’lim insonda yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Talabalar turli loyihalarda ishtirok etish, jamoaviy ishlash va o‘z fikrlarini erkin
ifodalash orqali kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Faqatgina kasbiy
tayyorgarlik emas, balki insonning shaxs sifatida shakllanishida ham muhim rol
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
178
o‘ynaydi. U talabalarda halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, ijtimoiy mas’uliyat
kabi fazilatlarni rivojlantiradi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oliy taʼlim tez surʼatlar bilan
rivojlana boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yildagi „Taʼlim toʻgʻrisida“gi
qonuni muvofiq, Oliy taʼlim oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga
asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning maʼlum davriga qadar Oliy taʼlim
oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod
erkinligiga amal qili-nadigan Oʻzbekiston Respublikasida dunyoviy oliy oʻquv
yurtlari bilan birgalikda oliy diniy oʻquv yurtlari ham bor. Oʻzbekistonda Oliy taʼlim
davlat qaramogʻidadir. Mamlakatda universitet Oliy taʼlimi ustuvor maqomga ega.
Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy
tayyorgarlikka ega boʻlish imkonini beradi. Bunda rasmiy davlat hujjatlari asosida
amalga oshiriladi. Bunda taʼlimning davlat standartlari, oʻquv rejalari hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi.
Ularda oʻrganilishi majburiy va ixtiyoriy boʻlgan fanlar, ixtisoslik kurelari,
ularning oʻqitilish tartibi, miqdori, vaqti, nazariy va amaliy taʼlim oʻrtasidagi nisbat,
nazariy mashgʻulotlar, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, reyting davri, taʼtil,
bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni yoqlash
muddati asosiy pedagogik hujjat — oʻquv rejasida belgilab beriladi. Oʻquv rejasida
oʻrganiladigan fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy,
umumkasbiy, ixtisoslik fanlari va taʼlimning qoʻshimcha turlari singari qismlarga
boʻlinadi. Oʻquv rejasidagi fanlar majburiy, maxsus, tanlov va fakultativ
koʻrinishlarida olib borilishi koʻzda tutilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1.N.Ismoilova, D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya”, Toshkent,2013
2.
Akramova, D. (2022). Bo’lajak pedagog-psixologlarning maktabgacha ta’lim
tizimidagi faoliyati.
Science and innovation
,
1
(B8), 322-326.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
179
3. Akramova, D. (2022). Oliy ta’lim muassalari talabalarida pedagogik-psixologik
moslashuvchanlikni mazmun mohiyati.
Science and innovation
,
1
(B8), 2150-2153.
4. Акрамова, Д. Э. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ
РАЗВИТИЯ МЕХАНИЗМОВ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ И ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ
ГИБКОСТИ
У
СТУДЕНТОВ
КАК
ПРОБЛЕМА
СОВРЕМЕННОСТИ.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ
,
13
(8), 19-23.
5. Akramova, D. E. qizi Suvonqulova, MD (2023, January). RIVOJLANTIRUVCHI
MARKAZLARDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH VA MILLIY
QADRIYATLAR NAMUNALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIGI.
In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol. 1, No. 2, pp. 393-396).
6. Akramova, D. E. qizi Azimova, XD (2023, January). MAKTABGACHA TA’LIM
YO ‘NALISHI TALABALARIDA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH
METODIKASI. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol. 1, No. 2, pp. 382-385).
7.
Ergashevna,
A.
D.
(2023).
TARBIYALANUVCHILARDA
MOSLASHUVCHANLIK
MEHANIZMLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
DOLZARB MUAMMO SIFATIDA.
Journal of new century innovations
,
23
(2), 169-
173.
8. Акрамова, Д. Э., & Йўлдошева, Н. (2023). ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ
МАЖМУИ. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol. 1, No. 2, pp. 362-364).
9. Акрамова, Д. Э., & Бобомуродова, О. Б. (2023). ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ ВА
УСУЛЛАРИ ҲАҚИДА ТУШУНЧА. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol.
1, No. 2, pp. 352-354).
10.
Akramova,
D.
(2022).
ACTIVITIES
OF
FUTURE
TEACHERS-
PSYCHOLOGISTS IN THE SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATION.
Science
and Innovation
,
1
(8), 322-326.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
180
11. Акрамова, Д. Э. қизи Давронова, ЖС (2023, January). ТАРБИЯ ТИЗИМИ ВА
УНИНГ ТАРКИБИЙ ҚИСМЛАРИ. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol.
1, No. 2, pp. 358-361).
12. Акрамова, Д. Э. қизи Бозорбоева, ДА (2023, January). ЖАМОА–ТАРБИЯ
ОБЪЕКТИ
ВА
СУБЪЕКТИ
СИФАТИДА.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCES
(Vol. 1, No. 2, pp. 355-357).
13. Ergashevna, A. D. (2025). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE
DEVELOPMENT OF SOCIALIZATION IN SCHOOLCHILDREN OF THE
PREPARATORY GROUP.
SHOKH LIBRARY
.
14. Ibraimov, X., & Akramova, D. (2023). DIDACTIC CHARACTERISTICS OF
COMMUNICATIVE
TRAINING
IN
ENGLISH
LANGUAGE
TEACHING.
Science and innovation
,
2
(B11), 357-361.