Authors

  • Akbar Malikov

Author Biography

  • Akbar Malikov

    Respublika baxshichilik san’ati markazi xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.91391

Keywords:

Usta xalq hunarmandchiligi cholg’u asbobi baxshichilik doston usta

Abstract

Ushbu maqolada xalq og’zaki ijodining asosiy qismi bo’lgan baxshichilik san’ati va bu san’atda ishlatiladigan cholg’u asboblari va ularni yasovchi usta-hunarmandlarning faoliyati haqida fikr yuritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_Май –2025

3

XALQ OG’ZAKI IJODIDA USTA –HUNARMANDLARNING O’RNI

Akbar Malikov

Respublika baxshichilik san’ati markazi xodimi

Kalit so’zlar:

Usta, xalq hunarmandchiligi, cholg’u asbobi, baxshichilik,

doston, usta

Annotatsiya:

Ushbu maqolada xalq og’zaki ijodining asosiy qismi bo’lgan

baxshichilik san’ati va bu san’atda ishlatiladigan cholg’u asboblari va ularni

yasovchi usta-hunarmandlarning faoliyati haqida fikr

yuritilgan.

O‘tmishda

baxshi xalqona usullarda bilan bemorni davlovchi tabib, ayrim

hududlarda ustoz maʼnolarini anglatgan.

Olimlarning eʼtirof etishicha, “baxshi” so‘zi

ustoz, maʼrifatchi

degan

maʼnolarni anglatadi. Mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning “Munshaot” asarida

bu so‘z kotib, mirzo maʼnolarida qo‘llanilgan. O‘zbeklarda baxshi deb atalgan xalq

ijodkorlari boshqa turkiy xalqlarda ham mavjud bo‘lib, qoraqalpoqlarda jirov,

qozoqlarda oqin, qirg‘izlarda manaschi, mo‘g‘ullarda to‘lchi, o‘g‘uzlarda uzan

deyiladi.

Maʼnaviyat o‘tmish zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini,

jamiyatda tutgan o‘rnini, el - yurtga, vatanga, insonlarga ularga bo‘lgan o‘zaro

munosabatini, asosiy omili hisoblanadi. Mustaqillik, umuman, xalq qadriyatlariga,

xususan, xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan munosabatda keskin ijobiy o‘zgarish yasadi.

Xalq og‘zaki ijodi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan maʼnaviy boyligi – pand,

o‘gitlari, el-yurt qadrini eʼzozlash, millatimiz g‘ururini himoya qilishdek oliy

tuyg‘ular bilan bog‘lanadi. Haqiqatan ham, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik,

avvalo, milliy qadriyatlarga sadoqat mezoni bilan o‘lchanadi. Zero o‘z qadrini

bilmagan farzand o‘zganing qadriga yetmaydi. Xalqimiz og‘zaki ijodidagi asarlarda

esa aynan ana shu g‘oya o‘z ifodasini topgan.Xalqimizning haqiqiy farzandlari saʼy-

harakati bilan “Xalq og‘zaki ijodi” turkumida “Alpomish” dostoni, Ergash


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_Май –2025

4

Jumanbulbul, Fozil shoir, Po‘lkan, Islom shoir, Bola baxshi ijro etgan epos

namunalari,

xalq

dostonlari,

xalq qo‘shiqlari, ertaklari, askiya, latifa,

topishmoqlarning nashr qilinishi nur ustiga nur bo‘lib, ayni kunlarda ham, baxshilar

yonib–kuylab doston, terma kabilarni ijro etar ekan, baxshichilik asboblari yasovchi

usta–hunarmandlar cholg‘u asbobini yasash mashaqqat - qiyinchiliklarga bas kelib

cholg‘ularni yasar ekanlar, ular xalq oldida o‘zlarini burchlarini bajarishni lozim

bilib, yosh avlodning maʼnaviy dunyoqarashlarini boyitib borish, uni haqiqiy inson

darajasiga yetishishi maqsadida tinimsiz mehnat qilib kelishayotganliklarini alohida

aytib o‘tish kerak

.

Baxshi

– so‘zi lug‘atlarda turkiy so‘z bo‘lib, murabbiy va muallim

maʼnolarini anglatadi, umuman, tarbiyachi, yetakchi, yo‘lboshchi kabi talqinlar ham,

tarbiyalanuvchi baxshi nomini olgan va mustaqil faoliyat boshlagan soz

ijrochisi,

voqea rivojini sheʼrga joylab, so‘ng uni kuyga solib, do‘mbirasidan yangrayotgan

ohang, baxshining ohangrabo ovozi, jo‘shqinlik ila berilib doston ijro etganida,

tinglovchi qalbi torini beixtiyor chertib o‘tadi, hayot chig‘iriqlarini yengib o‘tishda

doston, ertak eng yaqindo‘st, beminnat maslahatchi, maslakdoshdir.

Yurtimizda doston kuylash anʼanasi qadimda uch yo‘nalishda rivojlangan:

Birinchi yo‘nalish — Bulung‘ur, Narpay, Nurota, Qo‘rg‘on, Shahrisabz,

Qamay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbek-laqay dostonchilik

maktablarida do‘mbira chertib yakka holda, bo‘g‘iz ovoz bilan ijro etilgan.

Ikkinchi yo‘nalish — Xorazmda tor, dutor, g‘ijjak, garmon, bulamon, qo‘shnay, doira

jo‘rligida baʼzan yakka, baʼzan juft holda, ochiq ovoz bilan ijro etilgan.

Uchinchi yo‘nalish — Farg‘ona vodiysida dutor jo‘rligida ochiq ovozda aytilgan.

Albatta biz dostonlarning shoirlar hamda baxshilar tomonidan og‘zaki shaklda kuylab

kelingan ikki xil turi bilan tanishmiz. Baxshilar tomonidan kuylangan dostonlarda

ham nasr, ham kuyga solib aytiladigan sheʼriy misralardan iborat bo‘lgan, baxshi

doston parchalarni bir zumda to‘qib ketadigan shoir, dostondagi nasriy parchalarni

yoddan o‘qiyotganda badiiy so‘z ustasidir (baxshilar orasida tez-tez savol – javob

tarzida aytishuvlar amalda ijro etilib, bu xildagi tortishuv – musobaqalashib

kuylangan terma, aytimlar xalqni yanada qiziqtirib, zavqlantirgan, baxshilarning

tezda topqirlik bilan javoban qoyillatib kuylashlari xalq orasida ko‘p yillar bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_Май –2025

5

holatlarni xotirlab eslab yurganlar). Baxshilar tomonidan ijrochilik yo‘nalishi

baxshichilik sanʼati deyiladi.

Xalq – omma orasida, “yaratgandan yuqtirgan” degan

iborani ko‘p marotaba eshitganmiz, bu ibora aynan soz, cholg‘u asboblari yasovchi

usta – hunarmandlarga ham mos bo‘lib, xalqga manzur bo‘ladigan cholg‘u asboblari

yasash jarayonidagi nihoyatda mashaqqatli mehnatiga qaramasdan usta hunarmandlar

o‘z ishini sidqidildan avloddan – avlodga o‘z kasblariga fidoyi qolgan xolda asbob

yasashda davom etib kelmoqdalar. Tarbiyachi, o‘qituvchi, shifokor va ko‘plab xalq

farovonligi yo‘lida beminnat xizmat qilib kelayotgan soha vakillari qatoriga hech

ikkilanmasdan cholg‘u asbobi yasovchi usta – xunarmandlarni ham kiritsak bo‘ladi,

chunki cholg‘u asbobi yasash uchun avvalo xomashyoni o‘zini tayyorlashning

o‘zigagina 2 yil vaqt ketishini,

O‘tgan asrgacha bugungidek matbuot, o‘quv

dargohlari, madaniyat markazlari, radio, televideniye, internet kabi taʼlim, yoshlarga

yaratilgan shart-sharoitlar bo‘lmagan. Bu vazifalarni bajarish, asosan, xalq og‘zaki

ijodi zimmasiga yuklatilgan. Bu yo‘lda

hamma birdek faoliyat yuritgan, boshqa soha

vakillarini ham taʼkidlash lozim, masalan: do‘ppido‘z do‘ppi tiksa, temirchi

temirchiligi va kabilar orqali yosh avlodni baxoliqudrat o‘z kasbkori orqali

tarbiyalashgan, kasb–hunari sirlari bilan o‘rtoqlashib borganlar.

Natijada, xalq

og‘zaki ijodi, xalq kasb-hunarmandchiligi xalq pedagogikasi zaminini tashkil etgan.

Bugungi kunda ham eʼtiqodi, kasb – hunariga sodiq qolgan holda, xududlarda faoliyat

yuritishda davom ettirib kelishmoqda.

Baxshichilik musiqa cholg‘u asbobi yasovchi usta – hunarmandlar;

Jo‘rayev

Tog‘aynazar Eshboyevich, Shaydilov Normurod,

Jabborov Mustafakul Xusan o‘g‘li,

Daniyev

Elmurat,

Jurayev

Axmat

Shaturayevich,

Ashurov

Abdurashid

Abdullayevichlarning faoliyatini alohida e’tirof etish kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

:

1. Mirziyoyev Sh. M. “Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi

prizident qarori // Xalq so‘zi. ‒ Toshkent, 2018 yil 2 noyabr.

2. Abdullayev H. So‘z sehri. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2005.–B. 4-11.

Matyoqubov B. Doston navolari. Toshkent, 2009 y.

3.

Matyaqubov B. Doston ijrochilarini o‘qitish uslubiyati. Toshkent, 2021 y.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_Май –2025

6

4.

Matyoqubov B. Dostonlarni musiqiy xususiyatlarini oʻrganish. I- kitob

Toshkent, 2024 y.

5.

Matyoqubov B. Dostonlarni musiqiy xususiyatlarini oʻrganish. II-

kitobToshkent, 2024 y.