Authors

  • Tursunova Ozoda Faxriddinovna

Author Biography

  • Tursunova Ozoda Faxriddinovna

    Buxoro davlat tibbiyot universiteti

    Ijtimoiy fanlar kafedrasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85494

Keywords:

lugat tafakkur ijod kreativ

Abstract

Har qanday shaxsning aqliy taraqqiyoti darajasi ilmiy yoki (bugungi kunda fan bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan) texnikaviy bilimi, ijodiy, kreativ fikr yurita olishi bilan belgilanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

61

IJODIY TAFAKKUR SHAKLLANISHIDA LUG‘ATLARNING O‘RNI

VA AXAMIYATI

p.f.f.d. (PhD) Tursunova Ozoda Faxriddinovna

Buxoro davlat tibbiyot universiteti

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Annotatsiya. Har qanday shaxsning aqliy taraqqiyoti darajasi ilmiy yoki

(bugungi kunda fan bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan) texnikaviy bilimi, ijodiy, kreativ fikr

yurita olishi bilan belgilanadi.

Kalit so‘zlar: lugat, tafakkur, ijod, kreativ.

Tafakkur

inson

aqliy

faoliyatining

yuksak

shakli;

obyektiv

voqelikning

ongda

aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni,

voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti

sanaladi. U

sezgi

,

idrok

,

tasavvurlarga

qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi

yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular

oʻrtasidagi bogʻlanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yoʻl bilan aks ettirishga

aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina

nisbatan chuqurroq va toʻlaroq aks

etadi. Biz

sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin boʻlmagan narsa yoki

hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bogʻlanish va

munosabatlarini

tafakkur

vositasi

bilan

bilib

olamiz.

Tafakkur

inson

miyasining

alohida funksiyasi. Uning

nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi

signal sistemalarining

oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr,

mulohaza, gʻoya, faraz kabilar

vujudga keladi va ular shaxsning

ongida

tushunchalar

,

hukmlar

, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang:

ong

). Tafakkur

til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq

shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada

doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson

oʻzining tafakkuri,

nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan

ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

62

etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar,

tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali

voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi

eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson

muayyan qonun,

qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va

hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish

imkoniyatiga ega.

Tafakkur

koʻpgina

fan

sohalari

(

falsafa

,

mantiq

,

jamiyatshunoslik

,

fiziologiya

,

kibernetika

,

biologiya

)ning

tadqiqot

obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga,

muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi,

shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat,

koʻrgazmali obrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum

, ijodiy va hokazo)

ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar

oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon boʻladi. Jamoada

tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat

qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat tafakkur sifatlari

vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok qilinishi ham tafakkur bilan uzviy

aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar tafakkurning mahsuli

hisoblanadi.

Psixologiya

tafakkurning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri),

ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi.

Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari tafakkurdagi mantiqiy

jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.

Ijodiy tafakkur

– erkin fikrlash va ijodkorlik tamoyili ustuvor bo‘lgan

tafakkur shakli. «Tafakkur» arabcha «fikr» so‘zidan yasalgan bo‘lib, o‘ylash, fikr-

mulohaza yuritish degan ma’nolarni bildiradi. Ijodiy tafakkur esa voqea-hodisalarni

qiyoslash, taqqoslash, tahlil etish asosida fikrni rivojlantirish, uning yangi-yangi

qirralarini ochish, shu tariqa bilim va tasavvur dunyosini boyitib borishni

anglatadi. Ijodiy tafakkur – insonga xos eng muhim xususiyatlardan biridir. Bu

xususiyatdan mahrum bo‘lgan inson bamisoli hamma ishni ko‘r-ko‘rona bajaradigan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

63

qulga aylanib qoladi. Ijodiy tafakkur sohibi o‘z mustaqil fikriga ega bo‘ladi. U hayotga,

odamlarga erkin munosabatda bo‘lib, har qanday voqea-hodisa yuzasidan o‘z fikrini

erkin ifoda qila oladi. Ijodiy tafakkur – jamiyatni ma’naviy yangilash, odamlarning

ongu tafakkurini yuksaltirish, ezgu g‘oyalar tantanasini ta’minlashning muhim

shartidir. SHuning uchun hozirgi vaqtda mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat

qurish jarayonida ijodiy tafakkur rivojiga alohida e’tibor berilmoqda. Mutafakkir

so‘zining o‘zagi ham fikrdir. Lekin fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlarning

hammasini ham mutafakkir deb bo‘lmaydi. YUksak, teran va qudratli tafakkur sohibi,

milliy va umumbashariy qadriyatlar rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ijodkorlar,

alloma va aziz-avliyolar mutafakkir deb atashga

munosibdir.

Ijodiy tafakkurning shakllanishi Insonga hali echilmagan masalalarni hal etish

imkonini beruvchi bilish jarayonlari ijodiy tafakkur deb ataladi. Uning shakllari va

tuzilishi hozircha noma'lum. «Oydinlashish», «ilhom» kabi so'zlar ijodiy tafakkurning

birinchi bosqichida hali insonda shakllanmagan tushuncha va mantiqiy operasiyalar

shaklida sodir bo'ladigan faktlarni tavsiflaydi, xolos. Bu so'zlar, shuningdek, ijodiy

tafakkur natijasi faqat ma'lum tasavvur, tushuncha va operasiyalarni qo'llash

emasligini, balki yangi obrazlar, tushun-chalarni hal etishning yangi usullarini

yaratishni ham bildiradi. SHunday qilib, ijodiy tafakkur ko'p jihatdan ijodiy tasavvurga

yaqinlashadi va hatto uyg'unlashadi. Ijodiy tafakkur uchun asosiysi - «qolip»dan

chiqish, voqelikni faqat odatiy tushuncha va tasavvurlardagidek emas, balki har

jihatdan atroflicha qamrab olishdir. Ijodiy tafakkur mantiq doirasi bilan

chegaralanmagan va shuning uchun narsalar haqidagi tasavvurlarning har qanday, eng

noodatiy, fantastik o'zaro munosabatlari, birlashuvi va qayta yaralishiga yo'l qo'yadi.

Inson nafaqat tashqi muhitda, balki o‘zida ham o‘zgarish yasaydi. SHuning

uchun ham fan va texnika jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy munosabatlar

yangilanayotgan hozirgi zamonda yoshlarni kreativ faoliyat, ijodga o‘rgatish, ijodiy

qobiliyatli shaxslarni shakllantirish masalalari ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu

nuqtai nazardan, oliy o‘quv yurtlari talabalarida ijodiy tafakkur, kreativ faoliyat yurita

olishni rivojlantirish muammosini tadqiq etish masalasi hozirgi kunda etarli darajada

ӯrganilmagan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

64

Bugungi kunda axborot jamiyati davrida fan va innovatsion taraqqiyot jamiyat

rivojlanishi, shu jumladan uning moddiy, iqtisodiy negizi – ijtimoiy ishlab

chiqarishning rivojlanishini belgilovchi omillar hisoblanadi. Talabalarda ilmiy fakt,

g‘oya, gipoteza, konsepsiya, nazariya, ilmiy qonun, ilmiy bilish degan tushunchalar va

ilmiy tadqiqotlar olib borish malakalarini hosil qilish uchun zamonaviy oliy ta’lim

dasturi bunga javob bera olishi ham maqsadga muvofiq.

Bizning farazimizcha, talabalarni 1-kursdan boshlab ilmiy ijodiy faoliyat

yuritishga o‘rgatish mumkin, agarda ularda quyidagi malakalar shakllantirilsa:

– ilmiy faktlar to‘plash;

– ilmiy faraz qilish;

– bashorat qilish;

– sinergetik tafakkur yuritish;

– axborotlarni tanlash va ulardan aniq maqsadda foydalanish;

– adabiyotlar bilan ishlash;

– ilmiy-akademik uslubda yozma va og‘zaki muloqot yuritish.

Badiiy ijodkorlik shakllari esa talabalarning yuksak ma’naviy hissiyotlari va

tafakkur yuritish shakllariga bog‘liq bo‘ladi. Talabalarda ijodiy faoliyatga tayyorlik

dinamikasi – o‘sib borish jarayonini bosqichma-bosqich o‘rganish natijasida talabalar

ijodiy tafakkurining o‘ziga xos jihatlari namoyon bo‘ladi. Talabalarni o‘z kasbiga

ijodiy yondasha olishi darajasida tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib, u talabaning

ehtiyojlari, qadriyatlari, hissiyotlari va intellekti hamda kasbiy va hayotiy

motivatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Asosiy xulosa shuki, agar talabalarda ijodiy tafakkur haqidagi tasavvurlar

kengaysa, kreativ faoliyati motivatsiyasi anglangan bo‘lsa va professional tayyorgarlik

bo‘yicha maxsus korreksion metodikalar qo‘llanilsa, ularda ijodiy-kreativ tafakkur

yuritishga tayyorlik darajasi izchil o‘sib boradi. SHuningdek, talabalar ilmiy-ijodiy

izlanishlari, iqtidorli talabalarni qo‘llabquvvatlash, fan olimpiadalari, talabalar ilmiy

konferensiyalari, ilmiy va badiiy to‘garaklarning samaradorligi ham ularda

ijodkorlikka qiziqish va motivatsiyani hamda tegishli malakalarning hosil bo‘lishiga

sabab bo‘ladi. Talabalarda ijodiy tafakkurni shakllantirish orqali:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

65

– oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi sifati va samaradorligi oshadi;

– jamiyatda intellektuallar, ijodkorlar, raqobatbardosh zamonaviy kadrlar

sonini oshirish va shu yo‘l bilan jamiyatimiz nufuzini dunyo miqyosida oshirishga

erishamiz;

– kadrlar raqobatbardoshligi, saviyasi, mehnat va ishlab chiqarish

samaradorligi, jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik darajasi oshadi. Bu esa o‘z

navbatida, albatta, jamiyatimizning kelajakdagi ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy

taraqqiyotiga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR

Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.

2. Batiщev GS. Filosofskaya konsepsiya cheloveka i kreativnosti v nasledii

S.L.Rubinshteyna // Voprosы filosofii, 1989. - №4176. Frene S. Formirovanie

lichnosti rebenka i podrostka: Per. s fr-M.: Progress, 1990

3. Normadovich T. M. A MODEL FOR DESIGNING INDIVIDUAL

EDUCATIONAL TRAJECTORIES OF STUDENTS-FUTURE TEACHERS OF

SCHOOL ORGANIZATIONS //Horizon: Journal of Humanity and Artificial

Intelligence. – 2023. – T.2. – №. 5. – S. 548-554.

4. Djuraev R.X.Ta’limda interfaol texnologiyalar. Sano-standart, – T., 2010.- 87 b.

5. Ibragimov X., Abdullaeva SH. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T., Fan, 2004. -182

b.