MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
160
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MIQDORLARNI O’RGATISH
METODIKASINING UMUMIY MASALALARI
Razzaqov Bekzod Botir o‘g‘li
Ibragimova Zulfiya G‘ayrat qizi
Norbo‘tayeva Fotima Yorqin qizi
Chirchiq davlat pedogogika universiteti
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 2- kurs talabalari
Ilmiy rahbar: Fayazova Dilorom To‘ychiyevna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi
Annatotsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida asosiy miqdor
haqida tushuncha,uzunlik va uning birliklari tanishtirish metodikasi. Bolalarda
mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalari. Massa va hajm uning birliklari
bilan tanishtirish metodikasiga haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Kalit so‘zlar: Kesma, miqdor, matematik dastur,arfimetik amallar, matematik
bilimlar.
Annotation: this article discusses the methodology of introducing the concept
of fundamental quantities to primary school students, including length and its units. It
also explores students' existing understanding of these quantities. Additionally, it
provides information on methods for teaching mass and volume along with their
respective units.
Keywords: segment, quantity, mathematics curriculum, arithmetic operations,
mathematical knowledge.
Аннотация: В данной статье рассматриваются методики
ознакомления учащихся начальных классов с понятием основных величин, таких
как длина и её единицы измерения. Описываются существующие представления
детей об этих величинах, а также методы введения понятий массы и объёма и
их единиц измерения.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
161
Ключевые слова: отрезок, величина, математическая программа,
арифметические действия, математические знания.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang'ich sinflarda matematika
mashg'ulotlarinig asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va
voqeylikka aloqador va o‘lchov bilan bog'liq sifat tasavvur hosil qilish uchun
foydalaniladi. 1-2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og'irlik) hajm, vaqt haqida va
ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish
jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari
bilan tanishadilar.Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar
o‘zaro bog'liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va
«raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak.
Boshlang‘ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog‘liqlikda
turli miqdorlarni ham o‘rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni
o‘rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning
xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo‘lib, bu
tushunchalar o‘quvchilarning butun o‘qishi davrida shakllanadi. Biz o‘quvchilarga
uzunlik, jismning massasi (og‘irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar
to‘g‘risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o‘rganish arifmetik material
bilan qo‘shib o‘qitiladi.
Masalan: o‘lchashni o‘rganish, sanashni o‘rganish bilan, o‘lchov birliklari
sanoq sistemasi mavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar
ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o‘qitiladi. Miqdorlarni o‘qitish
matematikani hayot, sharoit bilan bog‘liq holda o‘qitib, politexnik bilimlar berish
demakdir. Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta’lim
berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko‘rgazmali, aynan o‘zini va
laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va
ularni o‘lchashni amaliyotda ko‘radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar.
Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar
modellar, chizmachilik va o‘lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.
Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning ‘teng‘, ‘katta’,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
162
‘uzun’, ‘qisqa’, ‘kalta’ kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-
birining ustiga qo‘yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida
solishtiradilar. Turli xil o‘lchov birliklarini tanlash mumkin.
Masalan: sanoq cho‘pini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni
o‘lchab taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni ham
tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq cho‘pining uzunligini sm bilan o‘lchash va u
bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tug‘iladi. Sm moduli orqali
o‘quvchilar:
1.Berilgan kesmani o‘lchash.
2.Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi.
1 smli kesmani ketma-ket 10 marta qo‘yish bilan 1 dm ni o‘lchab kesib oladilar.
Tayoqchalardan 1 sm, 1 dm o‘lchov birliklarini namuna sifatida yasab ular
bilan atrofdagi turli xil narsalarning uzunligini o‘lchaydilar. O‘lchashda kesmada
o‘lchash necha marta joylashish malakasi berilgandan keyin sm yoki dm li
bo‘linmalarni raqamlar bilan belgilashga o‘tiladi. Shu asosda sm li, dm li o‘lchov
birliklari hosil qilinadi. Chizg‘ich qanday yasalgani hamda chizg‘ich bilan o‘lchash
malakalari beriladi. Chizg‘ich bilan qog‘ozda kesmalar chizish va o‘lchash, turli xil
uzunliklarni o‘lchashga doir amaliy mashqlar bajartiriladi. Dm bilan 2-o‘nlikni
o‘tishda tanishtirish amalga oshiriladi. Metr bilan tanishtirish 100 likni o‘tishda
tanishtiriladi. Navbatdagi bosqich o‘nliklarni hisoblashda dm va sm ni birgalikda
ishlatishdir. O‘lchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va
aksincha chizdiriladi. Eng kichik uzunliklarni o‘lchashda va 1000 liklar mavzusida km
tushunchalari beriladi. O‘quvchilar chamalash yordamida uzunliklarni o‘lchash,
qadamlarni metrga aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo‘lgan
masofalarni m va km lar bilan aniqlaydilar. 4-sinfda uzunlik birliklari va ularorasidagi
bog‘lanishni biladilar va daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi.
Bunda quyidagi topshiriqlar bajariladi:
1 m 1 sm dan qancha katta,
1 dm 1 m dan necha marta kichik,
v) 1 mm 1 sm ning qanday qismini, 1 dm 1m ning qanday qismini tashkil qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
163
g) 36647 m, 3807 m kabilarni km va m larda ifodalang.
Kesmalarni o‘lchashning puxta ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida
bolalarni faqat qog‘ozga chizilgan kesmalarni o‘lchash bo‘yicha mashq qildirib
qolmay, balki bu maqsadda boshqa obyektlarni masalan, qalam, daftar va boshqa uncha
katta bo‘lmagan obyektlarni o‘lchash bo‘yicha ham mashq qildirish kerak.
Ko‘pincha chizish ishlarini bajarishda santimetr modelidan foydalaniladi.
Chizg‘ich o‘rniga katakli daftarning bir necha varag‘ini buklab har ikki katak
1 sm ekanligidan foydalaniladi. 20 katak yoki 10 sm 1 dm ga tengligini qog‘ozda
raqamlar bilan ham belgilab chizg‘ich yasash mumkin. Bunda o‘lchov boshini 0 bilan
ham belgilamasdan 1 bilan belgilab xato o‘lchashga yo‘l qo‘yishi mumkin. Shuning
uchun qog‘ozda sm larni raqamlar bilan belgilashda shoshmasdan nol soni
o‘tilganidan keyin raqamli uzunlikni hosil qilish mumkin. Shuning uchun qog‘ozda
sm larni shoshmasdan 0 soni o‘tilgandan keyin raqamli uzunlikni hosil qilishi
foydalidir. Dm modeli yordamida o‘lchashlarga doir 2.Qog‘oz lenta yoki ip uzunligi 3
dm bo‘lgan bir bo‘lak o‘lcham va yo‘lakchaning yoki ipning bir nuqta qo‘ying. Hosil
bo‘lgan kesma uzunligini ayting.
4.Partaning, doskaning, stolning uzunligini toping.
Agarda o‘lchashda dm butun son marta joylashmasa, o‘lchash natijasi taqriban
ifodalanadi. Masalan, 3 dm ga 5 sm dan ozgina ortiq yoki kam va hokazo.
Uzunlik o‘lchovining yangi birligi km bilan tanishtirilayotganda bu birlik
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o‘tkazish
tavsiya qilinadi. 1 km masofani qadamlab o‘tib, necha qadam km bo‘lganini, bir qadam
uzunligi qancha uzunlikka egaligini keltirib chiqaradilar. Bir qadamning uzunligi
chizg‘ich, ruletka, o‘lchov lentasi bilan taxminan hisoblangandan keyin turli
masofalarni qadamlab, keyin m yoki km ga aylantiradilar.
1 km=1000 m, 1 m=10 dm, 1 dm=10 sm, 1 sm=10 mm, 1 m=100 sm=1000
mm.
3.Massa, hajm va ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi
Massani jismning yerga tortilish xossasidan kelib chiqadi, deb o‘rgatish
osondir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
164
Boshlang‘ich sinflarda faqat jismning massasi o‘rganiladi, shu sababli,
‘og‘irlik’,
‘og‘irlikni tortish’, ‘og‘irlik toshlari’, ‘og‘irlikni tenglashtirish’, so‘zlarini iloji
boricha . Litr’ darsiga o‘quvchilarni tayyorlash uchun hajmga ega bo‘lgan jismlar
haqida tushuncha berish maqsadida quyidagi mashqlarni berish mumkin.
O‘qituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani ko‘rsatadi va umum qabul qilingan
o‘lchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig‘imini o‘lchash
zarur bo‘lgan holatlar sig‘imlarni o‘lchash yoki hajmlarni o‘lchash deb ataladi. So‘ngra
1 l li krujka bilan suvni bankaga quyamiz. Banka to‘ladi. Nima uchun banka 1 l li deb
atalishini endi tushunadilar, keyin o‘quvchilarga topshiriq beradi: 1 l li krujka va 1 l li
banka bilan paqir va bidon kabi boshqa idishlarning sig‘imini aniqlash topshiriladi.
O‘qituvchi amaliy ish sifatida quyidagilarni uyushtirishi mumkin.
1.Qaysisi, ya’ni shar yoki
kub kattami?
2.G’isht quydagi
qoliplardan qaysi biri
katta
3.Choy qoshiq va osh
qoshiq bilan suvni
o’lchab stakanni to’ldir,
qaysi qoshiq
bilan ko’p miqdordagi
suv quyiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
165
Narsalarni massasiga ko‘ra ‘og‘ir’, ‘yengil’ so‘zlari bilan farqlaymiz. Massa
birliklari qilib, kg, g, s, t lar qabul qilingan.
Shulardan keyin massa o‘lchovlari jadvali kiritiladi, daftar orqasidan massa
jadvalini tushuntiradi, uni bilish va yodda saqlash tavsiya qilinadi.
1 t = 10 s, 1 s = 100 kg, 1 kg = 1000 g.
Maktabgacha bo‘lgan yoshdayoq bolalar, ‘yengil’, ‘og‘ir’, ‘bir xil og‘irlikda’
kabi
so‘zlarni eshitib, shug‘ullanib massa haqida boshlang‘ich tushunchalarni
egallaganlar.
1-sinfda massa birligi 1 kg bilan tanishadilar. Tarozilar yordamida tortish bilan
turli xil predmetlardan 1 kg haqida tushunchani amaliy ko‘rsatish mumkin. Navbatdagi
darsda hajm (sig‘im) o‘lchov birligi litr bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil
namunalarda bo‘lishi, ya’ni 1 litrli banka, krujka, shuningdek ular yordamida chelak,
kastryulka,guldon kabilarni o‘lchab to‘ldirish ishlari amalga oshiriladi.
O‘qituvchi amaliyotdan misollar keltiradi. Masalan, suvni, yog‘ni, kerosinni
nima bilan o‘lchab, nimaga solib olib kelamiz, degan suhbatni tashkil qiladi.
‘Idishlarning sig‘imi’, va ‘litr’ tushunchalarining kiritilishi narsalarning
xossalari haqida soning rivojlanishiga yordam beradi.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1)magazin o’yini. Sotuvchi va oluvchi sifatida sut, kerosin, yog’ kabilar
o’lchashni bilib olishadi;
2)banka, kostryulka, chelakka suyuqliklarni litrlab o’lchab solish;
3)bir chelakda 5 l, 2-chelakda 3 l suv bo’lsa, ularni tenglashtirish uchun nima
qilish kerak, degan masalalar berish
ishlatmay, ‘massa’, ‘jismlarning massasini o’lchash’, ‘massani o’lchash asboblari’ kabi so’zlardan foydalanish
kerak.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
166
1. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini
kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. “Academic research in
educational sciences”, 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-
886-889.
2. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in
ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.
3. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане.
"Экономика и социум", 12(91), 470-472.
4. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов.
"Экономика и социум", 12(91), 473-476.
5. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской
ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. “Central
Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)”, Special issue, 116-
121