Authors

  • Muhammadiyev Bilol Ismoil o’g’li

Author Biography

  • Muhammadiyev Bilol Ismoil o’g’li

    Namangan davlat unversiteti.

    Ijtimoiy fanlar fakulteti tarix

    Yo`nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85517

Keywords:

Amir Muzaffar Chernyayev K.P. Kaufman Toshkent Jizzax O`ratepa Oqjar janggi Zirabuloq janggi.

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro amiri amir Muzaffarni taxtga chiqishi, ruslarga qarshi kurashi, ruslar bilan shartnomasi, mamlakatni boshqaruv tizmi, ruslar bilan aloqalari yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

149

AMIR MUZAFFAR VA ROSSIYA BOSQINI.

Namangan davlat unversiteti.

Ijtimoiy fanlar fakulteti tarix

Yo`nalishi 2-bosqich talabasi

Muhammadiyev Bilol Ismoil o’g’li

E-mail:bilolmuhammadiyev5@gmail.com

Tel:+998957707796

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Buxoro amiri amir Muzaffarni taxtga

chiqishi, ruslarga qarshi kurashi, ruslar bilan shartnomasi, mamlakatni boshqaruv

tizmi, ruslar bilan aloqalari yoritiladi.

Kalit so`zlar:

Amir Muzaffar, Chernyayev, K.P. Kaufman, Toshkent,

Jizzax, O`ratepa, Oqjar janggi, Zirabuloq janggi.

Amir Nasurullohxon vafotidan keyin taxtga o`tirgan Muzaffar bir mudad

mustaqil amir sifatida Buxoroni boshqardi. U taxtga chiqan davrda Rossiyani O`rta

Osiyo hududlarga bosqinini birinchi davri o`tib borayotgan edi. Anashunday vaziyatda

Muzaffar to`g`ri siyosat yurita olmadi. Bosqin aniq bo`lishiga qaramasdan uni oldini

ola olmadi. Oxir oqibat ruslar mamalkatni bir qismini egallab olib, qolganini amir

boshqaruvuda qoldirib protektaratga aylantirdi.

Amir Nasurulloh 1860 – yilda Kenagasxonimni fitnasi natijasida 21 – sentabir

kuni vafot etdi. Amir Muzafar otasi vafotidan keyin taxtga 1860 – yil 23 – sentabirda

chiqdi. Ba’zi manbalarda Nasurulloh taxtni o`limi oldidan yolg`iz o`g`li Muzaffarga

emas, ko`p sonli nabiralaridan biriga qoldirganidi deyiladi.[ 4. – B 34-35].

U ham o‘z avlod-ajdodlari izidan borib amirlik hududlarini kengaytirish

maqsadida qonli urushlar olib boradiJ Butun Farg‘ona vodiysini zabt etib Qashqar

hududlarigacha yetadi. 1865-yilda Muzaffarxon ikkinchi marta Qo‘qonni o‘ziga tob’e

etib Xudoyorxonni Qo‘qon taxtiga tiklaydi. Muzaffarxonning amirlik davri Buxoro

tarixining eng og‘ir va dahshatli qora davrlariga to‘g‘ri keladi. Amir Muzaffarxon otasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

150

davrida mansabda boyigan amaldorlarni bo‘shatadi, mol-mulklarini musodara qiladi,

Karmanaga surgun qilingan kishilar yana poytaxtga keltirilib, ularga mansablar beradi.

U shu yo‘i bilan o‘z mavqeyini mustahkamlamoqchi bo’lgan. Bu esa aslida kishi

bilmas davlat va sulola qudratiga berilgan zarba edi.

Karmanadan keltirilib mansabga tayinlangan kishilar xalq boshiga og`ir

kunlarni solganlar. Amir Muzaffar 1863 – 1865 – yillarda Hisor va Qo‘qonga harbiy

harakatlarni olib boradi. Natijada qo`shin ham zaiflashib qoldadi. Muzaffar otasi

davrida ko`plab janglarni ko`rib chiniqan sarkardalarni qatil qilib, ularni o`rniga harbiy

sohada umuman xabari bo`lmagan kishilarni tayinlaydi. Ruslar bosqinida bu lavozim

egalari qochib ketgan.[ 2. – B 88-89]

Toshkentni bosib olayotgan paytda Buxoro amirligi mudofachilarga yordam

bermadi. Amir Muzaffar Rossiya imperyasi Qo`qon xonligiga qanchalik qattiq zarba

bersa shuncha ruslardan mamnun bo`ldi. Toshkentni bosib olgan ruslar bevosita

Buxoro amirligi hududlaiga hujum boshlashga harakat qildi.

Muzaffar urish bo`lishini anglab, Jizzax mudofaasini mustahkamlashni yo`lga

qo`ydi. Natijada devor bilan o`raglan Jizzaxni mudofaa quvati ancha oshdi. General

Chernyayev 1865 – yilning 1 – fevralida Mirzacho`l orqali Jizzaxga yaqinlashdi. Shu

vaqtda Jizzax muodfaachilari shahardan chiqib dushmanga zarba beri. Ruslar Sirdaryo

tomonga chekindilar. Ular ortidan quvib kelgan 8 – 10 minglik mudofaachilar jang

qilib g`alabaga ershdilar. 1866 – yil 5 – aprelda Mirzarabotdagi joyda 2 – 3 mingli

Buxoro askarlari ruslar tomonidan mag`lubiyatga uchratildi. Buxoroda nafrat va

norozilik yanada kuchaydi. Mzaffarxon umumiy safarbarlik elon qlishga majbur

bo`ldi.

Manbalarda keltirilishicha 1866 – yil may oyi boshida 100 ming kishilik

qo`shin bilan Sirdaryo tomon yurib Oqjar degan joyga o`rnashti. Bu yerda ular bir soat

davomida o`q yog`dirganlardan keyin, ruslar ham to`plar va miltiqlardan javob

zarbasini berdi. Otliq askarlar hujum qilib turganlar. Ruslarni to`plaridan ko`plab

kishilar vafot edi. Tirik qolganlar turli tomonga qarab qochdilar. Bu paytda chodirga

shahmat o`ynab o`tirgan amir Muzaffar mulozimlardan biriga, to`pxona boshlig`i

Salimbek va askar qo`mondoni Sherali inoqa, rus xazinasi talon – taroj qilinmasin,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

151

ruslar ko`p o`ldirilmay asirlika olishni, ular Buxoro amirligi qo`shiniga xizmat qilishi

va tartib o`rnatishga jalb qilinishini yetkazishini aytdi. Amir Muzaffar o`z qo`shinini

son jihatdan ustunligini inobatga olib, g`alabaga ishongan edi. Ruslarni qo`li baland

kelayotganini ko`rgan amir Muzaffar Buxoroga qochishga majbur bo`ldi. Oqjar

jangida ruslarga boshchilik qilgan Romanovskiy Xo`jandni qamalga oldi. Ko`plab

to`plardan o`qlar yog`dirildi. Shahar aholisi taslim bo`lish to`g`risidagi taklifini qabul

qilmay jangdi davom etirishdi. Ammo sotqinlar tomonidan shahar darvozasi ochib

berilishi natijasida, ruslar shahar ichiga kirib ko`plab odamarni qirib tashladi. Harbiy

kuch borasida ustun bo`lgan ruslar Xo`jandni 1866 – yil 24 – may kunida egallab,

shahar darvozasi kalitini Petirburga yubordilar.

1866 – yil sentabirda ruslar O`ratepani o`qa tutdilar. 1 – oktabirdagi ikki

o`rtadagi urushda, himoyachilardan 2500 kishi o`ldirldi. Ruslar shaharda uch soat

davomida odam o`ldirish va boylik o`marish bilan shug`ulandilar. O`ratepa

egalangandan keyin Zomin qal’asi qo`lga kiritdilar. Ruslar tomonidan navbatdagi

egalanadigan shahar, Jizzax bo`lgan. Jizzaxda 10 ming himoyachi va 53 ta to`p bor edi.

Jizzaxda juda qattiq kurash bo`ldi. Himoyachilar mardonovor kurashdilar, hato bir

gururh odamlar qarshilik ko`rsatish iloji qolmagach o`zlari porox omoriga kirib

portlatib yubordilar. Jizzaxda 3 ming kish o`ldirilgan. Ruslar katta boyliklarga ega

bo`lganlar. 1868 – yil aprel oyi oxirida Turkuston general gubernatiri K.P. Kaufman

qo`shin bilan Zarafshon daryosi bo`yiga joylashdi. Buxoro qo`sinlari 12000 piyoda

askar, 3000 otliq, 1500 to`pchi va jami yuz ming kishi (ko`ngili himoyachilar ham

mavjud) Cho`ponotada turgan. Ular bosqinchilarga qattiq qarshilik ko`rsatdilar, ko`p

kishilar qahramonchalarcha o`ldilar. 1868 – yil 2 – may kuni kurashlar natijasida,

lashkarboshilarni nodonligi va bir guruh nufuzli sotqinlar fitnasi bilan Samarqand

egalandi. 3 – may kuni Samarqand egalanganini eshitgan Muazffar qahru – alami shu

darajaga chiqdiki, xabarchini dorga ostirdi. “ Samarqand qo`ldan ketguncha xudo

jonimni olsa yaxshiroq bo`lari” deb yig`lagan ekan Muzaffar. [1. – B 30 – 33].

Amir Muzaffar ruslar bilan bir necha bor shartnomalar imzolashga majbur

bo`ldi. Jumladan ulardn biri, 1868 – yil 23 – iyun kuni sulh shartnomasi – Buxoro bilan

Rossiya qo`shinlari o`rtsida bo`lgan Zirabuloq jangidan keyin Samarqanda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

152

imzolangan. Bu shartnomaga ko`ra Buxoro amirligining Xo`jand, O`ratepa, Jizzax,

Samarqand va Kattaqo`rg`on shaharlaridan Zirabuloqqach abo`lgan hududlari Rossiya

imperyasi tarkibiga kiritildi va Turkuston general – gbernatorligi tarkibida Zarafshon

okrugi ( keyinchalik Samarqand viloyat) tashkil qilindi. Amir Muzaffar olti hisobida

500 000 rubl harbiy tovon to`ladi.

Rossiya imperyasi Buxoro amirligini butunlay tugatmasdan uni protektaratiga

aylantirdi va siyosiy agent yordamida uni nazorat qilar edi. 1873 – yilda 28 – sentabirda

shartnoma imzolandi. Unga ko`ra Buxoro amirligi Rossiya imperyasi homiyligi

ostidagi tobe hudud deb e’lon qilindi. Zarafshon daryosini yuqori qismi – Sharqiy

Buxoro ( Badaxshon va Pomir)dagi ayrim viloytlar Rossiyaga o`tdi. Amudaryoni chap

sohilidagi yerlar esa ( Balx, Mozori Sharif, Shibirg`on, Qunduz va b. ) Afg`onistonga

berildi. Buxoroni xorijiy davlatlar bilan mustaqil aloqa qilishi ta’qiqlandi.[ 5. – B 129

].Amir Muzaffar o`z hukumronligini dastlabki paytlarida ulamolarga deyarli e’tibor

bermadi, ular bilan biror – bir masala yuzasidan maslahat ham qilmadi. Ammo

ruslardan uchralgan mag`lubiyatdan keyin amir ulamolarga yon berishga majbur

bo`ldi. Chunki ulomolar mahaliy aholini ruslarga qarshi kurashishga harakatlantira

olardilar. Lekin fursat qo`ldan boy berilgan edi. Ulamolarni xalqni harakatga ko`tarishi

ham, amirni o`g`li Katta To`ra ( Abdumalik) Kitob va Shahrisabiz beklarini ham say-

harakatlari natija bermadi. Amir Muzaffar hukumroligi davrida amirlik hududi ancha

isqardi. Bunga ruslar bosqini sabab bo`lgan bo`lsa, katta qiyinchilik bilan

bo`ysintirilgan Shahrisabiz va Kitob bekliklari yana Buxoroga bo`ysinishdan bosh

tordi. Bundan tashqari ruslarga to`langan o`lpon natijasida xazina ham bo`shab qolgan

edi. Amir Muzaffar o`g`li Abdulahadni taxt vorisi etib elon qildi. Abdulahadni shu yili

Rossiya imperyasini imperatori Aliksandir III taxtga o`tirish marosimiga katta sovg`a

salomlar bilan yubordi. Aleksandir III rasman Abdulahadni taxt vorisi ekanini

tastiqladi. Amir Muzaffar 1885 -yil vafot etdi.[3. – B 290].

Xulosa qilib aytganda Buxoro amirligini Amir Muzaffar boshqargan davr eng

og`ir paytlar bo`lgan. Jumladan ruslar bosqini aniq bo`lishiga qaramasdan, zarur

choralar ko`rish o`rniga Qo`qon xonligi hududlariga yurishlar uyushtirdi. Ruslar

Toshkentni egalaydigan mahalda Buxoro amiri yordam bermadi. Ruslar hujimi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

153

Buxoroga bo`lganda ham amir beparvo edi. Chunki rus qo`shiniga nisbatan Buxoro

qo`shinini soni ko`p edi. Son jihatdan ustun bo`lsada sifat darjasi, qurol – yarog`i va

harbiy mahorati o`ta soda bo`lgan qo`shini himoya qudrati uzoqa bormasligini

bilmadi. Bu paytda faqat uchala xonlikni itfoq qutqarib qolar edi. Ammo tarix hukmi

shunday bo`lgan. Ruslar O`rta Osiyoni katta qismini bosib oldi. Uzoq yilik shakilangan

davlatchilik, urf odat va diniy qarashlar ruslar tomonidan poymol qildilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

H. Ziyoyev. O`zbekiston mustamlaka va zulm iskanjasida.( XIX asr ikkinchi

yarmi – XX asr boshlari). – T.: “SHARQ”, 2006. 352 b.

2.

R.Shamsutdinov, Sh. Karimov,O`. Ubaydullayev Vatan tarixi 2 -Toshkent:

Sharq- nashiryot matbaa aksiyadorlik kompanyasi bosh tahriryati, 2010.368b.

3.

Б.Эшов, Узбекистон давлатчилиги ва бошкарув тарихи. Тошкент -

узбекистон тарихи кафедраси. 2012. 456.

4.

К.Ражабов, Насруллоххон - Тошкент: Абу Матбуот- консалт, 2011.49b

5.

К. Ражабов. С. Инятов. Бухоро тарихи – Тошкент: “ Tafakkur” наширёти.

2016. 465 b.

Most read articles by the same author(s)