Authors

  • Baynazarov Zokir

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85535

Keywords:

Xojagon tariqati Yusuf Hamadoniy Ahmad Yassaviy Xoʻja Hasan Andoqiy tasavvuf va din ma’naviy meros sufiylik maktabi ijtimoiy-madaniy ta’sir Samarqand Qiziltepa Buxoro.

Abstract

Ona yurtimiz qadim zamonlardan buyuk sarkardalar, olimlar, mutafakkir va shoirlar, diniy ulamolar va tasavvuf peshvolari yetishtirgan ulugʻ zamin sifatida dunyo tarixida alohida oʻrin tutadi. Bu zamin oʻz farzandlarining chuqur bilimlari, aql-zakovati, ulkan bunyodkorlik ishlari, qad koʻtargan shahar-u imoratlari hamda qudratli davlatlari bilan jahonga mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Turk-islom madaniyati rivojida katta rol oʻynagan diniy-tasavvufiy maktablarning shakllanishi ham shu yurtning yetuk siymolari nomi bilan bogʻliqdir.

Ushbu tadqiqotda Markaziy Osiyo tasavvuf tarixida muhim oʻrin egallagan taniqli mutasavvif Xoʻja Hasan Andoqiyning hayot yoʻli, ilmiy faoliyati va falsafiy qarashlari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda Andoqiyning VIII–XII asrlarda keng yoyilgan tasavvufiy harakatning faol ishtirokchisi sifatida shakllanish jarayoni batafsil yoritilgan. Shuningdek, uning mintaqadagi taniqli sufiy olimlar Yusuf Hamadoniy va Ahmad Yassaviy bilan yaqin munosabatlari hamda Xojagon tariqati rivojidagi salmoqli oʻrni ochib berilgan. Andoqiy ta’limotining insonlarni axloqiy poklikka, ruhiy-ma’naviy kamolotga va Allohga ixlos bilan ibodat qilishga chaqiruvchi jihatlari maxsus ta’kidlangan. Maqolada tarixiy-ilmiy asarlar va boshqa manbalar asosida Andoqiyning tugʻilgan joyi, ta’lim olgan madrasalari hamda diniy-ilmiy ustozlari haqida yangi ma’lumotlar berilgan. Uning oʻz davridagi madaniy, ijtimoiy va diniy hayotga koʻrsatgan ta’siri tahlil etilib, zamondosh olimlar bilan oʻzaro munosabatlari, safarlari hamda tariqat ichidagi faoliyatlari aniq tarixiy faktlar asosida koʻrsatilgan. Yusuf Hamadoniy bilan boʻlgan ustoz-shogird munosabatining uning ruhiy va falsafiy qarashlarini shakllantirishdagi ahamiyati misollar bilan dalillangan.

Tadqiqotda Andoqiy ta’limotining Ahmad Yassaviy bilan boʻlgan yaqin hamkorlik munosabati orqali yanada rivoj topgani hamda uning falsafiy hikmatlarining amaliy ahamiyati qayd etilgan. Uning asosida shakllangan Xojagon tariqatining tamoyillari nafaqat Markaziy Osiyo hududi bilan cheklanmay, balki Old Osiyo va Anadoʻli (hozirgi Turkiya) mintaqalarida ham keng yoyilgani va chuqur ta’sir koʻrsatgani bayon etilgan. Tadqiqotda Andoqiy merosini chuqur oʻrganish bugungi kunda ham dolzarbligi ta’kidlangan boʻlib, bu orqali oʻzbek xalqining tarixiy, madaniy va diniy-ma’naviy qadriyatlarini yanada toʻlaroq anglash imkoniyatiga ega boʻlishi qayd etilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

295

XOJA XASAN ANDOQIY YO’LI

Baynazarov Zokir, PhD, dotsent.

Samarqand davlat universiteti

https://orcid.org/0000-0001-5874-4246

zmboynazarov81@gmail.com

Annotatsiya. Ona yurtimiz qadim zamonlardan buyuk sarkardalar, olimlar,

mutafakkir va shoirlar, diniy ulamolar va tasavvuf peshvolari yetishtirgan ulugʻ zamin

sifatida dunyo tarixida alohida oʻrin tutadi. Bu zamin oʻz farzandlarining chuqur

bilimlari, aql-zakovati, ulkan bunyodkorlik ishlari, qad koʻtargan shahar-u imoratlari

hamda qudratli davlatlari bilan jahonga mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Turk-islom

madaniyati rivojida katta rol oʻynagan diniy-tasavvufiy maktablarning shakllanishi

ham shu yurtning yetuk siymolari nomi bilan bogʻliqdir.

Ushbu tadqiqotda Markaziy Osiyo tasavvuf tarixida muhim oʻrin egallagan

taniqli mutasavvif Xoʻja Hasan Andoqiyning hayot yoʻli, ilmiy faoliyati va falsafiy

qarashlari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda Andoqiyning VIII–XII asrlarda keng

yoyilgan tasavvufiy harakatning faol ishtirokchisi sifatida shakllanish jarayoni batafsil

yoritilgan. Shuningdek, uning mintaqadagi taniqli sufiy olimlar Yusuf Hamadoniy va

Ahmad Yassaviy bilan yaqin munosabatlari hamda Xojagon tariqati rivojidagi

salmoqli oʻrni ochib berilgan. Andoqiy ta’limotining insonlarni axloqiy poklikka,

ruhiy-ma’naviy kamolotga va Allohga ixlos bilan ibodat qilishga chaqiruvchi jihatlari

maxsus ta’kidlangan. Maqolada tarixiy-ilmiy asarlar va boshqa manbalar asosida

Andoqiyning tugʻilgan joyi, ta’lim olgan madrasalari hamda diniy-ilmiy ustozlari

haqida yangi ma’lumotlar berilgan. Uning oʻz davridagi madaniy, ijtimoiy va diniy

hayotga koʻrsatgan ta’siri tahlil etilib, zamondosh olimlar bilan oʻzaro munosabatlari,

safarlari hamda tariqat ichidagi faoliyatlari aniq tarixiy faktlar asosida koʻrsatilgan.

Yusuf Hamadoniy bilan boʻlgan ustoz-shogird munosabatining uning ruhiy va falsafiy

qarashlarini shakllantirishdagi ahamiyati misollar bilan dalillangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

296

Tadqiqotda Andoqiy ta’limotining Ahmad Yassaviy bilan boʻlgan yaqin

hamkorlik munosabati orqali yanada rivoj topgani hamda uning falsafiy

hikmatlarining amaliy ahamiyati qayd etilgan. Uning asosida shakllangan Xojagon

tariqatining tamoyillari nafaqat Markaziy Osiyo hududi bilan cheklanmay, balki Old

Osiyo va Anadoʻli (hozirgi Turkiya) mintaqalarida ham keng yoyilgani va chuqur

ta’sir koʻrsatgani bayon etilgan. Tadqiqotda Andoqiy merosini chuqur oʻrganish

bugungi kunda ham dolzarbligi ta’kidlangan boʻlib, bu orqali oʻzbek xalqining tarixiy,

madaniy va diniy-ma’naviy qadriyatlarini yanada toʻlaroq anglash imkoniyatiga ega

boʻlishi qayd etilgan.

Kalit soʻzlar: Xojagon tariqati, Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Xoʻja

Hasan Andoqiy, tasavvuf va din, ma’naviy meros, sufiylik maktabi, ijtimoiy-madaniy

ta’sir, Samarqand, Qiziltepa, Buxoro.

Аннотация. Наша Родина с древних времен занимает особое место в

мировой истории как великая земля, взрастившая великих полководцев, ученых,

мыслителей и поэтов, религиозных ученых и лидеров суфизма. Эта земля

прославилась во всем мире глубокими знаниями своих сыновей, их интеллектом,

великими созидательными трудами, возведенными городами и сооружениями, а

также могущественными государствами. В частности, формирование

религиозно-суфийских школ, сыгравших большую роль в развитии тюрко-

исламской культуры, также связано с именами выдающихся личностей этой

страны.

В данном исследовании подробно проанализированы жизненный путь,

научная деятельность и философские взгляды известного суфия Ходжи Хасана

Андоки, занимавшего важное место в истории суфизма в Центральной Азии. В

исследовании детально освещен процесс становления Андоки как активного

участника широко распространенного суфийского движения в VIII-XII веках.

Также раскрыты его тесные отношения с известными суфийскими учеными

региона Юсуфом Хамадани и Ахмадом Яссави, а также его значительная роль

в развитии тариката Ходжагон. Особо подчеркиваются аспекты учения

Андоки, призывающие людей к нравственной чистоте, духовно-нравственному


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

297

совершенству и искреннему поклонению Аллаху. В статье, основанной на

историко-научных трудах и других источниках, представлена новая

информация о месте рождения Андоки, медресе, где он учился, и его религиозно-

научных наставниках. Проанализировано его влияние на культурную,

социальную и религиозную жизнь своего времени, показаны его

взаимоотношения с современными учеными, его путешествия и деятельность в

рамках тариката на основе конкретных исторических фактов. Значение

отношений наставник-ученик с Юсуфом Хамадани в формировании его

духовных и философских взглядов подтверждено примерами.

В исследовании отмечается, что учение Андоки получило дальнейшее

развитие благодаря тесному сотрудничеству с Ахмадом Яссави, а также

подчеркивается практическое значение его философской мудрости.

Утверждается, что принципы тариката Ходжагон, сформированного на его

основе, распространились и оказали глубокое влияние не только на территорию

Центральной Азии, но и в регионах Передней Азии и Анатолии (современная

Турция). В исследовании подчеркивается актуальность глубокого изучения

наследия Андоки и в наши дни, что позволит более полно понять исторические,

культурные и религиозно-духовные ценности узбекского народа.

Ключевые слова: тарикат Ходжагон, Юсуф Хамадани, Ахмад Яссави,

Ходжа Хасан Андоки, суфизм и религия, духовное наследие, суфийская школа,

социально-культурное влияние, Самарканд, Кызылтепа, Бухара.

Abstract. Our Motherland holds a special place in world history as a great

land that has produced eminent commanders, scholars, thinkers and poets, religious

scholars, and Sufi leaders since ancient times. This land has become world-renowned

for the profound knowledge, intellect, and monumental creative works of its children,

as well as its cities, edifices, and powerful states. Notably, the formation of religious-

Sufi schools, which played a major role in the development of Turkic-Islamic culture,

is also associated with the names of distinguished figures from this land.

This study comprehensively analyzes the life path, scholarly activities, and

philosophical views of the renowned Sufi Khoja Hasan Andoqi, who occupied an


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

298

important place in the history of Central Asian Sufism. The research details Andoqi's

development as an active participant in the widespread Sufi movement of the 8th-12th

centuries. It also reveals his close relations with the region's famous Sufi scholars

Yusuf Hamadani and Ahmad Yassavi, as well as his significant role in the development

of the Khojagon tariqa. The aspects of Andoqi's teachings that call people to moral

purity, spiritual and ethical perfection, and sincere devotion to God are particularly

emphasized. The article provides new information about Andoqi's birthplace, the

madrasas where he studied, and his religious-scholarly teachers based on historical-

scientific works and other sources. His influence on the cultural, social, and religious

life of his time is analyzed, and his interactions with contemporary scholars, travels,

and activities within the tariqa are presented based on specific historical facts. The

significance of his teacher-student relationship with Yusuf Hamadani in shaping his

spiritual and philosophical views is substantiated with examples.

The study notes the further development of Andoqi's teachings through close

cooperation with Ahmad Yassavi and the practical significance of his philosophical

wisdom. It is stated that the principles of the Khojagon tariqa, formed on this basis,

were not limited to Central Asia but also spread widely and had a profound influence

in the regions of the Near East and Anatolia (present-day Turkey). The study

emphasizes the ongoing relevance of in-depth research into Andoqi's heritage, which

allows for a more comprehensive understanding of the historical, cultural, and

religious-spiritual values of the Uzbek people.

Keywords: Khojagon tariqa, Yusuf Hamadani, Ahmad Yassavi, Khoja Hasan

Andoqi, Sufism and religion, spiritual heritage, Sufi school, socio-cultural influence,

Samarkand, Qiziltepa, Bukhara.

Kirish

. Tasavvuf VIII-XII asrlar davomida islom dunyosining madaniy va

diniy jihatdan shakllanishiga katta ta'sir koʻrsatgan ijtimoiy-ruhiy harakat sifatida

yuzaga chiqdi. Bu davr tasavvuf uchun insonning shaxsiy ruhiy-ma’naviy kamolotiga

xizmat qilish bilan birga, keng jamoatchilikni axloqiy poklik va ezgulik sari chorlovchi

muhim omil sifatida ham tavsiflanadi. Oʻsha davrning taniqli ulamolari Yusuf

Hamadoniy, Xoʻja Abdulloh Barraqiy, Xoʻja Hasan Andoqiy, Ahmad Yassaviy,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

299

Abduxoliq Gʻijduvoniy, Najmiddin Kubro singari mutasavviflar tomonidan asos

solingan tariqatlar Markaziy Osiyoda, shuningdek, Ahmad Yassaviy orqali Hoji

Bektoshi Vali hamda uning izdoshlari ta’sirida Old Osiyo, Onadoʻli va Bolqon

yarimoroli hududlarida keng yoyildi. Bu tariqatlar oʻz ta’limotlari orqali insonlarni

Allohga boʻlgan samimiy muhabbatga, axloqiy yetuklik va ruhiy poklikka da’vat

qildilar. Ularning faoliyati jamiyatda axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash,

shuningdek, madaniy muhitni boyitishda muhim oʻrin tutdi.

Ahmad Yassaviy tasavvufiy she’riyat orqali islom dinining insonlar oldidagi

vazifalari hamda Allohga boʻlgan muhabbatni chuqur ifodalagan boʻlib, uning

hikmatlari koʻplab mutasavviflarning ta’limotiga sezilarli darajada ta’sir koʻrsatdi.

Jumladan, Xoʻja Hasan Andoqiy singari yetuk olimlar ham uning ta’limotidan

ilhomlangan holda oʻz faoliyatlarini olib bordilar va uning hikmatlarini oʻz amaliy va

nazariy ta’limotlariga singdirdilar. Xoʻja Hasan Andoqiy oʻz davrining mashhur

mutasavvifi sifatida nafaqat nazariy tasavvufni rivojlantirdi, balki uning amaliy

jihatlarini ham keng yoyilishiga katta hissa qoʻshdi.

Ushbu maqolada Xoʻja Hasan Andoqiyning hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyati, u

ta’lim olgan muhit hamda zamondoshlari bilan boʻlgan aloqalari haqida batafsil

ma’lumot beriladi. Shuningdek, uning tasavvuf ta’limoti rivojiga qoʻshgan hissasi,

uning nazariy va amaliy jihatlarining oʻz davridagi va keyingi asrlardagi ahamiyati

tarixiy manbalar asosida chuqur tahlil qilinadi.

Metodlar

. Tadqiqot Yusuf Hamadoniy asarlari, Andoqiyning tarjimayi holi va

zamonaviy tadqiqotlar kabi tarixiy matnlar va qoʻlyozmalarni sifatli tahlil qilishga

asoslangan. Ma’lumotlar yuklangan manbalar, jumladan, “Xojagon tariqati va Xoʻja

Hasan Andoqiy”, Abdulkarim Sam’oniyning “Nasabnoma” (al-Nasab, Ansob), Ali

Safiyning “Rashahot ayn ul-hayot” (Obihayot tomchilari) hamda boshqa tegishli

hujjatlardan olindi. Ushbu ma’lumotlar Andoqiyning hayoti va intellektual-faoliyati

haqida toʻliq tasavvur hosil qilish uchun tahlil qilindi.

Tadqiqot.

1. Hayot yoʻli.

Xoʻja Hasan Andoqiy (Abu Muhammad Hasan ibn Husayn

Andoqiy hijriy 460-552, milodiy 1067-1159-yy.) 1067-yilda Buxoroda tugʻilgan. Bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

300

haqida Ali Safiyning “Rashahot ayn ul-hayot

1

” (Obihayot tomchilari. 909/1503-yil)

asarida quyidagicha ma’lumot beriladi:

Abu Muhammad Hasan ibn Husayn Andoqiy

464/1071-yilda Buxoroning Andoq qishlogʻida tugʻiladi…. “Va Sam’oniy “Ansob”da

kelturubdikim, Marvda bir deha turur, shaharning ikki farsaxlik yeridakim, ani ham

Andoq derlar va Andoq muarrabi Andok turur, lekin Andoqiy Marvda emas, balki

Buxoroning Andoq qishlogʻida tavallud topgan

”. Ali Safiyning bu kitobi buyuk

mutasavvuf Xoʻja Ahrori Valiy tavsiyasi bilan yozilgan boʻlib, tarixchi akademik

Boʻriboy Ahmedovning ta’kidlashishicha, XV-XVI asrlar ijtimoiy-siyosiy va madaniy

hayotini yoritishda tadqiqotchilar shu manbaga murojaat qiladi. Manbaning juda

koʻplab qoʻlyozmalari va hatto, Xorazmda eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan variant

ham Oʻzbekiston Respuklikasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlandi.

“Rashahot”da ta’kidlanishicha, aslida Andok, arab muarrixlari Andoq shaklida yozgan

boʻlib, Buxorodan 3 farsax masofada joshlashgan va hozirgacha shu nom bilan

saqlanib qolgan qishloq sanaladi. “Andak” soʻzi oʻzbek tilining izohli va etimologik

lugʻatlarida qayd etilgan boʻlib,

bir oz, picha, kamgina, qittak

degan ma’nolarni

anglatadi

2

. Andoqiy allomaning nisbasi (

tugʻilgan joyiga ishora

) boʻlib, qishloq

nomidan olingan. Bu toponim esa geografik joylashuvdan kelib chiqqan boʻlishi kerak.

Xoʻja Hasan mashhur faqih Abulkarim ibn Hanifa Andoqiyning nabirasi edi. Andoqiy

1158-yilda Ramazon oyining oxirlarida vafot etgan va Samarqandning Andoqsoy

qishlogʻida dafn etilgan. Vaqt oʻtishi bilan uning qabri ziyoratgohga aylangan.

Mahalliy aholi tomonidan maqbaraning tiklanishi uning merosiga boʻlgan hurmatni

koʻrsatadi

3

. “Rashahot”da esa hijriy 552 (milodiy: 1057) -yil, ramazon oyining 27-kuni

vafot etgan Xasan Andoqiyning qabri muboraklari Buxoroning tashqarisidagi Shayx

Abubakr Kalobodiyning maqbarasida, Shayx qabrining kunchiqar tomonida

joylashgan

4

degan ma’lumot keltiriladi. Bu hozirgi Navoiy viloyati Qiziltepa tumani

Toshrabot mahallasi Xoʻja Hasan qishlogʻidagi qabriston sanaladi

5

. “Taskirayi

1

Faxriddin Ali Safiy. Rashahat. -Toshkent: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 2003, -B.13-14. Hasaniy M.,

Razzoqova M. Xojagon tariqati va Xo‘ja Hasan Andoqiy

.

Samarqand, 2021.

2

https://izoh.uz/word/andak (2024

, dekabr).

3

Ibodov B. Abulhasan Andoqiyning hayot yoʻli. https://www.bukhari.uz/?p=18028&lang=oz.

4

Faxriddin Ali Safiy. Rashahat. -Toshkent: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 2003, -B.14

5

Hasaniy M., Razzoqova M. Xojagon tariqati va Xo‘ja Hasan Andoqiy

.

Samarqand, 2021. -B.46.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

301

Naqshbandiya” asarini muallifi Tohir Eshon Xorazmiyning ta’kidlashicha,

Xoja Hasan

Andoqiy Barraqiy qabrining orqa tarafidadur. Hamona ikki qabr bir yerda muttasil

(bir-biriga yopishgan)dekdur. Ba ikki birodari hampir bir joyda matfundurlar

6

. Bu

ma’lumot boshqa manba asosida ham dalillangan. “Qiziltepa qamiyatidan lavhalar”

nomli tadqiqotda hozirgi Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Toshravot xoʻjaligi Xoja

Hasan mahallasida Andoq qishlogʻi va shu yerda joylashgan qadimiy “Xoja Hasan

Andoqiy” qabristoni bor

7

. Bu yerda hoʻjagon tariqati pirlari bilan birgan alloma nomi

bilan ataladigan qabr ham mavjud boʻlib, keltirilgan manbalardagi ma’lumotlar asosli

ekanligini tasdiqlaydi. Mavzuga u qadar aloqasi boʻlmasa-da, ta’kidlash joizki,

Kattaqoʻrgʻon tumanidagi Andoqsoy toponimi ham tasodif emas. Bunga “koʻchib

yuruvchi nomlar” sifatida qarashimiz kerak. Ya’ni, bir nuqtadagi aholi boshqa nuqtaga

koʻchganda oʻz nomini “tashigan”. Tarixda bunday hollar koʻp uchragani toponimik

manbalarda koʻp qayd etilgani, sir emas.

2.

Ta’lim olishi.

Andoqiy dastlabki ta’limni Buxoroning taniqli ulamolaridan

biri boʻlgan Abu Muhammad Abdulaziz Halvoiy (shams ul-Aimma) qoʻl ostida fiqh

va hadis ilmlari boʻyicha olgan. Abdulkarim Sam’oniyning VIII-XII asrlarda yashagan

oʻzbekistonlik olimlar hayoti haqida ma’lumot beruvchi “Nasabnoma” (al-Nasab)

kitobida quyidagilar qayd etilgan: Abul Muzaffar Abdulkarim ibn Abu Hanifa al-

Andaqiy imom, fozil, zohid, taqvodor zot boʻlganlar, kamtarinliklari va chiroyli

siyratliklari bilan nom chiqarganlar. “Shams ul-aimma” (imomlar quyoshi) Abu

Muhammad Abdulaziz al-Halvoiydan fiqh va hadis ilmlaridan ta’lim olganlar. Hijriy

400 (milodiy 1010) yilda tugʻilib, hijriy 481 (milodiy 1089) yilning sha’bon oyida

vafot etganlar. Nevaralari Abu Muhammad Hasan ibn Husayn al-Andaqiy

oʻz

davrlarining tariqat, tasavvuf ilmi mashoyixlaridan edilar. Bu kishi umrlarini muridlar

tarbiyalash bilan oʻtkazdilar

8

. “Imomlar quyoshi” (“shams ul-Aimma”) – Abul

Muzaffar Abdulkarim ibn Abu Hanifa al-Andaqiy Xoja Hasan Andoqiyning bobosi

boʻlib, ilmli, zohid, kamtarin xulqi va goʻzal siyrati bilan nom chiqargan zotlardan biri

6

Hasaniy M., Razzoqova M. Xojagon tariqati va Xo‘ja Hasan Andoqiy

.

Samarqand, 2021. -B.26.

7

Mirzaaxmedov J, Odilov Sh. Qiziltepa qadimiyatidan lavhalar. “A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nasriyoti”, 2002. -B

44. 86b.

8

Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma (al-Ansob). Toshkent, 2017. -B.10-11.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

302

edi. Dastlabki ta’limni oilasida olgan alloma qishlogʻidan 3 farsax yoʻl boʻlgan

Buxoroda madrasada oʻqishni davom ettiradi. Andoqiy madrasa oʻqib yurgan

vaqtlarda islom falsafasining yetuk vakili, Hoʻjagon tariqatining asoschisi, ulugʻ

ma’naviy pir Yusuf Hamodoniy Buxoroga keladi. Taqdirning bu ulugʻ inoyati ila

Hamodoniy bilan tanishadi va uning qoʻlida tahsil ola boshlaydi.

3.

Diniy-falsafiy ta’siri.

Alloma oʻz davrining tariqat, tasavvuf ilmi

mashoyixlaridan edi. Butun umrini ilm olish va muridlariga taʼlim-tarbiya berish bilan

oʻtkazgan. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning sunnatlariga qatʼiy rioya

etardi. Insonlarni Allohga ibodat qilishga, riyozatni lozim tutishga daʼvat etardi.

Andoqiyning ta’limi va diniy-ma’naviy yoʻli uning ustozi Yusuf Hamadoniy bilan

chambarchas bogʻliq edi. Yusuf Hamadoniy shogirdlarining eng yuksak darajasidagi

vakili sifatida tan olingan Andoqiy uning ikkinchi xalifasi boʻlib, tariqat rahbariyatida

muhim mavqega ega edi. U Hamadoniy bilan birga Xorazm, Bagʻdod kabi

mintaqalarga sayohat qilib, tasavvufiy gʻoyalarni yoyishda faol ishtirok etgan. Xasan

Andoqiy Xojagon tariqatining tamoyillarini shakllantirish va yoyishda katta hissa

qoʻshgan. Uning ta’limotlari Sunnatga qat’iy rioya qilish, ma’naviy intizom va axloqiy

poklikni targʻib qilgan. Ozgina mashaqqat chekib tariqat yoʻlida martabasi ortib boradi.

Butunlay shu ish bilan band boʻlib, oʻz oilasini ham unutib qoʻyadi. Bundan xabar

topgan piri Hamadoniy “Sen darveshsan, lekin oilang ham bor. Riyazotga haddan

ziyod berilib, oʻz oilangni unutib, ularni nochor ahvolga solib qoʻyish, bu aqlli

odamning ishi emas. Bu ishing aqlga ham shariatga ham toʻgʻri kelmaydi”, - deb

ogohlantiradi. Bu haqida “Rashohat”da yozilishicha: Andoqiy ustoziga javoban

“Mening holim riyozat vat oat-ibodatga yetadi, boshqasiga yetmaydi” – deydi.

Berilgan javobdan jahli chiqqan ustoz Andoqiyni urishib beradi. Oqshom tushiga Haq

taola kirib “Ey Yusuf senga aql berdim va Hasanga buyuk aql va koʻngil berdim”

deydi. Bundan xulosa chiqargan alloma Andoqiyni nihoyatda aziz tutdi va uning

dunyoviy ishlariga aralashmaydi, u butun umrini tariqat yoʻliga, ilm oʻrganish va uni

targʻib qilishga bagʻishlaydi. Buni Xoja Hasan Andoqiy bilan birga sayohatlar

chiqqani, vaziyatidan ham bilish mumkin. Yuqorida ta’kidlab kelayotgan manbada

qayd etilishicha, Xoʻja Yusuf Andoqiy bilan birga Xorazm, Bogʻdon shaharlarida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

303

safarlarda boʻlib, ilmu irfon yoʻlini targʻib qilgan va vasiyatida “Meni Xoʻja Abdulloh

Barroqiy yuvsin, Xoja Hasan Andoqiy koʻmsin”- deya, Andoqiyga buyuk lutf

qoʻrsatgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, Hamodoniy Andoqiyni juda e’zozlagan.

4.

Ijtimoiy va madaniy ta’siri.

Abdulkarim Sam’oniyning “Nasabnoma” (al-

Nasab) kitobida qayd etilishicha Andoqiy:

Muhammad alayhissalomning sunnati-

saniyalariga, odoblariga olimu omil edilar. Insonlarni Allohga ibodat qilishga, ibodat

va riyozatni lozim tutishga da’vat etardilar. Yusuf ibn Ayyub al-Hamadoniyning xos va

sevimli muridlaridan boʻlib, u zot bilan Xorazm, soʻngra Bagʻdodga birga borganlar.

Birinchi marta u kishini Marvda «Shayx» xonaqohida, keyinchalik Buxoroda koʻrdim

va u zotdan koʻp rivoyat yozib oldim. Hasan al-Andaqiy meni nihoyatda

hurmatlardilar. Men u kishidan shayx Yusuf al-Hamadoniy rivoyat qilgan hadislardan

ta’lim oldim. Hijriy 460 (milodiy 1069) yilda tugʻilib, hijriy 552 (milodiy 1158) yil

ramazon oyining 27-tunida (Laylatul-qadr kechasi)da vafot etganlar

9

. Xoʻja Xasan

Andoqiyning ta’siri faqat tasavvufiy-ruhiy soha va yoʻnalish bilan cheklanib

qolmasdan, ijtimoiy va madaniy hayotga ham chuqur singib ketgan. U jamiyatda

axloqiy me’yorlarni mustahkamlash, ilmga hurmatni oshirish va jamoatchilik

faoliyatini ragʻbatlantirishga katta ahamiyat qaratgan. Ahmad Yassaviy va Abdulloh

Barraqiy (Barqiy, Bekriy), Abduxoliq G‘ijduvoniy kabi zamondoshlari bilan aloqalari

islomiy merosning boyishi va kengayishiga xizmat qilgan. Andoqiy Abduxoliq

G‘ijduvoniy kabi oʻnlab izdoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyat qaratgan. Yusuf

Hamadoniy diniy-falsafiy maktabi va uning 4 halifasi (oʻrinbosari) haqida koʻplab

manbalar ma’lumotlar berilgan. Jumladan, mutasavvuf shoir, Alisher Navoiy oʻzing

tasavvuf ahli, shayx-mashoixlar haqidagi turkiy tilda yozilgan “Nasoyim ul-muhabbat”

asarining Ahmad Yassaviyga bagʻishlangan boʻlimida quyidagi kichik qaydni

keltiradi:

Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomoti oliy va mashhur,

karomoti mutavoli va nomahsur ermish. Muridu ashobi gʻoyatsiz va shohu gadoning

irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniy q. s. ning

ashobidindur. Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy bila q. s. suhbat tutubdur va Xoja Abdulloh

Barraqiy va Xoja Hasan Andoqiy q. r. bilaki, ham Imom Yusuf Hamadoniy r. t.

9

Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma (al-Ansob). Toshkent, 2017. -B.11.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

304

muridlaridurlar, Imom qaysi biyik marotibgʻa yetibdurlar, musohib boʻlubdur va

roʻzgor mashoyixidin koʻp buzurgvorlar aning tarbiyatin topibdurlar

10

. Ularning

muvaffaqiyatlari Andoqiyning ilmiy va ruhiy ta’sirining dalilidir. Ahmad Yassaviy

bilan boʻlgan munosabatlari esa tasavvufiy hikmatlarni chuqur tushunishda ulkan ta’sir

koʻrsatgan. Andoqiyning tariqatda hayotiy amaliyotga urgʻu berishi, jamiyatda

Allohga xizmat qilishga chaqirish, oddiylik va riyozatni targʻib qilgan. Tohir Eshon

Xorazmiy ma’lumotlariga u yashagan XVIII asrda ham Abulhasan Andoqiy va boshqa

hoʻjagon pirlarining ma’naviy ta’siri katta boʻlganligi, uning qabr doimo ziyorat

etishilishi haqida yozadi. Muallifning ta’kidlashicha, oʻzi ham 15 yil farqi bilan ikki

marta ziyorat etgan. Andoqiyning sifatlari haqida yozarkan Tohir Eshon oʻzining

“Tazkirayi Naqshbandiya” asarida bir bayt keltiradi:

Boz az Yusufam ba

Andoqiy//Nisbat omad zi soqiyi boqiy

. Forscha keltirilgan ushbu misralarda

Boqiy

sifatli Yusufdan, Andoqiyga avliyolik nisbati keld

i, deb ta’kidlaydi. Bundan koʻrinib

turibdiki, Abulhasan Andoqiy ustozi kabiy valiy alloma edi

11

. Hasan Andoqiy haqida

qisqa ma’lumot berilgan boshqa bir manba – Mavlaviy Gʻulom Sarvar al-Lohiriyning

“Xazinat al-Asfiyo” (Musaffo kishilar xazinasi) tazkirasida 2 bayt she’r keltirilgan

boʻlib, unda allomaning vafot tarixi abjad hisobida berilgan.

Chun Xasani muhsin valiy

ahli Hasan//Az jahon varzid dar jannat vatan. Sali vaslash “fathi din” oman

ayon//Ham raqam shud “orifu obid” Xasan

. Mazmuni:

Yaxshi insonlardan boʻlgan

yaxshilik qiluvchi Xasan, jahondan ketib jannatdan joy oldi. Vafotining yili “fathi din”

boʻldi. Yana “orifu obit” ham vafot yilidir

. Abjad boʻyicha “fathi din” va “orifu obid”

shaklidan Andoqiyning vafot tarixi, 552 (1157)- yil kelib chiqadi. Lohuriyning bua

sari 1864-yilda yozilgan boʻlib, 1902-yilda nashr qilingan. Andoqiy va uning

safdoshlarining ilmu-irfon yoʻlida amalga oshirgan ishlari XIX asrda ham yuksak

darajada e’zozlangani, uning ta’sir hududlari, xatto, Hind diyorida ham sezilishini

koʻrsatadi. Shuningdek, “Tuhfat uz-zoirin” asarining muallifi Nosiriddin Buxoriy

Andoqiyni ulugʻ olim, orif, karomat va maqomat sohibi deb ta’riflaydi. 1906-yilda

yozil tugallangan ushbu asar ulugʻ avliyo va anbiyolarning qabri ziyorati, ularning

10

Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat. -N.39.

11

Hasaniy M., Razzoqova M. Xojagon tariqati va Xo‘ja Hasan Andoqiy

.

Samarqand, 2021. -B.25.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

305

joylashuv yerlari va ziyorat odoblari haqida boʻlib, boshqa kitoblar kabi alloma

safdoshlari bilan birga eslanadi. Koʻrib chiqilgan manbalarda Andoqiy va uning siyrati

va surati haqidagi ma’lumotlar hoʻjagon tariqati safdoshlari bilan birga berilgan. Uning

maqomati naqshbandiya va uning davomchilari boʻlgan yassaviya, kubroviya,

bektoshiya, qodiriya kabi irfoniy yoʻllar vositasida butun Turk-Islom madaniyati

chegaralaricha tarqalgan boʻlib, xalqlarning toʻgʻri yoʻlga boshlash, kelajak avlodning

diniy-ma’rifiy yoʻlda tarbiyalash, inson va uning qadr-qimmatini ulugʻlashga

qaratilgan. Bu jihatlar Tirk-Islom adabiyotiga, jumladan, Ahmad Yassaviy hikmatlari

bilan uygʻunlashgan boʻlib, ma’naviy birlikni mustahkamlashga xizmat qilgan. Uning

tariqat tamoyillari hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Abulhasan

Andoqiy va Ahmad Yassaviy ta’limotlarining uygʻunligi zamonaviy tasavvufda

davom etmoqda.

Muhokama

. Andoqiyning hayoti ruhiy fidoyilik va ilmiy izlanishlarning

uygʻunlashgan namunasi edi. Uning Yusuf Hamadoniy va Ahmad Yassaviy kabi

zamondoshlari bilan yaqin aloqalari sufiylik maktabining shakllanishi va jamiyatni

oʻzgartirishdagi rolini koʻrsatadi. U shogirdlariga ta’lim berish orqali nafaqat tariqat

yoʻnalishlarini mustahkamladi, balki bu harakatlarning kelgusi avlodlarga yetib

borishini ta’minladi. Andoqiy rahbarligida Xojagon tariqati dunyoviy va ruhiy

yuksalishning muhim harakatiga aylangan.

Ahmad Yassaviy bilan Andoqiyning aloqalari esa sufiylik fikrlarining

boyishiga xizmat qildi. Bu ikki ulugʻ shaxsning hamkorligi ruhiy va axloqiy

masalalarda keng jamoatchilikni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Xoʻja Hasan Andoqiy va uning qarashlari Onadoli (hozirgi Turkiya)ga ham

chuqur ta’sir koʻrsatgan. Ahmad Yassaviy tariqati orqali Hoji Bektoshi Valiy kabi

shaxslar tasavvufni keng yoyish va jamiyatni ma’naviy jihatdan boyitishda faol ishtirok

etgan. Andoqiyning Xojagon tariqati tamoyillari Onadolida sufiylik qadriyatlarini

rivojlantirishda muhim oʻrin egallagan. Ayniqsa, Andoqiyning ta’limoti va Yassaviy

gʻoyalari uygʻunlashib, Bektoshiya tariqatining shakllanishiga ta’sir koʻrsatgan. Ushbu

jarayonlar orqali Andoqiyning diniy va madaniy merosi butun islom olamida chuqur

iz qoldirgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

306

Andoqiy nafaqat ma’naviy sohada, balki ilmiy sohada ham chuqur ta’sir

koʻrsatgan. Uning ta’limotlari va fikrlari nafaqat oʻz davrida, balki hozirgi kunlarda

ham ahamiyatini yoʻqotmagan. Tasavvufning jamiyatda ruhiy va axloqiy uygʻunlikni

yaratishga qoʻshgan hissasi, Andoqiy singari shaxslar orqali oʻzining mukammal

ifodasini topgan. Andoqiyning merosi uning zamonaviy tasavvufiy hamda ilmiy

izlanishlar uchun ma’naviy yoʻlchi sifatidagi oʻrni va ahamiyatini namoyon etadi.

Xulosa

.

Xoʻja Hasan Andoqiyning tasavvuf va islomiy ilm-fan sohasidagi hissasi oʻrta

asrlar islom dunyosida ruhiy va intellektual sa’y-harakatlarning oʻzaro bogʻliqligini

namoyish etadi. Uning hayoti va ishlari Yusuf Hamadoniy ta’limotlariga asoslangan

holda shakllanib, uning izdoshlari orqali davom ettirilgan. Ahmad Yassaviy bilan

boʻlgan aloqalari esa tasavvufning turli jihatlarini boyitishga imkon bergan.

Uning maqbarasining tiklanishi va merosiga boʻlgan hurmat Andoqiyning

doimiy ahamiyatini koʻrsatadi. Bu shaxsni oʻrganish orqali nafaqat tarixiy islomiy

madaniyatni, balki zamonaviy tasavvufga oid muhim bilimlarni boyitish mumkin.

Shuning uchun Andoqiyning hayoti, ijodi va ta’limotlari haqida chuqurroq oʻrganish,

uning merosini zamonaviy avlodlar uchun yanada qadrlash va toʻgʻri talqin qilish

imkonini beradi. Uning hayoti va zamondoshlari bilan munosabatlari boʻyicha

qoʻshimcha tadqiqotlar oʻsha davrning tarixiy va madaniy dinamikasini chuqurroq

anglashga imkon beradi. Shu tariqa Andoqiy merosining qiymati nafaqat tarixiy, balki

ma’naviy jihatdan ham ulkan ahamiyat kasb etadi.

Ihtiboslar/Snoska

Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma (al-Ansob). Toshkent, 2017.

1.

A. Navoiy Mukammal asarlar to`plami 20 tomlik. 17-tom. “Nasoyim ul-

muhabbat”, “FAN” nashriyoti. T, 2001

2.

Faxriddin Ali Safiy. Rashahat. -Toshkent: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot

nashriyoti. 2003.

3.

Hasaniy M., Razzoqova M. Xojagon tariqati va Xo‘ja Hasan Andoqiy

.

Samarqand, 2021. -B.46.

4.

https://izoh.uz/word/andak (2024

, dekabr).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

307

5.

Ibodov B. Abulhasan Andoqiyning hayot yoʻli.

https://www.bukhari.uz

/?p=18028&lang=oz.

6.

Mirzaaxmedov J, Odilov Sh. Qiziltepa qadimiyatidan lavhalar. “A.Qodiriy

nomidagi xalq merosi nasriyoti”, 2002. -86 b.

Most read articles by the same author(s)