Authors

  • Alimardonova Mo’tabar
  • Qoryog’diyeva Mohinur

Author Biographies

  • Alimardonova Mo’tabar

    Shahrisabz davlat pedogogika instituti tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi

  • Qoryog’diyeva Mohinur

    Shahrisabz davlat pedogogika instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85527

Keywords:

ekskursiya tabiiy fanlar boshlangʻich taʼlim kuzatuvchanlik amaliyot ekologik tarbiya.

Abstract

Mazkur maqolada boshlangʻich taʼlim jarayonida tabiiy fanlar darslarini ekskursiya orqali tashkil etishning afzalliklari yoritilgan. Ekskursiya – o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, tafakkur, atrof-muhitga mehr va ekologik ongni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Ekskursiya darslari sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning bir turi boʻlib, u orqali oʻquvchilar dars jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash orqali yanada mustahkamroq oʻrganadilar. Bundan tashqari maqolada ekskursiya turlari haqida hamda oʻquvchilarda ekologik madaniyatni yuksaltirish haqida ham qisqacha maʼlumot berib oʻtiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

211

BOSHLANG’ICH TAʼLIM TABIIY FANLARI DARSLARIDA EKSKURSIYA

TASHKIL QILISHNING AFZALLIKLARI

Shahrisabz davlat pedogogika instituti tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi

Alimardonova Mo’tabar

Shahrisabz davlat pedogogika instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabasi

Qoryog’diyeva Mohinur

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlangʻich taʼlim jarayonida tabiiy fanlar

darslarini ekskursiya orqali tashkil etishning afzalliklari yoritilgan. Ekskursiya –

o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, tafakkur, atrof-muhitga mehr va ekologik ongni

shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Ekskursiya darslari sinfdan tashqari

ishlarni tashkil qilishning bir turi boʻlib, u orqali oʻquvchilar dars jarayonida olgan

nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash orqali yanada mustahkamroq oʻrganadilar.

Bundan tashqari maqolada ekskursiya turlari haqida hamda oʻquvchilarda ekologik

madaniyatni yuksaltirish haqida ham qisqacha maʼlumot berib oʻtiladi.

Kalit so‘zlar: ekskursiya, tabiiy fanlar, boshlangʻich taʼlim, kuzatuvchanlik,

amaliyot, ekologik tarbiya.

Ключевые слова: экскурсия, естественные науки, начальное

образование, наблюдение, практика, экологическое образование.

Keywords: excursion, natural sciences, primary education, observation,

practice, environmental education

Kirish

Boshlangʻich taʼlim – bola shaxsining shakllanishida hal qiluvchi bosqich

bo‘lib, ayniqsa, tabiiy fanlarni o‘qitish bu davrda muhim rol o‘ynaydi. Bu fanlar orqali

o‘quvchilarda atrof-muhitga nisbatan munosabat, qiziqish, kuzatish va fikrlash

ko‘nikmalari rivojlanadi. Ammo ushbu ko‘nikmalarni faqat darslik va sinfdagi

suhbatlar orqali emas, balki real hayotdagi hodisa va obyektlarni bevosita kuzatish

orqali chuqurlashtirish mumkin. Shu sababli ekskursiya usuli boshlangʻich taʼlimda

dolzarb metodlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida so‘nggi yillarda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

212

amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan ta’limga alohida e’tibor qaratilayotgani ham bunga

asos bo‘lmoqda.

Asosiy qism

Ekskursiya darslari o‘quvchilarga o‘rganilayotgan ob’ekt va hodisalarni o‘z

ko‘zlari bilan ko‘rish, ularni his qilish, savol-javoblar orqali mavzuni tahlil qilish

imkonini beradi. Bu usul ayniqsa tabiiy fanlar uchun juda qulay, chunki tirik tabiat,

landshaft, suv manbalari, o‘simlik va hayvonot olami kabi mavzularni bevosita

kuzatish orqali o‘quvchilar bilimni o‘zlashtirish bilan birga, ekologik madaniyat va

tabiatni asrashga bo‘lgan e’tiborini shakllantiradi.

Bundan tashqari, ekskursiya o‘quvchilarning:

motivatsiyasini oshiradi,

faol fikrlashga undaydi,

o‘zaro hamkorlikda ishlash ko‘nikmasini shakllantiradi,

tashabbuskorlik va mas’uliyatni kuchaytiradi.

Ekskursiya darslari turli xil joylarda tashkil etilishi mumkin. Boshlangʻich

sinflarda ekskursiya darslari asosan maktab hududidan chiqmagan holatda tashkil

etilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, maktab hududi misolida oladigan boʻlsak,

maxsus laboratoriya xonalariga, maktab bogʻi yoki gulzoriga, issiqxonaga

oʻquvchilarni sayohatga olib borsa, va undagi oʻsimliklarning tuzilishi, yashashi

haqida maʼlumotlar berilsa bolalarning xotirasida umrbod muhrlanib qolishiga sabab

boʻladi. Zero dono xalqimiz aytganidek, " Ming marotaba eshitgandan bir marotaba

koʻrgan afzal". Tabiiy fanlar darsida ekskursiya uchun maktab hududidan tashqarida

qoʻriqxonalarga, milliy bogʻlarga, togʻ, adir va yaylovlarga, hayvonot bogʻlariga

borish ham mumkin. Biroq buning uchun maktab maʼmuriyati bilan maslahatlashib

ushbu jarayonni tashkil etish zarur. Bunday sayohatlar oʻquvchi uchun esda qolarli

yorqin lahzalarga boy, bilim beruvchi hamda ekologik madaniyatni oshirishga urgʻu

beradigan tarzda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.

Ekskursiya davomida bolalar nafaqat o‘rganadi, balki tabiat bilan muloqotga

kirishib, hissiy tajriba orttiradi. Bu esa ularning xotirasida chuqurroq iz qoldiradi.

Ekskursiyalar dars jarayonini jonlantiradi, o‘quvchini passiv tinglovchidan faol


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

213

ishtirokchiga aylantiradi. Bu metod ko‘p hollarda quyidagi didaktik tamoyillarni

ta’minlaydi:

Ko‘rgazmalilik: o‘quvchilar mavzuni real ob’yektlar orqali o‘rganadilar,

bu esa ularning bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.

Hayot bilan bog‘liqlik: ekskursiyada olingan bilimlar kundalik hayot

tajribasi bilan uyg‘unlashadi.

Faollik va mustaqillik: ekskursiyalar o‘quvchilarni mustaqil kuzatish,

taxlil qilish va xulosa chiqarishga o‘rgatadi.

o‘quvchilarda tabiatga mehr-muhabbat, uni asrash hissini tarbiyalaydi;

guruh bo‘lib harakat qilish orqali ijtimoiy moslashuv, madaniyatli yurish-

turish va hamkorlik madaniyati shakllanadi;

milliy tabiat, yurt manzaralari, tarixiy maskanlar orqali vatanparvarlik

tuyg‘usini oshiradi.

Xulosa

Ekskursiya boshlangʻich taʼlimda tabiiy fanlarni o‘qitishning samaradorligini

oshirishda muhim metod bo‘lib xizmat qiladi. U darslarni hayotiylashtirish,

bolalarning dunyoqarashi va bilim darajasini chuqurlashtirishda asosiy vositalardan

biridir. Shu sababli, har bir boshlangʻich sinf o‘qituvchisi ekskursiyani darsning

ajralmas qismi sifatida rejalashtirishi zarur.

Shuningdek, ekskursiyalar o‘quvchilar orasida jamoaviylik, o‘zaro hurmat,

tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zini tutish madaniyati kabi ijtimoiy

ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Bu esa nafaqat darsdagi, balki hayotdagi faol ishtirokni

ta’minlashga zamin yaratadi.

Ekskursiyalarni samarali tashkil etish uchun o‘qituvchi puxta reja tuzishi,

xavfsizlik choralarini ko‘rishi, bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda

faoliyatni rejalashtirishi zarur. Maqsadli va mavzuga mos ekskursiyalar boshlangʻich

ta’limda tabiiy fanlarning o‘zlashtirilishini yanada yuqori bosqichga olib chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Axmedova M. Sh. (2021). Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. Toshkent: Fan va

texnologiya.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

214

2.

Raxmonova G. T. (2020). Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi. Samarqand:

Zarafshon.

3.

Xayrullayeva D. A. "Interaktiv metodlar orqali boshlang‘ich sinflarda tabiiy

fanlarni o‘qitish". – Toshkent: TDPU, 2019.

4.

"Ta’limda innovatsion texnologiyalar" jurnali. – 2022-yil, 3-son.