Authors

  • Uzaqova Ominaxon Akramovna

Author Biography

  • Uzaqova Ominaxon Akramovna

    Oltiariq tumani 37-umumiy oʻrta ta'lim maktabi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85536

Keywords:

oila munosabatlar emotsional intellekt.

Abstract

Oilaviy munosabatlar qadim-qadimdan beri o‘rganib kelinayotgan muhim masalalardan biri hisoblanadi va unga nisbatan har qaysi zamonda va har qaysi makonda o‘ziga xos qarashlar ilgari surilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

290

IJTIMOIY XAVFLI OILA FARZANDLARI

EMOTSIONAL HOLATLARINING

PSIXOLOGIK TAHLILI

Uzaqova Ominaxon Akramovna

Oltiariq tumani 37-umumiy oʻrta ta'lim maktabi psixologi

ANNOTATSIYA: Oilaviy munosabatlar qadim-qadimdan beri o‘rganib

kelinayotgan muhim masalalardan biri hisoblanadi va unga nisbatan har qaysi

zamonda va har qaysi makonda o‘ziga xos qarashlar ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar: oila, munosabatlar, emotsional intellekt.

KIRISH

Mamlakatimizda oilaga bo‘lgan e’tibor doim diqqat markazida bo‘lib kelgan.

Oila mustahkamligi, oilaviy baxt tushunchasi, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat

mentalitetimizga xos tushunchalar bo‘lib, u asrlar osha avloddan avlodga o‘tib

kelayotgan milliy qadriyatimizning ajralmas bo‘lagi va eng asosiy tarkibiy qismidir.

Bugungi kunda ham inson o‘zining to‘laqonli baxtini his etishida oila va va undagi

shaxslararo munosabatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 24-iyul kuni O‘zbekiston

Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi

rasmiy sahifasida davlat rahbari tavalludining 61 yilligiga bag‘ishlangan «Janob

Prezident» nomli hujjatli film namoyish qilindi. Intervyuda O‘zbekiston prezidenti

oila va baxt haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, har bir inson hayotida eng

muhimi, bu — oila.«Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor

qayerda ishlashidan qat’i nazar, kim bo‘lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada

muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon

natija bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor

beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim

bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman», -

dedi u. «Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli

bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo‘lsa men

o‘zimni baxtli deb bilaman», - deya ta’kidladi prezidentimiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

291

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotchilar bu borada ham tadqiqotlar olib borishgan va statistik tahlil

natijalarini qayd etishgan. Rossiyada oliy ma'lumotlili mutaxassislarning 58% ayollar,

42%ini esa erkaklar tashkil etadi. Ijtimoiy faoliyatning feminizatsiya qilingan

sohalarida ayollar erkaklarga qaraganda yetakchilik mavqeini ko‘proq egallaydilar.

Buni o‘rta va oliy ta'lim sohasida yaqqol ko‘rish mumkin. 2013-2014 o‘quv yilida

ta'lim va fan kadrlari orasida quyidagi holat kuzatildi. Umumta'lim muassasalarida -

ayollarning ta'lim sohasi (pedagogik mutaxassisliklar) - direktorlarning 74 foizini

ayollar va 26 foizini erkaklar, derektor o‘rinbosarlarining 26 foizini ayollar va 11

foizini erkaklar tashkil etgan. O‘qituvchi va pedagoglar asosan ayollardan tashkil

topgan - 88%, erkaklar - 12%. F.R.Ro‘ziqulov ilmiy izlanishlarida o‘zbek oilalarda

ajralishning ijtimoiy-psixologik asoratlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif

muayyan

darajada

ijtimoiy-tarixiy

taraqqiyot

davomida

oila-nikoh

munosabatlari,uning barqarorligini ta’minlashning ba’zi omillari to‘g‘risidagi ilg‘or

qarashlarni va hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan davlat

ahamiyatidagi tadbirlarni tahlil qilarkan, oila-nikoh munosabatlarining jiddiy

jihatlaridan biri sifatida hali har oilalarning buzilishi - ajralishlar borligini alohida

ta’kidlab o‘tadi.

Bolalar 3 yoshgacha o’z ota-onalari bag’rida hissiy to’yingan holda

ulg’ayishlari kerak. Rivojlanishning bu dastlabki uzilishi, kattalarga bilinmasligi

mumkin biroq, bolalar uchun bu holat katta bir ruhiy og’riqlarniberishi mumkin.

Shuning uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash jarayonida, ijtimoiy

ish mutaxassisi eng avvalo bolaning oilasi bilan tanishib olishi lozim. Oilani

birlamchi va majmuaviy baholay olishi kerak. Oiladagi qaysi noto’g’ri ijtimoiyqadam,

bolani yetimlik holatiga yoki ijtimoiy yetimlik vaziyatiga tushirib

qo’yayotganligihaqida, xulosalarga kelib olishi juda zarur. Albatta bunday ijtimoiy

himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash jarayonida, bolaning yosh xususiyatlari

va ular tushib qolgan ijtimoiy vaziyatlarga ham e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy ish xodimi

bunday vaziyatlarda, muammoga ko’mpleks yondashadi. Hech bir vaziyatni

ko’zdan qochirmaydi. Natija uchun harakat qiladi.Asosiy qism: Aholining maxsus


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

292

davlat va jamot qaramog’iga muhtoj toifalari orasida yetim bolalar, ijtimoiy yetim

bolalar va ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar alohida o’rin tutadi.

Ta’kidlash joyiz, rivojlangan davlatlar tajribasida ota-ona qaramog’idan

mahrum bo’lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi bir vaqtning o’zida

bolalarga yordam berishga va biologik oilani muvaffaqiyatli reabilitatsiya qilish

uchun qulay shartsharoitlar yaratishga yo’naltirilgan. Avvalo, yuqoridagi

tushunchalar mohiyatiga to’xtalaib o’tsak. Demak, yetim bola bu otasi ham onasi

ham vafot etgan, yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bola.

Ijtimoiy yetimlik bu -otaqaramog’isiz qolgan bolalar, shu jumladan turli sabablarga

ko’ra ota-onasi ularni tashlab ketgan yoki ota-onalik huquqlaridan mahrum bo’lgan

va to’liq davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan bolalar hisoblanadi2. Ijtimoiy

yetimlik atamasi, XX asrning 90 yillarida ishlatila boshlandi. Demak, ijtimoiy

yetimlik hayotimizda qadimdan davom etib kelayotgan ijtimoiy fenomendir. Bu

ijtimoiy jarayon negizida, bolalarni otaona qaramog’isiz qolishlari va shu asnoda

qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolishlari yotadi. Ota-ona qaramog’isiz qolish,

ta’rifi shuni ko’rsatadiki, har bir oilada ota-ona o’z burchlarini bajarish uchun yetarli

moddiy-moilyaviy, ma’naviy va umumiy ijtimoiy sharoitlarning yo’qligidan, ota-

onalar o’z masuliyatlarini, mehr-muhabbatlarini, rahim-shafqat va g’am chekish

tuyg’ularining defitsiti sharoitida farzand dunyoga keltirib, so’ngra ularni turli

sabablarga ko’ra tashlab ketmoqdalar. Bugungi kunda bunday ijtimoiy salbiy holatlar,

ko’zga tashlanmoqda. Ijtimoiy yetim bolalar bilan, ishlash jarayonida bolalarning

nafaqat huquqiy balkiy ruhiy jihatdan ham yordam ko’rsatish tizimiga alohida e’tibor

berish kerak.

Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarda, ko’pincha jismoniy va aqliy

rivojlanishdan orqada qolish holatlari kuzatiladi. Bunday bolalarda ota-onaning

mehri yo’qligi tufayli, atrofdagi odamlar tomonidan tan oldirish (egoist)lik xarakteri

ham rivojlanadi. Umumiy qilib aytganda, oiladantashqarida yashovchi bolalar

o’zlarini qabul qilishlari qiyinroq kechadi. Shuning uchun bunday bolalar, o’zlarini

ijtimoiy muhitda tasdiqlash uchun ular ko’pincha kuch va tajovuzdan foydalanadilar.

Agar bunday bolalarga o’z vaqtida yordam berilmasa, ularkelgusida o’z oilasini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

293

yaratish va bolalarini tarbiyalashda ham bir qator qiyinchiliklarga duch

keladilar.

Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni oilalarga jalb qilish, oiladagi tarbiya

va uning samaradorligini shuningdek bolalarni ijtimoiy himoya qilish

muassasalari faoliyatini baholash, bunday bolalar bilan amaliy ish olib

borayotgan mutaxassislarning salohiyatini oshirib borish juda zarur sanaladi.

Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan, bolalar bilan ishlashda quydagi yo’nalishlarga

e’tibor qaratiladi. tibbiy yordam;-ijtimoiy-yuridik maslahatlar;-kasbiy yo’naltirish;-

ijtimoiy-psixologik

konstalting;-ijtimoiy-psixologik

yordam;Yuqoridagi

yordamlarni, tizimli va izchil amalga oshirish bu toifa bolalarning

ijtimoiylashuv

jarayonida

3

ta

asosiy

vazifani

hal

etadi.1.Moslashtirish;2.Avtomatlashtirish

(kasbga

oid);3.Shaxsiyatni

faollashtirish;Ijtimoiy ish kasbiy faoliyatining barcha yo’nalishlariga nazar nolsak, ular

orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash, keng qamrovli ekanligi

bilinadi.

O’zbekistonda umumiy bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini uzoq

muddatli, isloh qilish bo’yicha takliflarni muhokama qilish uchun davlat va nodavlat

tashkilotlari vakillari va xalqaro ekspertlar, ishtirokida bir qator davra suhbatlari

bo’libo’tmoqda.Bunday suhbatlar, “Oila” markazi va UNISEF tomonidan

birgalikdagi olib borilayotgan ishlar tizimi negizida amalga oshirilmoqda.

UNISEF tadqiqotchilari, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar bilan

ishlash uchun ijtimoiy xodim kasbini ilgari surish va bunday xodimlar salohiyatini

oshirish, kerakligini takidlaydi. Ijtimoiy ish xodimi, bunday bolalar bilan

ko’mpleks ishlash jarayonlariga ahamaiyat qaratishi lozim bo’ladi. Bu borada

bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha, normativ hujjatlarni bilishi va mavridida

bu hujjatlardan amalda bolalar himoyasi uchun foydalana olishli kerak bo’ladi. Yangi

O’zbekistonda, har bir bolaning barcha huquqlarini ta’mimlash ustuvor vazifa bo’lib

bormoqda. Milliy huquqiy tizimida, bola huquqlariga oid Qonunlar alohida o’rin

tutadi. Bu haqida fikr yuritilganda, so’nggi yillarda milliy qonunchiligimizda bola


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

294

huquqlari bilan bog’liq bo’lgan, qonuniy hujjatlar soni 40 dan, qonunosti hujjatlar soni

esa 500 dan ortiqni tashkil etmoqda.

XULOSA

Tahlillarga ko‘ra, oilada yolg‘iz farzandlar va ko‘p farzandli oilalardagi

farzandlarning emotsional intellekti xususiyati o‘rtasida ishonch darajasida farq

topilmadi. Bundan kelib chiqqan holda, oiladagi farzandlar soni ularning emotsional

intellekti xususiyatining turlicha bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmaydi, degan xulosaga

keldik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI :

1.

Imomqulova,

F. (2021). ОИЛАДАГИ ТАРБИЯ УСУЛЛАРИНИ

БОЛАНИНГ МУВАФФАҚИЯТГА ЭРИШИШИГА ТАЪСИРИ. Журнал

Педагогики и психологии в современном образовании, (2). извлечено от

https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/3076

2.

Imomqulova, F. (2021). ОИЛАДА ЭР-ХОТИН МУНОСАБАТЛАРИНИНГ

ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. Журнал Педагогики и

психологии в современном образовании, (2). извлечено от

https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2962

3.

Burliyevna, K. D. (2022). THE WAYS OF INCREASING RELATIONSHIP

BETWEEN HOME AND SCHOOL ENVIRONMENT IN CHILDREN’S

PSYCHOLOGICAL

DEVELOPMENT.

ИЖТИМОИЙ

ФАНЛАРДА

ИННОВАЦИЯ ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2(3), 37-4

4.

Karshibaeva, D., & Sattarova, F. (2020). CRITICAL THINKING IN

ADOLESCENTS. EurasianUnionScientists, 1(12 (81)), 4-5.