Authors

  • Noiba To’xtaboyeva

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.92603

Keywords:

imloviy xatolar ijtimoiy tarmoq yozishmalar imlo qoidalari avtomatik to‘g‘rilash yozish madaniyati metodik tavsiyalar grammatik xatoliklar matnni tekshirish tilni o‘rganish.

Abstract

Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqdagi yozishmalarda uchraydigan imloviy xatolar va ularning oldini olish usullari haqida batafsil ma’lumot beradi. Yozishmalarda yuzaga keladigan imloviy xatolar, ko‘pincha tez yozish, noto‘g‘ri so‘z va iboralardan foydalanish, avtomatik to‘g‘rilash tizimlarining cheklovlari kabi omillar bilan bog‘liqdir. Maqolada imloviy xatolarni kamaytirish uchun tizimli metodik tavsiyalar, jumladan, imloviy qoidalarni o‘rganish, avtomatik to‘g‘rilash vositalaridan foydalanish, matnni qayta tekshirish va yozish madaniyatini yaxshilash kabi amaliy usullar taqdim etilgan. Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqda xatosiz va aniq yozish uchun foydalanuvchilarga yordam beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

59

IJTIMOIY TARMOQDAGI YOZISHMALARDA UCHRAYDIGAN

IMLOVIY XATOLAR

Noiba To’xtaboyeva

ToshDO‘TAU ona tili va adabiyoti ta’limi yo‘nalishi

3-bosqich talabasi

noibatohtaboyeva@gmail.com

/

Annotatsiya : Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqdagi yozishmalarda uchraydigan

imloviy xatolar va ularning oldini olish usullari haqida batafsil ma’lumot beradi.

Yozishmalarda yuzaga keladigan imloviy xatolar, ko‘pincha tez yozish, noto‘g‘ri so‘z

va iboralardan foydalanish, avtomatik to‘g‘rilash tizimlarining cheklovlari kabi

omillar bilan bog‘liqdir. Maqolada imloviy xatolarni kamaytirish uchun tizimli

metodik tavsiyalar, jumladan, imloviy qoidalarni o‘rganish, avtomatik to‘g‘rilash

vositalaridan foydalanish, matnni qayta tekshirish va yozish madaniyatini yaxshilash

kabi amaliy usullar taqdim etilgan. Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqda xatosiz va aniq

yozish uchun foydalanuvchilarga yordam beradi.

Kalit so‘zlar: imloviy xatolar, ijtimoiy tarmoq, yozishmalar, imlo qoidalari,

avtomatik to‘g‘rilash, yozish madaniyati, metodik tavsiyalar, grammatik xatoliklar,

matnni tekshirish, tilni o‘rganish.

Annotatsion: This article provides detailed information about spelling errors

encountered in social media messages and ways to prevent them. Spelling errors are

often related to fast writing, incorrect use of words and expressions, and the limitations

of automatic correction systems. The article presents systematic methodological

recommendations for reducing spelling errors, including learning spelling rules, using

automatic correction tools, proofreading, and improving writing culture. This article

offers practical advice for social media users seeking to write effectively and

accurately.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

60

Keywords: spelling errors, social media, messages, spelling rules, automatic

correction, writing culture, methodological recommendations, grammatical errors,

proofreading, language learning.

Аннотация: Статья подробно рассматривает орфографические

ошибки, встречающиеся в сообщениях в социальных сетях, и способы их

предотвращения. Орфографические ошибки часто связаны с быстрым

написанием, неправильным использованием слов и выражений, а также

ограничениями автоматических систем исправления. В статье представлены

методические рекомендации для снижения орфографических ошибок, включая

изучение орфографических правил, использование автоматических средств

исправления, повторную проверку текста и улучшение культуры письма. Эта

статья предоставляет практические рекомендации для пользователей

социальных сетей, стремящихся к эффективному и точному письму.

Ключевые слова: oрфографические ошибки, социальные сети,

сообщения, орфографические правила, автоматическое исправление, культура

письма, методические рекомендации, грамматические ошибки, проверка

текста, изучение языка.

Ijtimoiy tarmoqning rivojlanishi va uning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni

beqiyosdir. Hozirgi kunda

Facebook, Instagram, Twitter

kabi platformalar orqali

odamlar bir-biriga o‘z fikrlarini tezda va osongina yetkazish imkoniyatiga ega. Ijtimoiy

tarmoqda matnli yozishmalar hamda xabarlar orqali fikr almashish, yangiliklar

tarqatish va hamkorlik qilish kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shu

bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga keladigan imloviy xatolar ham muhim

muammolardan biridir. Imloviy xatolar nafaqat tilni bilish darajasini aks ettiradi, balki

odamlarning muloqotdagi samaradorligiga ham ta'sir qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy

tarmoqlarda tez-tez yuzaga keladigan imloviy xatoliklar, qisqacha va tez yozish

jarayonlari natijasida sodir bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqda yozishmalar o‘ziga xos tezlik,

qisqartirilgan so‘zlar va noaniq grammatik qurilmalar bilan ajralib turadi. Odamlar

ko‘pincha boshqa muloqotlarni o‘z vaqtida o‘qib chiqish va tez javob berish uchun


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

61

qisqa va aniq xabarlar yuborishga harakat qilishadi. Shu bilan birga, matnning qisqaroq

bo‘lishi imloviy xatolar qilish ehtimolini oshiradi.

Tezlik va qisqa matnlar xatolar ko‘p ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda

odamlar tez-tez qisqa, ko‘p hollarda to‘liq grammatik jihatdan noto‘g‘ri bo‘lgan

xabarlar yozadilar. Bu holat matnning tez yozilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ba'zan

yozishmalarda imloviy xatolar yuzaga keladi.

Nutq va yozuv uslubidagi xatolar matn mazmunini tushunishga xalaqit beradi.

Har bir shaxs ijtimoiy tarmoqda o‘ziga xos uslubda yozadi, ba’zan esa bu uslub

grammatik jihatdan noto‘g‘ri yoki noaniq bo‘lishi mumkin. Shu sababli, yozilgan

xabarlar ko‘pincha noto‘g‘ri bo‘ladi, lekin bu holat yozuvchi tomonidan shunchaki tez

yozish istagi yoki muloqotning noformal xarakteri bilan izohlanadi.

Imloviy xatolar va ularning turlari

ga quyidagilar kiradi:

1)

Harfdagi xatolar: “

sh

” harfining “

w

” ko‘rinishida yozilishi, “

ch

” harfining

4

” yozilishi, “

x

” va “

h

” harflarining almashtirib qo‘llanilishi xatolar.

2)

So‘z vca grammatik xatolar: Bular eng oddiy va tez-tez uchraydigan

xatolardir. Masalan, “

bitta

” o‘rniga “

bita

”, “

yaxshi

” o‘rniga “

yaxi

” yoki “

yahshi

” kabi

holatlar kuzatiladi.

3)

Imlo belgilari: Apostrof, vergul, nuqta kabi imlo belgilari noto‘g‘ri

qo‘llanilishi ham xatoliklarga olib keladi. Misol uchun, bir nechta fikrni ajratishda

vergul yoki nuqta ishlatilmaydi, bu esa matnni tushunishni qiyinlashtiradi.

Tahlil qiladigan bo‘lsak, bu yozishuvda:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

62

1.

“Lekin”

so‘zining

“lk

” tarzida qo‘llanilishi,

“o‘xshagan edingiz”

so‘zi

o‘rnida

“oxwodz”

so‘zining qo‘llanilishi (uslubiy xato);

2.

“qizga”

so‘zining

“qzga”

tarzida,

“oxshodz”

hamda

“adawbmanda”

so‘zida

“sh”

o‘rniga

“w”

ning qo‘llanilishi, bundan tashqari

“adawbmanda”

so‘zida

“i”

harfining tushib qoldirishi (imloviy xato);

3.

“adawbmanda”

so‘zida

-da

yuklamasining qo‘shilib yozilishi (ishoraviy

xato) kabi xatolar uchraydi.

Ijtimoiy tarmoqda imloviy xatolarga uchrashish asosiy sabablari qanday

yuzaga keladi?

Imloviy xatoliklar bir qancha sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Ularning

asosiylari quyidagilardir:

1. O‘zgaruvchan tezlikda muloqot: Ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez xabarlar

almashiladi va bu holat yozishmalarning sifatini yomonlashtirishi mumkin.

2. Ta’lim va madaniyat farqlari: Turli hududlardan yoki turli ijtimoiy

guruhlardan bo‘lgan foydalanuvchilar o‘zlariga xos yozish uslublarini qo‘llashadi, bu

esa imloviy xatolarga olib kelishi mumkin.

Imloviy xatolar faqat matnni tushunish qiyinchiliklarini keltirib chiqarish bilan

qolmay, balki odamning ijtimoiy obro‘siga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Xatolar shuningdek, professional va rasmiy muloqotda noxush taassurot qoldirishi

mumkin. Imloviy xatolarni tuzatish va oldini olishda turli metodik tavsiyalar mavjud.

Bu usullarni qo‘llash, ijtimoiy tarmoqda yozishmalarni yanada samarali va tushunarli

qilishga yordam beradi. Imloviy xatolarni oldini olish uchun tilni o‘rganish, avtomatik

to‘g‘rilash vositalaridan foydalanish, matnni tekshirish va yozish madaniyatini

rivojlantirish zarurdir.

Imloviy qoidalarni o‘rganish va muntazam ravishda takrorlash xatolarga yo‘

qo‘ymaslikka yordam beradimi?

Imloviy xatolarni oldini olish uchun,

birinchi

navbatda

, tilning imloviy qoidalarini yaxshi bilish zarur. Ijtimoiy tarmoqda doimiy

ravishda yozish bilan bog‘liq xatolar ko‘pincha bu qoidalarga e’tibor bermaslikdan

kelib chiqadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

63

Grammatikani o‘rganishning qaqnchalik ahamiyati bor?

O‘zbek tilining

grammatikasi va imlosi haqida chuqurroq bilim olish imloviy xatolarni kamaytiradi.

Kitoblar, maqolalar, ilmiy va jurnalistik matnlar yordamida tilning imloviy qoidalarini

o‘rganish mumkin.

Onlayn resurslar qanchalik yordami bor?

Internetda o‘zbek tilidagi imloviy

qoidalarni o‘rganishga yordam beradigan turli onlayn kurslar, darsliklar va video

darsliklar mavjud. Bu resurslardan foydalanish imloviy xatolarni aniqlashda va

tuzatishda samarali hisoblanadi.

Qisqartmalarni ehtiyotkorlik bilan ishlatishning ahamiyati bormi?

Har bir

qisqartma yoki so‘zning to‘liq shaklini yozishga harakat qilish kerak. Misol uchun,

“kerak”

o‘rniga

“kk”

ni yozish, yoki

“salom”

o‘rniga

“salam”

kabi oddiy xatolardan

saqlanish lozim.

Sinonimlar va iboralarni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati bormi?

Ba’zan

noto‘g‘ri sinonim ishlatish yoki so‘zning ma’nosini noto‘g‘ri talqin qilish ham

xatoliklarga olib keladi. Shuning uchun so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosini va kontekstini

bilish muhimdir.

Avtomatik to‘g‘rilash vositalaridan foydalanishning ahamiyati-chi?

Ba’zi

platformalar

(masalan, Instagram, Facebook, Telegram)

foydalanuvchining yozgan

matnini avtomatik ravishda tekshiradi. Bu tizimlar yordamida matndagi imloviy

xatolar ko‘rib chiqilib, to‘g‘rilanishi mumkin.

To‘g‘ri yozishni o‘rgatuvchi ilovalardan foydalanish-chi?

Yozish tili va

imloviy xatolarni tahlil qiluvchi ilovalar

(masalan, Grammarly yoki boshqa onlayn

dasturlar)

yozishda yordam beradi. Bunday vositalar ijtimoiy tarmoqda tez va samarali

yozish uchun foydalidir.

Matnni qayta tekshirish-chi?

Yozish jarayonida yuzaga kelgan imloviy

xatoliklarni tuzatishning eng oddiy va samarali usullaridan biri – yozgan matnni qayta

tekshirishdir. Yozishdan so‘ng matnni yana bir bor o‘qib chiqish, hatto bir necha marta.

Bu usul, eng oddiy xatolarni aniqlashga yordam beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

64

Yozgan matnni ovoz chiqarib o‘qishning foydasi bormi?

Ovoz chiqarib o‘qish

ham matndagi grammatik va imloviy xatolarni aniqlashga yordam beradi. Ba’zan biron

bir xato matnni ovoz chiqarib o‘qiganda aniq seziladi.

Tez yozishning oldini olishning foydasi bormi?

Ijtimoiy tarmoqda odamlar

tezda javob yozishga odatlangan bo‘lishi mumkin, bu esa imloviy xatolarni keltirib

chiqaradi. Yozishdan oldin bir necha soniya to‘xtash, matnni yaxshi o‘ylab yozish

xatolarning oldini olishga yordam beradi.

Vaqt ajratishning o‘rnining ahamiyati qanday?

Yozishdan avval bir necha

soniya yoki daqiqa vaqt ajratish va matnni o‘ylab yozish xatolarni kamaytiradi.

Kompaniya va korporativ muloqotda to‘g‘ri yozish kerakmi?

Agar siz ijtimoiy

tarmoqda kompaniya nomidan yoki professional muhitda yozayotgan bo‘lsangiz, tez

yozishdan ko‘ra matnni yaxshilab tekshirish va tayyorlash kerak.

Tillarni o‘rganish va boshqa tillarni tushunishning ahamiyati qancha?

Ijtimoiy

tarmoqda yozishmalarda ba’zan boshqa tillardan olingan so‘zlar yoki ifodalar

ishlatiladi. Bu esa ba’zan imloviy xatolarga olib kelishi mumkin.

O‘zbek tilining normativ qoidalariga e’tibor qaratishni lozim deb o‘ylaysizmi?

Boshqa tillardan keltirilgan so‘zlar, iboralar yoki terminlar o‘zbek tilining imloviy

qoidalariga mos bo‘lishi kerak. Bu yozishmalarda aniq va to‘g‘ri tilni ishlatishga

yordam beradi.

Xalqaro so‘zlarni to‘g‘ri ishlatishni bilish zarurmi?

Global ijtimoiy tarmoqlar

orqali boshqa tillarda ishlatiladigan so‘zlar yoki iboralarning o‘zbek tiliga to‘g‘ri

tarjimasi va ishlatilishini o‘rganish zarur.

Sotsial tarmoqda yozish madaniyatini shakllantirishni amalga oshirish lozim

deb o‘ylaysizmi?

Ijtimoiy tarmoqda yozish madaniyati muhim omil hisoblanadi.

Yozishmadagi xatolarni kamaytirish uchun foydalanuvchilarni to‘g‘ri yozishga

o‘rgatish va ularni yozish madaniyatiga qo‘shish kerak.

Yozish madaniyatini

shakllantirish, imloviy xatoliklarni kamaytirishga yordam beradi. Foydalanuvchilarni

to‘g‘ri va madaniy yozishga o‘rgatish, bu jarayonning asosiy bosqichlaridan biridir.

Ijtimoiy tarmoq platformalarining imkoniyatlaridan foydalanish zarurmi?

Ijtimoiy tarmoq platformalarida, ko‘pincha matnni yaxshilash va imloviy xatolarni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

65

tuzatish uchun mo‘ljallangan vositalar mavjud. Ularni doimiy ravishda ishlatish

foydalidir.

Imloviy xatolarni tuzatish va oldini olish bo‘yicha metodik tavsiyalarni amalga

oshirish, ijtimoiy tarmoqda yozishmalarni aniq, tushunarli va samarali qilishga yordam

beradi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan va

unda fikr almashish, muloqot qilish, o‘zgarishlarga moslashish juda muhim

ahamiyatga ega. Shunday ekan, har bir yozishmada til qoidalariga rioya qilish, nutq

madaniyatini yuqori darajada saqlash lozimdir. Birinchi navbatda, tilni o‘rganish va

imloviy qoidalarni bilish, xatolarni kamaytirishning asosiy vositasidir. O‘zbek tilining

grammatikasi va imlosi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash, yurtimizda va xorijda

nashr etilgan ilmiy va badiiy asarlar, maqolalar, darsliklar yordamida amalga

oshiriladi. Til o‘rganishning onlayn platformalar orqali kengaytirilishi,

texnologiyalarning foydalanuvchilar uchun yanada samarali xizmatlar taqdim etishi,

imloviy xatolarni aniqlash va tuzatishga imkon yaratadi. Xulosa qilib aytganda,

imloviy xatolarni tuzatish va oldini olish uchun o‘rganish, qayta tekshirish, to‘g‘ri so‘z

tanlash, yozish madaniyatini rivojlantirish va texnologiyalarni samarali qo‘llash juda

muhimdir. Bu metodik tavsiyalarni amaliyotga tatbiq qilish orqali, ijtimoiy tarmoqda

yozishmalar yanada aniq va tushunarli bo‘lib, foydalanuvchilar o‘rtasida samarali

muloqot va fikr almashish imkoniyatini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, ijtimoiy

tarmoqdagi axborot oqimining sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Abduazizov A. Tilimizga loqayd bo’lmaylik. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”

gazetasi. 2013-yil 4-son.

2. To‘rayeva D. “Tilshunoslikda shaxsiy yozishmalarning lingvistik tadqiqi”.

“Lingvodidaktikaning dolzarb masalalari” xalqaro konferensiya to‘plami. Toshkent.

2022, 305-310-b.

3. To‘rayeva D. “Shaxsiy yozishmalarda vulgar so’zlar va lingvistik ekspertiza”.

Respublika ilmiy-texnikaviy konferensiya. 01.2021. 212-215-b.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

66

4. Dilnoza Axatova. “Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l qo‘yiladigan imlo xatolari ustida

ishlash”. “Lingvodidaktikaning dolzarb masalalari” xalqaro konferensiya to‘plami.

Toshkent. 2022, 134-137-b.