MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
167
DUAL TA’LIM UCHUN 4K VIDEO STUDIYASIDA VIDEO
MASHG‘ULOTLAR YOZISH TEXNOLOGIYASI
Raximov Javohir Oktyabrovich
Qarshi davlat texnika universiteti
“Axborot tizimlari va texnologiyalari”kafedrasi assistenti
Annotatsiya. Maqolada global Internet tizimining rivojlanishi natijasida oliy
ta’lim o‘quv jarayonida telekommunikatsiya texnologiyalarining roli hamda
masofaviy ta’limni tashkil etishning istiqbollari yoritib berilgan. Axborotlashgan
jamiyat va axborotlashgan ta’lim tizimlarining mohiyati, axborotlashgan jamiyatda
masofaviy ta’lim va masofaviy o‘qitishning ahamiyati asoslangan. COVID-19
pandemiyasi davrida butun dunyo bo‘ylab ta’lim tizimining barcha tarmoqlari
masofaviy o‘qitish tizimiga o‘tilganligi ta’kidlanib, O‘zbekistonda masofaviy ta’limni
alohida ta’lim shaklida amaliyotga tadbiq etish zaruriyati asoslangan.
Kalit so‘zlar: axborot-kommunikatsiya, telekommunikatsiya, an’anaviy ta’lim,
Internet, zamonaviy o‘qitish, masofaviy ta’lim.
KIRISH
XXI asrda insoniyat sivilizatsiyasida yangi rivojlanish davri- axborotlashgan
jamiyat davri boshlandi. Bu informatsion-telekommunikatsiyaning jadal rivojlanishi,
axborot texnologiya-larni tezkor tarqalishi, jamiyat rivojlanish jarayonlarining
globallashuvi, xalqaro kommunikatsion hayot muhiti, ta’lim, muloqat va ishlab
chiqarishni shakllanishi hamda infosferaning rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Axborotlashgan jamiyatning tashkiliy-texnologik asosini global informatsion tarmoq -
Internet tashkil etadi [1].
Telekommunikatsiyaning tezkor rivojlanish jamiyat hayotining siyosiy,
iqtisodiy, ta’lim, madaniyat, maishiy xizmat, xavfsizlik kabi turli sohalarida
noan’anaviy yangi va qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Jamiyat rivojining yangi shart-
sharoitlari axborotlashgan jamiyat talablariga javob beruvchi zamonaviy o‘qitish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
168
texnologiyalaridan foydalanib yangi mutaxassislarni tayyorlashni vazifa qilib
qo‘ymoqda [2].
Global Internet tizimining rivojlanishi jahon ta’lim tizimida evolyutsion
takomillashtirishning yangi istiqbollarini ochib berdi. Bugungi kunda an’anaviy
ta’lim uslublari Internet, elektron-kompyuter setlari va telekommunikatsiya muhitiga
asoslangan yangi o‘qitish uslublari bilan to‘ldirilmoqda. Internet texnologiyaga
asoslangan teleo‘qitish va masofaviy ta’lim bir qator yangi funksiyalarni bajarish bilan
bir qatorda, o‘zaro taqsimlangan hamkorlik prinsipi, integratsiya, xalqaro Internet
tarmog‘iga kirish kabi aniq prinsiplarni amalda qo‘llashni talab etadi [3].
TADQIQOT METODLARI
Tadqiqot jarayonida ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik
kuzatuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, pedagogik tajriba-sinov va forsayt
metodlaridan foydalanildi.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMALAR
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizmida video va audio darslarni raqamli
texnologiyalar asosida telekomunikatsiya vositalaridan foydalangan holda 4K video
studio texnologiyasini Masofaviy ta’limni tashkil etish jarayonida tadqiq qilish bu
tinglovchiga uzatilayotgan video va audio dars sifatini va tinglovchining bilim olish
sifatini yanada yahshilaydi. 4K video studioning tuzilishi, ishlash prinsipi va
qo‘llanish sohalari quyidagilardan iborat.
4K video studioning tuzilishi, ushbu texnologiyani tashkil etish uchun biron bir
bino yoki xona tanlab olishimiz zarur. 4K video studiyasi joylashgan xona quyidagi
talablar va standartlardan tashkil topgan bulishi lozim
4K video studio texnologiyasining xona 5
𝑚
2
ulchamda bulish talab qilinadi, bunda xona ulchami obekt ichida
joylashtiriladigan 4k video studio texnologiyasining raqamli qurilmalari, raqamli
qurilmalarni uzaro boglaydigan telekommunikatsiya vositalari qulay va bir biriga halal
bermagan holda joylashtirish talab qilinadi.
4K video studio texnologiyasining xona ichki devor yuzlari tuq qora rangda
bulishi bunda xona devor ranglari 4k video studio texnologiyasi yordamida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
169
yoziladigan video va audio darslarning sifatini yanada yahshilash video dars utish
jarayonida fikrni jamlash imkonini beradi.
4K video studio texnologiyasining xonaning ichki devor qatlami maxsus ovoz
yutgich qoplama bilan jihozlangan bulishi talab qilinadi. Bunda maxsus ovoz yutgich
qoplama 4k video studiyasi yordamida uzatilayotgan video va audio dars ovoz sifatini
yanada yahshilash imkonini beradi.
4K video studio texnologiyasining obekti ( xona,joy, bino ) ichki deraza romlari
quyosh nurlari va tashqi yoruglikni utkazmaydigan maxsus qoplamalar bilan
jihozlangan bulishi lozim.
4K video studioning tuzilishi, quyidagi qurilmalardan tashkil topgan bulishi
lozim.[7]
Yuqorida biz 4K video studiosining raqamli qurilmalarini texnik kursatkichlari
xaqida tuxtalib utdik Dissertatsiyaning ushbi qismida esa 4K video studiosining
raqamli qurilmalarining qanday fazifalar bajarilishi va ishlash prinsipi xaqida tuxtalib
utamiz.
Eng sungi kampyuter qurilmasi. Bu qurilma 4K video studiosining asosiy
qurilmalaridan biri bulib bu bizga 4K video studiosida raqamli qurilmalarini
boshqarish, tinglovchiga uzatiliyotgan video darslarning onlain efirga uzatish, oflain
rejimda amalga oshirilgan video darslarning mantaj qilish imkoni beradi.
4K UHD PTZ Video Camera. Ushbu qurilma bizga tinglovchiga
uzatilayoyegan video darslarning tasvir sifatni yanada yaxshilash imkoni beradi.
Ushbu qurilmaning asosiy afzalliklaridan biri tasvirga olish jarayonida shaffof doskada
yozilgan formulalar va grafiklarni
360Burchak ostida uzgartirib beradi. LED yoritgichli shaffof doska. Shaffof
doska 10 mm qalinlikdagi temperli shishadan qilingan. Uning ulchamlari 110*195 sm.
Ushbu anti-vandal dizayn shikastlanishga chidamli. Shisha LED yoritgichi bilan
jihozlangan bo'lib, u elektr tarmog'idan quvvatlanadi.
Oddiy shisha qirralarning atrofida quyuq yashil rangga ega. Shu sababli,
yorug'lik panelning markaziga etib bormaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
170
lyuminestsent markerlar bilan doskada chizishingiz mumkin. Shishadagi
belgilar aniq va ko'rish oson. Videoni yozib olgandan so'ng, matnlar va chizmalar
osongina o'chiriladi.
Chiroq doskasi devordan uzoqroqda bino ichida o'rnatiladi. Uning oldida
doskaga ulangan tripodga kamera o'rnatilgan. Ma'ruzachi yoki taqdimotchi doskaning
orqasida turadi va uni yaxshiroq ko'rish uchun doskaning old tomonida LED yoritgichi
yoqiladi.
Maxsus markerlar oynaga yaxshi effectlar bilan chizadi. Videokamera videoni
yozib oladi va ekranning narigi tomonidagi tinglovchilar hamma narsani odatdagi
tartibda ko'rishlari uchun maxsus dastur uni aylantiradi. Shunday qilib, havoda
yozishning o'ziga xos effekti olinadi.
BOYA BY-WXLR8 Pro Plug-On XLR transmitter BOYA RX8 Pro va SP-RX8
Pro UHF simsiz mikrofon uchun mo'ljallangan audi miksher.
Bu 4K video studio yordamida tinglovchiga uzatilayotgan video va audio
darslarning ovozni uzatish va qabul qilish jarayonini taminlaydi va uning sifatiga javob
beruvchi qurilma xisoblanadi.
Bu sizga RX8 Pro va SP-RX8 Pro simsiz qabul qilgich bilan har qanday XLR
dinamik mikrofonlarini yoki akkumulyatorli XLR kondensator mikrofonlarini ulash
imkonini beradi.
U oson o'qilishi mumkin bo'lgan LCD displey, keng kommutatsiya chastotasi
o'tkazish qobiliyati, mikrofon / chiziqli kirishlar va raqamli sxema, mustahkam engil
korpus tashkil topgan
va u DSLR kameralar, videokameralar yoki videografiya, dala yozuvi,
translyatsiya televideniyesi va elektron yangiliklar yig'ish ilovalari uchun audio
yozuvlar uchun javob beradi.
TP-Link Archer A6 - AC1350 MU-MIMO Wi-Fi gigabitli router. Bu qurilma
bizga 4K video studio texnologiyasida video va audio darslarni tashkil etish jarayonida
raqamli qurilmalarni bitta tarmoq strukturasida ishlash imkoni beradi.
Chroma key, "chroma key", "color key" - bu ob'yekt suratga olingan fonni
o'zgartirish imkonini beruvchi uch xil rangdagi qog‘oz pardalar. Bu pardalar bizga 4K
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
171
video studio texnologiyasi yordamida video darslarni suratga olish jarayonida orqa fon
mavzularini uzgartirish imkoni beruvchi texnologiyadir. Asos sifatida, videoni qayta
ishlash uchun mo'ljallangan dasturlar ikkala rang bilan ham ishlashi mumkin. Ammo
haqiqat shundaki, zamonaviy raqamli kameralarning sensorlari ko'kdan ko'ra yashil
rangga yaxshiroq javob beradi. Ularda ko‘k rangdagidan ikki barobar ko‘p yashil
filtrlar mavjud, shuning uchun suratga olishda yashil fon yaxshiroq, kamroq
“shovqinli” bo‘ladi va post-ishlab chiqarishni kamroq vaqt sarflaydi.
APP boshqaruviga ega GVM 3 paketli LED video yoritish to'plamlari, ikki
rangli o'zgaruvchan 2300K ~ 6800K, video suratga olish uchun raqamli displey
yorqinligi 10 ~ 100%, CRI97+ TLCI97 LED video yorug'lik paneli + barndoor
qurimasi. Ushbu yoritish tuplamlari bizga 4K video studio texnologiyasi yordamida
video darslarni suratga olish jarayonida tinglovchiga uzatilayotgan video darslarning
sifatini yanada yahshilaydi va yorqin ranglar aniq kadrlarni hosil qilish imkonini
taqdim etadi.[9]
XULOSA
Shuni alohida takidlash kerakki, masofaviy o‘qitish bugungi pandemiya
sharoitining majburiy zarurati sifatida butun dunyoda namoyon bo‘lgan bo‘lsada,
ta’limning mustaqil shakliga ustuvorlik berish, ta’lim muassasalari o‘quv
auditoriyalari, moddiy-texnik bazalarining ichki imkoniyatlari, ta’lim oluvchilarning
yoshi turlicha ekanligi va ishdan ajralmagan holda ta’lim olish zaruriyati, ta’lim
oluvchilarning tanlagan ta’lim muassasalaridan juda uzoqligi kabi bir qator omillar
rivojlangan mamlakatlarning bu borada ma’lum bir tarixiy yo’llarini bosib o‘tgan holda
o‘ziga xos tajribalarni o‘zlashtirganligini ko’rish mumkin. Masofadan o‘qitish
texnologiyalari rivojlangan mamlakatlarda an’anaviy ta’limning asosiy tamoyillariga
asoslanib, innovatsion texnologiyalardan keng foydalanadi.
ADABIYOTLAR
1. Абдукадиров, Абдукаххор Абдувакилевич. Масофали укитиш
назарияси ва амалиёти. монография / А. А. Абдукадиров, А. Х. Пардаев; ред. М.
Содикова. - Т. : Узбекистон республикаси фанлар Академияси " ФАН "
нашриёти, 2009. - 145 с
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
172
2. Ракҳимов, О., Эҳсев, С., Латипов, С., Ракҳимов, Ж. (2022). Поситиве анд
Негативе Аспеcтс оф Дигитализатион оф Ҳигҳер Эдуcатион ин Узбекистан.
АИП
Cонференcе Проcеедингс
, 2432, арт. но. 030067. дои: 10.1063/5.0089690
3. Рахимов О. Д. Реқуирементс анд течнологй фор cреатинг э-леарнинг
ресоурcес //Современное образоване (Узбекистан). – 2016. – Т. 202. – С. 45-50.
4.
Парпиев А., Марахимов А., Ҳамдамов Р., Бегимкулов У., Бекмурадов М.,
Тайлоқов Н. Электрон университет. Масофавий таълим технологиялари ЎзМЕ
давлат илмий нашриёти. -Т.: 2008, 196 б.
5. Рахимов О. Д. эт ал. Модерн эдуcатионал течнологиес //Ташкент,"
Сcиенcе анд Течнологй" Публишинг Ҳоусе. – 2013.
6. Рахимов О. Д. и др. Замонавий таълим технологиялари //Т.:“Фан ва
технология нашриёти. – 2013.
7. «Подготовка и проведение учебных курсов в заочно-дистансионной
форме обучения» Методические рекомендатсии преподавателям. Изд-во
СПбГТУ, 2000 Под редаксией профессора И.А. сИКИНА
8. Ракҳимов О. Д. эт ал. Унусед оппортунитиес: дистанcе эдуcатион ин
Узбекистан //Сcиентифиc жоурнал. – 2021. – №. 3. – С. 58.
9. Ракҳимов О. Д., Чоршанбиев З. Э. Проспеcтс фор тҳе апплиcатион оф дигитал
течнологиес ин траининг тҳе" лабор протеcтион" cоурсе //Еуропеан Жоурнал оф
Лифе Сафетй анд Стабилитй (2660-9630). – 2021. – Т. 2. – С. 34-40.
10. «Интернет обучение: технологии педагогического дизайна» Моисеева
М.В., Полат Е.С., Бухаркина М.Ю., Нежурина М.И., Москва, 2004.
.