MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
119
MAVZU: KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH METODIKASI
FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI
Toshkent davlat agrar universiteti
Jismoniy tarbiya va sport kafedra o’qituvchsi :
Turg’unboyev Kozimbek Abdusamatovich.
Kalit so’zlar. Sport kurashida o‘qitish - bu sport kurashi nazariyasi va uni
o‘qitish usuliyati to‘g‘risidagi bilimlar kurashchining asosiy o‘ziga xos musobaqa,
hakamlik, pedagogik, tashkiliy faoliyati hisoblangan ko‘nikma va malakalar tizimini
shakllantirishga qaratilgan maqsadli tashkil qilingan pedagogik jarayondir -maqsad
va vazifalar kurash turlari va o‘qitish metodikasi bo‘yich o‘z bilimlarigizni
kengaytirishga yordam beradi.
ANNOTATSIYA: Ushbu ilmiy ishda kurash turlar va uni o‘qitish
metodikasining asosiy jihatlar tahlil etiladi. Kurash sporti nafaqat jismoniy
tayyorgarlik,balik texnik va taktik ko‘nikmalarni rivojlantirishda ham muhim
ahmiyatga ega.o‘qitish metodikasi sportchilarning tash kil etishga yordam
beradi.Maqsadimiz kurshning turli turlarni o‘rganish,metodik yondashuvlarini ishlab
chiqish va sporchilarini tayyorlash jarayonida nazorat va baholash metodlarini
qo‘llashdir.
Sport kurashi nazariyasi va usuliyati o‘quv fani sifatida tayyorgarlik va ularda
qatnashish, shuningdek trenirovka jarayonini ilmiy-
uslubiy ta’minlashni qamrab oladigan ko‘p omilli jarayon sifatida qaraladi.
Sport kurashi nazariyasi kurashning har xil turlarida sport tayyorgarligini
tashkil etish mazmuni va shaklini belgilab beruvchi umumiy qonuniyatlarni tadqiq
qiladi. Sport tayyorgarligi kurashchi trenirovkasi, musobaqalarga va usuliyati
kursining asosiy maqsadi talabalarda pedagogik faoliyatda zarur bo‘lgan bilimlar,
malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
120
Kurs vazifalariga sport kurashi tarixi, o‘rgatish usuliyati, sportchilarning
texnik, taktik, jismoniy va ruhiy tayyorgarligi usuliyati, ularning trenirovka hamda
musobaqa faoliyatini boshqarish kiradi.
Mazkur fan kurashchilarning tayyorgarlik va musobaqa faoliyati xususiyatlari,
musobaqa nagruzkasini me’yorlash muammolari, sportchilarning texnik va taktik
mahorati mezonlari hamda omillari bilan tanishtiradi.
Bu bilimlar bo‘lajak trener ishi, shug‘ullanuvchilarni sport toifasi razryad
talablarini bajarishga tayyorgarligini samarali amalga oshirish malakasining asosi
bo‘lishi lozim. Shug‘ullanuvchilar tayyorgarligining umumiy pedagogik va maxsus
vositalari hamda uslublarini o‘z ichiga oladigan sportchilar tayyorgarligi tizimi
to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish katta ahamiyatga ega.
Trenirovka mashg‘ulotlarini o‘tkazishda trener jismoniy nagruzka
parametrlarini (hajm va shiddatini), dam olish oraliqlarini oqilona qo‘llash, so‘z
axboroti, ideomotor va autogen usuliyatlarning turli shakllarini, ko‘rgazmali ta’sir
ko‘rsatish vositalaridan foydalanishni bilishi lozim.
Mazkur fan dasturi kurashchining ahloqiy-iroda, texnik, taktik va jismoniy
tayyorgarligi vositalari hamda uslublari- ni o‘rganishni nazarda tutadi.
O‘rgatilayotgan fanning eng muhim masalalaridan biri - bu yillik tsiklning turli
davrlarida - tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish davrlarida trenirovka jarayonini
rejalashtirish mala-kasidir.
Kurashchilarning trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqa faoliyatini nazorat
qilish hamda tahlil etish malakasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sportga ixtisoslashgan maktab-internatlar,
oliy sport mahorati maktablarida kurashchilar tayyorgarligining tashkiliy-usuliy
masalalariga alohida e’tibor qaratiladi, bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar va katta yoshdagi
sportchilar bilan ishlashda trenirovka jarayonini tuzish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
Oliy jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lgan talablarning hozirgi zamon
darajasida kasb tayyorgarligida ilmiy-tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda,
shuning uchun darslikda kurashchilar musobaqa va trenirovka faoliyatini tadqiq qilish
uslublari xamda usuliyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
121
“Sport kurashi nazariyasi va usuliyati” fanini o‘rganish yuqori malakali
mutaxassislar-bolalar-o‘smirlar sport maktablarida yosh kurashchilar, jismoniy tarbiya
jamoalarida katta yoshdagi sportchilar bilan ishlash uchun sport kurashi bo‘yicha
trener-o‘qituvchilarni tayyorlashni ko‘zda tutadi.
Sport kurashi turlari bo‘yicha bo‘lajak trener-o‘qituvchi jismoniy tarbiya
institutida o‘qish davomida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha muvaffaqiyatli mehnat
qilishga yordam beradigan kasb bilimlari, malaka va ko‘nikmalari tizimini egallashi
lozim.
O‘qitishning maqsadlari va vazifalari
Sport kurashida o‘qitish - bu sport kurashi nazariyasi va uni o‘qitish usuliyati
to‘g‘risidagi bilimlar kurashchining asosiy o‘ziga xos musobaqa, hakamlik, pedagogik,
tashkiliy faoliyati hisoblangan ko‘nikma va malakalar tizimini shakllantirishga
qaratilgan maqsadli tashkil qilingan pedagogik jarayondir.
O‘qitish
maqsadi
shug‘ullanuvchilarda
trenerning
kasb
faoliyati
kontseptsiyasini aks ettiruvchi bilimlar tizimini shakllantirishdan iborat. Ushbu
kontseptsiya bilimlar va malakalar, ilmiy fikrlash uslublari, shug‘ullanuvchilarda ongli
hamda amaliy faoliyatga ijodiy munosabatni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Sport kurashi nazariyasi va o‘qitish usuliyati o‘quv fanining o‘ziga xos
sharoitlari hamda xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy vazifalar quyidagilardan
iborat:
- sport turi nazariyasi va o‘qitish usuliyati bo‘yicha bilimlarning optimal hajmi,
har tomonlamaligi va etarlicha chuqur bo‘lishini ta’minlash;
- ijodiy anglash imkoniyatlarini takomillashtirish;
- kurashchining umumiy tayyorgarlik mashqlarini bajarish malakalarini
shakllantirish va takomillashtirish;
- kurash texnikasi usullari himoyalanishlar va qarshi usullarni bajarishni
shakllantirish hamda takomillashtirish;
- musobaqa bellashuvlaridagi texnik-taktik harakatlarning optimal hajmi va
turli xilligini shakllantirish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
122
- o‘quv, o‘quv-trenirovka, nazorat, musobaqa va ko‘rgazmali bellashuvlarni
olib borish ko‘nikmalari hamda malakalarini shakllantirish;
- kurash usullarini bajarish texnikasini taxlil qilish bilimlari malaka va
ko‘nikmalarini shakllantirish hamda takomillashtirish;
- kurash texnikasini ko‘rsatib berish va tushuntirish malakasini egallash;
- murakkab texnik-taktik harakatlarni bajarishga o‘rgatish va takomillashtirish
bilimlari, malakalari hamda ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish;
- kurash bo‘yicha darslarni tahlil qilish va o‘tkazish malakalarini shakllantirish
hamda takomillashtirish;
- kurash musobaqalariga hakamlik qilish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil
etish hamda o‘tkazish bilimlari, malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda
takomillashtirish.
Sport kurashi trenerining kasb-pedagogik faoliyati. Sport kurashi trenerining
kasb-pedagogik faoliyati ko‘p qirralidir. U bir qator majburiyatlarning bajarilishini o‘z
ichiga oladi. Ular orasida quyidagilarni ajratish lozim: o‘quv-tabiyaviy ishlar,
kurashchilarning trenirovka va musobaqa faoliyatini boshqarish, sportga layokatli va
iqtidorli bolalar orasidan saralash, ilmiy-usuliy ishda qatnashish, musoba-qalarni
tashkil etish va o‘tkazish, trenirovkalar hamda musobaqalarni moddiy-texnik
ta’minlash, shaxsiy kasb mahoratini oshirish.
Trenerning o‘quv-tarbiyaviy vazifasi eng muhimlardan biri hisoblanadi. U
shug‘ullanuvchilarni sport kurashining texnik-taktik harakatlariga o‘rgatish, jismoniy
va ahloqiy-iroda sifatlarini rivojlantirish, har tomonlama rivoj-langan insonni
shakllantirish malakasidan iborat.
O‘qitish vazifasi trenerning texnik harakatlarni namunadek ko‘rsatib berish,
mashqni qisqa va oson tushuntirish, texnikadagi xatolar hamda uning yuzaga kelish
sabablarini aniqlash, kuzatish uchun to‘g‘ri joy tanlash, bajarilayotgan mashq
texnikasini o‘quvchi bilan tahlil qilish, usul uchun tayyorgarlik harakatlarini, usul va
yakunlovchi harakatni bajarishda mumkin bo‘lgan ushlashlarni tanlash malakasini o‘z
ichiga oladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
123
Trener
jismoniy
va
ahloqiy-iroda
sifatlarini
tarbiyalashda
usuliy
yondashishlarni
tabaqalash,
treneriovka
nagruzkalarini
me’yorlash,
shug‘ullanuvchilarning alohida xususiyatlariga qarab, tegishli vositalar hamda
usullarni tanlashni bilishi zarur.
Trener sportchilar tayyorgarligini maqsadli boshqarish uchun quyidagilarni
bilishi lozim: sportchilar, shuningdek ular yashaydigan, trenirovka qiladigan va
musobaqalashadigan muhit to‘g‘risida axborot to‘plash hamda uni tahlil qilish;
sportchilar tayyorgarligi strategiyasi to‘g‘risida qaror chiqarish; ularning tayyorgarlik
rejalari va dasturlarini tuzish; sportchilar tayyorgarligi dasturi hamda rejasini amalda
ro‘yobga chiqarish; buning uchun tuzilgan dastur va rejalarning amalga oshirilishini
nazorat qilish; zarur hollarda trenirovka ja-rayoniga o‘zgartirishlar kiritish.
Kurashchilar tayyorgarligi dasturlari va rejalarining mu-vaffaqiyatli amalga
oshirilishi trenerning trenirovka mashg‘uloti, ish kuni, mikro-, mezo- va makrotsikllar
davomida trenirovka jarayonini oqilona tuzishni amalga oshira olgandagina,
shuningdek pedagogik, tibbiy-biologik va ruhiy vositalar hamda uslublardan iborat
tiklanish tadbirlar to‘g‘ri foydalanilgan taqdirdagina mumkin bo‘ladi.
Musobaqa faoliyatini boshqarish oldinda turgan musobaqa bellashuvlari
rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirishni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
Trener oldinda turgan bellashuv rejasini ishlab chiqishda o‘quvchisining raqib
ustidan g‘alaba qozonishi uchun eng samarali taktik harakatlarni aniqlash maqsadida
raqib to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi lozim. Musobaqa faoliyatini nazorat qilish va
uni keyinchalik tahlil etish u yoki bu sportchi tayyorgarligidagi kuchli hamda bo‘sh
tomonlarni aniqlashga yordam beradi.
- haraktani uning mantiqiy yo‘nalishini (faoliyatda amaliy natijalarga erishish)
buzmagan holda o‘rganish;
- harakatni, u qanday faoliyat uchun o‘rganilayotgan bo‘lsa, shu faoliyatda
takomillashtirish;
- faoliyat sifatiga qarab, harakatning egallanganligini baholash.
O‘qitish uslublari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
124
So‘zdan
foydalanish
uslublari
Ko‘rgazmali qabul
qilish uslublari
Amaliy uslublar
Hikoya, ta’rif,
suhbat, tushunti-
rish, tahlil qi-
lish, ko‘rsatma
berish,
hisoblash
Plakatlar,
kino-
grammalar,
vi-
deoyozuvlarni
ko‘rsatish,
namoyish
qilish,
ovozli va yozug‘li
signalizatsiya
Qat’iy
tartib-
lashtirilgan
mashqlar
us-
lublari. Qismlarga
bo‘linib
o‘rganish.
Butunligicha
o‘rganish.
Qisman
tartiblashtiril gan
mashqlar
us-
lublari.
O‘yin, musobaqa
uslublari