Authors

  • Yangiyeva Dilafro’z Bekmurodovna

Author Biography

  • Yangiyeva Dilafro’z Bekmurodovna

    Buxoro viloyati Olot tumani 23-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85501

Keywords:

O’yin tarbiya rivojlanish bolalar bilish jarayoni

Abstract

Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan bo’lishi, ma’lum malakalar, o’quvlar va elementar tushunchalarga ega bo’lishi kerak bo’ladi. Bularga bola o’yin faoliyati orqali erishadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

15

BILISH JARAYONLARIDAGI KAMCHILIKLAR VA ULARNI

KORREKSIYA QILISH

Yangiyeva Dilafro’z Bekmurodovna

Buxoro viloyati Olot tumani 23-maktab psixologi

Annotatsiya: Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga kirisha

olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni

egallagan bo’lishi, ma’lum malakalar, o’quvlar va elementar tushunchalarga ega

bo’lishi kerak bo’ladi. Bularga bola o’yin faoliyati orqali erishadi.

Kalit so’zlar: O’yin, tarbiya, rivojlanish, bolalar, bilish jarayoni.

KIRISH

Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya

ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi

yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - bosqich ta’lim

tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash

zaruriyati yuzaga keladi. Hozirgi yoshlarning har jihatdan mukammal barkamol, keng

dunyoqarashga, ijodiy tafakkurga, intellektual salohiyatga ega bo’lgan shaxslar qilib

tarbiyalashimiz zarur. Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizning bilimdonligi,

ma’naviy kamoloti, g’oyaviy yetukligi davrimizning dolzarb vazifalaridandir.

O’zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo’lib, avlodlarga

insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik birodarlik, mehr-oqibat kabi

umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o’yin

bilan o’tadi. O’yin - maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining

muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanadi. O’yin jarayonida bola

shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi. O’yin o’zoq davrlardan beri

mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va

madaniyat arboblari diqqatini o’ziga qaratib kelgan.

O’yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasiga, maktabgacha

ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomondan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

16

tarbiyalashda katta o’rin tutadi. O’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va

ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik

tarbiyalanadi. SHuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o’yin

munosib o’rin egallaydi. O’yin ta’lim va mashg’ulotlar bilan, kundalik hayotdagi

kuzatishlar bilan uzviy bog’liq bo’lib juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Ijodiy o’yinlarda muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy

kuchini ishga soladi, tafakkurni, xayolni, diqqatni, xotirani faollashtirishni talab qiladi.

Bola masalalarni mustaqil hal qilishga o’rganadi, o’ylagan narsasini amalga oshirish

uchun yaxshiroq va osonroq usul o’ylab topadi, o’z bilimlaridan foydalanish va uni

so’z bilan ifodalashni o’rganadi. O’yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga

qiziqish o’yg’onadi. Ko’pincha o’yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini,

bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalarda kattalarning mehnatiga,

ijtimoiy hayotga, kishilarning qahramonona ishlariga qiziqish sari ularda bo’lajak

mutaxassislik, yaxshi ko’rgan qahramonlariga taqlid qilish kabi dastlabki orzular

paydo bo’ladi.

Shunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi

bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

1)

bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro

muomalasiga qiziqadi;

2)

bolalar rolli o’yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo’shqin

xistuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar;

3)

rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda

yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;

4)

kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari

tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakkam shaxsiy hayotida o’chmas

iz qoldiradi. Maktabgacha yosh davrida o’yinning takomillashuvi. Psixologiya qabul

qilinganidek, rolli o’yin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi.

Ma’lumki, 1-3 yosh bolalar hali tashqi muhitni juda oz o’zlashtirganlar. Ular

hali hattoki narsalarning rangini, hajmini va boshqa jihatlarini yaxshi ajrata olmaydilar.

SHuning uchun ularga ko’g’irchoq bilan birga har xil rangli qiyqim, laxtak matolar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

17

ham berish kerak. Ayniksa, qiz bolalar o’z ko’g’irchoqlarini har xil rangli matolarga

o’rab, ro’mol qilib o’ratib mashq qiladilar. O’g’il bolalarga esa, har xil rangli, bir-

birining ichiga sig’adigan quticha o’yinchoklarni berish foydalidir.

Bola 1-yoshdan 3- yoshgacha narsalar, bilan harakatlar qilishni egallaydi o’yin

bolaning harakatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga yordam qiladi.

Shuni ham aytib o’tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning hozirgi

zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go’yo bir

mo’jizadek ko’rinadi. Natijada ular ham o’zlarining turli o’yinlari jarayonida

o’xshatma qilib har xil hayoliy narsalarni o’ylab chiqaradilar (uchar ot, mashina odam,

gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli hayoliy narsalarni o’ylab

chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular o’zlarining har turli o’yin faoliyatlarida faqat

atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog’da ehtiyojlari talab qilayotgan

narsalarni ham aks ettiradilar. Bolalarning o’yin faoliyatlarida har xil hayoliy va

afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: odamning (shu

jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish

jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy, yaratuvchan, o’zgartiruvchan

jarayondir. Bolalar o’yin faoliyatlarining yana bir ajoyib hususiyati shundan iboratki,

o’yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko’pincha

umumiylik harakteriga ega bo’ladi. Bunda bola o’zining turli-tuman o’yinlarida faqat

o’ziga tanish bo’lgan yolg’iz bir shofyorning, shifokorning, militsionerning,

tarbiyachining,

uchuvchining

xatti-harakatlarigina

emas,

balki

umuman

shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-

harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda

cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o’zlarining

o’yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan,

onasini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O’rta, katta maktabgacha

yoshidagi bolalarning o’yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega bo’la

boshlaydi.

O’yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o’yinini oqilona

tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P.Usova shunday degan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

18

edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil etish - ularni to’g’ri tarbiyalash

demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o’yin shakli shuning uchun ham samarali natija

beradiki, o’yinda bola yashashni o’rganmaydi, balki o’z hayoti bilan yashaydi». O’yin

tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg’ulot o’rtasida bolalar

o’yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’pincha avval boshlagan

o’yinlarini O’yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o’yinini oqilona

tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P.Usova shunday degan

edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil etish - ularni to’g’ri tarbiyalash

demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o’yin shakli shuning uchun ham samarali natija

beradiki, o’yinda bola yashashni o’rganmaydi, balki o’z hayoti bilan yashaydi».

XULOSA

O’yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg’ulot

o’rtasida bolalar o’yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’pincha avval

boshlagan o’yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o’ynashlari uchun 1 soat1

soatu 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham

bolalar o’yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’proq syujetli-rolli o’yinlarni, qurilish

materiallari, qo’g’irchoqlar bilan, stol usti o’yinchoqlari o’ynashlari mumkin. SHu

bilan birga ermak o’yinlardan ham foydalaniladi. Ammo o’yin bilan ta’lim o’rtasidagi

bog’liqlik bola ulg’aygan sari o’zgarib boradi. Kichik guruhda o’yin ta’lim berishning

asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg’ulotlarda ta’limning roli

ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o’zlarida maktabdagi o’qishga

ishtiyoq o’yg’onib qoladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Nishonova Z.T. «Bolalar psixologiyasi» ukuv kullanma. - T., 2006 y

2.

Leventuev P., A.Askarxujaev, B.CHudnovskiy, M.Voxidov «Bolalar

psixologiyasi ocherklari».

3.

Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality

and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

4.

Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ

ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

19

Culture, (V).

5.

Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the

formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control

Systems, 12(2), 2925-2927.

6.

Юлдашева,

С.

(2019).

Китоб

мутолаасини

шакиллантиришда

кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

7.

Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF

BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

8.

Асқарова, М. (2020). ЎЗБЕК АДАБИЙ ТАНҚИДИ ТАРАҚҚИЁТИ.

Oriental Art and Culture, (V).