MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
345
DINNING EKOLOGIYAGA TA’SIRI
Ochilov Ulug’bek
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali
KI24-03 guruh talabasi.
Ilmiy rahbar: Samatov. X.
Annotatsiya. Ushbu maqolada dinning ekologik muammolarga munosabati,
diniy e’tiqodlar va qadriyatlarning tabiatni asrashdagi roli o‘rganiladi. Jumladan,
islom dini doirasida insonning tabiat oldidagi mas’uliyati, ekologik adolat,
resurslardan oqilona foydalanish va hayvonot hamda o‘simlik olamiga bo‘lgan
munosabat diniy manbalar asosida tahlil qilinadi. Ekologik inqirozga qarshi kurashda
diniy tashkilotlar va ulamolarning faol ishtiroki ham yoritiladi.
Kalit so‘zlar: din, ekologiya, islom, tabiatni muhofaza qilish, mas’uliyat,
Qur’on, hadis.
Hozirgi kunda ekologik muammolar insoniyat oldida turgan eng dolzarb
muammolardan biridir. Atmosfera ifloslanishi, suv tanqisligi, global isish,
o‘rmonlarning kesilishi kabi ekologik muammolar barcha jamiyatlar uchun tahdid
solmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning turli qadriyatlari, jumladan,
diniy e’tiqodlar ekologiyani saqlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada din,
xususan, islom dinining ekologiyaga bo‘lgan ta’siri tahlil qilinadi.
Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda
taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, insonni yaratgan,
ayni zamonda unga birdan-bir «to‘g‘ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo‘lini
ko‘rsatadigan va o‘rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan
maslak, qarash ta’limotdir.
Dunyoviy va ilmiy nuqtai nazardan qaralganda, din – bu kishilik jamiyati
tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida shakllangan ijtimoiy-tarixiy hodisa
hisoblanadi. U insoniyat tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy hayotining ajralmas bir
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
346
qismi bo‘lib, odamzodning olam va mavjudotga bo‘lgan munosabati, ularni anglash,
tushunish va izohlashga qaratilgan alohida idrok tizimidir.
Din o‘z mohiyatiga ko‘ra, insonning ruhiy-ma’naviy ehtiyojlariga javob
beruvchi, hayotni ma’nolantiruvchi ishonch, e’tiqod va tuyg‘ular majmuasini
ifodalaydi. U muayyan aqidalar, diniy ta’limotlar, rasm-rusum va ibodatlar,
shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati orqali jamiyat hayotida faol ishtirok etadi.
Tarixiy jihatdan olganda, diniy tasavvurlar odamzod jamiyatining ilk bosqichlaridan
boshlab shakllanib, insoniyat taraqqiyoti davomida turli shakllarda rivojlanib kelgan.
Jumladan, din inson hayotida ko‘plab vazifalarni – ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy,
ruhiy va kompensator (ovutuvchi, ma’naviy bo‘shliqni to‘ldiruvchi) vazifalarni
bajaradi. Inson o‘z hayotida duch kelgan murakkab holatlar, muammolar, umidsizlik
va maqsadsizlik paytlarida ko‘pincha din orqali ma’naviy taskin topadi, ichki tinchlik
va sabr topishga intiladi.
Din – bu shunchaki e’tiqod tizimi emas, balki insonning hayotga bo‘lgan
yondashuvini shakllantiruvchi, uni yo‘naltiruvchi va ma’naviy jihatdan boyituvchi
kuchdir. Inson doimiy ehtiyojlar ichida yashaydi: u ba’zida o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlariga erisholmaydi, hayotiy sinovlarga duch keladi, ichki iztiroblarni boshdan
kechiradi. Ana shunday pallalarda u bir tayanch, ruhiy kuch, ichki barqarorlikni izlaydi
va ko‘pincha uni din orqali topadi.
Darhaqiqat, dunyoda dini, ishonchi, e’tiqodi yo‘q xalq, elat yoki millat yo‘qdir.
Chunki har qanday jamiyatda, hatto zamonaviy sekulyar davrlarda ham, odamlar
hayotining biron-bir qirrasida diniy qadriyatlar, e’tiqod shakllari mavjud bo‘ladi. Din
– bu insoniyat ongining ajralmas bir qismi bo‘lib, u jamiyatda axloqiy me’yorlarni
shakllantiradi, ijtimoiy birdamlikni ta’minlaydi va ma’naviy rivojlanishga turtki
beradi.
1
Islom dini atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga katta e’tibor beradi. Bu
boradagi ko‘rsatmalarni Qur’oni karim oyatlarini o‘rganish orqali chuqur anglab olish
mumkin. Islom – bu inson, borliq va Yaratgan o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlovchi,
1
Al-Qaradawi, Yusuf. “Islam and the Environmental Crisis”, The Islamic Foundation, 2001.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
347
chuqur ma’naviy-axloqiy mezonlarni o‘zida mujassam etgan yuksak din sanaladi. Shu
sababli islomda inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bejizga emas, balki
Yaratganning qudrati, hikmati va rahmatini anglash, tafakkur qilish, hamda Unga
ibodat etishga chorlovchi jihat sifatida ko‘riladi. Tabiatdagi har bir unsur – daraxt, suv,
hayvon va boshqa mavjudotlar – inson uchun nafaqat ne’mat, balki uni asrash
mas’uliyatini ham yuklaydi.
Qur’oni karimda inson tabiatning bir bo‘lagi ekani, u tabiatdan foydalanishda
ehtiyotkorlik bilan, adolat bilan ish yuritishi kerakligi qayta-qayta ta’kidlanadi.
“An’om” surasining 38-oyatida harakat qiluvchi va uchuvchi barcha jonivorlar ham
insonga o‘xshash ummatlar ekani aytiladi. Bu esa ularning ham Yaratgan oldida o‘ziga
xos o‘rni borligini bildiradi. “Baqara” surasining 205-oyatida esa yer yuzida
buzg‘unchilik qilish, ya’ni o‘simliklar va hayvonot olamini nobud etish keskin
qoralangan. Bu oyatlar orqali tabiatga nisbatan e’tiborsizlik yoki zarar yetkazish –
ilohiy buyrug‘ga qarshi chiqishdek baholanadi.
Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning ko‘plab hadislarida
insonning yer yuzida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni saqlashdagi mas’uliyati
ta’kidlanadi. Har bir kishi Yaratganning oldida qilgan harakati uchun javob beradi –
bu javobgarlikka tabiatga munosabat ham kiradi. Islomda tabiatni muhofaza qilish
faqatgina ekologik zarurat emas, balki ma’naviy burch, diniy vazifa sifatida ko‘riladi.
Bizning xalqimizda bu tushunchalar qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Jumladan,
“hashar” deb ataluvchi an’ana – tabiatni, atrof-muhitni obod qilish, mahallalarni
tozalash, jamoaviy ishlar orqali birdamlikni mustahkamlash kabi ezgu g‘oyalarni
o‘zida mujassam etgan. Hashar orqali nafaqat muhit obod bo‘ladi, balki insonlar
o‘rtasida mehr-oqibat, xayr-sahovat, hamjihatlik, ijtimoiy birdamlik kabi yuksak
fazilatlar rivoj topadi.
O‘zbekiston xalqining tarixiy-ma’naviy rivojlanishida islom dini o‘ziga xos
o‘rin egallab kelgan bo‘lib, uning qadriyatlari va e’tiqodi asosida atrof-muhitga
bo‘lgan munosabatning an’anaviy tizimi shakllangan. Ayniqsa, qadimiy quduqlar,
buloqlar, noyob daraxt va o‘simliklarni asrab-avaylash bilan bog‘liq odatlar xalqning
tabiat ne’matlariga bo‘lgan hurmat va minnatdorlik asosidagi munosabatini namoyon
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
348
etgan. Ushbu odatlar nafaqat ekologik madaniyat shakllanishiga, balki ongli va
mas’uliyatli ekologik xulq-atvor rivojlanishiga ham asos bo‘lgan.
Islom dini doirasida shakllangan e’tiqodlar tabiatga, ayniqsa hayvonot va
nabotot olamiga mehr-shafqat bilan munosabatda bo‘lishni targ‘ib qiladi. Bu diniy
tamoyillar asrlar davomida xalq hayot tarzining ajralmas qismi bo‘lib, o‘zbek xalqining
ekologik madaniyatini belgilovchi muhim omillardan biriga aylangan. Alloh
tomonidan yaratilgan har bir jonli mavjudot – hayvonlar, o‘simliklar va hatto jonsiz
tabiat hodisalari (yer, suv, havo) ham muqaddas sanalib, ularni asrash islomiy
axloqning ajralmas qismi sifatida qaraladi.
Qur’oni Karimda bu masalaga alohida urg‘u berilgan. Jumladan, “Abasa”
surasida insonning o‘z rizqiga diqqat bilan qarashi, ya’ni rizq manbai bo‘lgan yer va
undan yetishtiriladigan hosillar haqida tafakkur qilishi ta’kidlanadi. Bu oyatlar inson
va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglatadi. Shuningdek, hayvonot va nabotot
olamiga nisbatan e’tiborli bo‘lish, ularni noo‘rin nobud qilmaslik Qur’oni Karimda bir
necha oyatlarda ochiq-oydin ta’kidlangan. Masalan, “yerdagi har bir jonivor va ikki
qanoti bilan uchuvchi parranda ham sizlar kabi ummatlardir” degan oyat hayvonlarning
ham jamiyatda muayyan o‘rni borligini anglatadi.
Islom tafakkurida insonning tabiat oldidagi mas’uliyati ikki tomonlama: bir
tomondan u tabiatdan foydalanish huquqiga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan u tabiat
oldida axloqiy va ma’naviy javobgarlikka egadir. Bunday yondashuv, o‘z navbatida,
insonlarni atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli va ongli munosabatda bo‘lishga
undaydi.
Ya’ni, o‘zbek xalqining diniy e’tiqodi asosida shakllangan tabiatga bo‘lgan
mehrli va ehtiyotkor munosabat bugungi ekologik muammolar fonida ham
dolzarigicha qolmoqda. Islomiy qadriyatlar zamonaviy ekologik tarbiyada asosiy
vositalardan biri sifatida xizmat qilishi, yosh avlodda tabiatga nisbatan mas’uliyat,
mehr-shafqat va e’tiborni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Shu asosda aytish mumkinki, ijtimoiy barqarorlik, inson salomatligi va
farovonligiga erishishda nafaqat islom, balki yahudiylik va xristianlik dinlari ham
inson manfaatlariga yo‘naltirilgan muhim yo‘l-yo‘riqlarni belgilagan. Bu dinlar asosiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
349
qadriyat sifatida inson hayotini, aqlini, e’tiqodini, naslini va mol-mulkini asrashni
ko‘zlaydi. Bu qadriyatlar barqaror jamiyat qurishda muhim omillar bo‘lib xizmat
qiladi.
Shuningdek, islom dini ta’limotida suv Alloh tomonidan insoniyatga ato etilgan
bebaho ne’matlardan biri sifatida qaraladi. Bu ne’mat nafaqat hayot manbai, balki
ibodat, tozalik va yashash tarzining ajralmas qismi sifatida e’tirof etilgan. Shu sababli,
suvdan foydalanishda isrof va ifloslantirish harom sanaladi. Bu fikr islom fiqhida
chuqur tahlil qilingan bo‘lib, hatto dengiz suvi kabi cheksiz manbalar mavjud
bo‘lganda ham uni behuda sarflashdan tiyilish zarurligi ta’kidlangan.
Bundan tashqari, hadislarda hayvonot va o‘simlik dunyosini asrash, ularning
zarur turlarini ko‘paytirish va yashash muhitining sofligini saqlash bo‘yicha aniq
ko‘rsatmalar mavjud. Islomda ekologik muvozanatni saqlash, tirik mavjudotlarga zarar
yetkazmaslik, toza havo, suv va atrof-muhitni ifloslantirmaslikka da’vat etuvchi fikrlar
keng o‘rin olgan. Bu esa islomiy dunyoqarashda insonning tabiat oldidagi
mas’uliyatini yuksak darajada tasdiqlaydi.
Xususan, insonning jismoniy pokligi, kiyim-kechak va yashash muhiti tozaligi
islomiy ibodatlar, xususan namoz, ro‘za va boshqa amallarning ajralmas shartlaridan
biri hisoblanadi. Bu orqali islom nafaqat ma’naviy poklik, balki ekologik va jismoniy
gigiyenaga ham katta e’tibor qaratganini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, Islom dini ta’limotida tabiat — Allohning ne’mati, uni asrash
esa har bir musulmonning burchidir. Qur’oni Karimda ko‘plab oyatlarda osmon, yer,
tog‘lar, daryolar, hayvonot va o‘simliklar zikr qilinadi. “Yer yuzida buzg‘unchilik
qilmanglar” (Baqarah surasi, 60-oyat) degan oyat insonning tabiatga ehtiyotkor
munosabatda bo‘lishi kerakligini bildiradi.
Hadislarda ham Rasululloh (s.a.v.) hayvonlarga rahm-shafqatli bo‘lish, daraxt
ekish va suvni isrof qilmaslik haqida ko‘plab ko‘rsatmalar berganlar. Bir hadisda
shunday deyiladi: “Agar bir musulmon bir daraxt ekib, undan qush, odam yoki hayvon
yesa, bu unga sadaqa bo‘ladi’’ (Imom Buxoriy rivoyati). Bu esa ekologik amaliyotning
diniy savobli ishga aylanishini ko‘rsatadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
350
Bugungi kunda ko‘plab diniy tashkilotlar ekologik muammolarni hal qilishga
faol kirishmoqda. Masjidlar va diniy ulamolar orqali aholiga tabiatni asrash,
chiqindilarni kamaytirish, suv va energiya tejamkorligi haqida targ‘ibot olib
borilmoqda. Diniy maruzalarda ekologiya masalalari yoritilishi, jamoalarda ekologik
ongni shakllantirishda muhim ro‘l o‘ynaydi.
Shuni ham aytish joizki, aslida diniy va axloqiy tushunchalar o‘zaro
chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson hayotining ma’nosi va mazmunini anglashda muhim
o‘rin tutadi. Har ikkisi ham – diniylik ham axloqiylik – inson va jamiyat hayotining
ma’naviy asoslarini belgilovchi yondashuvlar sifatida qaraladi. Ularning asosiy
obyekti – inson va uning bu dunyodagi hayotidir. Din ham, axloq ham odamzotga
qanday yashash, qanday muomala va xulq-atvorni tanlash zarurligini tushuntiradi,
hayotni anglashga, uni mazmunli kechirishga yo‘naltiradi.
Islom mutafakkiri Abu Hamid al-G‘azzoliy o‘z asarlarida dinning inson
hayotiga ta’siri, dindagi ma’naviy-axloqiy tarbiya vositalarining kuchi haqida chuqur
fikr yuritgan. U dunyodagi dо‘zax azoblari haqida yozar ekan, bu orqali kishilarga bu
dunyoda qanday yashash zarurligini uqtiradi va ularning qalbini his-tuyg‘u orqali
tarbiyalashga harakat qiladi. Bu yondashuv dinning faqatgina ilohiy hukmlarni emas,
balki axloqiy qadriyatlarni targ‘ib qilishga ham xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Dinlarda ilgari surilgan yuksak umuminsoniy g‘oyalar – inson sha’ni, adolat,
halollik, bag‘rikenglik, sabr-toqat, tabiatga nisbatan mas’uliyat – aslida ijtimoiy
hayotda muhim axloqiy muammolarni hal etishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Dinni hayotda amaliy qo‘llash orqali inson o‘zini pok tutishga, o‘tkinchi dunyo
lazzatlariga mukkasidan ketmaslikka, boshqalarga xiyonat qilmaslikka va tabiatga
zarar yetkazmaslikka o‘rgatiladi. Dinning bunday ta’siri uni shunchaki e’tiqod tizimi
emas, balki ma’naviy takomillashuvning kuchli mexanizmi sifatida ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, kishilik jamiyatining ma’naviy yuksalish darajasi bevosita
diniy dunyoqarash bilan chambarchas bog‘liq. Chunki diniy dunyoqarash inson
tafakkurini tartibga soladi, dunyo va hayot haqidagi tasavvurlarni yaxlit bir tizimga
olib keladi, e’tiqodga asoslangan barqaror qarashlar tizimini shakllantiradi. Bu esa
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
351
jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlari uchun zarur bo‘lgan ma’naviy tayanchni,
uzluksiz takomillashuvni ta’minlaydi.
Din ko‘plab hollarda inson tafakkurini emas, balki avtoritetga, ya’ni mutlaq
ustuvor shaxs yoki g‘oyaga so‘zsiz ishonish va unga itoat qilishni o‘rgatishga
asoslanadi. Bu holat ayniqsa, diniy ta’lim jarayonining ilk bosqichlarida sezilarli
bo‘lib, erkin axloqiy tafakkurning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar
cheklab qo‘yiladi. Bunday ta’limga ega bo‘lgan shaxslar, odatda, o‘z e’tiqodiga yoki
axloqiy qarashlariga zid bo‘lgan alternativ fikr va qarashlarga toqat qilolmaydi, bunday
fikrlardan qochishga yoki ularni rad etishga intiladi. Bu esa ijodkorlik va mustaqil
fikrlash salohiyatining pasayishiga olib keladi.
Shu sababdan diniy ta’lim, ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida,
yuqori sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday
darslar targ‘ibot va bir yoqlama qarashlar asosida emas, balki ilmiy-nazariy bilim
berishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Eng asosiysi, o‘quvchiga xulosani o‘zi mustaqil
ravishda chiqarish imkoniyati berilishi, diniy ta’lim tanqidiy yondashuv, xolislik va
qiyosiy tahlil tamoyillariga asoslanishi zarur.
Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, din yetarli darajada dunyoviy ta’lim olgan
jamiyatda ijobiy ro‘l o‘ynaydi, ya’ni insoniyatning axloqiy-ruhiy jihatdan kamol
topishiga xizmat qiladi. Ammo diniy ta’lim jiddiy ilmiy tayyorgarlik va tafakkurga
asoslanmagan jamiyatlarda esa bu holat mutlaqo teskari natijalar – fikrga toqat
qilmaslik, diniy radikalizm yoki taqlidga asoslangan e’tiqodga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda yoshlarning dinga bo‘lgan qiziqishi va ijobiy munosabatini
e’tiborga olgan holda, ta’lim-tarbiyada diniy omilning o‘ziga xos o‘rni borligini
alohida ta’kidlash lozim. Din – bu faqat marosimlar tizimi emas, balki insoniy
komillikka yetaklovchi ma’naviy-ma’rifiy manba hamdir. Mustaqil jamiyatning
poydevori – qalbi pok, iymoni butun, solih fikrli yoshlardir. Yoshlar har kuni jamiyatda
ezgulikni targ‘ib qiladigan, halollik, bag‘rikenglik va saxovat kabi qadriyatlarni
hayotga tadbiq etadigan bo‘lsalar, bu nafaqat o‘zlariga, balki jamiyatning barcha
qatlamlariga ijobiy ta’sir qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
352
Shunday ekan, yosh avlodni dinga nisbatan ma’rifatli, xolis va tanqidiy
yondashishga o‘rgatish, ularni nafaqat e’tiqodli, balki tafakkurli, ongli va mas’uliyatli
fuqarolar etib tarbiyalash – zamonaviy dunyoviy ma’rifatning eng muhim vazifalaridan
biridir.
Xulosa qilib aytganda, din, ayniqsa islom dini, insonni tabiatga hurmat, rahm-
shafqat va mas’uliyat asosida munosabatda bo‘lishga undaydi. Diniy qadriyatlar
ekologiyani asrashga xizmat qiladigan muhim omil bo‘la oladi. Shu bois ekologik
muammolarni bartaraf etishda diniy e’tiqodlar va diniy tashkilotlarning
imkoniyatlaridan samarali foydalanish dolzarb hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Qur’oni Karim. Tarjimasi va sharhi — T. “Hilol-nashr”, 2019.
2.
Hadislar to‘plami – Imom Buxoriy. “Sahih al-Buxoriy”.
3.
Nasr, S.H. “Man and Nature: The Spiritual Crisis of Modern Man”. Suhail
Academy, 1997.
4.
Al-Qaradawi, Yusuf. “Islam and the Environmental Crisis”, The Islamic
Foundation, 2001.
5.
Xolbo‘tayev I. “Ekologik madaniyat asoslari” – T.: O‘zbekiston nashriyoti,
2020.