MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
278
INDIVIDUAL INVESTORLAR PORTFELI SAMARADORLIGINI
BAHOLASH USULLARI
BAHRIYEV SHOHZOD MAMADILLO O’G’LI
O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada individual investorlar portfeli samaradorligini
baholash usullaridan ba’zisi o‘rganilgan. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘milgan zamonda
investorlar o‘z mablag‘larini qay usulda orttirishlari to‘g‘rida turli sohalarga
investitsiya kiritishda muhim ahamiyat kasb etgan qaror qabul qilish boshqichida bir
to‘xtamga kelishda qiynalishadi. Maqolaning asosiy maqsadi ushbu qiynalishlarda
investitsiya faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shayotgan o‘zbekzabon hamyurtlarimizga
kamtarona yordam o‘laroq investorlar optimal portfel shakllantirishi uchun samarali
metodlarni tavsiya etishdan iborat. Tadqiqot davomida diversifikatsiya darajasini
o‘lchash va beta koeffitsienti yordamida riskni baholash metodlari qo‘llanildi. Olingan
natijalar
individual
investorlarga
riskni
minimallashtirish,
portfelni
barqarorlashtirish va daromadlilikni oshirish imkonini beruvchi yondashuvlarning
muhimligini ko‘rsatdi. Maqola natijalari amaliy investitsiya qarorlarini qabul qilish
va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar: investitsiya, investitsiya samaradorligi, portfel investitsiya,
aksiyalar, diversifikatsiya, moliya bozori, risk, daromadlilik, beta koeffitsiyenti,
rentabellik.
Kirish.
Hozirgi iqtisodiy raqobat sharoitida individual investorlar moliyaviy
barqarorlik va daromadlilikni ta’minlash maqsadida o‘z investitsiya portfellarini
shakllantirishga katta e’tibor qaratmoqdalar. Portfel investitsiyasi – bu investitsion
aktivlar to‘plami bo‘lib, u investorning riskga bo‘lgan munosabati, kutilayotgan
daromad va bozor sharoitlariga qarab shakllantiriladi. Portfel samaradorligini baholash
esa investorning moliyaviy qarorlarini to‘g‘ri qabul qilishi uchun muhim vosita
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
279
hisoblanadi. Ushbu qarorlarni qabul qilishga sabab bo‘ladigan investorlar uchun eng
muhim omil hisoblandan metod bu diversifikatsiya darajasini o‘lchashdir. Shuningdek,
zamonaviy investitsiya amaliyotida portfel samaradorligini baholash jarayonida risk va
rentabellik o‘rtasidagi optimal muvozanatni topish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu
jarayonda Harry Markowitz tomonidan ishlab chiqilgan Zamonaviy Portfel
Nazariyasining o‘rni beqiyosdir. Investorlar nafaqat kapitalga, balki moliyaviy bilim
va tahlil ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishlari, qarorlarni puxta hisob-kitob asosida qabul
qilishlari zarur. Globallashuv va iqtisodiy raqobat sharoitida investitsiya imkoniyatlari
ortayotgan bo‘lsa-da, ular bilan birga risklar ham ko‘paymoqda. Shu sababli, portfel
diversifikatsiyasi va risklarni chuqur tahlil qilish individual investorlar uchun dolzarb
masalalardan biriga aylangan.
NAZARIY ASOSLAR
Portfel investitsiyasining nazariy asoslari.
Portfel investitsiyasi — bu
turli aktivlardan iborat to‘plam shakllantirib, umumiy riskni kamaytirish va
kutilayotgan daromadni maksimal darajada oshirishga qaratilgan investitsiya
faoliyatidir. Investorlar o‘zlarining moliyaviy maqsadlari, riskga bo‘lgan munosabati
va bozor sharoitlariga qarab portfel tarkibini belgilaydilar.
Zamonaviy portfel nazariyasi (MPT) asoschisi H. Markowitz portfel
shakllantirishda aktivlar o‘rtasidagi korrelyatsiyani hisobga olish zarurligini
ta’kidlagan. Unga ko‘ra, aktivlar o‘zaro past korrelyatsiyaga ega bo‘lsa, portfel riskini
sezilarli darajada kamaytirish mumkin.
Portfel investitsiyasi — bu investorlarga o‘z mablag‘larini turli investitsion
aktivlarga tarqatish orqali riskni kamaytirish va daromadni oshirish imkonini beradigan
strategik faoliyatdir. Portfel — bu bir yoki bir nechta aktivlardan tashkil topgan
investitsion to‘plam bo‘lib, har bir aktiv o‘zining daromadlilik va risk darajasi bilan
portfelning umumiy samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Portfel shakllantirishda asosiy
maqsad —
risk va rentabellik o‘rtasida optimal muvozanatni
ta’minlashdir.
Rentabellik
bu — investitsiya natijasida olingan sof foydaning boshlang‘ich
investitsiyaga nisbati bo‘lib, investitsiyaning iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatadi.
Formulaviy tarzda rentabellik quyidagicha ifodalanadi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
280
𝑅𝑒𝑛𝑡𝑎𝑏𝑒𝑙𝑙𝑖𝑘 =
Yakuniy qiymat − Boshlang
′
ich qiymat
Boshlang
′
ich qiymat
× 100
Bunda
daromadlilik
— investor uchun investitsiya ob’ektidan kutilayotgan
moliyaviy natijalarni ifodalaydi. Daromadlilik faqat investitsiyaning foydaliligi emas,
balki uning ma’lum bir risk darajasidagi samaradorligi hamdir. Shu sababli,
daromadlilik va risk o‘rtasidagi muvozanat — har qanday portfel strategiyasining
asosiy mezonidir. Davlat iqtisodiyoti portfel investitsiyasi faoliyatiga bevosita va
bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchidan,
makroiqtisodiy barqarorlik
, ya'ni past inflyatsiya darajasi,
ishonchli moliya siyosati, iqtisodiy o‘sish sur’atlari — investorlarning ishonchini
mustahkamlovchi asosiy omillardir.
Ikkinchidan,
davlat tomonidan moliya bozorlari uchun yaratilgan
infratuzilma va huquqiy baza
(masalan, qimmatli qog‘ozlar bozori, tartibga solish
organlari, investorlarni himoya qilish mexanizmlari) ham investorlar uchun qulay
sharoit yaratadi.
Investorlar faoliyat yuritadigan moliya bozori
rivojlangan
bo‘lishi kerak.
Rivojlangan moliya bozori quyidagilar bilan tavsiflanadi:
Qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun likvidlikning yuqoriligi,
Ochiq va shaffof axborot ta’minoti,
Moliyaviy
instrumentlar
xilma-xilligi
(aksiyalar,
obligatsiyalar,
investitsiya fondlari),
Bozor mexanizmlarining rivojlanganligi (masalan, risklarni boshqarish
tizimlari, tahlil xizmatlari va h.k.).
Agar moliya bozori yetarlicha rivojlanmagan bo‘lsa, investorlar uchun portfel
shakllantirish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi, risklar esa oshadi.
Aholi daromadining investitsiya faoliyatiga ta’siri ham beqiyosdir.
Aholining
o‘sib borayotgan real daromadi
jamg‘arma va investitsiya imkoniyatlarini oshiradi.
Aksincha, daromad darajasining pastligi yoki iqtisodiy noaniqlik esa jamg‘arma
hajmini qisqartiradi va moliyaviy resurslarning investitsiya faoliyatiga yo‘naltirilishini
cheklaydi. Shuning uchun, investorlar faqat o‘z investitsion qarorlarini emas, balki
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
281
iqtisodiy muhit, aholi daromadlari dinamikasi va moliya bozorlarining rivojlanish
darajasini ham inobatga olgan holda portfel shakllantirishlari zarur.
Portfel investitsiyasi natijalari va samaradorligi, birinchi navbatda,
investitsiya qilingan aktivlarning daromadlilik darajasi va ular bilan bog‘liq risklarning
to‘g‘ri baholanganligiga bog‘liqdir. Shuningdek, portfelni to‘g‘ri diversifikatsiya qilish
— investor uchun umumiy riskni kamaytirishning eng asosiy vositasidir.
METODLAR
Rentabellik va risk tahlili.
Portfel samaradorligini baholashda eng birinchi va
asosiy ko‘rsatkichlardan biri — bu portfelning rentabellik darajasi va unga bog‘liq risk
darajasini aniqlashdir. Rentabellik — investorning investitsiyaga tikilgan mablag‘idan
olgan sof foydasi nisbatidir. Investitsiya rentabelligi investitsion qarorlarning
muvaffaqiyat darajasini o‘lchaydi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
𝑅𝑒𝑛𝑡𝑎𝑏𝑒𝑙𝑙𝑖𝑘(%) =
𝑃
𝑦𝑎𝑘𝑢𝑛𝑖𝑦
−𝑃
𝑏𝑜𝑠ℎ𝑙𝑎𝑛𝑔′𝑖𝑐ℎ
𝑃
𝑏𝑜𝑠ℎ𝑙𝑎𝑛𝑔′𝑖𝑐ℎ
× 100
Bu yerda:
-
aktivning yakuniy narxi,
-
aktivning boshlang‘ich narxi,
Rentabellik tahlili investor uchun nafaqat investitsiyaning daromad miqdorini,
balki investitsiya portfelining umumiy samaradorlik darajasini ham ko‘rsatadi. Biroq
har qanday investitsiya bilan
risk
ham bog‘liqdir.
Risk
— bu investitsiya
rentabelligining kutilgan qiymat atrofida o‘zgarish ehtimolidir. Investitsion riskni
baholash uchun ko‘pincha
standart og‘ish
(σ) ko‘rsatkichi ishlatiladi:
σ = √
1
𝑛 − 1
∑(𝑅
𝑖
− 𝑅̅)
2
𝑛
𝑖=1
bu yerda:
𝑅
𝑖
– i-holatdagi rentabellik,
𝑅̅
– o‘rtacha rentabellik, n – kuzatuvlar
soni;
Portfelning risk darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investor kutilmagan
natijalarga duch kelish ehtimoli shunchalik katta bo‘ladi. Shu sababli, rentabellik va
riskning birgalikdagi tahlili portfel samaradorligini baholashda asosiy mezon sifatida
qabul qilinadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
282
Diversifikatsiya darajasini o‘lchash.
Diversifikatsiya – bu portfelga bir-
biriga o‘xshamaydigan, o‘zaro past korrelyatsiyaga ega aktivlarni qo‘shish orqali
umumiy riskni kamaytirish strategiyasidir. Portfel samaradorligini oshirishda
diversifikatsiya muhim rol o‘ynaydi, chunki u individual aktivlar riskining portfel
umumiy riskiga ta’sirini cheklaydi. Diversifikatsiya darajasi odatda quyidagi formula
orqali aniqlanadi:
𝐷𝑖𝑣𝑒𝑟𝑠𝑖𝑓𝑖𝑘𝑎𝑡𝑠𝑖𝑦𝑎 𝑑𝑎𝑟𝑎𝑗𝑎𝑠𝑖 (%) = (1 −
σ
𝑝𝑜𝑟𝑡𝑓𝑒𝑙
∑ σ
𝑎𝑘𝑡𝑖𝑣𝑙𝑎𝑟
) × 100
bu yerda:
σ
𝑝𝑜𝑟𝑡𝑓𝑒𝑙
– umumiy portfel risk darajasi,
∑ σ
𝑎𝑘𝑡𝑖𝑣𝑙𝑎𝑟
- portfelni tashkil
etuvchi alohida risklarining yig‘indisi.
Agar portfel riskining qiymati aktivlar risklarining yig‘indisiga nisbatan
ancha past bo‘lsa, bu kuchli diversifikatsiya mavjudligini ko‘rsatadi.
Diversifikatsiyaning samaradorligi, shuningdek, portfeldagi aktivlar o‘rtasidagi
korrelyatsiya koeffitsienti
orqali ham baholanadi. Agar aktivlar o‘rtasidagi
korrelyatsiya past yoki manfiy bo‘lsa, diversifikatsiya effekti kuchayadi va umumiy
portfel riski kamayadi. Diversifikatsiyaning asosiy maqsadi — individual aktivlarning
kutilmagan o‘zgarishlaridan portfelni himoya qilish va barqaror rentabellikni
ta’minlashdir.
Beta koeffitsiyenti yordamida riskni baholash
Beta koeffitsienti
investitsiya portfelining yoki individual aktivning umumiy
bozor (indeks) o‘zgarishiga nisbatan qanchalik sezgirligini ko‘rsatadi. Beta
ko‘rsatkichidan foydalanish — investorning bozor riskiga duchor bo‘lish darajasini
baholash uchun muhim vosita hisoblanadi.
Beta koeffitsienti quyidagicha talqin qilinadi:
β=1 bo‘lsa, aktiv bozor bilan bir xil o‘zgaradi.
β>1 bo‘lsa, aktiv bozor o‘zgarishlariga nisbatan yuqori sezgir (yuqori
riskli) hisoblanadi.
β<1 bo‘lsa, aktiv bozor o‘zgarishlariga nisbatan kamroq sezgir (past riskli)
hisoblanadi.
Beta koeffitsientini hisoblash uchun odatda
regressiya tahlili
qo‘llaniladi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
283
β =
𝐾𝑜𝑣𝑎𝑟𝑖𝑎𝑡𝑠𝑖𝑦𝑎(𝑅
𝑎𝑘𝑡𝑖𝑣
, 𝑅
𝑏𝑜𝑧𝑜𝑟
)
𝐷𝑖𝑠𝑝𝑒𝑟𝑠𝑖𝑦𝑎(𝑅
𝑏𝑜𝑧𝑜𝑟
)
bu yerda:
𝑅
𝑎𝑘𝑡𝑖𝑣
– aktiv rentabelligi,
𝑅
𝑏𝑜𝑧𝑜𝑟
– bozor indeksining rentabelligi;
Beta ko‘rsatkichi portfel tuzishda va riskni boshqarishda katta ahamiyatga
ega. Beta asosida investorlar o‘z portfellarini bozor risklariga moslab shakllantiradilar
va ehtimoliy yo‘qotishlarni cheklash choralarini ko‘radilar.
NATIJALAR
Portfel investitsiyasining samaradorligini baholashda portfelning bozor
o‘zgarishlariga qanchalik sezgir ekanligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
jarayonda
Beta koeffitsienti
asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, aktiv yoki portfelning
umumiy bozor (indeks) o‘zgarishlariga nisbatan qanday harakat qilayotganini
ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida shaxsiy investitsiya portfeli sifatida
Tesla Inc.
,
Microsoft Corporation
va
NVIDIA Corporation
aksiyalari tanlab olindi. Har bir
kompaniya aksiyalarining so‘nggi bir yillik kunlik narxlari asosida ularning individual
Beta koeffitsientlari quyidagicha aniqlandi:
1-jadval
1
Kompaniya
Beta koeffitsiyenti
Tesla
1.45
Microsoft
0.95
NVIDIA
1.30
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki:
Tesla
aksiyasining Beta koeffitsienti 1.45 ga teng bo‘lib, bozor
o‘zgarishlariga nisbatan yuqori sezgirlikka ega. Bu esa uning bozor o‘zgarishlariga
45% ko‘proq ta’sirlanishini bildiradi.
Microsoft
aksiyasi esa 0.95 Beta ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, deyarli bozor
bilan bir xil o‘zgarish xususiyatiga ega va nisbatan barqaror aktiv sifatida baholanishi
mumkin.
1
Portfel tarkibidagi aksiyalar bo‘yicha kompaniyalar beta koeffitsiyenti
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
284
NVIDIA
aksiyasining Beta koeffitsienti 1.30 ni tashkil qiladi va bu ham
yuqori bozor riskiga ega aktiv ekanligini ko‘rsatadi.
Ushbu uchta aktivning
vaznlariga
qarab tuzilgan
portfelning umumiy Beta
koeffitsienti
hisoblab chiqildi. Faraz qilaylik:
Tesla vazni: 40%,
Microsoft vazni: 30%,
NVIDIA vazni: 30%.
Portfelning umumiy Beta koeffitsienti quyidagi formula asosida hisoblandi:
𝛽
𝑝𝑜𝑟𝑡𝑓𝑒𝑙
= (𝜔
𝑡𝑒𝑠𝑙𝑎
× 𝛽
𝑡𝑒𝑠𝑙𝑎
) + (𝜔
𝑀𝑖𝑐𝑟𝑜𝑠𝑜𝑓𝑡
× 𝛽
𝑀𝑖𝑐𝑟𝑜𝑠𝑜𝑓𝑡
) + (𝜔
𝑁𝑉𝐼𝐷𝐼𝐴
× 𝛽
𝑁𝑉𝐼𝐷𝐼𝐴
)
𝛽
𝑝𝑜𝑟𝑡𝑓𝑒𝑙
= (0.4 × 1.45) + (0.3 × 0.95) + (0.3 × 1.30)
𝛽
𝑝𝑜𝑟𝑡𝑓𝑒𝑙
= 0.58 + 0.285 + 0.39 = 1.255
Natijada,
portfelning umumiy Beta koeffitsienti 1.255
ga teng bo‘ldi. Bu esa
quyidagilarni anglatadi: - portfel umumiy bozorga nisbatan 25.5% ko‘proq o‘zgaradi;
- bozor narxlari o‘rtacha 1% o‘zgarganda, portfel rentabelligi taxminan 1.255% ga
o‘zgaradi. Demak, portfel
bozor riskidan yuqoriroq risk
olib yuradi. Beta > 1
bo‘lgani uchun portfel
agressiv portfel
hisoblanadi. Bu - agar bozor ijobiy o‘sadigan
bo‘lsa, portfel undan ham ko‘proq daromad olib kelishi mumkin. Aksincha, bozor
pasayganda portfelning yo‘qotish ehtimoli ham ko‘proq bo‘ladi. Investorlar uchun bu
natija quyidagilarni anglatadi:
1)
Agressiv portfellar yuqori rentabellik imkoniyatini taqdim etsa-da, ular
yuqori riskni ham o‘z ichiga oladi.
2)
Ushbu portfel riskni qabul qila oladigan, yuqori daromadni ko‘zlaydigan
individual investorlar uchun mos keladi.
3)
Agar investor
riskga chidamliligi past
bo‘lsa, portfeldagi Tesla va
NVIDIA kabi yuqori Betali aksiyalar ulushini kamaytirib, barqaror aktivlar ulushini
ko‘paytirish kerak bo‘ladi.
4)
Beta ko‘rsatkichini inobatga olgan holda portfelni diversifikatsiya qilish
va balanslashtirish investor riskini maqbul darajada ushlab turishga yordam beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
285
Beta koeffitsienti asosida olib borilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, portfel
umumiy bozor harakatlariga sezgir, yuqori darajada volatillik va shunga mos ravishda
yuqori rentabellik va yuqori risk potentsialiga ega. Investorlar o‘zlarining moliyaviy
maqsadlari va riskga nisbatan munosabatlariga qarab bunday portfelni tanlash yoki
portfelni qayta tuzish haqida qaror qabul qilishlari zarur.
XULOSA
Portfel investitsiyasi individual investorlarga o‘z moliyaviy resurslarini
optimal taqsimlash va riskni kamaytirish orqali barqaror daromad olish imkoniyatini
beradi. Ushbu maqolada individual investorlar portfeli samaradorligini baholash uchun
asosiy metodlar tahlil qilindi. Xususan, portfel rentabelligi va risk darajasi o‘rtasidagi
bog‘liqlik, portfel diversifikatsiyasining riskni kamaytirishdagi roli, shuningdek, Beta
koeffitsienti yordamida portfelning bozor o‘zgarishlariga sezgirlik darajasi baholandi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, portfelning umumiy Beta koeffitsienti 1.255 ni tashkil
etgani investorning portfeli bozor o‘zgarishlariga nisbatan yuqori sezgir ekanligini
ko‘rsatdi. Bu esa investor uchun yuqori daromad imkoniyatlari bilan birga, yuqori
risklarni ham anglatadi. Shuningdek, diversifikatsiya darajasining yuqoriligi portfel
riskini individual aktivlar riskiga nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga yordam
berishi aniqlandi.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, individual investorlar o‘z
portfellarini shakllantirishda nafaqat yuqori rentabellikka intilishlari, balki riskni
oqilona boshqarish, diversifikatsiyani ta'minlash va portfelning Beta koeffitsienti
orqali bozor riskiga nisbatan sezgirlikni hisobga olishlari zarur. Moliyaviy qarorlarni
qabul qilishda investorlar iqtisodiy muhit, moliya bozori rivojlanish darajasi va aholi
daromadlari dinamikasi kabi makroiqtisodiy omillarni ham e’tiborga olishlari kerak.
Umuman olganda, portfel samaradorligini ta’minlash — bu bir vaqtning o‘zida
ilmiy yondashuv, strategik rejalashtirish va moliyaviy intizomni talab qiladigan
murakkab, ammo muhim jarayondir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
286
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Markowitz, H. (1952).
Portfolio Selection
. Journal of Finance, 7(1), 77–91.
(Portfel diversifikatsiyasi va zamonaviy portfel nazariyasi haqida)
2.
Sharpe, W. F. (1966).
Mutual Fund Performance
. Journal of Business, 39(1),
119–138.
(Sharpe koeffitsienti va risk-daromad munosabati haqida)
3.
Bodie, Z., Kane, A., & Marcus, A. J. (2018).
Investments
(11th Edition).
McGraw-Hill
Education.
(Investitsiyalar, risk, rentabellik va portfel nazariyasi bo‘yicha asosiy darslik)
4.
Fabozzi, F. J. (2014).
Handbook of Portfolio Management
. John Wiley & Sons.
(Portfelni boshqarish va Beta koeffitsienti orqali risk tahlili haqida)
5.
Elton, E. J., Gruber, M. J. (1995).
Modern Portfolio Theory and Investment
Analysis
(5th Edition). John Wiley & Sons.
(Zamonaviy portfel nazariyasi va investitsiya strategiyalari)
6.
Reilly, F. K., & Brown, K. C. (2012).
Investment Analysis and Portfolio
Management
(10th Edition). Cengage Learning.
(Portfel rentabelligi va riskni baholash usullari haqida)
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori PQ–4422-son, 2019 yil 7 avgust.
“Investitsiya faoliyatini rivojlantirish va tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari (2024).
Aholi
daromadlari va investitsiya faoliyati ko‘rsatkichlari
.