MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
154
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FUQAROLARNING HUQUQ
VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASH BO’YICHA FAOLIYATINING
O’ZIGA XOSLIGI
Mamarashidova O’g’iloy Baxodir qizi
Ichki ishlar akademiyasi 317 - guruh kursanti
Annotatsiya: Mazkur maqolada profilaktika inspektorlarining fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi faoliyati, ularning vakolatlari, kundalik
ish amaliyoti hamda bu sohadagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil
qilingan. Shu bilan birga, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va
qonunchilikni amalda qo‘llashdagi inspektorlarning o‘rni ham yoritilgan.
Kalit so’zlar: Profilaktika inspektori, huquqiy madaniyat, fuqaro huquqlari,
erkinliklar, qonunchilik, ichki ishlar organlari, jamiyat xavfsizligi, vakolatlar, huquqiy
targ’ibot, ijtimoiy muammolar, tashkiliy faoliyat, huquqni muhofaza qilish.
KIRISH
Profilaktika inspektorini shaxsiy jihatdan rivojlantirishda asosiy e’tibor uning
kundalik faoliyatida fidoiylik, sadoqat va odillik tamoyillari ustuvorligini ta’minlashga
qaratilishi muhim o’rin tutadi. Shuningdek uning shaxsiy jihatlarida namunaviy xulq-
atvor, vazminlik, mushohadalik, bag’rikenglik, oliyjanoblik, halollik kabi tuyg’ular
mukammal shakllanishi lozim. Shaxsiy jihatlarning sifati va samaradorligi profilaktika
inspektorlarida keng dunyoqarash va teran fikrlash qobiliyatining shakllanganlik
darajasiga bog’liq. Ma’suliyat va o’z yurtidan ma’naviy qarzdorlik tuyg’usi ish
faoliyatida qat’iylik va sadoqat fazilatlarini shakllantiradi. Eng muhimi, profilaktika
inspektori o’z xalqini sevishi va unga mehr qo’yishi aholining dard-u-tashvishlari bilan
yashash tuyg’usini vujudga keltiradi. Shu bois ham qayd etilgan shaxsiy fazilatlar
zamonaviy profilaktika inspektori qiyofasini yaratishga muhim poydevor vazifasini
o’taydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
155
Profilaktika inspektorini kasbiy jihatdan rivojlantirish uni zamonaviy qiyofasini
yaratishga maxsus yondashuvni talab qiladi. Zamonaviylik avvalo amalga
oshirilayotgan islohotlar va voqea hodisalardan xabardorlik, dahldorlik va oqilona
munosabat bildira olishda namoyon bo’ladi. Shuning bilan birgalikda, ro’y bergan
voqea-xodisalarga nisbatan mustaqil va oqilona pozitsiya shakllangan bo’lishi lozim.
Profilaktika inspektorining kasbiy kompetensiyasi mustahkam huquqiy bilim asosida
shakllangan bo’lib, o’z ustida doimiy ishlash orqali soha bilan hamohang yurishga
odatlangan bo’ladi. Ta’kidlash joizki, zamonaviy qiyofa xalq bilan muloqot qilish va
jamoatchilik bilan ishlashning mukammal shakllanganligi bilan bog’liq. Chunki,
profilaktika inspektori qiyofasidagi zamonaviylik darajasi aholi va jamoatchilik
tomonidan baholanadi.
Zamonaviy profilaktika inspektori faoliyatining asosiy me’zonlari innovatsion
bilim va ko’nikmalar shakllanganligi, o’z kasbiy malakasini mustaqil rivojlantira olish
qobiliyatiga egaligi, ish faoliyatida ilg’or axborot kommunikatsiya vositalaridan
foydalana olishi, zamonaviy etika qoidalaridan xabardorligi, xorijiy tillarni
o’zlashtirganligi, kommunikativlik, umumiy axborot vositalari bilan ishlash
ko’nikmasi, xalq bilan muloqot qilishning yangi usul va shakllarini bilish, kasbiy
sohasi va jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlardan muntazam xabardorligi kabi
jihatlarda namoyon bo’ladi.
Zamonaviy profilaktika inspektori qiyofasini yaratishda uning shaxsiy va kasbiy
jihatlariga qo’yiladigan talablarni aks ettiradigan profilaktika inspektorining
professional portretini yaratish lozim bo’ladi. Profilaktika inspektorining professional
portreti yaratish uning professional standarti, professiogrammasi, professional
ramkasi, funksional kartasi, faoliyatini baholash indikatorlari, faoliyat samaradorligini
diagnostika va pragnoz qilish metodikasini ishlab chiqish orqali ta’minlanadi.
Jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to’laqonli va samarali joriy
etilishida har tomonlama ko’maklashish, aholi osoyishtaligini ta’minlash, mahallani
jinoyatchilikdan holi hududga aylantirishda profilaktika inspektorlari muhim o’rin
egallaydi. Aholi o’zining xavfsizligini ta’minlashni so’rab birinchi navbatda
profilaktika inspektoriga murojaat qiladi. Albatta, xalqimiz tinch va osuda hayot
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
156
kechirishi uchun profilaktika inspektoriga ishonchi yuqori bo’lishi, o’zining xavfsizligi
kafolatini profilaktika inspektori timsolida ko’ra olishi lozim. Buning uchun
xalqimizga, avvalo, o’zining odobi va xulqi bilan shaxsiy namuna bo’la oladigan,
muammoli masalaning yechimi yuzasidan qat’iy yondashuvga ega, ish faoliyatida
adolatni namoyon qila oladigan tajribali va mas’uliyatli profilaktika inspektorlari kerak
bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
2. “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent: Adolat, 2022.
3. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. – Toshkent: Norma, 2023.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. – Toshkent:
Adolat, 2022.
5. Xoliqov N. “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati”. – Toshkent: Yuridik
nashriyot, 2020.
6. Ismoilov M. “Jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlarining o‘rni”. –
Toshkent: Akademiya, 2021.
7. Yusupov A. “Huquqiy madaniyat va uning rivoji”. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2020.
8. Xudoyberganov D. “Fuqarolarning huquqlari va ularni himoya qilish
mexanizmlari”. – Samarqand, 2021.
9. Sobirov B. “Ichki ishlar organlarida profilaktika choralari”. – Toshkent: Huquq,
2022.
10. MXXI O‘quv qo‘llanmasi. “Huquqni muhofaza qilish tizimi asoslari”. – Toshkent,
2023.
11. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent: Ma’naviyat,
2008.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: “Ichki ishlar organlari faoliyatini
takomillashtirish choralari to‘g‘risida” – 2021 yil.
13. Internet manbasi: www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy
bazasi.