MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
8
O’SMIRLIK YOSHIDAGI QIZLAR BILAN ISHLASHNING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Jumayeva Jamila Rustamovna
Qashqadaryo viloyati Koson tumani 99-maktabi psixologi
Annotatsiya: O‘smirlik davri insonni bolalikdan yoshlikka o‘tuvchi va o‘z
navbatida boshqa davrlardan o‘zining nisbatan keskinroq, murakkabrok kechishi
bilan farqlanib turuvchi davrdir.
Kalit so’zlar : o’smir , o’tish , xolat , xususiyat , inqiroz , davr , murakkab ,
maxsus .
KIRISH
O‘smirlik davri insonni bolalikdan yoshlikka o‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa
davrlardan o‘zining nisbatan keskinroq, murakkabrok kechishi bilan farqlanib turuvchi
davrdir. Bu davr taxminan bolalarning 5-8-sinflarda o‘qish paytlariga to‘g‘ri keladi va
11-12 yoshdan 14—15 yoshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu
davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. O‘smirlik davri ayrim
maxsus psixologik adabiyotlarda «o‘tish davri», «og‘ir davr», «inqiroz davri» kabi
nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning «og‘irligi», «keskinligi», «murakkabligi»
nimalar bilan asoslanadi?
O‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik,
fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari:
jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o‘zgaradi.
Bu davrda o‘smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning
ijtimoiy holatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat holatlarda ularda birbiriga
qarama-qarshi bo‘lgan turli xil an’analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi «bola»
emas va shu bilan birga hali «katta» ham emas. Uning o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga
nisbatan bo‘lgan munosabatlari bu¬tunlay boshqacha xarakter kasb etib boradi. Uning
qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo‘nalganligi qaytadan shakllanadi, o‘z-o‘zini anglashi,
baholashi, qadriyatlari o‘zgaradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
9
O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar shundan iboratki, bola
rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida tub
o‘zgarishlar amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetish
jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir
endokrin sistemasining o‘zgarishi bilan boshlanadi. Bu davrda gipofiz bezining
funksiyalari faollashadi. Uning old kismidan ajralib chiqadigan garmon organizm
to‘qimalarining o‘sishi va boshqa muhim ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez,
buyrak usti va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Ularning faoliyati o‘smir
organizmida ko‘plab o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi, jumladan bo‘y o‘sishining keskin
tezlashishi (bir yilda o‘g‘il bolalarda 4-5 sm, qizlarda 3-4 sm o‘sishi kuzatiladi), jinsiy
balog‘atga yetish, jinsiy organlarning rivojlanishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning
paydo bo‘lishi amalga oshadi. Bu jarayon qiz bolalarda 13-15 yoshlarda nisbatan jadal
kechadi. Jismoniy rivojlanish va jinsiy yetilishning akseleratsiyalashuvi kuzatilayotgan
hozirgi vaqtda ayrim qizlar 9-10 yoshda, o‘g‘il bolalar esa, 11-12 yoshlarida jinsiy
balog‘atga yetishning ilk bosqichida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘smirlik davrida
ichki sekretsiya bezlari faoliyati bilan bog‘liq ravishda organizmda keskin o‘zgarishlar
ro‘y beradi. Ayniqsa, qalqonsi¬mon bez va jinsiy bezlar ajratib chiqaradigan
garmonlar organizmda modda almashinishining katalizatori vazifasini bajaradi.
Chunki, endokrin va nerv sistemalari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Shunga ko‘ra,
o‘smirlik davri bir tomondan quvvatning keskin ortishi va ikkinchi tomondan patogen
ta’sirlarga o‘ta sezgirligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun aqliy yoki jismoniy
ortiqcha toliqish, uzoq muddatli asabiy zo‘riqish, effektlar, kuchli salbiy hissiyotlar
(qo‘rqish, g‘azab, xafagarchilik) endokrin buzilishlarga (menstrual siklning vaqtincha
buzilishiga) va nerv sistemasi funksiyasining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bunday
buzilishlar ta’sirlanuvchanlikning ortishi, o‘zini tuta bilmaslik,
parishonxotirlik, ishda mahsuldorlikning pasayishi, uyquning buzilishi kabilarda
namoyon bo‘ladi. O‘smirlik davrida endokrin va nerv sistemalari faoliyatining bolalik
davrida mavjud bo‘lgan muvozanati buziladi, yangisi esa endigina o‘rnatilayotgan
bo‘ladi. Bunday qayta qurilishlar, albatta, o‘smirning ichki holati, kayfiyati, ruhiyatiga
ta’sir ko‘rsatadi va ko‘pincha, uning umumiy noturg‘unligiga, ta’sirlanuvchanligiga,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
10
serjahlligiga, harakat faolligiga, vaqti-vaqti bilan hamma narsalarga befarq bo‘lib
qolishi va lanjligiga asos bo‘ladi. Bunday holatlarning yuzaga kelishi ko‘pincha,
qizlarda menstrual sikl boshlanishidan bir oz oldinroq yoki sikl davrida ko‘proq
kuzatiladi. Jinsiy balog‘atga yetish va jismoniy rivojlanishdagi o‘sish o‘smir ruhiyatida
yangi psixologik tuzilishlarning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega. Birinchidan,
bu o‘smir uchun juda sezilarli bo‘lgan o‘zgarishlar bo‘lib, ular o‘smirning katta
bo‘lganini his qilishining yuzaga kelishida ob’ektiv manba bo‘lib xizmat qiladi (uning
asosida o‘smir o‘zining kattalarga o‘xshashligini his qiladi).
Ikkinchidan, jinsiy balog‘atga yetish boshqa jins vakiliga qiziqishni
rivojlantiradi, yangi kechinma, hissiyot, tuyg‘ularni yuzaga keltiradi. O‘smirning ichki
bandligi va yangi taassurotlar, kechinmalarga munosabati darajasi ularning o‘smir
hayotidagi o‘rni keng ijtimoiy sharoitlar bilan, o‘smir hayotining konkret individual
sharoitlari, uning tarbiyasi va muloqoti xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu o‘rinda
o‘smir shaxsi shakllanishiga faqat kattalar uchun mo‘ljallangan kitoblar va kinofilmlar
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bularning barchasi, shuningdek o‘rtoqlari bi¬lan
sevgi
va
jins
muammolari
haqida
gaplashishlari
o‘smirlarda odamlar
munosabatlarining intim jihatlariga ko‘tarinki qiziqishni yuzaga keltirishi, erotik
an’analar va ilk seksuallikni rivojlantirishi mumkin. Har ikkala jins o‘smirlari uchun
bu davrda ilk romantik hislarning yuzaga kelishi «birinchi muhabbat»ga duch kelishi,
birinchi bo‘salarni olish kabilar me’yoriy hol hisoblanadi.
O‘smirlik davrida esa aksincha, o‘smir endi «yosh bola» emas, endi u «katta
odam». Katta odam esa mustaqil bo‘lishi, o‘z muammolarini o‘zi hal qilishi kerak. Bu
davrda kattalar yordamiga murojaat qilish tengdoshlar tomonidan qoralanadi va buni
o‘smirning o‘zi ham xohlamaydi. Bu davrda o‘smirlarga kattalar tomo¬nidan
oldingidek ko‘rsatiladigan iltifot, erkalashlar erish tuyuladi. Endi ular o‘zlarini erkalab,
silab-siypashlarini, «arzimagan narsalar» uchun katta¬lar tomonidan bildiriladigan
olqishlarni «yoqtirmaydilar». Endi ular atrofdagilarni hissiy qo‘llab-quvvatlashlaridan
xoliroq bo‘lishga, o‘z muammolarini o‘zlari shaxsan hal qilishga intiladilar. Oldinlari
ko‘chada, bog‘chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida uyidagilarga shikoyat qilib
ota-onasidan yordam so‘ragan bo‘lsalar, endi oiladan tashqarida birontasidan dakki
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
11
eshitib, kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu xaqda ota-onasiga bildirmaslikka harakat
qiladi va imkon qadar ota-onasi uning «ishlariga» aralashmasliklarini xohlaydi.
O‘smirlik davrining xarakterli jihatlaridan yana biri jinsiy balog‘atga yetish, (qizlarda)
menstrual siklning boshlanishi bilan bog‘liq. Ma’lumki, men¬strual sikl bilan shaxs
ruhiyati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud.
Qizlarda, ayollarda kuzatiladigan menstrual sikl 4 bosqichdan iborat bo‘lib,
o‘rtacha 28 kun davom etadi va bu bosqichlarda shaxs ruhiyatida kuzatiladigan
o‘zgarishlarni shartli ravishda yilning to‘rt faslidagi ob-havo o‘zgarishlariga qiyoslash
mumkin. Jinsiy bezlar estrogen va androgen gormonlarini ajratib chiqaradi. Estrogen
garmonlari odamda ruhiy quvvatni oshiruvchi gormonlar bo‘lsa, androgen gormonlari
aksincha, ruhiy quvvatni yemiruvchi gormon hisoblanadi. Ularning ajralib chiqish
miqdori menstrual sikl¬ning turli bosqichlarida turlicha bo‘ladi. Menstrual sikl
tugagandan keyingi birinchi haftada estrogen garmonlarining ajralib chiqishi ko‘payib
ayol, o‘smir qiz organizmi tabiat xuddi qishdan keyingi bahor kunlarida yangi
kuchlarga to‘lib borgani kabi yashnab-yayrab ruhiy quvvatlarga to‘yinib boradi. Bu
davrda qizlarning o‘z-o‘ziga va atrofidagilarga nisbatan bo‘lgan munosabatlari
yaxshilanib, ularning o‘ziga ishonchi, o‘zini baholash tuyg‘usi ortib boradi.
Navbatdagi ikkinchi haftani yashash yengil va yoqimli bo‘lgan yoz fasliga qiyoslash
mumkin. Bu davrda androgen miqdori juda kamayib, estrogen eng ko‘p miqdorda
ajralib chiqarila boshlaydi.
Odamning ruhiyati ham eng yaxshi darajada bo‘ladi. Bu bosqichda qizlarning
o‘ziga ishonganligi siklning boshqa davrlariga qaraganda eng yuqori darajada bo‘ladi.
Bu kunlar, qizlar uchun eng ko‘p quvvatga, zavq-shavqqa to‘lgan, atrofdagilar bilan
do‘stona munosabatda bo‘lgan va o‘z-o‘zini baholash darajasi ko‘tarilgan vaqtlardir.
Davr o‘rtalariga borib optimizm o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetadi. Bu «yoz»
kunlarida qizlarning atrofdagi¬lar, ayniqsa qarama-qarshi jins vakillari bilan
bo‘ladigan munosabatlari eng a’lo darajada bo‘ladi. Tabiatda issiq yoz o‘rnini o‘zining
izg‘irin shamollari bilan kuz egallaganidek, menstrual siklning uchinchi haftasida
organizm uchun quvvat manbai bo‘lgan estrogen miqdori kamayib, androgenning
ajralib chiqishi kuchaya boradi. U estrogen ta’sirini kamaytirib, hayz ko‘rish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
12
boshlanishi oldidan ruhiy siqilish holatini yuzaga keltiradi, organizmni qishga, ya’ni
navbatdagi menstruatsiyaga tayyorlaydi. Bu davrda o‘smir qizlar ruhiyatida tajanglik,
jizzakilik, befarqlik, o‘z-o‘ziga nisbatan ham, atrofdagilarga nis¬batan ham
ishonchsizlik ortib boradi. O‘z-o‘zini baholash darajasi keskin pasayadi. Bu holat
qizlarda nafaqat noqulaylik hissini, balki «Men hech kimga kerak emasman!»,
«Naqadar xunukman», degan fikrlarni ham tug‘diradi. Bunday fikr, bunday baho
o‘smir qiz uchun qay darajada og‘ir ekanligini faqat shu holatni boshidan
kechirganlargina his qila olishi mumkin. Ayni shu davrda atrofdagilar, sinfdoshlari,
o‘qituvchilar, ota-onalar tomonidan o‘smir qiz shaxsiyatiga taalluqli bo‘lgan
arzimagan gap ham unga o‘ta haqoratdek tuyulishi va fojeali oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Bu holat hafta davomida kuchayib boraveradi. To‘rtinchi hafta menstruatsiya
sikli boshlanganda esa bu holatlar yanada kuchayadi. Bu davrda o‘smir qizlarning o‘z-
o‘zini baholash darajasi nihoyatda pasayib, ular nafaqat atrofidagilarni, hatto o‘z-o‘zini
ham yomon ko‘rib ketadi. O‘zlarini o‘ta noqulay, o‘ta xunuk, yolg‘iz, hech kimga
kerak emas, deb his qiladilar. Ayni shu vaqtlarda o‘z ruhiyatida, organizmida ro‘y
berayotgan bunday o‘zgarishlarning asl sababi va mohiyatini tushunib yetmagan ayrim
o‘smirlar atrofidagilar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarining buzilishiga, ayrim
noxush hodisalarning sodir etilishiga yo‘l qo‘yishlari mumkin.
Jinsiy balog‘atga yetish davrida o‘smir organizmida, uning ruhiyatida ro‘y
beradigan bunday tabiiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish, ularning sabablari, kechishi
haqida aniqroq ma’lumotlarga ega bo‘lish «o‘smirlikdek» og‘ir, murakkab davrni
jiddiy, salbiy asoratlarsiz kechishini ta’minlaydi. Buning uchun birinchi navbatda, shu
o‘smirlarning yaqin kishilari, ota-onasi, o‘qituvchilari hozirgi kun o‘smir
psixologiyasi, psixofizilogiyasi masalalariga oid eng zamonaviy ilmiy ma’lumotlardan
xabardor bo‘lishi va o‘smirlar bilan o‘zaro munosabatlarda ulardan o‘rinli foydalana
olish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.
XULOSA
Jinsiy balog‘atga yetish Jinsiy balog‘atga yetish haqida tushuncha. O‘smirlik
davrida kuzatiladigan xarakterli holatlardan biri jinsiy balog‘atga yetishdir. Jinsiy
balog‘atga yetish qanday amalga oshadi? Jinsiy bezlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
13
belgilar bola hali ona qornidaligidayoq, paydo bo‘ladi va bola tug‘ilganidan boshlab,
to o‘smirlik davrigacha jinsiy rivojlanishni belgilab beradi. Jinsiy bezlar va ularning
funksiyalari bolani rivojlanish jarayonining yaxlitligi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Ontogenetik taraqqqiyotning ma’lum bir bosqichida jinsiy rivojlanish keskin
jadallashadi va fiziologik jinsiy yetuklik amalga oshadi. Jinsiy rivojlanishning
tezlashishi jinsiy balog‘atga yetish davri deb ataladi va u aksariyat hollarda, o‘smirlik
yoshiga to‘g‘ri keladi. Qiz bolalarning jinsiy balog‘atga yetishishi o‘g‘il bolalarga
qaraganda 1-2 yil ilgarilab ketadi. Jinsiy balog‘atga yetish nisbatan individual
xarakterga ega bo‘lib, u vaqti va tempiga ko‘ra, turli bolalarda turlicha kechishi
mumkin. Jinsiy balog‘atga yetish muddati va uning jadalligi turlicha bulib, u ko‘plab
omillarga: salomatlik holati, ovqatlanish xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarga bog‘liq. Bunda nasliy xususiyatlar ham muhim rol o‘ynaydi. Noqulay
maishiy sharoitlar, yetarlicha va to‘g‘ri ovqatlanmaslik, ularda zarur vitaminlarning
yetishmasligi, og‘ir yoki qaytalanuvchan xastaliklar jinsiy balog‘atga yetish davrini
kechiktirib yuborishga olib kelishi mumkin. Odatda, katta shaharlarda o‘smirlarning
jinsiy balog‘atga yetishishi qishloq joylardagiga qaraganda, ertaroq amalga oshadi.
Jinsiy balog‘atga yetish davrida gipofiz va qalqonsimon bezlar ajratib chiqaradigan
gormonlar ta’siri ostida o‘smirda bo‘y o‘sishi, ikkilamchi jin¬siy belgilarning
rivojlanishi, ovozning o‘zgarishi, muskul kuchlarining ortishi, tananing ayrim
qismlarini jun bosishi, ko‘krak bezlarining rivojlanishi kabilar kuzatiladi. Jinsiy
balog‘atga yetish bosqichlari. Jinsiy balog‘atga yetish tekis kechadigan jarayon emas.
U ma’lum bir bosqichlarga bo‘linadi va ularning har biri ichki sekretsiya bezlarining
va butun organizmning o‘ziga xos funksiyalari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichlar
birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar majmui bo‘yicha belgilanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
E.G’oziyev “Umumiy psixologiya ” 2014 y
2.
E.G’oziyev “Ontogenez psixologiyasi ”2014 yil
3.
Jalolova M. SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE //Archive of
Conferences. – 2021. – Т.
25. – №. 1. – С. 153-157.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
14
4.
Jalolova, Mohinur. "SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE."
Archive of Conferences. Vol. 25. No. 1. 2021.
5.
Jalolova, M. (2021, May). SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL
AGE. In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 153-157).
6.
ИСАКОВА М. Т. СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН)
//СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с
ограниченной ответственностью" Центр инновационных технологий". – №. 8. –
С. 45-52.
7.
ИСАКОВА,
МУЪАЗАМ
ТУЛКИНОВНА.
"СОВРЕМЕННОЕ
ОБРАЗОВАНИЕ
(УЗБЕКИСТАН)."
СОВРЕМЕННОЕ
ОБРАЗОВАНИЕ
(УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с ограниченной ответственностью"
Центр инновационных технологий" 8: 45-52.
8.
13.ИСАКОВА, М. Т. СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН).
СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с
ограниченной ответственностью" Центр инновационных технологий", (8), 45-52.