Authors

  • Burxonova H.O

Author Biography

  • Burxonova H.O

    Namangan davlat universiteti Hayot faoliyati xavfsizligi yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.86100

Keywords:

mehnat muhofazasi sertifikatlash malaka oshirish xavfsizlik ishlab chiqarish xodimlar o‘quv tizimi baholash yondashuv qonunchilik.

Abstract

Mazkur ishda mehnat muhofazasi sohasida xodimlarni sertifikatlash va malaka oshirish tizimining ahamiyati hamda mavjud muammolari yoritilgan. Tizimni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan. Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash uchun xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish zarurligi asoslab berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

39

MEHNAT MUHOFAZASI BO’YICHA HODIMLARNI

SERTIFIKATLASH VA MALAKA OSHIRISH TIZIMI

Namangan davlat universiteti Hayot faoliyati xavfsizligi yo’nalishi talabasi

Burxonova H.O

Anotatsiya: Mazkur ishda mehnat muhofazasi sohasida xodimlarni

sertifikatlash va malaka oshirish tizimining ahamiyati hamda mavjud muammolari

yoritilgan. Tizimni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan. Ishlab

chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash uchun xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini

muntazam oshirib borish zarurligi asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: mehnat muhofazasi, sertifikatlash, malaka oshirish, xavfsizlik,

ishlab chiqarish, xodimlar, o‘quv tizimi, baholash, yondashuv, qonunchilik.

Аннотация: В работе освещены актуальность и существующие

проблемы системы аттестации и повышения квалификации работников в

области охраны труда. Были высказаны практические предложения по

совершенствованию системы. Обоснована необходимость регулярного

повышения знаний и навыков работников по обеспечению безопасности на

производстве.

Ключевые

слова:

охрана

труда,

сертификация,

повышение

квалификации, безопасность, производство, работники, система обучения,

оценка, подход, законодательство.

Annotation: This work highlights the importance and existing problems of the

system of certification and advanced training of employees in the field of labor

protection. Practical proposals are given for improving the system. The need for

regular improvement of the knowledge and skills of employees to ensure safety in

production is substantiated.

Keywords: labor protection, certification, advanced training, safety,

production, employees, training system, assessment, approach, legislation.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

40

Kirish

Bugungi kunda mehnat muhofazasi har qanday ishlab chiqarish jarayonining

ajralmas va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ishchilar salomatligini muhofaza

qilish, ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlarning oldini olish, mehnat sharoitlarini

yaxshilash zamonaviy mehnat munosabatlarining asosiy talablari qatoriga kiradi.

Ayniqsa, sanoat korxonalarida yuzaga keladigan texnogen xavf-xatarlar, baxtsiz

hodisalar va favqulodda vaziyatlar fonida mehnat muhofazasiga doir bilim va

ko‘nikmalarni egallagan, malakali mutaxassislarning mavjudligi muhim ahamiyat kasb

etmoqda. Shu bois, xodimlarni tizimli ravishda sertifikatlash va ularning malakasini

oshirish mehnat muhofazasini ta’minlashdagi eng samarali vositalardan biri sifatida

e’tirof etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar,

normativ-huquqiy hujjatlar, ilg‘or tajribalar asosida sertifikatlash va malaka oshirish

mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa nafaqat xavfsizlik madaniyatini

shakllantirish, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ish beruvchi bilan

ishchi o‘rtasidagi mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi. Mazkur ishda mehnat

muhofazasi sohasida xodimlarni sertifikatlash va malaka oshirish tizimining zarurati,

mavjud holati hamda takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi.

Ushbu mavzu to’g’risida umumiy tushuncha:

Mehnat muhofazasi

— bu ishchi-xodimlarning hayoti, sog‘lig‘i va ish

faoliyati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyenik,

ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar majmuasidir. Har qanday tashkilot yoki sanoat

korxonasida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishchilarning salomatligini

muhofaza qilish va ishlab chiqarish jarayonidagi xavf-xatarlardan himoyalash muhim

strategik vazifadir. Bu boradagi asosiy omillardan biri — bu sohaga aloqador

xodimlarni zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashdir. Aynan shu yerda

sertifikatlash va malaka oshirish tizimining ahamiyati katta bo‘ladi.

Sertifikatlash

— bu xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha nazariy bilim

va amaliy ko‘nikmalarining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini baholash va rasmiy

tasdiqlash jarayonidir. Sertifikatlash orqali xodimlarning o‘z sohasidagi xavf-xatarlar,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

41

himoya vositalari, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, evakuatsiya qoidalari,

favqulodda vaziyatlar harakati, texnik nazorat kabi masalalardagi bilimlari sinovdan

o‘tkaziladi. Sertifikatga ega bo‘lgan xodim mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilgan

holda ishlashga ruxsat oladi. Ko‘pgina holatlarda bunday sertifikatlar qonunchilik

asosida har yili yoki belgilangan davrlarda yangilanib borilishi shart.

Malaka oshirish esa xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini

yangilash, ularni zamonaviy talablar va texnologiyalar bilan tanishtirish maqsadida

o‘tkaziladigan o‘quv-uslubiy jarayondir. Bu kurslar turli treninglar, seminarlar,

vebinarlar, amaliy mashg‘ulotlar shaklida bo‘lishi mumkin. Malaka oshirish orqali

xodimlar nafaqat nazariy bilimga, balki yangi texnologiyalarni qo‘llash, xavfsizlik

uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va baholash,

jamoaviy xavfsizlik madaniyatini shakllantirish kabi jihatlarga ham ega bo‘ladilar. Bu

esa ularning ishlab chiqarishdagi faolligini oshiradi, mehnat unumdorligini ko‘taradi

va baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda mehnat muhofazasi bo‘yicha xodimlarni tayyorlash, malakasini

oshirish va sertifikatlash "Mehnat muhofazasi to‘g‘risida"gi Qonun, Mehnat kodeksi,

Davlat me’yoriy hujjatlari (O‘zbekiston Respublikasi Davlat mehnat inspeksiyasi,

O‘zgidromet, FVV va boshqa tegishli idoralarning qarorlari asosida) bilan tartibga

solinadi. Ko‘plab yirik sanoat korxonalari va davlat tashkilotlari mehnat muhofazasi

bo‘yicha doimiy ravishda ichki va tashqi o‘quv kurslarini tashkil etadilar. Bundan

tashqari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ko‘plab o‘quv markazlari, texnikumlar va

oliy o‘quv yurtlarida ham maxsus kurslar yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, xalqaro tajribaga nazar tashlasak, Yevropa Ittifoqi davlatlari,

AQSh, Rossiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda mehnat muhofazasi bo‘yicha

xodimlarni majburiy sertifikatlash tizimi ancha ilg‘or darajada yo‘lga qo‘yilgan. Ular

xavfsizlik bo‘yicha xalqaro ISO standartlariga asoslangan bo‘lib, zamonaviy xavfsizlik

menejmenti tizimlari bilan uyg‘unlashgan. O‘zbekiston ham ayni yo‘nalishda xalqaro

tajribalarni bosqichma-bosqich joriy etmoqda.

Shunday qilib, mehnat muhofazasi bo‘yicha xodimlarni sertifikatlash va

malaka oshirish tizimi — bu nafaqat huquqiy yoki tashkiliy talab, balki inson


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

42

salomatligini muhofaza qilish, ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash va xavfsizlik

madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim vositadir. Bunday tizimlarning

joriy etilishi nafaqat baxtsiz hodisalarni kamaytiradi, balki umumiy mehnat

madaniyatini ham oshiradi.

Mavzuning dolzarbligi

Bugungi kunda sanoatning barcha sohalarida ishlab chiqarish hajmining

oshishi,

yangi

texnologiyalarning

joriy

qilinishi,

mehnat

sharoitlarining

murakkablashuvi bilan birga, ishchi-xodimlar sog‘lig‘i va hayoti uchun xavf soluvchi

omillar ham ortib bormoqda. Ayniqsa, texnogen xatarlar, ekologik muammolar, ishlab

chiqarishdagi intizomsizlik va texnik xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar mehnat

muhofazasini kuchaytirish zaruratini kun tartibiga olib chiqmoqda. Ana shunday

sharoitda mehnat muhofazasi bo‘yicha xodimlarning malakasi va bilim darajasi hal

qiluvchi omilga aylanmoqda.

Xodimlarni zamonaviy xavfsizlik standartlari asosida o‘qitish, ularga real xavf-

xatarlarni aniqlash, baholash va oldini olishga oid ko‘nikmalarni berish nafaqat

ularning hayoti va salomatligini asrash, balki ishlab chiqarishning uzluksizligini ham

ta’minlaydi. Mamlakatimizda olib borilayotgan sanoat modernizatsiyasi, yangi zavod

va inshootlar barpo etilishi, chet ellik investorlar ishtirokidagi loyihalarning ko‘payishi

— bularning barchasi mehnat muhofazasiga doir xalqaro talablar va malakali kadrlar

tayyorlash tizimini takomillashtirishni talab qilmoqda.

Yana bir muhim jihat shundaki, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya

qilinmagan holatlar ko‘pincha insoniy talofatlar, moliyaviy zararlar va qonuniy

javobgarlik bilan yakunlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘plab baxtsiz hodisalar

aynan xodimlarning bilim yetishmasligi, noto‘g‘ri harakatlari yoki xavfsizlikka

e’tiborsizlik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shu sababli xodimlarni muntazam

sertifikatlash va malakasini oshirish tizimi bugungi kunda nihoyatda dolzarb masalaga

aylanmoqda.

Mavzuga oid muammolar

Mehnat muhofazasi sohasida xodimlarni sertifikatlash va malaka oshirish

tizimini joriy etishda bir qator muammolar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

43

Sertifikatlash va malaka oshirish kurslarining sifatsiz tashkil etilishi – Ba’zi

tashkilotlarda o‘quv jarayoni faqat qog‘ozda yuritiladi, real bilim va amaliy

ko‘nikmalar berilmaydi. Bu esa sertifikatlashni rasmiyatchilikka aylantirib qo‘yadi.

O‘quv dasturlarining eskiligi va zamonaviy talablarga mos kelmasligi – Yangi

texnologiyalar va xavfsizlik standartlari jadal rivojlanayotgan bir vaqtda, o‘quv

dasturlar ko‘p hollarda yangilanmaydi yoki tor sohalarga ixtisoslashmagan bo‘ladi.

Mutaxassis o‘qituvchilarning yetishmasligi – Ayrim hududlarda mehnat

muhofazasi bo‘yicha yuqori malakali trenerlar va o‘qituvchilarning kamligi, sifatli

ta’lim olish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.

Xodimlar tomonidan bu jarayonga sust yondashuv – Sertifikatlash va malaka

oshirish ko‘pchilik tomonidan majburiyat sifatida qabul qilinadi, shaxsiy xavfsizlikni

oshirish vositasi sifatida emas.

Mahalliy va xalqaro standartlar o‘rtasidagi tafovut – Ba’zan xalqaro talablar va

O‘zbekiston me’yoriy hujjatlari o‘rtasida ziddiyatlar bo‘ladi. Bu esa xorijiy

kompaniyalar ishtirok etgan loyihalarda chalkashliklar keltirib chiqaradi.

Moliyalashtirish masalasi – Ko‘plab kichik korxonalar va tashkilotlarda malaka

oshirish uchun mablag‘ ajratilmaydi yoki yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Muammolarni oldini olish bo‘yicha yechim va takliflar

Mehnat muhofazasi sohasida hodimlarni sertifikatlash va malaka oshirish

tizimi har qanday ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlikni ta’minlashda muhim o‘rin

egallaydi. Afsuski, bu tizimda mavjud muammolar ko‘plab korxona va tashkilotlarda

hali-hanuz to‘liq bartaraf etilmagan. Shuning uchun bu muammolarni chuqur tahlil

qilib, ularning oldini olish uchun aniq, amaliy va istiqbolli yechimlar ishlab chiqish

dolzarb masalalardan biridir.

Birinchidan, hozirgi kunda ko‘plab o‘quv markazlarida taklif etilayotgan

kurslar va dasturlar mazmunan eskirgan, zamonaviy xavfsizlik texnologiyalarini

qamrab olmaydi. Ushbu holat natijasida hodimlar faqat nazariy bilimlar bilan

cheklanishadi, amaliy ko‘nikmalar shakllanmaydi. Bu esa real ishlab chiqarish

sharoitida xavfli vaziyatlarga nisbatan ularning tayyorgarligini pasaytiradi. Bu

muammoni bartaraf etish uchun zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ularni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

44

amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitish va virtual texnologiyalar (masalan, VR

trenajyorlar)dan foydalanish zarur.

Ikkinchidan, malaka oshirish va sertifikatlash jarayonida test va baholash

mezonlari ko‘pincha yuzaki, sifatsiz yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga yo‘l

ochadigan holatlarni yuzaga keltiradi. Ayrim holatlarda sertifikatlar faqat hujjat uchun

olinadi, real bilim va ko‘nikmalar baholanmaydi. Bunday tizim xavfli ishlab chiqarish

tarmoqlarida katta xavf tug‘diradi. Bu muammoning oldini olish uchun elektron

baholash tizimlarini joriy etish, test va amaliy mashqlarni yagona markazlashtirilgan

platforma orqali shaffof yuritish lozim.

Uchinchidan, mehnat muhofazasi bo‘yicha malaka oshirishga e’tibor pastligi

ko‘pincha tashkilot rahbariyatining beparvoligi yoki ushbu sohani ikkinchi darajali deb

hisoblashidan kelib chiqadi. Ko‘plab ish beruvchilar o‘z xodimlarini muntazam malaka

oshirishga yuborishni ortiqcha xarajat deb hisoblaydi. Bunday holatlarni oldini olish

uchun davlat tomonidan qat’iy tartib va javobgarlik choralari belgilanishi kerak.

Xususan, mehnat muhofazasi bo‘yicha xodimni malaka oshirishga yubormagan

tashkilotlarga nisbatan ogohlantirish, jarima yoki ma’muriy javobgarlik choralarini

belgilash maqsadga muvofiq.

To‘rtinchidan, qishloq joylarida va chekka hududlardagi korxonalar uchun

malaka oshirish imkoniyatlari juda cheklangan. Uzoq masofalar, transport

muammolari va o‘quv markazlarining yo‘qligi tufayli ko‘plab xodimlar bu tizimdan

chetda qolmoqda. Buning yechimi sifatida har bir viloyat, hatto tuman miqyosida ham

raqamli texnologiyalar yordamida masofaviy o‘qitish tizimlarini yo‘lga qo‘yish zarur.

Mobil ilovalar, videodarslar va onlayn test platformalari bu borada eng maqbul

vositalardan biri bo‘lishi mumkin.

Beshinchidan, mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarning yangilanmasligi ham

dolzarb muammo hisoblanadi. Texnologiyalar va ishlab chiqarish usullari tez

o‘zgarayotgan hozirgi davrda xodimlarning bilimlari muntazam yangilanib borishi

lozim. Shu maqsadda uzluksiz o‘qitish tizimi joriy qilinishi, sertifikatlar amal qilish

muddati tugagach, xodimlar qayta attestatsiyadan o‘tishlari kerak. Bu, o‘z navbatida,

ularning bilimlarini doimiy yangilab borishga undaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

45

Shuningdek, xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha ongini shakllantirish

ham muhim ahamiyatga ega. Aksariyat holatlarda hodimlar xavfsizlik qoidalariga

befarqlik bilan qaraydilar. Buni bartaraf etish uchun psixologik yondashuv,

motivatsion treninglar va samarali targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilishi lozim.

Xavfsizlikni ustuvor qadriyat sifatida shakllantirish – bu samarali mehnat muhofazasi

tizimining asosiy omillaridan biridir.

Bundan tashqari, xalqaro tajriba va standartlardan keng foydalanish zarur.

Jumladan, Yevropa davlatlari, Yaponiya yoki Koreya Respublikasi kabi ilg‘or

mamlakatlardagi mehnat muhofazasi tizimlaridagi uslublarni o‘rganish, ularni

O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish natijadorlikni sezilarli darajada oshiradi. Davlat

darajasida xorijiy ekspertlar ishtirokida tajriba almashinuvi seminarlarini tashkil etish

foydali bo‘ladi.

Yana bir muhim jihat — moliyaviy rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yishdir.

Agar malakasini oshirgan xodimlarga qo‘shimcha ustamalar, xavfsizlikka rioya qilgan

bo‘limlarga esa rag‘bat pullari yoki soliq yengilliklari ajratilsa, bu tizimga bo‘lgan

qiziqish ham ortadi.

Xulosa:

Xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha sertifikatlash va malakasini

oshirish bugungi kunda har bir ishlab chiqarish korxonasi va tashkilot uchun zaruriy

ehtiyojga aylangan. Ushbu tizim nafaqat qonuniy talablarni bajarish, balki inson

salomatligi, hayoti va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda muhim

rol o‘ynaydi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mavjud tizimda bir qator dolzarb muammolar

mavjud bo‘lib, ular qatoriga o‘quv dasturlarining eskirganligi, baholash jarayonining

shaffof emasligi, rahbariyatning beparvoligi va hududiy tengsizliklar kiradi. Bu

muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, ishlab chiqarishda turli noxush hodisalar,

baxtsiz voqealar va inson salomatligiga putur yetkazadigan holatlar soni oshib boradi.

Shu sababli, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan, real amaliyotga

yaqinlashtirilgan va doimiy takomillashtiriladigan malaka oshirish va sertifikatlash

tizimini yaratish dolzarb vazifadir. Bu yo‘nalishda davlat siyosatining qat’iyligi, ish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

46

beruvchilarning mas’uliyati va xodimlarning xavfsizlikka bo‘lgan ongini oshirish

muhim omillar bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, mehnat muhofazasini kuchaytirish va xavfsiz mehnat

muhitini ta’minlash uchun hodimlarni yuqori malakali, amaliy ko‘nikmaga ega

mutaxassis sifatida tayyorlash — har tomonlama ustuvor yo‘nalishdir. Bu esa barqaror

ishlab chiqarish, sog‘lom jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning mustahkam

poydevoridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-noyabrdagi

408-son qarori “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tizimni tashkil etish

tartibi to‘g‘risida Nizom”.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy

sayti –

https://www.mehnat.uz

4.

“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi asoslari” o‘quv qo‘llanmasi /

Mamatqulov A., Yo‘ldoshev Z. – Toshkent: Oliy ta’lim, 2021.

5.

Qodirov A., Karimov D. “Mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqarish” –

Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.

6.

International Labour Organization (ILO) – “Occupational Safety and Health:

Global strategy on OSH” – Geneva, 2022.

7.

ISO 45001:2018 – Occupational health and safety management systems —

Requirements with guidance for use.

8.

Gulyamov M. "Innovatsion yondashuvlar asosida mehnat muhofazasini

takomillashtirish yo‘llari" // Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi jurnali, №3,

2023.

9.

Bobonazarov B. “Texnosfera xavfsizligi asoslari” – Toshkent: Innovatsiya

nashriyoti, 2020.