Authors

  • Xoliyorova Aziza
  • Raxmatullayeva Rozifa

Author Biographies

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.87105

Keywords:

real labaratoriya virtual labaratoriya refraktometr yorug‘lik sinishi yorug‘lik dispersiyasi.

Abstract

Fizika fani eksperimental fan hisoblanadi. Shu sababdan fizikaviy qonuniyatlar va hodisalarni chuqurroq tushunish, ularni real hayotda qo‘llash imkoniyatlarini ochish uchun labaratoriya ishlarining o‘rni juda katta. Ushbu tezisda Oliy ta’lim muassalarida fizikadan yorug‘likning suyuqliklarda sinishi va dispersiyasining real va vertual tajribalar asosida o‘rganish tajribalarini bajarishga kompleks yondashuvning uslubiy asoslari tavfsiflangan. Fizika fanini o‘qitishda yangi bo‘lgan real va virtual tajribalardan foydalanish usullarining afzalliklari bayon qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

128

FIZIKADA YORUG’LIKNING SUYUQLIKLARDA SINISHI VA

DISPERSIYASINI REAL VA VERTUVAL TAJRIBALAR ASOSIDA

O’RGANISH

Xoliyorova Aziza

Xoliyorovaaziza038@gmail.com

Raxmatullayeva Rozifa

Rozifa4055605@gmail.com

DTP Fizika ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari

Annotatsiya: Fizika fani eksperimental fan hisoblanadi. Shu sababdan

fizikaviy qonuniyatlar va hodisalarni chuqurroq tushunish, ularni real hayotda

qo‘llash imkoniyatlarini ochish uchun labaratoriya ishlarining o‘rni juda katta. Ushbu

tezisda Oliy ta’lim muassalarida fizikadan yorug‘likning suyuqliklarda sinishi va

dispersiyasining real va vertual tajribalar asosida o‘rganish tajribalarini bajarishga

kompleks yondashuvning uslubiy asoslari tavfsiflangan. Fizika fanini o‘qitishda yangi

bo‘lgan real va virtual tajribalardan foydalanish usullarining afzalliklari bayon

qilingan.

Kalit so‘lar: real labaratoriya, virtual labaratoriya, refraktometr, yorug‘lik

sinishi, yorug‘lik dispersiyasi.

Kirish. Yorug‘likning sinishi.

Yorug‘lik bir muhitdan (masalan, havodan)

boshqa muhitga (masalan, suyuqlikka – suv, spirt, glitserin va boshqalar) o‘tganida

uning tarqalish yo‘nalishi o‘zgaradi. Bu hodisa yorug‘likning sinishi deyiladi.

Sinishning asosiy sababi – yorug‘likning har xil muhitlarda tarqalish tezligi farqli

bo‘lishidir. Suyuqlikda yorug‘likning tezligi havodagiga nisbatan kichikroq bo‘ladi,

shuning uchun yorug‘lik nurlari qiyshayadi.

Yorug‘likning sinish qonuni:

1.

Tushuvchi nur, singan nur va muhit chegarasiga nurning tushish

nuqtasidan o‘tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

129

2.

Tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati chegaradosh

muhitlarning optik xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas kattalik bo‘lib, uni ikkinchi

muhitning birinchi muhitga nisbatan nur sindirish ko‘rsatkichi deyiladi.

𝑠𝑖𝑛𝛼
𝑠𝑖𝑛𝛽

=

𝑛

2

𝑛

1

;

𝑠𝑖𝑛𝛼
𝑠𝑖𝑛𝛽

= 𝑛

12

; 𝑦𝑜𝑘𝑖 𝑛

1

∙ 𝑠𝑖𝑛𝛼 = 𝑛

2

∙ 𝑠𝑖𝑛𝛽.

Tushish va sinish burchaklari sinuslari nisbatining, yorug‘lik tezligi orqali

ifodasi:

𝑠𝑖𝑛𝛼
𝑠𝑖𝑛𝛽

=

𝑣

1

𝑣

2

.

Yorug‘lik nuri vakuumdan biror muhitga o‘tgan holda mazkur muhitning

vakuumga nisbatan sindirish ko‘rsatkichi muhitning absalyut sindirish ko‘rsatkichi

deyiladi.

𝑛 =

𝑐

𝑣

.

bu yerda:

𝑐

— yorug‘likning vakuumdagi tezligi,

𝑣

— yorug‘likning muhitdagi

tezligi.

Agar yorug‘lik absalyut sindirish ko‘rsatkichi

𝑛

1

bo‘lgan muhitdan absalyut

sindirish ko‘rsatkichi

𝑛

2

bo‘lgan muhitga o‘tsa, muhitlar absalyut sindirish

ko‘rsatkichlarining nisbati birinchi muhitning ikkinchi muhitga nisbatan nisbiy

sindirish ko‘rsatkichiga teng bo‘ladi:

𝑛

21

=

𝑛

1

𝑛

2

.

Nur optik zichligi (

𝑛

1

) kichik bo‘lgan muhitdan optik zichligi (

𝑛

2

) katta

bo‘lgan muhitga o‘tganida (

𝑛

1

< 𝑛

2

), tushish burchagi sinish burchagidan katta

bo‘ladi. (

𝛼 > 𝛽)

u holda

𝑣

1

> 𝑣

2

.

Nur optik zichligi (

𝑛

1

) katta bo‘lgan muhitdan optik zichligi (

𝑛

2

) kichik

bo‘lgan muhitga o‘tganida (

𝑛

1

< 𝑛

2

), sinish burchagi tushish burchagidan katta

bo‘ladi. (

𝛼 < 𝛽)

u holda

𝑣

1

< 𝑣

2

.

Yorug‘likning dispersiyasi.

Dispersiya – bu yorug‘likning turli to‘lqin

uzunliklari (ya’ni, ranglari) uchun muhitdagi tarqalish tezligining farqlanishi

hodisasidir. Buning natijasida oq yorug‘lik suyuqlikdan o‘tganda spektrga ajraladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

130

Dispersiya so‘zi lotincha

dispersio

— sochilish so‘zidan olingan. Yorug‘lik

dispersiyasini birinchi bo‘lib ingliz fizigi

I. Nyuton

kuzatgan. Dispersiya yorug‘lik

to‘lqin nazariyasi asosida tushuntirish mumkin bo‘lgan hodisalardan biridir.

Suyuqlikdagi dispersiya shuni ko‘rsatadiki, har xil rangdagi nurlar suyuqlikda

turli burchaklar ostida sinadi: Qisqa to‘lqinli (ko‘k) nurlar ko‘proq sinadi, Uzoq

to‘lqinli (qizil) nurlar esa kamroq sinadi. Natijada suyuqlik prizmasidan yoki

tomchisidan o‘tgan yorug‘lik spektrga — ranglarga ajralgan holda ko‘rinadi (masalan,

yomg‘irdan keyingi kamalak). Yorug‘lik suyuqlikka kirganda tezligi kamayadi va

yo‘nalishi o‘zgaradi (sinadi). Suyuqlikda har xil rangli nurlar turlicha sinadi, bu esa

dispersiyani keltirib chiqaradi. Dispersiya natijasida oq yorug‘lik ranglarga ajraladi.

Dispersiyani tavsiflash uchun D qiymati tanlanadi, u o‘rtacha dispersiya deb

ataladi va quyidagicha aniqlanadi:

𝐷 = 𝑛

𝐹

− 𝑛

𝐶

.

bu yerda:

𝑛

𝐹

va

𝑛

𝐶

mos ravishda

𝜆 = 486,1𝑛𝑚

(ko‘k chiziq,

𝐹

) va

𝜆 =

653,3𝑛𝑚

(qizil chiziq,

𝐶

) uchun vodorod spektridagi sinish ko‘rsatkichlaridir.

Amaliy ishlar uchun dispersiya koeffitsienti yoki Abbe soni (

𝑉

) ko‘proq

ishlatiladi:

𝑉 =

𝑛

𝐷

− 1

𝑛

𝐹

− 𝑛

𝐶

,

bu yerda:

𝑛

𝐷

— to‘lqin uzunligi

𝜆 = 589,3𝑛𝑚

uchun sinish ko‘rsatkichi (ikkita

yaqin sariq natriy chiziqlari uchun

𝐷

o‘rtacha qiymati). D – o‘rtacha dispersiyani

bildiradi: ko‘k va qizil chiziqlar uchun sinish ko‘rsatkichlari farqi.

𝑉

– Abbe soni:

dispersiya ta’sirini hisobga olgan holda muhitning sinishi xossalarini ifodalaydi.

Yorug‘likning suyuqliklarda sinishi va dispersiyasini real va vertual

labaratoriya asosida kuzatdik.

Real laboratoriya

bu — o‘quvchi yoki talabaning fizik hodisalarni bevosita

tajriba orqali o‘rganadigan, uskunalar bilan ishlaydigan va o‘lchov olib boradigan

muhitdir. Bunda haqiqiy yorug‘lik manbalari, linzalar, prizmalar, qabul qiluvchilar va

o‘lchov asboblari ishlatiladi.

Real labaratoriyada kerakli jihozlar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

131

Uskunaning tarkibi: 1 - yorug‘lik manbai; 2 - yorug‘lik filtrlarini mahkamlash

uchun mandrel; 3 – kollimator ob’ektiv; 4 - aylanuvchi stol; 5 - ichi bo‘sh prizma; 6-

kichik ekran; 7 - katta ekran; 8 - optik skameyka; 9 – baholovchi.

Real laboratoriyaning asosiy afzalligi shundaki, u talabaning qo‘lda ishlash

ko‘nikmasini, amaliy bilimini, kuzatuvchanligini va ehtiyotkorlikni rivojlantiradi.

Masalan, optik skameyka yordamida sinish burchagi yoki dispersiya hodisasini

o‘lchaganda, talabalar buni o‘z qo‘llari bilan amalga oshiradi, bu esa bilimni ongli va

chuqur qabul qilishga xizmat qiladi.

Refraktometr — bu suyuqliklar, qattiq jismlar yoki gazlarning sinish

ko‘rsatkichini (refraksion ko‘rsatkichini) aniqlash uchun ishlatiladigan optik asbobdir.

Refraktometrda yorug‘lik bir ma’lum burchak ostida namunaga (masalan,

suyuqlikka) yo‘naltiriladi. Sinish hodisasi ro‘y bergach, hosil bo‘lgan kritik burchak

(chegara burchagi) yoki yorug‘lik tarqalishi orqali sinish ko‘rsatkichi aniqlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

132

Refraktometr (o‘ng ko‘rinish): 1- holat; 2 - ko‘zoynak; 3- yorug‘lik / soya

chegarasini va ko‘rsatkichlar shkalasini siljitish uchun volan; 4-kompensator

volan; 5-haroratni nazorat qilish uchun ulanishlar

Refraktometr (chap ko‘rinish): 1- korpus; 2 - yorituvchi prizma bilan

harakatlanuvchi ramka; 3 - termometr; 4 - damper; 5 - o‘lchov prizmasi

bo‘lgan ramka; 6 - yig‘iladigan oyna; 7- korpus qopqog‘i; 8 – volanning

mahkamlagichi; 9 - optik detal; 10 - haroratni nazorat qilish uchun fitting; 11-

prizmani sozlash vinti (korpusning orqa devorida)

Virtual laboratoriya

— bu kompyuter yoki planshet orqali simulyatsiya

qilingan tajriba muhiti bo‘lib, talaba unda turli fizik hodisalarni (yorug‘likning sinishi,

interferensiya, difraksiya va boshqalar) vizual tarzda bajara oladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

133

Bunday laboratoriyalar juda qulay, tejamkor va tez bajariladigan bo‘lib,

istalgan joyda — maktabda, uyda yoki onlayn ta’limda ishlatilishi mumkin. Masalan,

“PhET” dasturi yordamida talabalar bir necha soniya ichida muhit sinish

ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishi, burchakni sozlashi yoki to‘lqin uzunligini o‘zgartirib

natijani darhol ko‘rishi mumkin.

Keling virtual laboratoyida olingan natijalarni ko‘rib chiqamiz.

1-rasm.Yorug‘likning sinishi

𝑛

1

-havo va

𝑛

2

-suv chegarasida.

Havo ichida harakatlanayotgan yorug‘lik nuri suv yuzasiga ma’lum bir burchak

ostida kelib tushmoqda. Suvga o‘tganda yorug‘likning tarqalish yo‘nalishi o‘zgaradi

— sinish yuz beradi. Sinish qoidasiga ko‘ra, nur zichroq muhitga (suvga) o‘tganda

uning tarqalish yo‘nalishi normal chiziqqa yaqinlashadi (sinish burchagi tushish

burchagidan kichikroq bo‘ladi).Xulosa shuki Havo-suv chegarasida yorug‘lik

suyuqlikdagi (suvdagi) harakatida tezligini kamaytiradi va yo‘nalishini normallik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

134

chizig‘iga yaqinlashtiradi. Sinish burchagi har doim kirish burchagidan kichikroq

bo‘ladi, chunki suv havoga nisbatan optik zichroq muhitdir.

2-rasm.Yorug‘likning sinishi

𝑛

1

-havo va

𝑛

2

-shisha chegarasida.

Havo ichida harakatlanayotgan yorug‘lik nuri shisha yuzasiga ma’lum bir

burchak ostida kelib tushmoqda. Shishaga o‘tganda yorug‘lik nuri sinib, normallik

chizig‘iga (vertikal) yaqinlashadi. Bu tajribada yorug‘lik nurining intensivligi ham

o‘lchangan: 90,81% yorug‘lik o‘tmoqda (qolgan qismi qaytmoqda). Xulosa shuki

Havo-shisha chegarasida yorug‘likning sinish darajasi suvnikidan kattaroq bo‘ladi,

chunki shisha suvga nisbatan optik jihatdan zichroq. Yorug‘lik shishaga kirganda

tezligi keskin kamayadi, va tarqalish normallik chizig‘iga yaqinlashadi. Yorug‘lik

nurlarining 90,81% qismi shisha ichiga o‘tmoqda, bu yuqori o‘tish koeffitsientini

ko‘rsatadi.

3-rasm. Yoru’glik dispersiyasi. Havoda (

𝑛

1

)

turgan ichi suv (

𝑛

2

)

bilan

to‘ldirilgan prizmadan o‘tayotgan oq yorug‘lik.

Virtual laboratoriya kuzatuvi: Atrof-muhit: Havo, sinish ko‘rsatkichi

𝑛

1

=

1,00

. Prizma ichida: Suv to‘ldirilgan, sinish ko‘rsatkichi

𝑛

2

= 1,33

. Oq yorug‘lik

havoda harakatlanib, suv bilan to‘ldirilgan prizmaga kiradi. Prizma yuzasida yorug‘lik

sinadi va prizmaning ichidan o‘tganda ikkinchi marta sinadi. Sinish natijasida oq

yorug‘lik ranglarga ajraladi — ya’ni, dispersiya hodisasi kuzatiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

135

Prizmadan chiqqandan so‘ng yorug‘lik spektral ranglarga tarqalayapdi: Violet

(ko‘k), indigo, ko‘k, yashil, sariq, to‘q sariq va qizil ranglar. Har bir rang nurning

to‘lqin uzunligi turlicha, shuning uchun suvdagi sinish ko‘rsatkichi ham to‘lqin

uzunligiga bog‘liq tarzda o‘zgaradi. Qisqa to‘lqin uzunlik (masalan, ko‘k rang) suvda

ko‘proq sinadi, uzun to‘lqin uzunlik (masalan, qizil rang) esa kamroq sinadi.

XULOSA.

Havo–suv prizmali tizimda oq yorug‘lik spektrga ajraladi.Ko‘k va

binafsha nurlar ko‘proq sinadi, qizil nurlar esa kamroq sinadi. Natijada, biz

yorug‘likning tabiiy spektrini (kamalak ranglarini) ko‘ramiz.

Real laboratoriyaning asosiy afzalligi shundaki, u talabaning qo‘lda ishlash

ko‘nikmasini, amaliy bilimini, kuzatuvchanligini va ehtiyotkorlikni rivojlantiradi.

Masalan, optik skameyka yordamida sinish burchagi yoki dispersiya hodisasini

o‘lchaganda, talabalar buni o‘z qo‘llari bilan amalga oshiradi, bu esa bilimni ongli va

chuqur qabul qilishga xizmat qiladi.

Ammo real laboratoriyaning kamchiliklari ham mavjud. Uskunalar qimmat

bo‘lishi mumkin, ularni doimiy sozlash va saqlash kerak. Har bir talabaga alohida vaqt

kerak bo‘ladi, bu esa o‘quv jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, real tajribalarda

xatoliklar ko‘p bo‘ladi — noto‘g‘ri o‘rnatilgan burchak yoki chiroq yo‘nalishi

natijalarni buzishi mumkin. Yana bir muhim jihat – xavfsizlik masalasi. Masalan, lazer

nurlarini ishlatishda ko‘zga tushmasligi uchun ehtiyot bo‘lish talab etiladi.

Virtual laboratoriyaning eng katta afzalligi — u 100% xavfsiz, tezkor,

interaktiv va ko‘plab tajribalarni qisqa vaqtda bajarish imkonini beradi. Talaba

istalgancha xatoga yo‘l qo‘yishi, uni tuzatishi va takror-takror sinovlar o‘tkazishi

mumkin.

Ammo bu laboratoriyalarda haqiqiy amaliyot hissi yo‘q. U real hayotdagi

muammolarni yechishga emas, balki nazariy tushunchani aniqlashtirishga xizmat

qiladi. Asbobni qo‘lda sozlash, burchakni aniqlash yoki ko‘z bilan bevosita ko‘rish

tajribasi bo‘lmaydi. Bu esa, ayniqsa, texnik soha mutaxassislari uchun yetarli emas.

Real va virtual laboratoriyalar har biri o‘z o‘rnida foydali va ta’lim jarayonining

muhim bo‘g‘inlaridir. Real laboratoriyalar talabalarga haqiqiy tajriba orttirish, qo‘lda

ishlash va fizik hodisalarni bevosita kuzatish imkonini bersa, virtual laboratoriyalar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

136

tejamkorlik, xavfsizlik, mustaqil o‘rganish va ko‘rgazmali tahlil qilishda juda

foydalidir.

Shuning uchun zamonaviy fizika va tabiiy fanlar ta’limida ikkala usulni

birgalikda ishlatish eng to‘g‘ri yondashuv hisoblanadi. Avval virtual laboratoriyada

nazariy tushuncha beriladi, so‘ng real laboratoriyada amaliy ko‘nikma hosil qilinadi.

Bu esa o‘quvchining fizik tafakkurini, tajribaviy bilimini va hayotiy muammolarni hal

qilish salohiyatini kuchaytiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

U. Omonqulova, F. To‘raxonov, & Sh. Zamonova, «Fizika o‘qitishda namoyish

tajriba qurilmalarini yasash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi»,

Tadbirkorlik va Pedagogika. Ilmiy-uslubiy jurnal. ISSN: 2181-2659. [1/2025]., сс.

100–112,

20

февраль

2025

г.

[Онлайн].

Доступно

на:

https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/68412

2.

U. Omonqulova и G. Choriyeva, «Umumta’lim maktablarida fizikani o‘qitishda

eksperimental yondashuv», Science and innovation. Aniq va tabiiy fanlarning

rivojlanish istiqbollari” Respublika ilmiy-amaliy anjumani, сс. 322–326, 7 май 2024

г. [Онлайн]. Доступно на:

https://zenodo.org/records/11116073

3.

«PQ-5032-сон 19.03.2021. Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy

tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». Просмотрено: 16 март 2025

г. [Онлайн]. Доступно на:

https://lex.uz/uz/docs/-5338558

4.

U. Omonqulova & F. To‘raxonov, «Fizika fanini real va virtual namoyish

tajribalar asosida o‘qitish», Educational Research in Universal Sciences, сс. 110–117,

25

декабрь

2024

г.

[Онлайн].

Доступно

на:

https://researchweb.uz/index.php/erus/article/view/197

5.

U. Omonqulova & F. To‘raxonov, «Fizikani namoyish tajribalar yordamida

takomillashtirishning metodik asoslari», Educational Research in Universal Sciences,

сс.

323–329,

yil

fevral

2024

г.

[Онлайн].

Доступно

на:

https://zenodo.org/records/10652865

6.

U. Omonqulova, A. Yo‘ldoshev, и J. Ochilov, «Fizikani o‘qitishda zamonaviy

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning afzalliklari va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

137

kamchiliklari», Journal of universal science research, 12 июль 2024 г. [Онлайн].

Доступно

на:

https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-

research/article/view/36309

7.

U. Omonqulova, G. Choriyeva, и B. Toshtemirov, «Umumta’lim maktablarida

fizikadan namoyish tajribalarining o‘quv mazmundorligini aniqlash va ularni joriy

etish metodikasi. “Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari», Science and

innovation.

7

май

2024

г.

[Онлайн].

Доступно

на:

https://doi.org/10.5281/zenodo.11116057

8.

U. Omonqulova, M. Xolmurodov, и D. Hakimov, “Umumta’lim maktablarida

fizika о’qitishda zamоnaviy namоyish tajribalar asоsida takоmillashtirish”, Science

and innovation. Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari” respublika ilmiy-

amaliy anjumani, сс. 529–532, 7 май 2024 г. [Онлайн]. Доступно на:

https://doi.org/10.5281/zenodo.11147306

9.

F. To‘raxonov, «Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirishning metodik

asoslari.», Pedagogik mahorat ilmiy-nazariy va metodik jurnal, сс. 105–108, 20

декабрь

2021

г.

[Онлайн].

Доступно

на:

https://buxdu.uz/media/jurnallar/Pedagogik%20mahorat%202021%20yil%206-

%20son.pdf

10.

F.

To‘raxonov,

«Ixtisoslashgan maktablarda fizikaviy jarayonlarni

modellashtirish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotlar tahlili», Ta’lim va

innovatsion tadqiqotlar xalqaro ilmiy – metodik jurnal, сс. 174–177, 12 февраль 2022

г.