MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
3
BALOG’AT YOSHIDAGI O’QUVCHI QIZLAR XARAKTER
XUSUSIYATLARI VA ULARNI TARBIYASIDAGI YO’L
QOYILADIGAN XATO VA KAMCHILIKLAR
Nurniyozova Adiba Og'anyozovna
Buxoro viloyati Olot tuman 30-maktab psixologi
Annotatsiya: Maqolamizning asosiy mazmuni shundan iboratki,maktab
o‘quvchi qizlarining ijtimoiy faolligini ta’minlash, to‘g‘ri yo‘nalish berish, o‘zini o‘zi
o‘qishga safarbar qilish, darslardan keyingi bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalantirish,
biron natijaga erishish, jamiyatda o‘z o‘rnini topgan shaxs sifatida shakllantirish,
keyingi hayotga qadam qo‘ydirish, ularni tarbiyasidagi yo’l qoyiladigan xato va
kamchiliklari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: o‘quvchi, vatanga sadoqat, jamiyat, harakatchan,
tashabbuskorlik, fazilatlar, iroda, matonat, tirishqoqlik, mehnat, samara, faol,
ijtimoiy, safarbar etish
KIRISH
Qizlar o’g’il bolalarga nisbatan ertaroq balog’atga etadi. Qizlarda bu davr
aksari 12 — 14 yoshdan 16 — 18 yoshgacha, o’g’il bolalarda 13 — 15 yoshdan 16 —
20 yoshgacha davom etadi. Balog’atga yetish muddati o’smirning irsiy
xususiyatlariga, sog’lig’iga, ovqatiga, shuningdek hayot tarzi (maishiy, ijtimoiy-
iqtisodiy) va iqlim sharoitlariga bog’liq. Turli noxush omillar: og’ir kasalliklar,
yolchib ovqatlanmaslik va boshqa odatda jismoniy va ruhiy rivojlanishning
kechikishiga sabab bo’ladi. Nimjon, kasalmand bolalar sog’lom bolalarga nisbatan
kechroq balog’atga etadi. Kech yoki erta Balog’atga yetish jinsiy bezlar, buyrak usti
bezlari va gipofiz funktsiyasining buzilishiga aloqador bo’lishi mumkin. Balog’atga
yetish davrida jinsiy instinkt ancha tez shakllanadi. Qizlar hayz ko’radi, bolalarda
ixtilom (pollyutsiya) kuzatiladi, shuningdek organizmda chuqur o’zgarishlar ro’y
beradi: o’smirning bo’yi cho’zilib, ikkilamchi jinsiy belgilari paydo bo’ladi; o’g’il
bolalarda soqol mo’ylov ko’rinib, ovozi do’rillab qoladi, qizlarning badani yumaloq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
4
tortib, birinchi galda soni va dumbasida yog’to’planib boradi, sut bezlari kattalashib,
chanoq suyaklari eniga kengayadi. Qonda jinsiy gormonlar ko’payib, bir jins ikkinchi
jinsga ko’proq e’tibor bera boshlaydi. Balog’atga yetish davrida o’smirning psixikasi
ham o’zgarib, nerv tizimining faoliyatida bir qator o’zgarishlar ro’y beradi.
Jinsiy balog‘atga yetish davrida o‘smir organizmida, uning ruhiyatida ro‘y
beradigan bunday tabiiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish, ularning sabablari, kechishi
haqida aniqroq ma’lumotlarga ega bo‘lish «o‘smirlikdek» og‘ir, murakkab davrni
jiddiy, salbiy asoratlarsiz kechishini ta’minlaydi. Buning uchun birinchi navbatda, shu
o‘smirlarning yaqin kishilari, ota-onasi, o‘qituvchilari hozirgi kun o‘smir
psixologiyasi, psixofizilogiyasi masalalariga oid eng zamonaviy ilmiy ma’lumotlardan
xabardor bo‘lishi va o‘smirlar bilan o‘zaro munosabatlarda ulardan o‘rinli foydalana
olish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.
O‘smirlik davrida kuzatiladigan xarakterli holatlardan biri jinsiy balog‘atga
yetishdir. Jinsiy balog‘atga yetish qanday amalga oshadi? Jinsiy bezlar va u bilan
bog‘liq bo‘lgan jinsiy belgilar bola hali ona qornidaligidayoq, paydo bo‘ladi va bola
tug‘ilganidan boshlab, to o‘smirlik davrigacha jinsiy rivojlanishni belgilab beradi.
Jinsiy bezlar va ularning funksiyalari bolani rivojlanish jarayonining yaxlitligi bilan
uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ontogenetik taraqqqiyotning ma’lum bir bosqichida jinsiy
rivojlanish keskin jadallashadi va fiziologik jinsiy yetuklik amalga oshadi. Jinsiy
rivojlanishning tezlashishi jinsiy balog‘atga yetish davri deb ataladi va u aksariyat
hollarda, o‘smirlik yoshiga to‘g‘ri keladi. Qiz bolalarning jinsiy balog‘atga yetishishi
o‘g‘il bolalarga qaraganda 1—2 yil ilgarilab ketadi.
Jinsiy balog‘atga yetish nisbatan individual xarakterga ega bo‘lib, u vaqti va
tempiga ko‘ra, turli bolalarda turlicha kechishi mumkin. Jinsiy balog‘atga yetish
muddati va uning jadalligi turlicha bulib, u ko‘plab omillarga: salomatlik holati,
ovqatlanish xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq. Bunda
nasliy xususiyatlar ham muhim rol o‘ynaydi. Noqulay maishiy sharoitlar, yetarlicha va
to‘g‘ri ovqatlanmaslik, ularda zarur vitaminlarning yetishmasligi, og‘ir yoki
qaytalanuvchan xastaliklar jinsiy balog‘atga yetish davrini kechiktirib yuborishga olib
kelishi mumkin. Odatda, katta shaharlarda o‘smirlarning jinsiy balog‘atga yetishishi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
5
qishloq joylardagiga qaraganda, ertaroq amalga oshadi. Jinsiy balog‘atga yetish
davrida gipofiz va qalqonsimon bezlar ajratib chiqaradigan gormonlar ta’siri ostida
o‘smirda bo‘y o‘sishi, ikkilamchi jin¬siy belgilarning rivojlanishi, ovozning
o‘zgarishi, muskul kuchlarining ortishi, tananing ayrim qismlarini jun bosishi, ko‘krak
bezlarining rivojlanishi kabilar kuzatiladi. Jinsiy balog‘atga yetish bosqichlari. Jinsiy
balog‘atga yetish tekis kechadigan jarayon emas. U ma’lum bir bosqichlarga bo‘linadi
va ularning har biri ichki sekretsiya bezlarining va butun organizmning o‘ziga xos
funksiyalari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichlar birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar
majmui bo‘yicha belgilanadi.
Bugungi zamonaviylashuv jihatidan rivojlanayotgan davlatda xotin-qizlarga
ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘quvchi qizlariga globallashuvning tobora
yuqorilashayotgan tizimiga ko‘ra tarbiyaga alohida yangicha yondashuvlar olib kirgan
holda ijobiy fazilatlarni shakllantirishda, hunar o‘rgatishda ota-ona, oila a’zolari va
mahalla bilan bir qatorda maktablar ham samarali ta’sirini o‘tkazmoqda. Chunonch,
ijtimoiy faoliyatini shakllantirishda keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilib,
ko‘zlanga maqsadlarga o‘rinma-o‘rin erishib kelishilmoqda. Jumladan, maktablarda
yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar, yutuqli bellashuvlar, ko‘rik-tadbirlar, kreativlikni
shakllantiruvchi yig‘ilishlar o‘tkazilib, maktab reytingini ko‘tarib bermoqda. Bu kabi
foydali ishlar ham maktab reytingi uchun, ham o‘quvchi qizlarining keyingi hayoti
uchun juda katta hissa qo‘shmoqda. Bundan tashqari Respublikamizda qizlarni
sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan
har tomonlama yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish dolzarb mavzuga aylangan desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev: «Ma’lumki, har qanday mustaqil
davlat mustahkam ma’naviy poydevorga ega bo‘lgandagina yuksak taraqqiyotga
erisha oladi. Shu maqsadda biz «Uzluksiz ma’naviy tarbiya Kontseptsiyasi» doirasida
umumta’lim maktablarida birinchi marta «Tarbiya» fanini joriy etmoqdamiz», deya
ta’kidladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirishda amalga oshiralayotgan islohotlar hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
6
borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarning muhim ahamiyati orqali vazifalarni
amalaga oshirishda tariximiz va bugungi kunimizdagi holatini e’tiborga olgan holda
o‘rganish, tahlil qilish hamda kerakli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb
ahamiyatga ega.
O‘quvchi qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish uchun albatta ularni
rag‘batlantirish maqsadga muvofiq. Rag‘batlantirishni 2 asosiy turi bor. Bular:
1)
Moddiy
2)
Ma’naviy
Moddiy rag‘banlantirishga faollikka erishgan o‘quvchi qizlarga qimmatbaho
sovg‘alar, pul mukofotlari va hakoza hisoblanadi. Ma’naviy rag‘batlantirishga diplom,
faxriy yorliqlar, tashakkurnoma va boshqalar. Hozirga kunda ma’naviy
mukofotlarning turlari va imtiyozlari ko‘paygan. Bunga misol qilib, “Zulfiyaxonim”
nomidagi davlat mukofoti, “To‘maris qizlari” sport mukofoti va olimpiadalardagi
mukofotlarni olsag bo‘ladi.
Ya’ngilalanayotgan O‘zbekistonda yoshlar, ayniqsa xotin-qizlarning o‘rni
beqiyos. Yangi avlodni yetishtirib, tarbiyalash ayollar zimmasida, shunday ekan
maktab yoshidagi qizlarga alohida e’tibor zarur. Jumladan, ularning sog‘liqlari,
yashash tarzi, qiziqishlari, kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun muhim omillar
hisoblanadi. Hozirda davlat boshqaruv organlarida, tibbiyotda, yuridik sohada,
tadbirkorlikda peshqadam bo‘lib kelayotgan xotin-qizlarni uchratish mumkun.
Yurtimizda akademik, proffessor, fan doktorli bo‘lgan ayollar ko‘p. Maktab o‘quvchi
qizlariga ular bilan uchrashuv, yaqindan suhbatlar tashkil qilish qizlarni ijtimoiy
faolligini yanada oshiradi. Ularda intiluvchanlikni shakllantiradi. O‘quvchi qizlar
bizning faxrimiz, yurtimiz kelajagi!
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-
shavkatmirziyeevning-oliy-25-01-2020.
2.
Xabibullayevna, Y. D. (2022). O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiysiyosiy
faolligini oshirishda amalga oshirilayotgan islohatlarning muhim ahamiyati’.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
7
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot» jurnali.
3.
«Uzluksiz ma’naviy tarbiya Kontseptsiyasi». -T.: 2019.-B. 12.
4.
Bakiyeva M.K. O‘quvchi qizlarda ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishda
oilaning ta’siri // «O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim» mavzusidagi Respublika ilmiy
konferentsiya materiallari. Qo‘qon, 2020.
5.
Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O‘quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy
fanlarni o‘qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
6.
Khaydarov S, A. (2023). Using technologies in teaching social sciences.
GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL
(GIIRJ), (pp. 305-309). 11(9).
7.
Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik
sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и
решение, 1(1), 64–67.
8.
Ҳайдаров, С.
А. (2023).
ТАРИХ
ДАРСЛАРИДА
САНЪАТ
АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
9.
Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history
of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-
SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).