MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
70
O’ZBEKISTON AHOLISINING DEMOGRAFIK TARKIBI
Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi
2-kurs talabasi Xolmurodova Dinora
Annotatsiya:Mazkur maqolamda O’zbekiston aholisining demografik
tarkibi,uning o’ziga xos xususiyatlari va mamlakatning ijtiomiy-iqtisodiy
rivojlanishdagi o’rnini batafsil yoritib beraman .Tadqiqotlar aholining umumiy
soni,yosh guruhlariga bo’linishi,hududiy taqsimlanishi,milliy tarkibi,diniy e’tiqodi va
urbanizatsiya jarayonlari tahlil qilingan.Aholi o’zish sur’atlari,tabiiy va migratsion
o’zgrishlar mamlakatning demografik dinamikasida muhim o’rin tutayotganini
ko’rsatib beraman.O’zbekistondagi yosh aholi ulushining yuqoriligi va butun
holatning iqtisodiy o’sishiga ta’siri,shuningdek millatlararo totuvlik va diniy
bag’rikenglikning ahamiyati haqida ham ma’lumot berib o’taman.
Kalit so’zlar:Milliy tarkibi,diniy e’tiqod, mehnat resurslari,aholi tarkibi,yosh
guruhlari,iqtisodiy rivojlanish.
Demographic composition of the population of Uzbekistan.
Annotation:In this article, I will elaborate on the demographic composition
of Uzbekistan's population, its unique characteristics, and its role in the country's
socio-economic development. The study analyzes the total population, age groups,
regional distribution, ethnic composition, religious beliefs, and urbanization
processes. It highlights the significance of population growth rates, natural and
migratory changes, in shaping the demographic dynamics of the nation. The analysis
also emphasizes the impact of a high proportion of young people on economic growth,
as well as the importance of interethnic harmony and religious tolerance.
Keywords:Ethnic composition, religious beliefs, labor resources, population
structure, age groups, economic development.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
71
Демографический состав населения Узбекистана.
Аннотация:В данной статье я подробно освещаю демографический
состав населения Узбекистана, его уникальные особенности и роль в
социально-экономическом развитии страны. Исследование включает анализ
общей численности населения, возрастных групп, территориального
распределения, национального состава, религиозных убеждений и процессов
урбанизации. Подчеркивается значение темпов прироста населения,
естественных и миграционных изменений в формировании демографической
динамики страны. Особое внимание уделяется влиянию высокого уровня
молодого населения на экономический рост, а также значению
межнационального согласия и религиозной терпимости.
Ключевые слова:Национальный состав, религиозные убеждения,
трудовые ресурсы, структура населения, возрастные группы, экономическое
развитие.
Umumiy aholi soni va o’sish sur’atlari
O’zbekiston aholisining soni 2025-yil holatiga ko’ra 36 milliondan
oshdi.Aholi o’sish sur’ati nisbatan barqaror bo’lib,yiliga o’rtacha 1,5-2%ni tashkil
etadi.Bu ko’rsatkich tabiiy o’sish va ijobiy migratsiya balansi hisobiga shakllanadi.
Hududiy taqsimlanish.
O’zbekiston aholisining ko’p qismi shaharlarda va qishloqlarda
yashaydi.Aholining taxminan 50-55%ni qishloq hududlarida istiqomat qilsa , qolgan
45-50% shaharlarda yashaydi.Toshkent shahri ,Samarqand, Farg’ona vodiysi
viloyatlari aholining eng zich joylashgan hududlari hisoblanadi.
Etnik tarkib.
O’zbekiston etnik jihatdan xilma-xil davlat hisoblanadi.Asosiy etnik guruhlar:
O’zbeklar-
umumiy aholining 83-85% ni tashkil etadi.
Ruslar-
taxminan 5-6%
Tojiklar-
5-6%
Qozoqlar, qoraqalpoqlar ,qirg’izlar
va boshqa millatlar-5-6%.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
72
O’zbekiston ko’pmillatli davlat bo’lib, har bir millat o’ziga xos madaniyat va
an’analarini saqlab qolgan.
Yosh tarkibi
O’zbekiston aholisi yosh davlatlar qatoriga kiradi.Aholining taxminan 30%
14 yoshgacha bo’lgan bolalardan iborat , 60% mehnatga layoqatli yoshdagi 15-64
yosh fuqarolarni tashkil etadi, qolgan 10% esa keksa yoshdagilar ,65 va undan yuqori
yoshdagilar.
Tili va dini
Davlat tili-o’zbek tili.Rus tili ham keng qo’llanadi,ayniqsa shahar
hududlarida.Bundan tashqari, tojik ,qoraqalpoq va qozoq tillari ayrim hududlarida
keng tarqalgan tarqalgan .Diniy jihatdan aholining aksaryati musulmonlar bo’lib ,ular
asosan hanafiy mazhabidagi sunniy islomga e’tiqod qiladi.Shu bilan birga ,boshqa din
vakillari,jumladan,pravoslav xristianlar,yahudylar va boshqalar ham mavjud.
Ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar.
Ahili sonining o’sishi mehnat resurslari hajmini oshiradi,bu esa iqtisodiy
rivojlanishga hissa qushadi.Shuningdek ,urbanizatsiya jarayonlari tezlashmoqda:
aholi shaharlarga ko’chib o’tishi natijasida infratuzilma,xizmat ko’rsatish sohasi va
ta’lim tizimi rivojlanmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
73
Aholining iqtisodiy faolligi
Aholining
iqtisodiy
faolligi
yuqori.Asosiy
ishchi
kuchi
qishloq
xo’jaligi,sanoat va xizmat ko’rsatish sohalarida band.
Ishsizlik darajasi: 5-7 %
Migratsiya :Tashqi mehnat migratsiyasi keng tarqalgan.
Ta’lim va ijtimoiy soha.
O’zbekiston aholisining ta’lim darajasi nisbatan yuqori.Savodxonlik darajasi
99%ga yaqin.
Ta’lim tizimi majburiy va bepul .
Oliy ta’lim muassasalari soni ortib bormoqda.
Urbanizatsiya va ekologik omillar
Mamlakatda aholi zichligi bo’yicha hududiy farqlar mavjud:
Samarqand ,Farg’ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahri ahili zichligi eng
yuqori bo’lgan hududlardir.
Cho’l hududlari aholi zichligi past bo’lgan hududlar kiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.Tursunov, A., & Karimova, Z. (2020). O‘zbekiston demografik rivojlanishining
iqtisodiy-ijtimoiy xususiyatlari. Toshkent: Fan va texnologiyalar.
2.Xolmuhammedov, I. (2019). O‘zbekistonning urbanizatsion jarayonlari va
demografik tarkibi. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
3.Sobirov, N. (2021). “Aholining demografik xususiyatlari va ijtimoiy o‘zgarishlar”.
Jamiyat va Innovatsiyalar jurnali, 3(5), 45-60.