Authors

  • Nurulloeva Manija Qurbonovna
  • Abdullayeva Nargiza Izzatulloevna
  • Ramazonova Aziza Amonullaevna
  • Toshova Shahlo Qurbonmurot qizi

Author Biographies

  • Nurulloeva Manija Qurbonovna

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi  3-kurs talabasi

  • Abdullayeva Nargiza Izzatulloevna

    manijanurulloeva29@gmail.com

    Boshlang‘inch ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

  • Ramazonova Aziza Amonullaevna

    aramazonova51@gmail.com

    Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3 kurs talabasi

  • Toshova Shahlo Qurbonmurot qizi

     

    aramazonova51@gmail.com

    Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85530

Keywords:

Tarbiya inson vazifa jamiyat ajdod shaxs axloq g'oya bolalar ta'lim ma'naviyat fazilat odat alloma.

Abstract

Ushbu maqolada  bir oila, balki yer sayyorasidagi har bir mamlakatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog'ati ham shak-shubhasiz ta'lim va tarbiya tufayli ekanligini, hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari insoniyatga ta'sirli narsa yo'qligi va shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar tarbiya to'g'risida qimmatli fikrlarni yozib qoldirganligi haqida keltirilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

191

TARBIYA BUYUK NE'MAT HAYOTIDAGI O‘RNI

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi

Nurulloeva Manija Qurbonovna

manijanurulloeva29@gmail.com

Boshlang‘inch ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Abdullayeva Nargiza Izzatulloevna

fazliddinshamsiddinov72@gmail.com

Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi

Ramazonova Aziza Amonullaevna

aramazonova51@gmail.com

Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3 kurs talabasi

Toshova Shahlo Qurbonmurot qizi

shaxlotoshova499@gmail.com

Anotatsiya: Ushbu maqolada bir oila, balki yer sayyorasidagi har bir

mamlakatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog'ati ham shak-

shubhasiz ta'lim va tarbiya tufayli ekanligini, hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari

insoniyatga ta'sirli narsa yo'qligi va shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar

tarbiya to'g'risida qimmatli fikrlarni yozib qoldirganligi haqida keltirilgan.

Kalid so'zlar: Tarbiya, inson, vazifa, jamiyat, ajdod, shaxs, axloq, g'oya,

bolalar, ta'lim, ma'naviyat, fazilat,odat, alloma.

Аннотация: В данной статье утверждается, что процветание семьи,

как и каждой страны на планете Земля, и благополучие живущих в ней людей,

несомненно, обусловлены образованием и воспитанием, что в мире жизни,

несомненно, нет ничего более влиятельного для человечества, чем воспитание,

и по этой причине известные мудрецы с древних времен написали ценные мысли

о воспитании


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

192

Ключевые слова: Образование, человек, задача, общество, предок,

личность, мораль, идея, дети, воспитание, духовность, добродетель, привычка,

ученый.

Abstract: This article states that the prosperity of a family, and indeed of every

country on planet Earth, and the well-being of the people living in it, is undoubtedly

due to education and upbringing, that in the world of life, there is undoubtedly nothing

more influential on humanity than upbringing, and for this reason, famous sages from

ancient times have written valuable thoughts about upbringing.

Keywords: Education, human, task, society, ancestor, personality, morality,

idea, children, education, spirituality, virtue, habit, scholar.

Yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama etuk qilib voyaga etkazish barcha

zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Mutafakkirlarimiz tomonidan yozib

qoldirilgan bunday nodir asarlar o'sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan asrab,

axloqan pok, haqiqiy inson bo'lib etishishlariga undagan.Tarbiya — shaxsda muayyan

jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy

pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga

ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigʼindisi. Tarbiya

insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi.

Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki

odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir

avloddan boshqa avlodga oʻtadi.

Ajdodlarimiz asrlar davomida sevib mutolaa qilgan “Pandnoma”, “Siyosatnoma”,

“Qobusnoma”, “Axloqi muhsiniy”, “Axloqi jaloliy”, “Axloqi nosiriy”, “Qonuni

hikmat”, “Nigoriston”, “Bahr al-ulum”, “Kachko'li sultoniy”, “Jovidoni xirad”, “Bistu

se hikmat”, “Hikoyoti dilpisand”, “Odob as-solihin”, “Turkiy “Guliston” yoxud axloq”

singari asarlar shular jumlasidandir. Ushbu nodir asarlarda avval axloq-tarbiyaga oid

biror so'z va tushunchani izohlab, keyin unga o'quvchi amal qilish uchun naqliy va

axloqiy dalillar keltiradi. Umuman ularning mazmun-mundarijasi, ularda ilgari

surilgan ilg'or g'oyalar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.Tarbiya —


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

193

shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga

qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur

boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yo'lida koʻriladigan chora tadbirlar

yigʼindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy

qadriyat hisoblanadi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla

olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya

tufayligina bir avloddan boshqa avlodga oʻtadi.Jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi

talablarga javob beruvchi shaxsni shakllantirish tarbiyaning mazmunini tashkil etadi.

Talablar bilan birga boshqa insonlarni hurmat qilish o'zgalar fikrini tinglash,

insonparvarlik va ilm olish, ilmga intilish tarbiyaning muhim tamoyillaridandir.

Yana insonda e'tiqod, hayotga nisbatan qarashlar, o'zini-o'zi anglashi, keng fikr

yuritishi o'zini va boshqalarni fikri, g'oyalari, qarashlarini baholashi ham tarbiyaning

muhim unsurlaridan biridir.Tarbiya pedagogikaning ham asosiy tushunchalaridan biri

hisoblanadi. Pedagogikada tarbiya ikki manoda farqlanadi: keng ma'nodagi tarbiya va

tor ma'nodagi tarbiya. Keng manoda tarbiya- shaxsga jamiyatning ta'sir etishi, ijtimoiy

hodisa sifatida qaraladi. Ya'ni, shaxsning jamiyat talablariga javob berishiga va

jamiyatning ta'siri natijasida shaxsni rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiya.Tor

ma'nodagi tarbiya-pedagogik jarayon sharoitida ta'lim maqsadini amalga oshirish

uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati hisoblanadi.

Bunda, tarbiya malum bir ta'limni o'rganish maqsadida tashkil etiladi va pedagog va

o'quvchining faoliyat jarayoni tushuniladi. Bundan bilinadiki, jamiyat uchun komil,

ilmli, yetuk, barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir tarbiyaning maqsadi. Shaxsni

kamol toptirishdagi asosiy tushuncha ham bu tarbiyadir.

Xitoy donishmandi Syun-Szi “Chaqaloqlar hamma erda bir xil yig'lashadi.

Katta bo'lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu – tarbiyaning oqibati”, deb yozgan

edi. Olmon faylasufi Immanuil Kant o'z asarida “Inson faqat tarbiya orqali inson

bo'ladi, uning qandayligi tarbiyaning natijasidir”, degan fikrni bildiradi. Tarbiya

borasida Sa'diy Sheroziy shunday misralarni bitgan:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

194

Minbarning poyida tursa ham eshak,

Tarbiya yuqmaydi, bo'lmaydi odam.

Tarbiya ko'rmayin ulg'aysa kishi.

Eshak bo'lib qolur yuzga kirsa ham.

Tarbiyaga e'tiborsizlikning oqibati nimalarga olib kelishini o'z vaqtida

Abdulla Avloniy kuyunib, “Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi

pastkashlar, yomonlar, beboshlar, o'g'rilar, giyohvandlar va nashavandlar... kecha

tarbiyalariga e'tibor berilmagan bolalardir”, deb yozib qoldiradiAdabiyotshunos olim

Abdurauf Fitrat “Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-

hurmat topishi, jahongir bo'lishi, zaif bo'lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib,

baxtsizlik yukini tortib e'tibordan qolishi, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi

bolalikdan o'z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog'liq. Bolalar axloqiy tarbiyani

muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o'xshaydi, suv idishning

shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar”, deydi.

Alixonto'ra Sog'uniy tarbiya xususida shunday yozadi: “Yolg'iz insonga

emas, barcha jonlik mavjudotlarda ta'lim-tarbiya ta'siri ko'z oldimizda ko'rilib, buning

natijalari butun dunyoga tarqalib turmoqda. O'qitish-o'rgatish buyon tursin, suhbat o'zi

ham, suhbatdoshlarga o't bilan suvdek tez o'tadi. Shuning uchun ham har kimga, suhbat

yo'ldoshlariga qarab baho beriladi”.

Darhaqiqat, nafaqat bir oila, balki er sayyorasidagi har bir mamlakatning

gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog'ati ham shak-shubhasiz ta'lim va

tarbiya tufaylidir.Ma'lumki, ulug' mutafakkir Abu Ali ibn Sino merosida ilm va axloq

uyg'unligi masalasi alohida o'rin tutadi. Allomaning “Tadbiri manzil” risolasida tarbiya

masalasi ko'proq tahlil etilgan. Xususan, “Tadbiri manzil”da inson tayyor shaxsiy sifat,

odat va ko'nikmalar bilan tug'ilmasligi qayd etiladi. Bunday xususiyatlar odamning

ijtimoiy hayotida sekin-asta shaxsiy va o'zgalar tajribasi, avvalgi ajdodlar an'analari,

ta'lim-tarbiya o'zgalarning ta'siri ostida shakllanadi. SHaxs kamolotida ijobiy fazilat va

odatlarni qaror toptirish qanchalik qiyin va mushkul bo'lsa, ma'naviy qiyofaga yopishib

olgan salbiy jihat va odatlardan xalos bo'lish shunchalik murakkabdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

195

Alloma nazdida bolalar tarbiyasini barvaqt boshlagan ma'qul: “Bola tana

bo'g'inlari barqaror bo'lgan, uning tili to'g'ri, ravon gapirish va quloqlari tinglash va

o'zgalar so'zlarini qabul qilish hamda o'rganilayotgan narsaga (tabiiy) moyillik paytdan

boshlab uni ilmlar va axloq-odob (asoslari)ga o'rgatib borish lozim”.

Yuqoridagilardan shu narsa ma'lum bo'lmoqdaki, hamma vaqt tarbiyada

butun ish nafaqat ota-onalarga, balki go'zal axloq va ilmiy salohiyatga ega bo'lgan

ustoz-muallimlarning sa'y-harakatiga ham bevosita bog'liq. Bunda ishni tashkil qilish

shakllarinigina emas, ayni paytda, ishlashni to'g'ri yo'lga qo'yish shartlarini bilish ham

muhimdir.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI

1. M. Xayrullayev, B. To'xliyev, Sh. Qurbonov, X. Masudov, M. Qurbonov

PEDAGOGIKA TARIXI, 2004 yil.

2. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of

the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-

SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

3. Холиқова П. А. Қ. МИЛЛИЙ-МАЪНАВИЙ МЕРОСНИ ЭЪЗОЗЛАШ ВА

УНИНГ МАЗМУН МОҲИЯТИНИ ЁШЛАР ОНГИГА СИНГДИРИШ

//Academicresearch in educational sciences. – 2023. – Т. 5. – №. NUU Conference 2.

– С. 842-847.

4. Mahmudova K., Kholikova P. NEW APPROACHES TO TEACHING ENGLISH:

GIVE THE PUPILS WHAT THEY WANT! //Spectrum Journal of Innovation,

Reforms and Development. – 2023. – Т. 15. – С. 354-359.

5. Khalikova P. THE FORMATION OF SPIRITUAL AND MORAL VIRTUES IN

THE EDUCATION OF A PERFECT HUMAN BEING IN THE WORKS OF

ORIENTAL THINKERS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B5. – С. 355-

358.

6. SAMIYEVA, S. (2023). TABOO AND EUPHEMISM IN UZBEK AND TAJIK

LANGUAGES. World Bulletin of Social Sciences, 27, 64-68.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

196

7. Oripovna, S. S. (2022). Issues of spiritual and moral education of youth in the works

of abdurahmon Jami.

8. Samiyeva, S. (2021). ISSUES OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF

YOUTH IN THE WORKS OF ABDURAHMON JAMI. InterConf.

9. Samiyeva, S. O. (2024). EUPHEMISMS AND THEIR RELATIONSHIP WITH

SYNONYMS (in the example of Uzbek and Tajik languages). World of Scientific

news in Science, 2(2), 859-865.

10. Oripovna, S. S. (2024). Emergence Factors Of Dysphemic And Euphemical

Dictionaries In Tajik And Uzbek Languages. Pedagogical Cluster-Journal of

Pedagogical Developments, 2(2), 14-21.

11. Samiyeva, S. O. (2020). SAADI SHERAZI’S LIFE ACTIVITIES AND MORAL

VIEWS. Theoretical & Applied Science, (7), 410-413.

12. Samiyeva, S. O. (2024). CONTENT AND PRINCIPLES OF EDUCATIONAL

WORK IN THE CLASSROOM AND OUTSIDE THE CLASSROOM IN PRIMARY

GRADES. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN

WORLD, 3(2), 85-90.

13. Хуррамов, Х. М., & Панджиев, Д. М. (2018). В ПЕРВОМ КЛАССЕ

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ

РИСУНКОВ

ПРИ

ИЗГОТОВЛЕНИИ

РЕЧИ

ШКОЛНИКАМИ ЧЕРЕЗ СКАЗКИ. In Лучшая студенческая статья 2018 (pp. 119-

123).

Most read articles by the same author(s)

Nurulloeva Manija Qurbonovna, Abdullayeva Nargiza Izzatulloevna, Ramazonova Aziza Amonullaevna, Toshova Shahlo Qurbonmurot qizi, TARBIYA BUYUK NE'MAT HAYOTIDAGI O‘RNI , Modern education and development: Vol. 25 No. 3 (2025)