MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
65
MAKTAB TA’LIM TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA
ISTIQBOLLAR
Shahrisabz davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi
Narzullayeva Feruza Zavqi qizi
Problems and prospects in the school education system
Annotation: The article presents problems in the school education system and
ways to solve them, as well as mentions new perspectives in the education system.
Key words: Innovative approaches, interactive, method, web design, approval
process.
Проблемы и перспективы в системе школьного образования
Аннотация: В статье представлены проблемы в системе школьного
образования и пути их решения, а также упомянуты новые перспективы в
системе образования.
Ключевые слова: Инновационные подходы, интерактив, метод, веб-
дизайн, процесс утверждения.
Anotatsiya:Maqolada maktab ta’lim tizimidagi muammolar keltirilgan vas hu
muammolarni qanday hal qilish usullari shu bilan birga ta’lim tizimidagi yangi
istiqbollar haqida ham eslatib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar: Innovatsion yondashuvlar,interaktiv,metod,web design,
tasdiqlash protsesi.
Xalq ta’limi respublikamiz ya’ni O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.Aynan maktab ta’limining sifati va qulayligi
davlatning rivojlanish istiqbollarini ko‘rsatadi,shu bilan birga maktab ta'liming sifati
yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchu muhim ahamiyatga ega.O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida maktab ishlari davlat nazoratida ekanligi be’jizga
ta’kidlab o‘tilmagan.Maktabning barcha ishlari davlat tomonida nazorat qilinadi.
A.Avloniy aytganidek:’’Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot,yo najot -yo
halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir.Mamlakatimizda bolalarning iqtidorini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
66
aniqlash,o‘qitish,tarbiyalash,ularni qo‘llab quvvatlash,rag‘batlantirish intillektual
shakllangan bolalarni rivojlantirish uchun ko‘p imkoniyatlar mavjud.Yangi va
zamonaviy maktablar hamda prezident maktablari ta’limning qo‘llab-
quvvatlanayotganiga misol bo‘ladi.
Maktab ta’lim tizimidagi muammolarga keladigan bo’lsak,hozirda
ko‘pchilik insonlar maktab ta’lim tizimidan qoniqishmaydi.Bu holat boshqa
davlatlarda ham kuzatilmoqda.Agar biz muammolarning negizini o‘rganadigan
bo‘lsa,hukumat maktablarining asosiy muammosi bu -tizimlashtrishdir.Ba’zi xususiy
maktablarga qaraganda hukumat maktablarida tizimlashtirish yetishmaydi.Har bir
maktabda
’’tasdiqlash
protsesi’’bor.Biroq
bu
tizim
to‘laqonli
ishga
tushmagan.Bundan tashqari maktablarda darsliklar oldingi tizimda kamida 7 yoki 8
yilda almashtirilar edi.Biroq,hozirgi kunda ular har 4 yoki 5 yilda almashtiriladigan
bo‘ldi.Endi o‘ylab ko‘ring bu vaqt ichida qanchadan qancha yangiliklar kirib keladi
hayotimizga.Xorijiy mamlakatlarni misol qilib oladigan bo‘lsak,hozirda Rossiyada
10-11 sinf o‘quvchilari ’’Web design ’’ o’rgatilmoqda.Yurtimizda esa bu maktabdan
tashqari o’qitiladi.Biroq yurtimizda ham bugungi kunda prezident,ijod maktablari
hamda maxsus ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat olib bormoqda,bu bir tizimga
solingan zamonaviy metodlarda dars o‘tadigan maktablar desam adashmagan
bo‘laman.Bu maktablarga 2017-yildan boshlab asos solingan bo‘lib, qisqa vaqt ichida
bu o‘z natijasini ko‘rsatdi. Soʻnggi yillarda davlat taʼlim tizimini modernizatsiya
qilishga katta eʼtibor qaratmoqda. Jumladan, maktablar va oliy taʼlim muassasalari
sonining oshishi, zamonaviy infratuzilma yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.
Taʼlimga ajratiladigan davlat byudjeti hajmi oshirilmoqda.
Elektron jurnal va kundaliklar, onlayn taʼlim platformalari (masalan,
UzTELECOM yoki UzEdu tizimlari) rivojlantirilyapti.
Pandemiya davrida masofaviy taʼlim tizimlarining joriy etilishi tizimda yangi
imkoniyatlar yaratdi.
Oʻzbekistonda taʼlim tizimi islohotlar jarayonida boʻlsa-da, koʻplab
muammolarni hal qilishda tizimli yondashuv zarur. Xalqaro tajribadan foydalanish,
oʻqituvchilar malakasini oshirish va yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
67
mamlakatning kelajakdagi rivoji uchun muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, taʼlim
sifati va adolat tamoyillarini taʼminlash ustuvor vazifalar qatorida qolmoqda.
Taʼlimning dolzarb muammolari
Yangi oʻquv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish.
Oʻqituvchilar malakasini oshirish.
Qishloq hududlarida taʼlim sifatini oshirish.
Taʼlim tizimini rivojlantirish va xalqaro standartlarga moslashtirish ustuvor
vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni
2020 yil 23 sentyabrь kuni qabul qilingan boʼlib, uning maqsadi taʼlim sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur Qonunga asosan taʼlim sohasidagi asosiy printsiplar, taʼlim tizimi,
turlari va shakllari aniq belgilab qoʼyildi, unda belgilangan masofaviy taʼlim haqidagi
qoidalar oʼquv rejalari va oʼquv dasturlariga muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan
zarur bilim, malaka va koʼnikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
hamda Internet jahon axborot tarmogʼidan foydalangan holda masofadan turib olishga
qaratilgan.
Shuningdek, Qonunga koʼra, davlat oliy taʼlim, oʼrta maxsus, professional
taʼlim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, oʼrta
maxsus, professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat
qarorlari bilan tashkil etiladigan boʼldi. Nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish
ularning taʼsischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat taʼlim
tashkilotlariga litsenziya Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan
beriladigan boʼldi.
Qonunda dual taʼlimga oid qoidalar belgilanib, u taʼlim oluvchilar tomonidan
zarur bilim, malaka va koʼnikmalarni olishga qaratilgan boʼlib, ularning nazariy qismi
taʼlim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa taʼlim oluvchining ish joyida amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv taʼlim toʼgʼrisidagi qoidalar kiritilib,
unga binoan, inklyuziv taʼlim alohida taʼlim ehtiyojlari va individual
imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha taʼlim oluvchilar uchun
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
68
taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga boʼlgan teng imkoniyatlarni taʼminlashga
qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʼlgan bolalar
(shaxslar) uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etadi.
Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda taʼlim
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va oʼziga xos
xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Taʼlim
toʼgʼrisida”gi qonundan tubdan farq qiladi.
Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning maʼlum qismini,
albatta, oliy taʼlim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.
Hususan, Oʼzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning
ustuvor yoʼnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish, oliy taʼlimni
modernizatsiya qilish, ilgʼor taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha
va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan
Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
Kontseptsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib
bermoqda.
Xulosa oʼrnida, taʼlim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda oʼzining
dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo
qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng koʼlamda davom
ettirish davr talabidir.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik
bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari
shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi.
Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam,
o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta,
oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
https://yuz.uz/uz/news/talim-tizimi-va-yangicha-yondashuvlar
2.
https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekiston-respublikasida-ta-lim-
https://parliament.gov.uz/news/talim-sohasidagi-islohotlar-yangi-
5.
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekcha_Vikipediya?wprov=
sfla1