MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_Май –2025
16
PSIXODIAGNOSTIK METODLAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi
Baxriddinova Dilnura
Parmonova Durdona
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalrida
olib borilayotgan psixodiagnostik metodikalar va ulardan foydalanish orqali
bolalardagi psixologik bilish jarayonlarini, psixologik holatlari va xususiyatlarini
aniqlab olish to’xtalib o’tamiz.
Kalit so’zlar:
Psixodiagnostika, metod,usul, bilim, ko’nikma, malaka, yosh
xususiyatlari, taraqqiyot, o’yin
Абстракт:
В данной статье мы остановимся на методах
психодиагностики детей в дошкольных образовательных учреждениях и
выявлении психологических познавательных процессов, психологических
состояний и особенностей детей посредством их использования.
Ключевые слова:
Психодиагностика, метод, знания, умения,
компетентность,
возрастные особенности, развитие, игра.
Abstract:
In this article, we will focus on the psychodiagnostic methods of
children in preschool educational institutions and the identification of psychological
cognitive
processes, psychological states and characteristics of children through
their use.
Key words:
Psychodiagnostics, method, method, knowledge, skills,
competence, age characteristics, development, game.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni
bolalarning qobiliyat va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular
shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika jarayonining mahsuldorligi
pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilarini yaxshi bilishiga, ta’lim va tarbiyaning xilma-
xil metodlarini qo‘llashiga bog‘liq. Psixologiya fan sifatida tarbiyachiga tayyor
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_Май –2025
17
retseptlarni bera olmaydi. Bunday ko‘nikmalar bolalar bilan bevosita muloqot
jarayonida, bola xulq-atvori motivlarini, shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish
jarayonida egallanadi. Bu haqda K.D. Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Biz unday
yoki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga Siz boshqarmoqchi bo‘lgan
psixik hodisalarning qonuniyatlarini o‘rganing va ularga mos ravishda harakat
qiling», — deymiz.
Taraqqiyotdan chetlashish yoki buzilish sodir bo‘lgan holatlar chegara
holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi sifatida, shaxs aksentuatsiyasining turli
ko‘rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi,
klinik potopsixologiya va psixiatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan
tashqari tarbiyachiga akseleratsiya (tez yetilish), pedagogik qarovsizlik kabi
muammolarni hal qilishga to‘g‘ri keladi. Tarbiyachi ta’lim va tarbiyadagi
qiyinchiliklar nima uchun va qanday qilib paydo bo‘lishini tushunishi uchun, u avvalo
bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turlipsixik holatlarni
psixologik diagnostika metodlarini egallashi zarur. Tarbiyachining
psixodiagnostik tadqiqot yoki doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalarni
bolalar bilan ishlashda qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi.
Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida
vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o‘lchash g‘oyasi keng tarqaldi.
Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixika-
sidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog‘langan
.Psixodiagnostika
psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va
tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va
xususiyalari haqidagi xulosalaridan iboratdir. Psixologik diagnoz (diagnosis
grekcha aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi) shaxs individual-psixologik
xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytib
berish (prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib
chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining
so‘nggi natijasidir.
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‘yishning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_Май –2025
18
3 bosqichi farqlanadi:
1)
simptomatik diagnozda dasturi mavjud har qanday EXM bajarishi mumkin
bo‘lgan tadqiqotdan olingan natijalar qayta ishlanadi;
2)
etnologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning
mavjudligini emas, balki
uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi;
3)
tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishidan olingan natijalarning
ahamiyati va o‘rni aniqlanadi.
Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh
davri uchun yetakchi faoliyat turining ta’siriga, individual tipologik
tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog‘liq ravishda ba’zi xususiyatlarga ega.
Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va
vazifalarini talab qiladi.
Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh va pedagogik
psixo-logiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan natijalar yordamchi xarakterga ega
bo‘lib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda
qo‘llaniladi. Bunda ta’lim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda: faoliyatda,
muloqotda va boshqalarda (shaxs xulq-atvorixarakteristikalarini tuzishda) hisobga
olinadi.
Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, bog‘chada, maktab va
boshqa jamoat joylarida individual va guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar
sxemasini tuzishda qo‘llanishimumkin. Tarbiyachi o‘z ishida doimo bolalar
psixofizik taraqqiyoti masalalari bilan to‘qnashadi. Uni vaqtinchalik natijalargina
emas, (masalan, yarim yillikning oxiriga kelib bolalarning egallagan ko‘nikma,
malakalari kabi), balki u yoki bu jismoniy va ruhiy sifatlar rivojlanishining
istiqbollarini aytib beradigan natijalar qi- ziqtiradi.
Bolalar bog‘chalarida psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni
hal qiladi:
1. Diagnostika uchun zarur ma’lumotlarni olish.
Bunda bolaning psixik
holati va shaxsiy xususiyatlaridagi ba’zi belgilarining ko‘rinishini o‘rganish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_Май –2025
19
maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar yordamchi
xarakterga ega bo‘lib, bola xulqatvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning
psixik funksiyalari, taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalaniladi. Masalan:
mashg‘ulotda bola diqqatining beqarorligi, diqqatini bir joyga to‘plashga qiynalishi,
aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg‘ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin
xulq-atvorning ko‘rsatilgan belgilari (bilan) bola xulqatvori ehtiyojlari va motivlari
ierarxiyasining (bosqichma-bosqich) o‘zgarishi natijasi bo‘lishi mumkin. Bunda
shaxs nonormal holati ko‘rinishlaridan biriga, yoki miya yetishmovchiliklarining
funksional belgilariga duch keladi. Ikkala holatda ham u yoki bu bola o‘zlashtirishi
va intizomining pasayishi tashqaridan sezilsada, psixodiagnostik tadqiqotlarda
o‘rganilayotgan o‘zgarishlar manbalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bo‘lishining
psixologik holat belgilari ham o‘rganiladi. Psixodiagnostik tadqiqotlar bola psixik
funksiyalari rivojlanish darajasining aqliy taraqqiyot darajasi, yosh va ma’lumot bilan
o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish uchun ham o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar bolada ma’lum
qiziqishlar, amaliy malakalar va kasb tanlash payti kelganda juda muhimdir.
2. Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlarni
to‘plash.
3.
Bolaning psixik hayot taraqqiyoti xususiyatlari rivojlanishining ta’lim va
tarbiya jarayonida o‘rganish orqali zaruriy ma’lumotlar to‘planadi. Bunda
psixologiyaning ilmiytadqiqot metodlaridan foydalaniladi.
O‘yin va o‘qish faoliyatida ko‘p martalab o‘tkazilgan eksperimental-
psixologik tadqiqotlar bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishida ma’lum
faoliyatning ta’sir ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Bolada o‘tkazilgan psixodiagnostik
tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga egadir, chunki qo‘llanilgan turli
metodlarning o‘quv- tarbiyaviy ta’sirini hisobga olgan shaxs rivojlanishi istiqbollarini
aniqlash imkoni yaratiladi. Tarbiyachi eksperimental-psixologik tadqiqotlarni
qanchalik ko‘p o‘tkazsa, tajribasi shunchalik ortib boradi. U quyidagilarni o‘z ichiga
oladi: bola faoliyatining xu- susiyatlarini o‘yin va o‘quv vaziyatlarida tahlil qilish;
maktab, bolalar bog‘chasi, oila sharoitiga moslashish, moslasha olmaslik darajasini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_Май –2025
20
aniqlash; bolaning ichki hayotini tushunib olish istagi; shaxs xususiyatlarini har
tomonlama rivojlantirishda unga har qanday yordam ko‘rsatish.
Bo‘lajak tadqiqotchi o‘zida quyidagi sifatlarni shakllantirishi lozim:
a) tadqiqot qarorlarini tez va aniq tuzish;
b) o‘z diqqatini bola topshiriqni qanday bajarayotganligiga va uning xulq-
atvorini kuzatishga qaratish;
d) bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, uning hamma aytganlarini yozib, uning
xulqidagi ba’zi reaksiyalarni to‘g‘ri baholash qobiliyatini yo‘qotmaslik va boshqalar.
Quyidagi kuzatishni keltiramiz: tarbiyachi bog‘chada mashg‘ulotlar
o‘tkazish jarayonida Gulnora ismli qizning xulq- atvorida ba’zi boshqalarnikiga
o‘xshamagan xususiyatlarni payqab qoldi. Qiz mashg‘ulotlarda tez chalg‘ib ketadi,
ko‘pincha pari- shonxotir. Tarbiyachi topshirig‘ini tez bajarmaydi. Bir topshiriqni
qo‘yib ikkinchisiga tez o‘tib ketadi, ishni oxiriga yetkazmaydi. O‘quv topshiriqlari
bajarilmaydigan boshqa vaqtda esa o‘zgalardan farq qilmaydi. Qizning diqqat,
tafakkur, hissiy holatini o‘rganish uchun bog‘chada tadqiqot o‘tkazildi. Tekshiruv
natijalari shuni ko‘rsatadiki, qizning psixik jarayonlarida hech qanday o‘zgarish
yo‘qligi tasdiqlandi. Topshiriqni bajarish vaqtida charchash, faol diqqat darajasining
pastligi kuzatilgan. Lekin bu xususiyatlar sinaluvchi diqqatini ishning boshqa
shakliga ko‘chirish bilan osonlikcha bartaraf etilgan. Tarbiyachining vazifasi qizga
ta’sir etayot- gan boshqa omillarni to‘g‘ri aniqlash, individual ish olib borish,
ko‘rsatilgan xususiyatlarni yo‘qotishdan iborat. Bu tadqiqot na- tijasi shuni
ko‘rsatadiki, qizdagi ixtiyoriy diqqat darajasining, ish qobiliyatining pastligi o‘zining
obyektiv sabablariga ega. Qizning 3 yoshgacha rivojlanish tarixidan ma’lum bo‘ldiki
u asfiksiya (kislorod yetishmasligi) bilan tug‘ilgan, tug‘ruqdan so‘ng bosh miyasi
yallig‘langan. Uzoqroq ish faoliyatida bu narsa o‘z ta’sirini ko‘rsatgan, qiz tez
charchab qolgan. Tarbiyachi qiz bilan ishlaganda shularni hisobga olishi zarur.
4.
Aqli zaiflik darajasini, yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik
kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar maxsus yoki
yordamchi maktabda o‘qish haqida ma- sala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik
hay’at (komissiya) tomonidan foydalanishi mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_Май –2025
21
5.
Bolalarda paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi psixik holatlarni
tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologok tadqiqot o‘tkazish. Vazifa bunday
qo‘yilganda tadqiqotchini qiziqtirgan masala katta guruhlarda o‘tkaziladi. Bu yerda
olingan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. M.G. Davletshin, Sh. Do‘stmuhamedova, M. Mavlonov, S. To‘ychiyeva.
Yosh
davrlari va pedagogic psixologiya (o‘quv-me- todik qo‘llanma). TDPU, — T.: —
2004.
2.
Z. Nishanova.
Bolalar psixodiagnostikasi. TDPU nashriyoti. Toshkent — 1998.
3.
M. Rasulova, D. Abdullayeva, S. Oxunjonova.
Bolalarning maktabga psixologik
tayyorligi. — Toshkent. — 2003.
4.
S.X. Jalilova va boshqalar.
Shaxsning psixik taraqqiyoti diagnostikasi. —
Toshkent. —2009.
6.
Melikboboyevich, S. U., Abdukarimovich, Y. T., & Erkinovich, N. S. (2023). THE
ROLE
OF FAMILY VALUES IN THE PREVENTION AND ELIMINATION
OF CHILD AGGRESSIVENESS IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE
FAMILY.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(11),
275-277.
7.
Melikboboyevich, S. U., & Abdukarimovich, Y. T. (2023). THE ROLE OF
PSYCHOLOGICAL SERVICES IN THE TREATMENT OF PERSONAL
AGGRESSION.
SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR
,
1
(3), 26-
30.