Authors

  • Ravshanova Rayxona
  • Turdiqulova Sevinch

Author Biographies

  • Ravshanova Rayxona
  • Turdiqulova Sevinch

    Denov tadbirkorlik va pedagokika insitituti

    Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Fizika

    yo‘nalishi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.87104

Keywords:

optika linza fokus masofasi real laboratoriya virtual laboratoriya yig‘uvchi linza yorug‘lik.

Abstract

Mazkur ilmiy ishda linzaning fokus masofasini aniqlash usullari real va virtual tajribalar asosida tadqiq etildi. Real tajribalarda fokus masofasi linza yordamida haqiqiy tasvir hosil qilib, tasvirning o‘lchamlari va joylashuvini o‘lchash orqali aniqlangan. Virtual tajribalarda esa ko‘zda paydo bo‘ladigan mavhum tasvirdan foydalanilib, fokus masofasini bilvosita aniqlash usuli qo‘llanilgan. Har ikki tajriba usulining nazariy asoslari, tajriba qurilmalari, o‘lchash usullari va natijalarning ishonchliligi tahlil qilindi. Ish davomida linzalarning geometrik va optik xossalarining fokus masofasiga ta’siri o‘rganildi, shuningdek, tajriba natijalari nazariy hisob-kitoblar bilan taqqoslandi. Ushbu tadqiqot linzalar optikasining amaliy va nazariy tomonlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi va optik asboblarning ishlash printsiplarini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

138

FIZIKADA LINZANING FOKUS MASOFASINI REAL VA VIRTUAL

TAJRIBALAR ASOSIDA O’RGANISH

Ravshanova Rayxona,

ravshanovar4@gmail.com

Turdiqulova Sevinch

sevinchturdiqulova4@gmail.com

Denov tadbirkorlik va pedagokika insitituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Fizika

yo‘nalishi 2-kurs talabasi.

Anotatsiya: Mazkur ilmiy ishda linzaning fokus masofasini aniqlash usullari

real va virtual tajribalar asosida tadqiq etildi. Real tajribalarda fokus masofasi linza

yordamida haqiqiy tasvir hosil qilib, tasvirning o‘lchamlari va joylashuvini o‘lchash

orqali aniqlangan. Virtual tajribalarda esa ko‘zda paydo bo‘ladigan mavhum

tasvirdan foydalanilib, fokus masofasini bilvosita aniqlash usuli qo‘llanilgan. Har ikki

tajriba usulining nazariy asoslari, tajriba qurilmalari, o‘lchash usullari va

natijalarning ishonchliligi tahlil qilindi. Ish davomida linzalarning geometrik va optik

xossalarining fokus masofasiga ta’siri o‘rganildi, shuningdek, tajriba natijalari

nazariy hisob-kitoblar bilan taqqoslandi. Ushbu tadqiqot linzalar optikasining amaliy

va nazariy tomonlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi va optik asboblarning

ishlash printsiplarini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar: optika, linza, fokus masofasi, real laboratoriya, virtual

laboratoriya, yig‘uvchi linza, yorug‘lik.

Optika fizikaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, unda yorug‘likning

tarqalishi, sinishi va linzalar orqali tasvir hosil qilinishi kabi jarayonlar o‘rganiladi.

Bugungi kunda linzalar kundalik hayotda, tibbiyotda, fotografiyada va ilm-fanda keng

qo‘llaniladi. Linzaning eng muhim xarakteristikalaridan biri — bu uning fokus

masofasi bo‘lib, u linzaning tasvir hosil qilish qobiliyatini belgilaydi. Fokus masofasini

aniqlash fizikada muhim amaliy ko‘nikmalardan biri hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

139

Agar linzaga uning bosh optik o‘qiga paralell nurlar yuborilsa, ular linzadan

utayotib sinadi va o‘z yo‘nalishni o‘zgartiradi. Linza yig‘uvchi bo‘lsa, nurlar bir- biriga

yaqinlashib bir nuqtada kesishadi. Nurlar kesishgan nuqta lnzaning bosh fokusi deb

ataladi. Linzaning optik markazlarida bosh fokusigacha bo‘lgan masofa linzaning

fokus masofasi deyiladi va F harfi bilan belgilanadi.

±

1
𝑓

=

1
𝑎

±

1
𝑏

Bu yerda f- linzaning asosiy fokus uzunligi

a-

linzadan buyumgacha bo‘lgan masofa

b-

-linzadan tasvirgacha bo‘lgan masofa

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kelib chiqadiki, yig‘uvchi linzalar uchun

fokus masofasi formulasi quyidagicha ko‘rinadi;

f=

𝑎𝑏

𝑎+𝑏

(1)

ushbu formuladan linzalarning asosiy fokus uzunlgini aniqlash uchun ishchi

formula sifatida foydalanish mumkun.

1-rasm. Uskunaning tarkibi: 1-yoritgich, 2-linzalar, 3-ekran, 4-

baholovchilar, 5-optik skameyka.

Ishni bajaraish tartibi: Fokus masofasini linza bilan buyum va linza bilan tasvir

o‘rtasidagi masofalarga asosan topish. Linazni optik taglik ustida ohista siljitib,

strelkaning ekrandagi aniq tasviri hosil qilinadi. Bu holda buyumdan ya’ni strelkadan

linzagacha bo‘lgan masofa a hamda linzadan tasvirgacha ya’ni ekrangacha bo‘lgan

masofa b yozib olinadi. Bularning qiymatlari optik taglikning shkalasidan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

140

santimetrlarda yozib olinadi. a va b ning qiymatni bilgan holda (1) formuladan

foydalanib linzaning fokus masofasini hisoblash mumkun[1].

Real tajribani virtual tajribadan farqli ravishda asboblar aniqligi cheklangan

sharoitlar doim ham ideal bo‘lmaydi.

Virtual labaratoriyani avzaliklari juda anniq va osson o‘lchash mumkun, ko‘p

martalab sinab ko‘rish ham mumkun[2].

2-rasm. Virtual labaratoriyada yig‘uvchi linzada teskari, teng tasvir hosil

bo‘lish jarayoni.

Virtual labaratoriya bajarish tartibi: Simulyatsiya ochiladi va “Lens” rejimi

tanlanadi. Yig‘uvchi linza va obekt qoyiladi. Nurlar yo‘nalishini va tasvirini ko‘rish

orqali linza va tasvir orsidagi masofa aniqlanadi. Fokus masofasi yuqoridagi formulaga

asosan hisoblanadadi[3].


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

141

Yig‘uvchi linzaning fokus masofasini aniqlash bo‘yicha olib borilgan real va

virtual laboratoriya ishlari linzaning asosiy optik xossalarini chuqur anglash imkonini

beradi. Real tajriba orqali yorug‘lik nurlarining sinishi, tasvir hosil bo‘lishi va linza

formulasi bilan bog‘liq fizik qonuniyatlar amalda kuzatildi[4]. Bunda linza orqali

o‘tgan nurlar ekranda aniq tasvir hosil qilgan holatida ob’yekt va tasvir orasidagi

masofalarni o‘lchash asosida linzaning fokus masofasi hisoblandi[5].

3-rasm. Virtual labaratoriyada yig‘uvchi linzada to‘g‘ri, kattalashgan

tasvir hosil bo‘lish jarayoni.

Virtual laboratoriya esa ushbu hodisani kompyuter simulyatsiyasi orqali vizual

tarzda tushunish imkonini berdi. Bu usul linza parametrlari bilan erkin tajriba

o‘tkazish, xatoliklarni istalgancha tahlil qilish, shuningdek, murakkab vaziyatlarda

aniqlikni oshirishga xizmat qildi[3].

Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, linzaning fokus masofasini aniqlashda

ham real, ham virtual usullar bir-birini to‘ldiradi[6]. Real laboratoriya fizik

qonuniyatlarning tabiiy sharoitdagi ifodasini namoyon etsa, virtual tajriba esa ilmiy-

tahliliy yondashuv va modellashtirish orqali chuqur tushuncha hosil qilishni

ta’minlaydi[7]. Natijada, bu ikki yondashuvning uyg‘unligi optik hodisalarni

mukammal o‘rganish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa

: O‘tkazilgan tajribalar davomida linzaning fokus masofasini

aniqlashning real va virtual usullari o‘zaro taqqoslab o‘rganildi. Real tajribada linza va

tasvir orasidagi masofalarni bevosita o‘lchash orqali fokus masofasi topildi va optik

qonuniyatlar amalda tasdiqlandi. Virtual tajribada esa kompyuter simulyatsiyasi

yordamida linza va tasvir orasidagi masofalar aniq belgilandi va fokus masofasi tez va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

142

qulay tarzda hisoblab chiqildi. Har ikkala usul ham o‘zining afzalliklariga ega bo‘lib,

real tajriba ko‘proq an'anaviy va amaliy tajriba berar ekan, virtual laboratoriya esa

tezkorlik, takroriy tajriba o‘tkazish imkoniyati va murakkab holatlarni vizual tarzda

tushuntirishda katta yordam berdi. Umuman olganda, real va virtual tajribalarni uyg‘un

holda qo‘llash linzaning fokus masofasini yanada aniqroq va mukammal o‘rganishga

xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1]

«Virtual laboratoriyalar - so‘nggi o‘ttiz yillik tarixiy tahlil va bibliometrik tahlil

- Amrita Vishva Vidyapeetham». Просмотрено: 24 март 2025 г. [Онлайн].

Доступно на: https://www.amrita.edu/publication/virtual-laboratories-a-historical-

review-and-bibliometric-analysis-of-the-past-three-decades/

[2]

U. OMONQULOVA и F. TO‘RAXONOV, «FIZIKANI NAMOYISH

TAJRIBALAR

YORDAMIDA

TAKOMILLASHTIRISHNING

METODIK

ASOSLARI»,

Educational Research in Universal Sciences

, сс. 323–329, yil fevral

2024 г. [Онлайн]. Доступно на: https://zenodo.org/records/10652865

[3]

U. OMONQULOVA, F. TO‘RAXONOV, и S. ZAMONOVA, «FIZIKA

O‘QITISHDA NAMOYISH TAJRIBA QURILMALARINI YASASH MALAKA VA

KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI»,

TADBIRKORLIK VA

PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2025].

, сс. 100–

112,

20

февраль

2025

г.

[Онлайн].

Доступно

на:

https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/68412

[4]

U. Omonqulova, G. Choriyeva, и B. Toshtemirov, «Umumta’lim maktablarida

fizikadan namoyish tajribalarining o‘quv mazmundorligini aniqlash va ularni joriy

etish metodikasi. “Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari»,

Science and

innovation. ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

, 7 май 2024 г. [Онлайн]. Доступно на:

https://doi.org/10.5281/zenodo.11116057

[5]

«(PDF) Real Experiments versus Phet Simulations for Better High-School

Students’ Understanding of Electrostatic Charging», ResearchGate. Просмотрено: 24

март

2025

г.

[Онлайн].

Доступно

на:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

143

https://www.researchgate.net/publication/261142634_Real_Experiments_versus_Phe

t_Simulations_for_Better_High-

School_Students'_Understanding_of_Electrostatic_Charging

[6]

U. Omonqulova, A. Yo‘ldoshev, и J. Ochilov, «FIZIKANI O‘QITISHDA

ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN

(AKT) FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI»,

Journal

of universal science research

, 12 июль 2024 г. [Онлайн]. Доступно на:

https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/36309

[7]

U. Omonqulova и G. Choriyeva, «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA

FIZIKANI O‘QITISHDA EKSPERIMENTAL YONDASHUV»,

Science and

innovation. ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

, сс. 322–326, 7 май 2024 г. [Онлайн].

Доступно на: https://zenodo.org/records/11116073