Authors

  • Nargiza Isomiddinova Xusniddin qizi
  • Feruza Bobojonova Xayatovna

Author Biographies

  • Nargiza Isomiddinova Xusniddin qizi

    Buxoro davlat universiteti “Tarixshunoslik, manbashunoslik

    va ilmiy tadqiqot usullari’ mutaxasisligi 2-bosqich magistranti

    nargizaisomiddinova4@gmail.com

  • Feruza Bobojonova Xayatovna

    BuxDU Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi   bobojonova.feruza.71@mail.ru

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85436

Keywords:

Ashtarxoniylar masjid madrasa ilm-fan she’riyat san’at madaniyat obida asar arab tili diniy bilimlar dunyoviy bilimlar fan tarix husnixat handasa ilmi nujum joniylar kutubxona.

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro xonligida Ashtarxoniylar davlatining hokimyat tepasiga kelishi,  ilm-fan, madaniyat va san’at borasidagi tushunchalar, ilmiy-madaniy hayotining shakllanishi va rivojlanishida hukmdorlarning ahamiyati, Ashtarxoniy hukmdorlar faoliyati, maktab, masjid, madrasalarning qurulishi va faoliyati, bu davrda yaratilgan asarlar, Buxoro xonligida XVII asrdagi ta’lim tizimidagi yutuqlar va kamchiliklar haqida fikrlar va xulosalar yoritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

398

ASHTARXONIY HUKMDORLAR DAVRIDA TA’LIM TIZIMIGA

E’TIBOR

Nargiza Isomiddinova Xusniddin qizi

Buxoro davlat universiteti “Tarixshunoslik, manbashunoslik

va ilmiy tadqiqot usullari’ mutaxasisligi 2-bosqich magistranti

nargizaisomiddinova4@gmail.com

Feruza Bobojonova Xayatovna

BuxDU Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi

bobojonova.feruza.71@mail.ru

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Buxoro xonligida Ashtarxoniylar

davlatining hokimyat tepasiga kelishi, ilm-fan, madaniyat va san’at borasidagi

tushunchalar,

ilmiy-madaniy

hayotining

shakllanishi

va

rivojlanishida

hukmdorlarning ahamiyati, Ashtarxoniy hukmdorlar faoliyati, maktab, masjid,

madrasalarning qurulishi va faoliyati, bu davrda yaratilgan asarlar, Buxoro xonligida

XVII asrdagi ta’lim tizimidagi yutuqlar va kamchiliklar haqida fikrlar va xulosalar

yoritilgan.

Kalit so’zlar: Ashtarxoniylar, masjid, madrasa, ilm-fan, she’riyat, san’at,

madaniyat, obida,, asar, arab tili, diniy bilimlar, dunyoviy bilimlar, fan, tarix,

husnixat, handasa, ilmi nujum, joniylar, kutubxona.

АННОТАЦИЯ: В статье рассматриваются возвышение Аштаранского

ханства к власти в Бухарском ханстве, понятия о науке, культуре и искусстве,

значение правителей в становлении и развитии научной и культурной жизни,

деятельность правителей Аштаранского ханства, строительство и

функционирование школ, мечетей и медресе, произведения, созданные в этот

период, а также размышления и выводы о достижениях и недостатках

системы образования в Бухарском ханстве в XVII веке.

Ключевые слова: Аштарханиды, мечеть, медресе, наука, поэзия,

искусство, культура, памятник, произведение, арабский язык, религиозные


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

399

знания, светские знания, наука, история, каллиграфия, чистописание,

астрология, души, библиотека.

KIRISH

Shayboniylar Buxoroda 1598-yilgacha hukmronlik qildilar keyin esa

hokimiyatga joniylar keladi. Ular Jo’jining o’g’li O’rda avlodidan bo’lib,

shayboniylarga ona tarafdan qarindosh edi. Lekin ayrim manbalarda Ashtarxoniylar

sulolasi Jo’jixonning o’n uchinchi o’g’li To’qay Temurga borib taqaladi. Jo’jixonning

katta o’g’li Botuxon To’qay Temurga 14 ulusni mulk qilib

bergan degan fikrlar ham mavjud. Shunday qilib 1601-yilda Buxoro xonligida

hokimiyat yangi sulola-ko’p hollarda joniylar(Joni Muhammad nomidan) yoki

ashtarxoniylar (kelib chiqish o’rni bo’yicha) degan nom bilan yuritilgan To’qay Temur

sulolasiga o’tdi.

Ba’zi manbalarda aytilishicha Buxoro taxtiga Boqi Muhammadxon o’z otasi

Jonibek Muhammadxonni o’tqazgan va uning nomidan tangalar ham zabt qildirgan,

biroq Jonibek Muhammad Buxoro taxtidan voz kechgan. Buning asosiy sababi

hokimiyatning qonuniyligi edi. Ashtarxoniylar hukmdorlari ham o’zlaridan oldingi

sulola vakillari – temuriylar, shayboniylar singari ilm-fan va madaniyatga e’tiborli

bo’lishgan.

1

Dastlabki hukmdorlarning boshqaruvi davrida saroy hayotida

shayboniylar davri nasri va nazmi ta’siri sezilib turdi.

Ayni vaqtda ushbu sulola vakillaridan ham bir qator yetuk shoir, olim-fuzalo

shaxslar yetishib chiqqan edi. Bularga misol qilib Imomqulixon va Nodir

Muhammadning o’g’li shahzoda Qosim Muhammad Sulton, Abdulazizxon,

Subxonqulixon va boshqalarni keltirish joizdir. XVII asr boshlarida Buxoro xonligida

hokimiyatga kelgan ashtarxoniylar sulolasi davrida o’zaro ichki ziddiyatlar, tinimsiz

urushlar va siyosiy parokandalik avj oladi. Bunday jarayonlar esa albatta, mana’viy-

ma’rifiy va madaniy hayotga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmadi. Shuningdek,

bu davrda diniy mutaassiblik va ommaning diniy aqidalarga so’zsiz itoat etish

talablarining kuchayishi ham ilm-fan rivojiga salbiy ta’sir o’tkazgan. Shunday

bo’lishiga qaramasdan, murakkab diniy va siyosiy vaziyat ashtarxoniylar davrida

1

Hamidov H. XVI-XIX asrlar yurtimiz madaniyati tarixidan lavhalar. T.: Fan, 2009. 75-bet.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

400

maorif, ilm-fan va madaniyat rivojini to’xtatib qola olmagan. Bu davr ilm-faniga

Mahmud ibn Vali, Muhammad Sharif Buxoriy, Muhammad Yusuf Munshiy,

Muhammad Amin Buxoriy, Muhammad Zamon Buxoriy Abdurahmon Tole kabi ilm

fan namoyondalari bilan bir qatorda ashtarxoniy hukmdorlari ham ulkan hissa

qo’shganlar. Shunday hukmdorlardan biri ashatarxoniy Subhonqulixondir.

ADABIYOTLAR VA MANBALAR

XVII-XVIII asr boshlari ya’ni Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi tarixini

bayon etuvchi Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muhammad ibn

Muhammad Zamon Buxoriyning “Muhit ut-tavorix” (Tarixlar dengizi), Abdurahmon

Tole’ning “Abulfayzxon tarixi”, Muhammad Yusuf Munishiyning “Muqimxon tarixi”

asarlari shu davrning mahsulidir. Bundan tashqari Mahmud ibn Vali ( “Bahr-ul asror”),

Xoja Samandar Termiziyning “Dastur al-muluk” asari, Mir Muhammad Amin

Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muhammad Vafo Karmanagiyning “Tuhfat ul-

xoniy”, Abdurahmon Davlatning “Tarixi Abulfayzxon” kabi tarixiy asarlari yaratildi.

Subhonqulixonning zamondoshi shoir Turdi (1702-y vafot etgan) ning ijodi o‘ziga

xosligi bilan ajralib turadi.

Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-mulk” (Podshohlar uchun dastur)

asarini Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va tuzumi haqidagi asardir.

Mutribiyning “Tazkirat ush-muaro” Salexo Samarqandiyning “Muzakkir ul-ashob”

(1602-y), Mulla Sodiq Samarqandiyning “Riyoz ush-shuaro” kabi tazkiralarida davr

ilmiy muhiti haqida keng tasavvur beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Buxoro xonligida Abdulazizxon hukmronligi davrida ma’naviy madaniy

hayotda ijobiy siljishlar yuz beradi.

2

Olimlarga hurmat , shoirlarga iltifot , tasavvuf

ahliga muruvvat ko’rsatish xonga xos xislat bo’lgan. O’z davrining diniy ilmlaridan

xabardor bo’lgan Abdulazizxon Buxoroning taniqli faqihlaridan biri Mavlono

Nasriddin Buxoriydan musulmon huquqshunosligi bo’yicha saboq olgan. Shuning

natijasi o’laroq u fatvo berish hyquqiga ham ega bo’lgan.

3

Tariqatda esa Mhdumi

2

Arminiy vamberi. Buxoro yoxud Movorounnahr tarixi. 2-qism. T.: Info capital group, 2019. 133-bet.

3

To’rayev H. Ashtarxoniy Abdulazizxon. // Buxoro mavjlari. 4-son, 2008. 40-bet.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

401

A’zam avlodlaridan biri Hoji Abdulg’afforning muridi sanalgan.

4

Abdulazizxon ilm –

fan ravnaqiga hissa qo’shish maqsadida 1652-1654-yillarda Buxoroda 84 hujradan

iborat yirik madrasa barpo etgan. Ulug’bek madrasasi (1417)ning ro’parasida

joylashgan bu ilm maskani memoriy jihatdan o’z davrining nodir obidasi hisoblangan.

Uning me’mori Mimxoqon ibn Xoja Muhammadamin bo’lgan. Madrasaning ichki va

tashqi qismi saroy me’mori Muhammad Solih va masjid bezakchisi koshinkor

Mavlono Muhammad Amin xattot tomonidan suls yozuvi bilan bezatilgan.

5

Undagi marmar taxtachalar, qimmatbaho koshin bezaklar, nafis ganchkor

gumbazlar, ushbu davr me’morchiligida ham yetakchi an’analar saqlanib

qolganligidan dalolat beradi. Aftidan bu binoni qurgan me’mor yangi binolar shakli va

bezaklari jihatdan sodda Ulug’bek madrasasini orqada qoldirib ketishni maqsad qilgan.

Inshootning bezaklari ichida Xoja Zayniddin masjidi va Baland masjidi naqshlarida

mavjud bo’lgan “kundal”ga tilla suvi yurutilgan. Bu naqshlarning ishlanish usulida

Xitoy san’atining shubhasiz ta’sirini namoyon qiluvchi oq asosga ko’k bo’yoq bilan

gullar chizish usulini ham, daraxtlari va xayoliy imoratlari bilan Hindiston

me’morchiligini eslatib turuvchi parchalar mavjudligini ham ko’rish mumkin.

6

Tarixiy

manbalarda aytilishicha, Abdulazizxon o’zi qurdirgan mazkur madrasada

zamonasining yetuk allomasi mavlono Muhammad Sharif al-Buxoriy al-A’laviydan

tehsil olgan.

7

Abdulazizxon hukmronlik qilgan davrda Registonning shimoliy

tomonida bozori go’sfand (qo’y bozori) bor ediki, xon uning o’rnida katta madrasa

bino qurdirgan. Shuning uchun ham XX asr boshlarigacha bu hudud “Madrasayi bozori

go’sfand” deb atalganligi ( bu madrasa 1930-1940-yillarda vayron qilingan) ma’lum.

Shuningddek Abdulazizxon bir qancha inshootlar qurish va ta’mirlash bilan birga

shaharning Shayx Jalol va Qorako’l darvozalari orasida joylashjan Jo’ybordagi Jome

masjidini ta’mir qildirgan.

8

Bundan tashqari Abdulazizxon davrida XVII asrning

ikkinchi yarmida Buxoroning janubi-g’arbiy qismida bir qancha qurulish inshootlari

4

Жуманазар А. Бухоро таълим тизими тарихи. Т.: Академнашр, 2017. 147-б..

5

Жуманазар А. Бухоро таълим тизими тарихи. Т.: Академнашр, 2017. 149-б..

6

Hamidov H. XVI-XIX asrlar yurtimiz madaniyati tarixidan lavhalar. T.: Fan, 2009. 73-74-bet.

7

Muhammad Amin Buxoriy. Muhit at-tavorix. / Fors tilidan tarjima, kirish va izohlar muallifi D.Y.Yusupova va

U.Hamroyev. T.: Fan, 2020. 16-bet.

8

Mirzo Salimbek. Kashko’li Salimiy. Tavorixi muttaqadamin va muattaaxirin. / Fors tilidan tarjima va izohlar muallifi

N. Yo’ldoshev. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 2003. 279-bet.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

402

qurulib bitkaziladi. 1654-1655-yillarda bunyod etilgan Xiyobon madrasasi, 1670-

1671-yillarda qurilgan Jo’ybori Kalon madrasalarini bunga misol keltirish mumkin.

9

Abdulazizxon aniq fanlardan matematika sohasining ham o’tkir bilimdoni bo’lgan. Bu

haqida o’sha davrda Eronga tashrif buyurgan polyak elchisi quyidagicha fikr bildirib

o’tgan: “Abdulazizxon turli fan sohalarida, ayniqsa, matematika sohasida olim odam

bo’lgan. Xon hatto adabiy ijod bilan ham shug’ullanib turgan”.

10

XVII asrda naqshbandiya tariqatining favqulodda yangi qudratli to’lqini paydo

bo’ladi. Ayniqsa, Shayx Ahmad Sirhindiy o’z davrida ilm-fan va tariqatda erishgan

yuksak maqomi uchun “mujadddidi alfi soniy” ( Ikkinchi mingyillikda dinni

ysngilovchi, kuchaytiruvchi) nomini oladi. Shu sababdan u amal qilayotgan

naqshbandiya tariqati Hindistonda mujaddidiya-naqshbandiya nomini oladi. Bu

jarayondan Abdulazizxon ham juda yaxshi xabardor edi. UU Hindiston mashoyixlari

bilan aloqa bog’laydi. Abdulazizxon o’z yurtida ham ilm-fan va e’tiqodni rivojlantirish

maqsadida ularning orasidan Hoji Muhammad Habibulloh al-Buxoriyni (u So’fi

Olloyorning ustozi bo’lgan) Buxoroga taklif qiladi va shu tarzda bu yerda mujaddidiya-

naqshbandiya tariqati paydo bo’ladi.

11

Veyriyalik sayyoh va sharqshunos

A.Vamberining yozishicha, Abdulazizxon doimo o’z yonida Imom al-Buxoriyning

asarlarini olib yurgan va ularni mutolaa qilishni yaxshi ko’rgan.

12

Abdulazizxon davrida xattotlik san’ati ham ma’lum ravnaqqa erishgan bo’lib,

Buxoroda o’z davrining mashhur xattotlari faoliyat ko’rsatgan.Xususan, xattoyt

Mavlono Hoji Yodgorning ijodi gullab yashnagan. U saroy kutubxonasida ko’plab

kitoblarni qayta ko’chiradi, turli qit’alar yozadi. Abdulazizxon topshirig’i bilan Hofiz

Sheroziy devonini qunt bilan yeti yil mobaynida qayta ko’chiradi. Aynan shu nusxa

Eron hukmdori shoh Sulaymonga (1667-1694) tuhfa tariqasida yuborilgan. Shoh

Sulaymon Abdulazizxon tomonidan yuborilgan boshqa qimmatbaho narsalarga e’tibor

bermasdan, faqat shu kitobga mahliyo bo’lib, shunday degan edi: “Abdulazizxon butun

dunyoning ne’matlarini shu birgina kitobga jo aylab, menga jo’natibdi”.

13

9

Баракаев Ж., Ҳайдаров Й. Бухоро тарихи. Т.: Ўқитувчи, 1991. 79-80-б.

10

To’rayev H. Buxoro tarixi. – Buxoro: Durdona. 2020.-B.175-bet.

11

Жуманазар А. Бухоро таълим тизими тарихи. Т.: Академнашр, 2017. 146-б.

12

Arminiy vamberi. Buxoro yoxud Movorounnahr tarixi. 2-qism. T.: Info capital group, 2019. 133-bet.

13

To’rayev H. Ashtarxoniy Abdulazizxon. // Buxoro mavjlari. 4-son, 2008. 40-bet.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

403

Abdulazizxon o’z davrining yuqori darajadagi ma’lumotli kishisi bo’lib,

nazmga ixlosi va qobiliyati yaxshi edi. U o’z ismi negizida “Aziziy” taxallusi bilan ijod

qilgan. Go’zal she’rlar yozgan, hatto haj ziyorati davomida g’oyat go’zal bir nechta

masnaviylar yozgan. Shoirlarga esa ehtiromi baland bo’lgan. Manbalardan birida

aytilishicha, Abdulazizxon zamondoshlaridan bo’lgan bir shoir xonning semizligi

haqida istehzoli she’r yozganida, she’r mazminidan xabar topgan Abdulazizxon shoirni

chaqirtirgan. Bundan qo’rqib ketgan v axon qarshisida titrab turgan shoirga qarata u:

“Mening haqimda haqorotomuz she’r yozganingni eshitdim, boshqalar haqida unday

dema, yo’qsa sening uchun og’ir bo’lur’ degan. So’ngra xon shoirga 10 ming dinor va

to’n berishga amr qilgan. Bu munosabatga nisbatan shoir xonga qarata “Ey hukmdor,

oliyjanobligingiz bilan meni bu darajada uyalturguncha, gavdamni 10 ming parchaga

bo’lib tashlashga amr etsangiz yaxshiroq edi" degan ekan.

14

U nastaliq xatlarida

yozishni, maktub va insho mashqini zamonasining eng sara allomalaridan o’rgangan.

Keyinchalik, oliy hukmdor darajasiga yetishganda, Hindiston, Eron, Rumga xoh

forsiy, xoh Turkiyda bo’lsin, noma bitiklarkan, ularni o’zi tahrir qilib, yoqmasa

shaxsan o’zi yozish holatlari bo’lgan.

15

XULOSA

Xulosa qilganda, Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilgan davr, Buxoro

xonligi tarixida siyosiy beqarorlik va ichki nizolar bilan barobar, ilm-fan va ta’lim

tizimining nisbiy barqarorlikni saqlagan davri bo‘lib, ayniqsa ta’lim tizimiga bo‘lgan

munosabat jihatidan muhim bosqichlardan biri sanaladi. Bu davrda hukmdorlar

tomonidan diniy ta’limga bo‘lgan ehtiyoj va uning jamiyatdagi roliga yuqori baho

berilgan bo‘lib, ta’lim muassasalarining faoliyatini davom ettirish, ularni moddiy va

ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati olib borilgan. Madrasalar sonining

qisqarmasligi, aksincha, ayrim hududlarda yangi ta’lim maskanlarining barpo etilishi

Ashtarxoniy hukmdorlarining ilm-ma’rifatga bo‘lgan ehtiyoj va hurmatining yaqqol

dalilidir. Shu bilan birga, ta’lim tizimi tarkibida o‘ziga xos barqaror an’analar saqlanib

qolgan bo‘lib, o‘quv dasturlari Shayboniylar davridagi ilmiy maktablar tajribasi

14

Arminiy vamberi. Buxoro yoxud Movorounnahr tarixi. 2-qism. T.: Info capital group, 2019. 133-bet.

15

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: Sharq, 2001. 273-bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

404

asosida davom ettirilgan. Madrasalarda ta’lim diniy ilmlar bilan bir qatorda, mantiq,

adabiyot, tarix, hisob-kitob kabi dunyoviy fanlar o‘qitilishi bilan ajralib turgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Hamidov H. XVI-XIX asrlar yurtimiz madaniyati tarixidan lavhalar. T.: Fan,

2009. 75-bet.

2.

Arminiy vamberi. Buxoro yoxud Movorounnahr tarixi. 2-qism. T.: Info capital

group, 2019. 133-bet.

3.

To’rayev H. Ashtarxoniy Abdulazizxon. // Buxoro mavjlari. 4-son, 2008. 40-bet.

4.

Жуманазар А. Бухоро таълим тизими тарихи. Т.: Академнашр, 2017. 147-

б..

5.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: Sharq, 2001. 273-bet

6.

Mirzo Salimbek. Kashko’li Salimiy. Tavorixi muttaqadamin va muattaaxirin. /

Fors tilidan tarjima va izohlar muallifi N. Yo’ldoshev. Buxoro: Buxoro nashriyoti,

2003. 279-bet.

7.

Баракаев Ж., Ҳайдаров Й. Бухоро тарихи. Т.: Ўқитувчи, 1991. 79-80-б.

8.

To’rayev H. Buxoro tarixi. – Buxoro: Durdona. 2020.-B.175-bet.

9.

Maʼnaviyat yulduzlari(Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar,

adiblar). Nashrga tayyorlovchi va masʼul muharrir Xayrullaev M. T.: Аbdulla Qodiriy

nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1999. –B.262

10.

Ahmedov B. O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari. T.: Cho’lpon, 2003.

– B.90.

11.

Zayniddin Muhammad Vosifiy. Badode ul vaqoe. Fors tilidan N.Norqulov

tarjimasi. T.: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1979.

Most read articles by the same author(s)