Authors

  • Tashpulatova Shirina Ziyoviddin qizi

Author Biography

  • Tashpulatova Shirina Ziyoviddin qizi

    Mirzo Ulug’bek nomidagi

    O’zbekiston Milliy universiteti

    Katta o’qituvchisi, PhD.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85537

Keywords:

gender ruhiy holat nutqiy akt pragmaligvistika antropotsentrik tilshunoslik

Abstract

Jahon tilshunosligida nutqiy aktning turli xususiyatlari tahliliga yondashuv struktur tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, lingvopragmatika, semantik tadqiqotlarda yuzaga chiqqan yangi natijalar ta’sirida shakllanmoqda. Pirovardida nutqiy akt va uning komponentlarini antropologik nuqtai nazardan tahlil qilish, xususan, ruhiy holat mazmuniga ega nuqtiy aktlarning gender xususiyatlarini turli tillar tizimida chog‘ishtirish, ushbu xususiyatlarini aniqlash, tizimlashtirish va tarjima qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish dolzarbdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

285

RUHIY HOLATNI IFODALOVCHI NUTQIY AKTLARNING GENDER

XUSUSIYATLARI TADQIQI DOLZARBLIGI XUSUSIDA

Tashpulatova Shirina Ziyoviddin qizi

Mirzo Ulug’bek nomidagi

O’zbekiston Milliy universiteti

Katta o’qituvchisi, PhD.

Annotatsiya. Jahon tilshunosligida nutqiy aktning turli xususiyatlari tahliliga

yondashuv struktur tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, lingvopragmatika,

semantik tadqiqotlarda yuzaga chiqqan yangi natijalar ta’sirida shakllanmoqda.

Pirovardida nutqiy akt va uning komponentlarini antropologik nuqtai nazardan tahlil

qilish, xususan, ruhiy holat mazmuniga ega nuqtiy aktlarning gender xususiyatlarini

turli tillar tizimida chog‘ishtirish, ushbu xususiyatlarini aniqlash, tizimlashtirish va

tarjima qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish dolzarbdir.

Kalit so’zlar: gender, ruhiy holat, nutqiy akt, pragmaligvistika, antropotsentrik

tilshunoslik

Аннотация. В мировой лингвистике подход к анализу различных

признаков речевого акта формируется под влиянием новых результатов,

появляющихся

в

структурной

лингвистике,

лингвокультурологии,

лингвопрагматике и семантических исследованиях. В конечном итоге важно

проанализировать речевой акт и его компоненты с антропологической точки

зрения, в частности, сопоставить гендерные характеристики речевых актов с

содержанием психического состояния в разных языковых системах, а также

разработать рекомендации по выявлению, систематизации и переводу этих

характеристик.

Ключевые слова: гендер, психическое состояние, речевой акт,

антропоцентрическая лингвистика

Annotation. In world linguistics, the approach to the analysis of various

features of the speech act is being formed under the influence of new results emerging


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

286

in structural linguistics, linguistic and cultural studies, linguistic pragmatics, and

semantic research. Ultimately, it is urgent to analyze the speech act and its components

from an anthropological perspective, in particular, to compare the gender features of

speech acts with the content of a mental state in different language systems, and to

develop recommendations for identifying, systematizing, and translating these

features.

Key words: gender, mental state, speech act, pragmatics, anthropocentric

linguistics

Dunyo tilshunosligida nutqning gender ko‘rsatkichlarini turli tillar kesimida

tahlil qilish, tarjima variantlari va semantik tarkibida gender emasi mavjud leksik

birliklarning leksikografik talqinini tahlil qiluvchi tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotlar asosan gender ko‘rsatkichi yaqqol ifodalangan lisoniy birliklarni nutqdan

ajratilgan holda tahlil qiladi. Nutqiy akt milliy, madaniy, axloqiy, mental omillarning

lisoniy birliklar vositasida voqelanishini namoyon qiluvchi jonli jarayondir. Ruhiy

holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender xususiyatlarini yoritish vositasida tilning

voqelanishda inson omili bilan bog‘liq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini sharhlash

muhim ahamiyat kasb etadi.

Nutq insoniyat taraqqiyoti, ijtimoiy munosabatlar, jamiyat munosabatlarida

eng muhim ahamiyat kasb etadi. Til ijtimoiy hodisa o‘laroq jamiyatda voqelanib

insoniyatning eng muhim muloqot ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Muloqot

jarayonining kommunikativ-pragmatik jihatlari pragmalingvistikaning asosiy obyekti

sifatida maxsus tadqiq etiladi

1

. Shuningdek, bu masalalar qiyosiy tilshunoslik,

sotsiolingvistika, uslubiyat, lingvomadaniyatshunoslik, psixolingvistika va tarjima

1

Grice P. Method in Philosophical psychology (From the Banal to the Bizarre)’, Proceedings and Addresses of the

American Philosophical Association, 48: 23–53, 1975; Grice P. Further Notes on Logic and Conversation’, in Syntax and
Semantics: Pragmatics, v 9, P. Cole (ed.), New York: Academic Press, 1978; Grice P. Presupposition and Conversational
Implicature’, in Radical Pragmatics, P. Cole (ed.), New York: Academic Press, 1981; Atlas D. Logic, Logic, Meaning and
Conversation: Semantical Underdeterminancy, Implicature, and their Interface, Oxford: Oxford University Press, 2005;
Арутюнова Н. Истоки, проблемы и категории прагматики [Текст] // Новое в зарубежной лингвистике / общ. ред.
Е. В. Падучевой. – М. : Прогресс, 1985. – Вып. 16. Лингвистическая прагматика. – С. 28; Кифер Ф. Роли прагматики
в лингвистическом описании // Новое в зарубежной лингвистике. Вып. XVI, M.: Прогресс, 1985; Jacob L.
"Pragmatics: Overview". Encyclopedia of language & linguistics (2nd ed.). Amsterdam: Elsevier. pp. 51–62.- 2006;
Wierzbicka A. Cross-cultural Pragmatics. The Semantics of Human Interaction. Berlin, New York: Mouton de Gruyter,
2006.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

287

nazariyasi doirasida o‘rganilgan. Ayol va erkak jinsiga mansub shaxslarning nutqidagi

farqlar, ularning idrok va ruhiyatidagi tafovutlar nutqda qanday aks etishi, ushbu o‘ziga

xosliklarni nutqda ifodalovchi vosita hamda mexanizmlar jahon va o‘zbek

tilshunoslarini qiziqitirib kelgan masalalardan hisoblanadi.

Zamonaviy

o‘zbek tilshunosligida matnning lisoniy va nolisoniy

xususiyatlarini tahlil qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, gender masalasi

tadqiqi ham badiiy matn doirasida olib boriladi. Milliy adabiyotda gender

xususiyatlarining namoyon bo‘lishi tadqiqotchilarni qiziqtirgan mavzulardan biri

2

.

Pragmalingvistika nutqni inson subyekti va lisoniy qonuniyat (obyektivlik) prizmasida

ko‘zdan kechirar ekan muayyan mazmundagi nutqiy aktlar va ulardagi aniq bir

xususiyat doirasida cheklanish xulosalarning aniq, yaxlit va tizmiy bo‘lishini,

tadqiqotning izchilligini ta’minlaydi. Ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning

gender xususiyatlarini ingliz va o‘zbek tillari doirasida chog‘ishtirish vositasida

individual nutqqa obyektiv baho berish zarurati mavjud.

Ingliz

va o‘zbek tilidagi

ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender

xususiyatlarini lingvokognitiv, lingvopsixologik, lingvomadaniy jihatdan ochib berish,

ikki til vakillarining genderni tushunish va lisoniy ifodalashdagi parallellar hamda

farqlarni belgilashdan uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim:

ingliz va o‘zbek tilshunosligida nutqiy aktlarning gender xususiyatlari tadqiqi

xulosalarini umumlashtirish;

ingliz va o‘zbek tilida ruhiy holatni ifodalashda gender xususiyatlari namoyon

bo‘lishining kognitiv va lingvopsixologik asoslarini ochib berish;

ingliz va o‘zbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlardagi gender

ko‘rsatkichlarining milliy-madaniy xususiyatlarini asoslash;

2

Boymirzaeva S. Matn mazmunida temperollik semantikasi. Toshkent, “O`zbekiston milliy enciklopediyasi” Davlat ilmiy

nashriyoti, 2009; Turniyazov N., Yo‟ldoshev B. Matn tilshunosligi.Samarqand.2006;

Yuldasheva X. Badiiy matnda shaxs

gender xususiyatlarining namoyon bo‘lishi// So‘z san’ati xalqaro jurnali, 4-jild, 4-son. Toshkent, 2021 – B.97-102;
Murodova, D. (2024). An Artistic Image In Uzbek “Women’s Prose” Based On The Stories Of Zulfiya Kurolba Kizi. Modern
Science and Research, 3(2), 1172–1177; Xo‘jayev N. Abdulla Oripov she’riyatidagi personaj nutqining gender
xususiyatlari. O‘zbek amaliy filologiyasi istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 2022 – 281 b.
Abdullayeva D. Gender tushunchasi va uning o‘zbek tilidagi xususiyatlari// Central asian journal of education and
innovation - Volume 2, Issue 4, Part 2 April 2023 – pp. 135-139.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

288

ingliz va o‘zbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender

ko‘rsatkichlarini chog‘ishtirish;

ingliz va o‘zbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender

xususiyatlarini o‘zaro tarjimasini takomillashtirish yuzasidan nazariy tavsiyalar ishlab

chiqish.

Mamlakatimizdagi bugungi ijtimoiy taraqqiyot, axborot-kommunikatsiya

sohasini ribojlantirishga qaratilgan strategik harakatlarning amalga oshirilishi, o‘zbek

tilining

davlat

tili

sifatida

nufuzi

mustahkamlanishi,

milliy-madaniy

qadriyatlarimizning jahon miqyosida targ‘ib qilinayotgani tilning antropotsentrik

xususiyatlarini namoyon qiluvchi mavzularga e’tibor qaratishni taqozo qilmoqda. Bu

borada mamlakatimiz rahbarining quyidagi fikrlari o‘rinlidir: “Har birimiz davlat tiliga

bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni

ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga

aylantirishimiz kerak”

3

. Tadqiqot natijasida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning

gender xususiyatlarini o‘rganish, ingliz va o‘zbek tillari doirasida qiyoslash asnosida

yosh avlod ongiga vatanparvarlik, ona tiliga, ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ulari

singdiriladi hamda bugungi globallashuv jarayonida zamon talablariga javob bera

oladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallagan, keng fiklaydigan kadrlar

yetishib chiqadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Abdullayeva D. Gender tushunchasi va uning o‘zbek tilidagi xususiyatlari// Central

asian journal of education and innovation - Volume 2, Issue 4, Part 2 April 2023 – pp.

135-139.

Atlas D. Logic, Logic, Meaning and Conversation: Semantical Underdeterminancy,

Implicature, and their Interface, Oxford: Oxford University Press, 2005.

Boymirzaeva S. Matn mazmunida temperollik semantikasi. Toshkent, “O`zbekiston

milliy enciklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2009.

3

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг “Ўзбекистон Республикасининг “Давлат тили

ҳақидаги Қонуни қабул қилинганининг ўттиз йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида” ги ПҚ-4479-сон Қарори.
uza.uz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

289

Grice P. Further Notes on Logic and Conversation’, in Syntax and Semantics:

Pragmatics, v 9, P. Cole (ed.), New York: Academic Press, 1978.

Grice P. Method in Philosophical psychology (From the Banal to the

Bizarre)’, Proceedings and Addresses of the American Philosophical Association, 48:

23–53, 1975.

Grice P. Presupposition and Conversational Implicature’, in Radical Pragmatics, P.

Cole (ed.), New York: Academic Press, 1981.

Jacob L. "Pragmatics: Overview". Encyclopedia of language & linguistics (2nd ed.).

Amsterdam: Elsevier. pp. 51–62.- 2006.

Turniyazov N., Yo‟ldoshev B. Matn tilshunosligi.Samarqand.2006; Yuldasheva X.

Badiiy matnda shaxs gender xususiyatlarining namoyon bo‘lishi// So‘z san’ati xalqaro

jurnali, 4-jild, 4-son. Toshkent, 2021 – B.97-102.

Wierzbicka A. Cross-cultural Pragmatics. The Semantics of Human Interaction. Berlin,

New York: Mouton de Gruyter, 2006.

Xo‘jayev N. Abdulla Oripov she’riyatidagi personaj nutqining gender xususiyatlari.

O‘zbek amaliy filologiyasi istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

Toshkent, 2022 – 281 b.

Арутюнова Н. Истоки, проблемы и категории прагматики [Текст] // Новое в

зарубежной лингвистике / общ. ред. Е. В. Падучевой. – М. : Прогресс, 1985. –

Вып. 16. Лингвистическая прагматика. – С. 28.

Кифер Ф. Роли прагматики в лингвистическом описании // Новое в зарубежной

лингвистике. Вып. XVI, M.: Прогресс, 1985.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг “Ўзбекистон

Республикасининг “Давлат тили ҳақидаги Қонуни қабул қилинганининг ўттиз

йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида” ги ПҚ-4479-сон Қарори. uza.uz.