Authors

  • N.A.Muminova
  • Sh.R.Hamroyeva

Author Biographies

  • N.A.Muminova

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti dotsenti

  • Sh.R.Hamroyeva

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti O‘zbek tili

    va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.92786

Keywords:

poetizm leksika nutq poetik so‘zlar.

Abstract

Ushbu maqolada G‘afur G‘ulom ijodida qarindoshlikni ifodalovchi poetizmlarga doir  so‘zlarning mohiyati haqida  to‘xtalib o‘tilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–5_ Январь –2025

86

G‘AFUR G‘ULOM IJODIDAGI QARINDOSHLIKNI IFODALOVCHI

POETIZMLAR

N.A.Muminova

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti dotsenti

Sh.R.Hamroyeva

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti O‘zbek tili

va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada G‘afur G‘ulom ijodida qarindoshlikni

ifodalovchi poetizmlarga doir so‘zlarning mohiyati haqida to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: poetizm, leksika, nutq, poetik so‘zlar.

G‘afur G‘ulom poetik leksikasi tarkibida og‘a, ini, jondosh, qondosh, qarindosh,

tug‘ishqon, jeka, jekgay, singil kabi lug‘aviy birliklar yuqori poetiklik darajasi bilan

ajralib turadi.

Mazkur poetik so‘zlarni uchga bo‘lish mumkin:

1.Sof poetik so‘zlar: jondosh, qondosh, aka, tug‘ishqon;

2.Poetik nutq, jarayonida uslubiy qimmat kasb etuvchi umumnutqiy so‘zlar: ini,

qarindosh, singil.

3.She’riy nutq, jarayonida vujudga kelgan poetik iyeologizmlar: jeka:, jekgay

kabi.

So‘z she’riy nutq, jozibadorlik va musiqiyligini ta’minlashda asosiy vositalardan

biridir. Ayniqsa, G‘afur G‘ulomdek otashin so‘z san’atkorining tantanavor poetikasi.

viqorli she’riy nutqi, ulug‘vor ko‘tarinkiligi va teran falsafiylikni ta’minlashda so‘zlar

ayricha ohang, mohiyat va qolaversa, ko‘rinish kasb etadi. Shoir so‘zini o‘z fikr oqimida

erkin qo‘yadi. U bu oqim shiddatli va qudratiga mos ravishda yangi-yangi ma’no

bo‘yoqlar orttirib boradi, vazn talabiga muvofiq; turfa fonetik qiyofa egallaydi. Biz

quyida ulardan ayrimlari xususida to‘xtalamiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–5_ Январь –2025

87

Jondosh so‘zi sof poetizmdir. U umumnutqda passiv qo‘llanishi bilan

xarakterlanadi. Aslida bu so‘z bir jondan yoyilgan qarindoshlikni anglatuvchi so‘z

sifatida tilda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, to‘la poetiklik kasb etib, «bugun xayotiy

manfaatlari, fikri-zikri bir bo‘lgan, yaqdil hamnafas» emotsional mazmuniga ega bo‘ldi.

So‘z G‘afur G‘ulom nutqida esa tantanavor poetik aniqlovchi maqomini oldi:

Bir ulug‘vor yoshga kirgan

Ko‘rkam bo‘ying muborak,

Jondosh qozoq shon-sharafing,

Obro‘ying muborak.

Albatta, ifoda bir ulkan chinorning “o‘siq shoxlari” bo‘lmish o‘zbagu qozoqning

tub ildizi yagonaligiga ishora. Mazkur so‘zning epitet sifatida qo‘llanilishiga asos

bo‘lgan. Bu “semik poydevor” Siz so‘zni shoir nazarida tutgan poetik maqsadga

bo‘yso‘ndirish imkoni yo‘q.

Demak, jondosh so‘zidagi “joni bir” ma’nosi poetik metafora natijasi bo‘lsa-da,

shoir “hukmi” bilan undagi bu xossa ma’lum darajada kuchsizlantirilgan.

Qondosh so‘zida qarindoshlik, aniqrog‘i, “qoni bir”lik yaqqol seziladi. Shu

boisdan u qarindosh so‘zi bilan bo‘yoqdorligi darajalangan ma’nodoshlik qatorini hosil

qiladi. So‘zlar o‘z ma’nolarida ham, ko‘chma ma’nolarda ham ma’nodoshligini saqlab

qoladi, biroq har ikkala so‘z ham jondosh so‘ziga poetik ma’nodoshlik munosabatida

bo‘ladi.

Qondosh poetizmi umumnutqda “bir ota-onadan tug‘ilgan, bir avlodga mansub

(qoni bir)” ma’noviy mohiyati bilan yashaydi. Biroq, shoir nutqida poetizm sifatida

ushbu denotativ semalardan birortasini ham saqlamaydi. Balki u denotativ semalar

zamiridagi “ahillik”, “inoqlik”, “mehribonlik” kabi ifoda semalarini kuchaytirgan holda

yuzaga chiqadi:

Ming yillar bor tutqazmas,

Qondoshlik tariximiz.

Ikki boshga bir manglayday

Yarqiroq taqdirimiz


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–5_ Январь –2025

88

Ko‘rinadiki, baytda so‘z “jonajon, aziz, mehribon” poetik mohiyatiga ega. Shoir

she’riy matn silsilasida fikriy izchillik ifodasiga qat’iy rioya qiladi. Qarindoshlikni

anglatish-anglatmasligi belgisiga betaraf bo‘lgan jondosh so‘zi she’r avvalida

qo‘llanilgan bo‘lsa, silsilaning keyingi bo‘g‘inida qondosh so‘zi ixtiyor etiladi.

Ma’lumki, har qanday ibtido yakunni kutadi. Yakuni esa mukammallashgan

ibtidor. Shoir buning uchun “tuvisqon” (tug‘ilgan) so‘ziga ehtiyoj sezadi. Alaloqibat,

poetik jaranglik meyoriga yetadi. Bu so‘zda jondosh, sondosh ifodalangan ifodalaridan

tilangan murod bir necha qavat. Unda qarindoshlikning poetik ifodasi bir bahya

balanddir. Og‘a-inilik – jondosh-qondosh-tuvisqon gradual qatorida kuchayib boradi.

Poetizmlarning bu tarzdagi joylashuvi nafaqat lirik qahramon kechinmalari

tadrijiyotini, balki fikr kamolini, matn yaxlitligini ta’minlovchi omoch vazifasini ham

o‘tagan.

G‘afur G‘ulom she’riy nutqi erkin fikr oqimiga monand tantanavorlik va

jozibadorlikni poetizmlar) tanlanishi va qo‘llanishiga san’atkorona uyg‘unlashtirib

yuborish bilan alohida ajralib turadi. Buni biz uning birgina qarindoshlik poetizmlarni

qo‘llash mahorati asosida ko‘rsatishga urindik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

G‘afur G‘ulom. Eng sara she’rlar to‘plami,

2.

Mamajonov S. Shoir va zamonaviylik. Toshkent, 1966.

3.

Nazarov B. G‘afur G‘ulom zamondoshlari xotirasida. Toshkent, 2003.

4.

Matyoqubova T. Gʻafur Gʻulom badiiyati. – T: Fan va texnologiya, 2006.