MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
59
YOZUVNING TARIXIY AHAMIYATI
Lobar Jumaqulova,
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili)
Yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Annotasiya: Maqolada yozuv va uning kelib chiqishi haqida batafsil
maʼlumotlar berilgan. Yozuvning turlari yozuvning rivojlanish bosqichlarida tahlil
qilinadi. Yozuvning insoniyat tarixidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Yozuv
insoniyat taraqqiyotining asosi bo‘lib, u madaniy va ilmiy merosning uzluksiz
saqlanishiga xizmat qiladi. Maqola davomida yozuvning ilk shakllari, turli
tsivilizatsiyalarda qo‘llanilgan yozuv tizimlari hamda yozuvning jamiyat
taraqqiyotiga ta’siri haqidagi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi. Mazkur izlanish
yozuvning tarixiy ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi.
Kalit so‘zlar: yozuv, mixxat yozuvi, piktografik yozuv, shakl.
ИСТОРИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПИСЬМЕННОСТИ
Аннотация:В статье подробно рассказывается о письменности и ее
происхождении. Анализируются виды письма по этапам развития письма.
Широко освещаются место и значение письменности в истории человечества.
Письменность является основой развития человечества, она служит
непрерывному сохранению культурного и научного наследия. В статье
рассматриваются первые формы письменности, системы письма,
использовавшиеся в разных цивилизациях, а также важные аспекты влияния
письменности на развитие общества. Данное исследование поможет понять
историческое значение произведения.
Ключевые слова: письмо, клинопись, пиктографическое письмо, рис.
HISTORICAL SIGNIFICANCE OF THE WRITING
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
60
Annotation: The article details the writing and its origins. Types of writing
are analyzed in stages of writing development. The place and importance of writing
in the history of mankind is widely covered. Writing is the basis of human
development, and it serves the continuous preservation of cultural and scientific
heritage. The first forms of writing, writing systems used in different civilizations, and
important aspects of the impact of writing on the development of society are
considered in the article. This research will help to understand the historical
significance of the writing.
Keywords: writing, cuneiform writing, pictographic writing, fig.
Kirish.
Kishilik jamiyatida insonlar oʻzlarining maʼlum bir ehtiyojlarini
qondirish maqsadida oʻzlariga kerakli boʻlgan narsani yaratishga majbur boʻladilar.
Qadimda shu ehtiyojlar tufayli yozuv paydo boʻlgan. Yozuvning paydo boʻlishi
tilning paydo boʻlishichalik uzoq tarixga ega emas. Olimlarning taʼkidlashicha,
yozuvning tarixi taxminan oʻn besh yildan koʻp emas. Ayrim tillarning haligacha oʻz
yozuvi yoʻq. Masalan, Amerika qitʼasining mahalliy aholilarida oʻzlarining yozuvi
yoʻq. Yozuvning kelib chiqishi va taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uning
madaniyatining yuqori saviyaga koʻtarilishi, shuningdek, siyosiy-huquqiy, estetik va
shu kabi fikrlarni qayd qilish hamda keyingi davrga qoldirishga boʻlgan ehtiyojning
oʻsishi bilan bogʻliq. Jamiyatda kitob, gazeta, jumal va umuman matbuotning ta'lim-
tarbiyaviy ahamiyati yuksak darajaga ko'tarila borayotgan hozirgi paytda yozuvning,
yozma nutqning roli ham o'sib, ta'sir doirasi kengayib bormoqda.
Adabiyotlar tahlili.
Yozuv paydo boʻlgandan beri bizga misli koʻrilmagan
imkoniyatlar ochib berildi. Yozuvni taraqqiyotning kashfiyotchisi desak ham boʻladi.
Agar yozuv bo'lmaganda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat
namunalari etib kelmagan bo'lar edi. Homer, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Firdavsiy,
Nizomiy, Ulug'bek, Navoiy, Bobur, Pushkin kabi buyuk siymolarning ajoyib
fikrlaridan bahramand bo'la olmas edik. Yozuv insoniyat hayotida juda katta rol
oʻynaydi. Dunyoning har qanday burchagida, har qanday sohada yozuvdan
foydalaniladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
61
Markaziy Osiyoda eng qadimgi davrda yashagan qabilalar to'g'risidagi
dastlabki ma'lumotlar grek, eron, xitoy tarixchilari va yozuvchilari asarlarida,
toshlarda bitib qoldirilgan yozuv va boshqa materiallarda bayon qilingan.O'rta Osiyo
xalqlari, jumladan, o'zbek xalqi qadimda turli yozuv sistemasidan foydalanib kelgan.
O'zbek yozuvlari tarixida amalda ishlatib kelingan asosiy yozuv sistemasini
fonografik, ya'ni tovush yozuvi, harfiy yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O'zbek xalqi
Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari singari oromiy, yunon, sug'd, xorazm, qo'shan,
efialit, pahlaviy, suriya, hind, uyg'ur, arab yozuvi kabi bir qancha yozuvdan
foydalangan. O'rxun-runik yozuvini boshqa turkiy xalqlar bilan birgalikda ijod qilgan.
Sobiq sho'ro davrida boshqa Sharq xalqlari bilan bir qatorda avval lotin, keyinchalik
esa rus grafikasiga asoslangan yozuvni qabul qilish o'zbek xalqi hayotida o'ziga xos
hodisa bo'ldi.
Asosiy qism.
Yozuv asrlar oshib turli bosqichlardan oʻtib kelmoqda. Olimlar
yozuvning paydo boʻlishi haqida oʻzlarining bir qancha asarlarini yozishgan.
Masalan, Abu Nasr Farobiy Aristotelning "Ritorika" asariga yozgan sharhida yozuv
tizimi, uslubiyati haqida maʼlumotlar keltirib oʻtgan. Bundan tashqari olim "Yozuv
san'ati haqida kitob" nomli asarini ham yozgan. Abu Rayhon Beruniy
tilshunoslikning juda ko'p masalalari bilan birgalikda yozuv haqida ham atroflicha
fikr yuritadi.
Shuningdek, yozuv o'zining taraqqiyotida turli xil bosqichlarni bosib o'tgan.
Dastlab yozuv bo'lmagan davrlarda insonlar xotira bilan ko'proq ishlashgan. Lekin bu
faqat biror narsa yoki ish harakatni eslatardi holos. Axborot uzatish uchun esa hech
narsa yo'q edi. Ular biror bir buyumga shakl berish orqali ma'lumotlarni bir biriga
yetkazishgan. Buyumga ma'no biriktirishning bu usuli "buyumli yozuv" deb atalgan.
Shundan boshlab, ya' ni, yozuv taraqqiyotining boshqa bosqichlarida uning turli xil
turlari kelib chiqqan. Bundan ko'rinib turibdiki, har bir bosqich bu bittadan yozuv turi
degani. Endi biz yozuvning turlari haqida so'z yuritsak. Har bir yozuv bu oz davrida
insoniyatning ehtiyojlarini qondira olgan. Demak, o'tmishda yozuvlar hali paydo
bolmagan davrlarda odamlar bazi hodisalarni boshqalarga yetkazish uchun
rasmlardan foydalanishgan. Turli xil jonli va jonsiz narsalarning rasmini chiziz orqali
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
62
oz maqsadlarini tushintirib berishgan. Bunday yozuv piktografik yozuv deb
nomlangan. Bu yozuvning birliklarini piktogrammalar deb atashgan. Yozuvning
taraqqiyot bosqichlarida piktografik yozuv ortda qolib, uning davomida yangi yangi
yozuvlar paydo bo'la boshlagan. Piktografik yozuvni ortda qolgan deb ham
aytolmaymiz, chunki, bu yozuv asta-asta rivojlanib, ideografik yozuv ga aylangan.
Ba'zi olimlar ushbu yozuv turini logografik yozuv deb ham atashadi, chunki bundagi
so'zlar faqat narsalarni aks ettirmay, tildagi so'zlarni ham ifodalaydi. Tildagi har bir
so'z o'z simvoliga egadir. Idiografik yozuvning birligini idiogramma deb yuritishadi.
Fonografik yozuv paydo bo'lishi natijasida harf - yozuv davri boshlandi. Hozirgi
vaqtda jahon aholisining taxminan to'rtdan uch qismi mana shu yozuvdan
foydalanishadi. Harf tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, to'rtta asosiy yozuv
sistemasidan iborat. Lotin yozuvidan jahon aholisining 30%, slavyan-krillitsa
yozuvidan 10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi.
O‘rxun yozuvi bilan deyarli bir davrda o‘zbek xalqining ajdodlari uyg‘ur
yozuvidan ham foydalanganlar. Uyg‘ur yozuvi so‘g‘d yozuvi asosida shakllangan
bo‘lib, u vatanimizda, XV asrgacha iste’moda bo‘lgan. Mashhur “Qutadg‘u_bilik"
dostonining bir nusxasi, “Hibatul haqoyiq” dostonining bir necha nusxasi, Xorazmiy
“Muhabbatnoma”sining bir nusxasi, hatto XV asrda ko‘chirilib bir to‘plamga
kiritilgan Lutfiyning bir necha g‘azallari uyg‘ur yozuvida yozilgan.
Ajdodlarimiz qo‘llab kelgan yozuvlar orasida eng ko‘p ishlatilgan yozuv arab
alifbosi bilan bog‘liq. Arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvi VIII
asrdan boshlab qo‘llanila boshlanadi. Deyarli 800 yil mobaynida bu yozuv uyg‘ur
yozuvi bilan yonmayon ishlatilib kelindi. Ammo XVI asrdan, ya’ni shayboniylar
hukmronligi davridan uyg‘ur yozuvi iste'moldan chiqib ketdi. Arab yozuvida bizning
eng nodir yozma yodgorliklarimiz, ming yillik tariximiz bitilgan bo‘lsa-da, bu yozuv
o‘zbek tili fonetikasi va tabiatiga mos kelmas edi. Shuning uchun jadidlar XX asrning
boshlaridayoq eski o‘zbek yozuvini isloh qilish, uni o‘zbek tiliga moslashtirish uchun
harakat qildilar.1921-yildan boshlab lotin alifbosi asosidagi o‘zbek yozuviga o‘tish
harakati boshlandi. 1929-yildan boshlab o‘zbek xalqi lotin alifbosiga asoslangan
yozuvdan foydalana boshladi. Lotin alifbosi asosidagi ilk o‘zbek yozuvi o‘zbek
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
63
adabiy tili me’yorlari aniq belgilanmagan davrda qabul qilingan edi va unda ayrim
noqulayliklar bor edi. Oradan ko‘p o‘tmay, sobiq sho‘ro tuzumida millatlarni
tenglashtirish, millatlararo farqlarni yo‘qotish harakati boshlandi, rus tilining, ta’siri
kuchaydi. Natijada, 1940- yildan boshlab o‘zbek xalqi kirill (rus) alifbosi asosidagi
yozuvga o‘tdi. Kirill alifbosining o‘zbek tili xususiyatlarini ifodalash uchun qulay
emasligi haqida mutaxassislar uzoq vaqt munozara qildilar, imloni takomillashtirish,
hatto kirill alifbosidan voz kechish haqidagi fikrlarni ilgari surdilar. O‘zbekistonning
mustaqilligi, uning jahonga yuz tutayotganligi ilg‘or kommunikatsiya tizimiga jadal
kirishini taqozo etmoqda. Jahondagi ilg‘or texnologiya va fan yutuqlaridan samarali
foydalana olish mamlakatimiz uchun muhimdir. Hozir dunyoda eng keng tarqalgan
vozuv lotin yozuvidir, bu yozuvdan dunyo aholisining 30% i foydalanadi.
Bugungi kundagi zamonaviy yozuvlardan biri bu kozlari kor insonlar uchun
yozuv hisoblanadi. Bu yozuv oz ichiga Brayl alifbosini oladi. Brayl alifbosi - bu
bo'rtma harflardan iborat shriftlar. Bu alifbo L.Brayl tomonidan yaratilgan. Brayl
shrift asosida 6 nuqtani turli vaziyatlarda qoTlash yotadi. Lekin ixtirochi bu alifboga
lotin tilidagi harflar ketma ketligini asos qilib olgan. Bu alifbo bo'yicha o'zbek
yozuvchilaridan A. Qodiriy ("O'tgan kunlar") va V. Gafurov ("Vafodor") asarlari
nashr qilingan. Ko'zi ojizlar uchun hozirgi kunda bu yozuv tufayli juda ko'plab
kitoblar shu yozuv bo'yicha nashr qilinyapti. Nafaqat kitoblar, balki, elektron ma
lumotlar ham ular uchun maxsus ishlab chiqilyapti. Bu ular uchun juda ham katta
imkoniyatlarni ochib beradi.
Xulosa.
Til va yozuv insoniyat tamaddunida alohida ahamiyatga ega.
Bugungi kunda har ikki hodisani bir-biridan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi.
Butun bir jamiyatning taraqqiyotiga ta’sir etuvchi ijtimoiy hodisa bo‘lsa, yozuv
millatning ruhiy-ma’naviy taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omildir. U ajdodlar va avlodlar
o‘rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy ko‘prik vazifasini bajaradi. Yozuvning barqarorligi
ko‘p jihatdan kishilik jamiyati rivojiga borib taqaladi. Shunday ekan, uning sofligi va
rivoji uchun qayg‘urish, xalqning savodxonligini oshirish uchun harakat qilish har bir
fuqaroning burchidir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Maxmudov N. Yozuv tarixidan qisqacha lugʻat maʼlumotnoma. T. 1990.
2. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. R. Sayfullayeva, B.Mengliyev. T.2009
3. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. H.Jamolxonov. T.2013
4. Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. Toshkent 2007.
5.Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2015.