Authors

  • Erkaboyeva Shohsanam Shamsiddinovna

Author Biography

  • Erkaboyeva Shohsanam Shamsiddinovna

    Fargʼona viloyati Dangara tumani MMTB tasarrufidagi 6-umumiy ta'limi maktabi amaliyotchi psixologi

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.92587

Keywords:

tobelik xulqi og’ishganlik deviatsiya addiktiv xulq atvor.depressiv xulq agressiya

Abstract

Xulq, xulq-atvor - axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning feʼl atvori bilan bogʻliq axloqiy hodisa boʻlib, kishi feʼlining axloqiylik doirasida namoyon boʻlishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari xulqdan tashqari odob va axloqni oʻz ichiga oladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

38

BOLALARDA XULQ -ATVOR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK

BOSQICHLARI

Erkaboyeva Shohsanam Shamsiddinovna

Fargʼona viloyati Dangara tumani MMTB tasarrufidagi 6-umumiy ta'limi

maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya: Xulq, xulq-atvor - axloqshunoslik tushunchalaridan biri.

Insonning feʼl atvori bilan bogʻliq axloqiy hodisa boʻlib, kishi feʼlining axloqiylik

doirasida namoyon boʻlishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-

harakatlari xulqdan tashqari odob va axloqni oʻz ichiga oladi.

Kalit

so’zlar:

tobelik,

xulqi

og’ishganlik,

deviatsiya,

addiktiv

xulq,atvor.depressiv xulq, agressiya

KIRISH.

Odob inson haqida yoqimli taassurot uygʻotadigan, lekin oila, jamoa, jamiyat

va insoniyat hayotida oʻzgarish yasaydigan darajada ahamiyat kasb etmaydigan xatti-

harakatlardan iborat boʻlsa, axloq - muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun

taʼsir eta oladigan turli xatti-harakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi

maʼnaviy hodisa. Xulq qamrovlilik jihatidan ana shu ikki hodisa oʻrtasidagi

xususiyatlarga ega; u odobdan keng, axloqdan tor maʼnoga ega boʻlib, axloq singari

jamiyat, zamon, tarix miqyosidagi voqelikka taʼsir koʻrsata olmaydi.

Lekin, oila, mehnat jamoasi, mahalla koʻy doirasida sezilarli darajada koʻzga

tashlanadi. Axloq oʻzini ezgulik va yovuzlik, adolat, insonparvarlik, fidoyilik singari

ijtimoiylashgan tushunchalar va tamoyillarda namoyon qilsa, xulq yaxshilik va

yomonlik, burch, joʻmardlik, mehmondoʻstlik kabi tushunchalarda aks etadi, odob esa

kamtarlik, insoflilik, bosiqlik, halollik, rostgoʻylik va boshqa axloqiy meʼyorlarda

ifodalanadi. Sharq falsafasi va axloq ilmida mazkur uch axloqiy hodisa, juda qatʼiy

chegaralangan boʻlmasada, bir-biridan farqli tarzda olib qaralgan. Yevropada esa xulq

bilan axloq koʻp hollarda aynanlashtiriladi yoki ular bir-biriga sinonim tushunchalar

sifatida talqin etiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

39

Xulq oʻzicha, „sof-olinganda mavhum axloqiy hodisa, u inson xatti-

harakatlarida aniqlik kasb etadi; ijobiy xattiharakatlarda namoyon boʻlishi

xushxulqlilik, salbiy amallardagi koʻrinishi badxulqlilik deb ataladi. Xushxulq inson

muloyim, shirinsuxan, oqkoʻngil, mexribonlik bilan munosabatda boʻlsa, badxulq

odam qoʻpol, bemehr boʻladi.

Addiktiv xulq-atvor-insonning ruhiy holatini o'zgartiruvchi narsalarni (alkogol

va chekishni ham o'z ichiga oladi) noto'g'ri qo'llash orqali yuzaga keluvchi

xulqatvorning buzilishi (ruhiy va jismoniy qaramlik vujudga kelgunga qadar ).

Shaxsning og’ishgan xulqi‖ o’ta murakkab va ko’p obrazli katеgoriyasi ichida

tobе axloq yoki bog’lanib qolgan dеb nomlanuvchi guruhcha ajratiladi. Shaxsning tobе

axloqi ozida jiddiy ijtimoiy muammoni aks ettiradi, chunki aniq korinib turgan shaklda

ishga layoqatini yoqotish, atrofdagilar bilan janjallar, jinoyat sodir etish kabi salbiy

oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, bu dеviatsiyaning u yoki bu tarzda

istalgan oilaga tеgishli bolgan birmuncha kеng tarqalgan turi.

Azal-azaldan tobе axloqning turli shakllarini piyonistalik, ortiqcha yеyish,

azart o’yinlar va boshqai shqibozlikni nazarda tutgancha zararli yoki yakson etuvchi

odatlar dеb ataganlar.

Zamonaviy tibbiy adabiyotlarda patologik odatlar dеgan atama kеng ishlatiladi.

Bog’lanib qolish tushunchasi tibbiyotdan o`zlashtirilgan, hozirgi vaqtda nisbatan yangi

va ommaviy atama hisoblanadi.

Tobеlik atamasi ostida kеng ma'noda kimgadir yoki lazzat olish yoxud

moslashish maqsadida nimagadir suyanishga intilish‖ tushuniladi. Barcha odamlar

ovqat, suv, havo kabi hayotiy muhim obyektlarga me’yoriy‖ tobelikni his qiladilar.

Ko’pchilik odamlar ota – onalari, do’stlari, turmush o’rtoqlariga sog’lom bog’lanib

qolishni sezadilar. Biz yuqorida aytayotgan tobelik esa bu psixik holatni o’zgartirish

maqsadidaqandaydir modda yoki o’ziga xos faollikni iste’mol qilishga psixologik yoki

jismoniy tobelik bilan bog’liq axloq, lazzat olish yoki moslashish maqsadida kimgadir

yoki nimagadir suyanishga kuchli intilish. Agar bu tushunchaning tarixiy ildiziga

murajaat qilsak, unda addictus – qarzi tufayli bog’langan shaxs (qarzi tufayli qullikka


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

40

hukm qilingan), o’tmishda ingliz zodagonlari dehqonlarga yil boshida katta qarz berib

yil bo’yi ularga to qarzini uzgunicha hukmronlik qilib, tayziq o’tkazishgan.

Berilgan ma’lumotlarga muvofiq tobe axloqning quidagi shakllari bor:

Kimyoviy bogliqlik (chekish, taksikomaniya, giyohga muxtojlik,

dorilarga muxtojlik, ichkilikka bog’liqlik);

Ovqatlanish axloqining buzulishi (ko’p yeyish, ochlik. Taomlardan voz

kechish);

Geymbling – o’yinga tobelik (kompyuterga bog’lanib qolish, azart

o’yinlar);

Jinsiy

addiksiya

(zoofiliya,

fetishism,vuayerizm,

nekrofiliya,

sadomazoxizm)

Hayot tarzi o’zgarishi bo’yicha odamlarda tobe axloqning yangi shakllari

paydo bo’ladi, masalan, bugungi kunda kompyuterga tobelik juda tez tarqalmoqda va

ayni paytda ba’zi shakllar deviantlik yorlig’ini yo’qotmoqda. Misol uchun yevropada

birjinsli insonlarning nikohlanishiga ruhsat berilishi xaddan tashqari kofe ichish va

shirinlik yeyishga tobelik. Bunday jarayonlarga yevropaliklar normal holat darajasida

qarashadi. Internet sahifalarida amerikalik siyosatshunos olim Pakrik Byukenenning

Smert Zapada‖ nomli kitobi paydo bo’li. E’tiborga molik jihati shuki, katta hajmdagi

kitobning so’z boshidayoq muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador

bo’lgan voqealarni G’arbning taqdirini jamiyat ma’naviyatidagi inqirozlarga,

jumladan, oila va nikoh, tug’ilish va o’lim tahliliga bag’ishlagan.

Byukenenning fikricha sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan

jamiyatda odamlarning birdan boyib ketishi, to’kin hayotga erishishga bo’lgan egoistik

intilishi ularni asl qadryatlarga, jumladan, oila va nikoh, yoshlar tarbiyasiga bo’lgan

munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu gedonistik psixologiyani asosi

hisoblanib, uning oqibati jamiyatda qator muammolarni keltirib chiqarayotganligini

e’tirof etadi. Gedonizm – Shaxs va unung xulq – atvor motivlarida faqat nimadandir

lazzatlanish, qoniqish va o’zidagi ichki ruhiy iztiroblardan holi bo’lishga intilishdir.

To’g’ri, aslida insonning to’q va farovon hayotga intilishi, boy – badavlat yashashni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

41

xohlagani ayb emas, lekin bunday to’kinchilik insoniylikka qarshi bo’lishi mumkin

emas.

Bu gedonistik psixologiyani asosi hisoblanib, uning oqibati jamiyatda qator

muammolarni keltirib chiqarayotganligini e’tirof etadi. Gedonizm – Shaxs va unung

xulq – atvor motivlarida faqat nimadandir lazzatlanish, qoniqish va o’zidagi ichki ruhiy

iztiroblardan holi bo’lishga intilishdir. To’g’ri, aslida insonning to’q va farovon

hayotga intilishi, boy – badavlat yashashni xohlagani ayb emas, lekin bunday

to’kinchilik insoniylikka qarshi bo’lishi mumkin emas. Muallifni tashvishga va

havotirga solgan narsa narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o’zgarishlar yevropa

xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarini

ifodalaydi.

Masalan, bugungi yevropada tug’layotgan bolalarning har uchtasidan bittasi

nikohsiz tug’ilayotganligi tug’ilishning keskin kamayib ketayotganligi, umuman

ayollar o’zidan sog’lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag’i yetarli bo’la

turib, farzand tug’ib va uni voyaga yetkazishga ketadigan mablag’ni

qizg’anayotganligi hamda tugish jarayoni va og’rig’idan qochayotganligi yaqqol

namoyon bo’lmoqda. Umuman g’arb ayollari turmushga chiqib, o’zidan munosib

zurriyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqdalar. Olimlarning mavjud

ahvolni o’nglash uchun o’ylab topgan farzand tug’ilshi uchun davlat tomonidan

ajratiladigan nafaqalar hamda imtiyozlar kabi sai harakatlari bekor ketmoqda. Chunki

g’arb ayollarini sog’lom oila qurib, unda so’lom avlodlarni tarbiyalashdan ko’ra

mansab pog’onalaridan ko’tarilib, o’z manfaatlarini o’ylab yashash ko’proq

qiziqtiradi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, gedonistik psixologiya - mol – dunyo,

pul va mansabparastlikka tobelik kabi illatlar yoshlarimiz ongida paydo bo’lmasligi,

ochiq axborot makonida bemalol turli ma’lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo

bo’lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu maqsadlarga yo’naltirish, ularda sog’lom

dunyoqarashni shakllantirish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

42

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Rozikova M., Aliyeva K. Psixologik tashxis metodikalari . – T., 2013. – B. 16

1.

Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. //uslubiy

qo`llanma. – T. – 1998, 46-bet.

2.

Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning

o`rni. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 86-bet.

3.

Internet maʼlumotlari