MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
140
IQTISODOY BEQARORLIKDA UMUMIQTISODIY MUVOZANATNING
TA'MINLANISHI
Imomova Gõzal Qõchqorovna
Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Biznes asoslari fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. Iqtisodiyot bir maromda rivojlanishi uchun uning turli tomonlari
o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi talab qilinadi va buni ular o‘rtasidagi uzviy aloqalarning
mavjudligi taqozo etadi. Muvofiqlik muvozanat deb yuritiladi. Iqtisodiy beqarorlik
davrida umumiqtisodiy muvozanatni ta'minlash nihoyatda muhim jarayondir.
Maqolada umumiqtisodiy muvozabatni ushlab turuvchi omillar birligi haqida fikr-
mulohazalar yuritiladi.
Kalit so'zlar. Milliy iqtisodiyot, iqtisodiy muvozanat, firma, taklif muvozanati,
tovar, ishlab chiqaruvchi, iste'mol va jamg'arish muvozanati, pul qadri, xususiy
mulkchilik.
Umumiqtisodiy muvozanatning sifatli va miqdoriy jihatlari mavjud. Sifat
jihatidan muvozanat iqtisodiyot turli jihatlarining hamohang, bir-biriga mos bo‘lishini
bildiradi. Miqdoriy jihatdan qaralganda muvozanatning ma’lum hisob-kitobi bor,
ko‘rsatkichlari mavjud. Shularga qarab iqtisodiyotda muvozanat holati saqlangan yoki
buzilgan deb aytish mumkin. Muvozanatlar ikki darajali bo‘ladi. Birinchisi, quyi yoki
mikro daraja, ya’ni firmalar va xonadonlar faoliyatiga xos muvozanatlar. Ikkinchisi,
yuqori yoki makro darajadagi muvozanatlar, bu milliy iqtisodiyotga xos bo'ladi. Mana
shular umumiqtisodiy muvozanat bo‘ladi. Umumiqtisodiy muvozanatlardan sosiylari
- bu jami talab va jami taklif muvozanati, tovar va pul muvozanati, daromadlar va
xarajatlar muvozanati va nihoyat iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi muvozanatlar.
Ulardan har birini ko‘rib chiqamiz.
Jami talab va taklif muvozanati. Individual talablar birlashib bozor talabini
hosil etsa, turh bozorlardagi talablar majmuasi jami talabni yuzaga keltiradiki, bu butun
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
141
jamiyat a’zolarining talabidir. Bunga javoban jami taklif yuzaga keladiki, bu barcha
tovar ishiab chiqaruvchilarning barcha bozorlarga chiqargan tovar va xizmatlarining
summasidir. Uning tarkibiga tashqaridan import etilgan tovarlar taklifi ham kiradi.
Daromadlar va xarajatlar muvozanati. Bu muayyan vaqtda ishlab topilgan
daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiq bo‘lishini bildiradi. Ma’lumki,
jamiyatning daromadi — bu YalM ning qiymati bo‘lib pulda ifodalanadi. Bu
daromadlar to‘la sarflanib, ularga kerakli tovarlar ayirboshlanadi, natijada iqtisodiyot
barcha ishtirokchilarining ehtiyoji qondiriladi. Daromadlar-xarajatlar muvozanati
ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi muvozanatni bildiradi. Ishlab chiqarish
natijasida daromadlar olinsa, ular xarajat qilingach iste’mol qondiriladi.
Ko'rsatilgan muvozanatlarning bog‘liqligi makroiqtisodiy oborotda real va pul
sektorining mavjudligidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish va iste’mol muvofiqligi real
sektorga xos bo‘lsa, shunga binoan pul sektorida daromadlar va xarajatlar tengligi kelib
chiqadi. Biz bilamizki, real sektordagi tovar va xizmatlarning pul-qiymat shakli bo‘lib,
bu pul sektoridagi daromadlar va xarajatlarning qaramaqarshi oqimini keltirib
chiqaradi. Ma’lumki, daromadlar iqtisodiyot barcha ishtirokchilari ixtiyoriga kelgan
pul tushumi bo'lib, bu YalM qiymatiga teng bo'ladi. Daromadlar xarajat qilinganda
iqtisodiyot subyektiarining iste’moli, chunonchi xususiy va davlat iste’moh
qondiriladi, yalpi jamg‘arma hosil etiladi, tovarlar eksporti yuz beradi. Biroq iste’molni
qondirish uchun tovarlar import ham qilinadi. Eksport va importning farqi YalM ning
qanday ishlatilishini bildiradi.
Iste’mol va jamg‘arish muvozanati. Jamiyatning iste’moli u qancha ishlab
chiqarganligi bilan belgilanadi. Biroq YalMning hammasi iste’mol etilishi mumkin
emas, albatta uning bir qismi jamg‘arilishi kerak, aks holda iqtisodiyot rivojlanmaydi.
Biz bilamizki, iqtisodiy o‘sishning muhim omili bu investitsiyadir, uning asosiy
manbayi esa jamg'arishdir. Iste’mol va jamg‘arish muvozanati ularning miqdoran
tengligi emas, balki ularning optimal nisbatda bo'lishini bildiradi. Bu yerdagi
optimallik shundan iboratki, u bir vaqtning o‘zida iqtisodiy o‘sish va farovonlikni
ta’minlashi zarur. XXI asr boshiga kelib YalM ning 15—20%i jamg'arilsa, uning 80—
85%i iste’moiga yuboriladi. Iqtisodiyot qanchalik rivojlangan bo'lsa, shunchalik YalM
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
142
da iste’mol hissasi katta bolgani holda, jamg‘arish hissasi kichik boiadi, chunki
iqtisodiy salohiyat qudratli bo'lganidan YalM ning nisbatan kam qismi jamg‘arilgani
bilan uning miqdori katta boiadi, bu holda iqtisodiyot bir maromda o‘sa oladi.
Iqtisodiyot zaif joyda YalM ning o‘sishi jamg'arishni ko‘p talab qiladi. Biroq xorij
investitsiyalari ko‘p kiritilsa mamlakatning o‘zida jamg‘arish qisqarib, iste’mol
ko'payishi mumkin. Shu sababli hozir iqtisodiy salohiyati turiicha mamlakatlarda
iste’mol va jamg‘arish nisbati farqlanadi.
Tovar va pul muvozanati. Iqtisodiyotda jami tovarlar narxining miqdori va pul
miqdori o‘rtasida muvofiqlik bo'lganda tovar-pul muvozanati hosil bo'ladi. Bu
muvozanat ishlab chiqarish darajasiga mos ravishdagi pul muomalada bo‘lishini
bildiradi. Iqtisodiyot pul bilan to‘yingan bo‘lishi zarurki, bu pulning keragicha
bo'lishini, uni kkam yoki ortiqcha bo‘lmasligini bildiradi. Pul ko‘payib ketsa, u
qadrsizlanadi, pul kamayib ketsa, oldi-sotdi ishlari o‘z vaqtida amalga oshmay qoladi.
Shunday bo‘lganda pul qadrining barqarorhgi ta’minlanadi, pulga ishonch saqlanib,
uni ishlab topishga intilish mavjud bo'ladi. Buning natijasida iqtisodiy faollik yuzaga
keladi. Aytilgan muvozanat buzilib pul ko'payib ketsa inflyatsiya yuz beradi va bu
iqtisodiyotga putur yetkazadi.
Xulosa o'rnida aytish joizki, muvozanatlar iqtisodiy rivojlanishning shart-
sharoiti hisoblansada ular har doim ham mavjud bo'lavermaydi. Ular buzilib va tiklanib
turadi. Ular buzilgan paytda iqtisodiy beqarorlik paydo bo‘lsa, ular tiklangan chog‘da
iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Muvozanatlaming saqlanib turishini iqtisodiyotga xos
tendensiya, ya’ni moyillik deb aytish mumkin, chunki ular abadiy saqlanmaydi,
vaqtivaqti bilan buzüib ham turadi. Muvozanatlarning buzilib va tiklanib turishiday
holat bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘ladi, chunki bu uning ichki tabiatidan kelib
chiqadi.
Ajralish tarqoqlikni, tarqoqlik esa noaniqlikni yuzaga keltiradi. Bizga
ma’lumki, bozordan assimetrik axborot kelganda u bozordagi haqiqiy holatni aks
ettirmaydi, lekin unga binoan ishlash yuz berganda muvozanatlar buziladi. Bozor
tizimida ma’lum darajada iqtisodiy noaniqlik, binobarin tartibsizlik saqlanib
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
143
qolganidan har doim ham muvozanatlar saqlanib turavermaydi. Ular vaqti-vaqti bilan
buzilib turadi.
Jami talab va taklif muvozanati yetakchi bolganidan uning buzilishi boshqa
umumiqtisodiy muvozanatlami ham izidan chiqaradi. Bozor iqtisodiyoti rejali
iqtisodiyotga nisbatan katta afzalliklarga ega, biroq u ideal tarzdagi mukammal
iqtisodiyot emas, uning o‘z nuqsonlari ham bor. Bular jumlasiga yuqorida aytgan
tarqoqlik, noaniqlik va muvozanatlarning buzilib turishi, iqtisodiy tanglikning vaqti-
vaqti bilan paydo bolishi kiradi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti tabiatan siklli
iqtisodiyotdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Раззоков А., Тошматов Ш., Урмонов Н. Иктисодий таълимотлар тарихи.
Дарслик. -Т.: Иктисод-молия, 2007.
2. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. -Т.: Moliya,
2002,
3. Шодмонов Ш. Бозор иктисодиётига утишда пулнинг янги мазмуни ва роли. //
Бозор, пул ва кредит, 2001.
4. Макконнел К.Р., Брю СЛ. Экономикс: принципы, проблемы и политика:
Учебник. 17-е изд. -М .: ИНФРА-М, 2009
5.www.ereport.ru
6.www.stplan.ru