MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
300
EMOTSIONAL IFODALANISHNING INSON PSIXOLOGIYASIGA
TA'SIRI
TerDPI katta ôqituvchisi AXMEDOV BAXTIYOR TURSUNOVICH
TerDPI Amaliy psixologiya yoʻnalishi 2- kurs talabasi
ABDULLAYEVA SEVINCH FAXRIDDIN QIZI
Annotatsiya: Ushbu maqolada emotsiyalarning inson hayotidagi oʻrni,
emotsiyalarning inson ruxiyatiga, organizmiga qay darajada tasir etishi,
emotsiyalarni namoyon qilmaslikning oqibatlari, ularni togʻri koʻrsatishning
usullari, notoʻgʻri koʻrsatishning esa oqibatlariga to’xtalib o’tilgan.
Kalit soʻzlar: Emotsiya, xis - tuygʻu, stress, affekt, yashirish, yuz ifodalari.
Аннотация: В данной статье основное внимание уделяется роли
эмоций в жизни человека, роли эмоций в жизни человека, степени влияния
эмоций на жизнь и организм человека, проблемам выражения эмоций, способам
их правильного отображения, а также основной части неправильного
отображения.
Ключевые слова: Эмоция, чувство, напряжение, аффект, сокрытие,
мимика.
Abstract: This article focuses on the role of emotions in human life, the extent
to which emotions affect the human psyche and div, the consequences of not showing
emotions, the ways of showing them correctly, and the consequences of showing them
incorrectly.
Key words: Emotion, feeling,stress, affect, concealment, facial expressions.
Avvalo emotsiya nima va u qanday ko’rinishda paydo boʻladi degan savolga
javob topsak.Emotsiya lotincha - " larzaga keltiraman" "hayajonlantiraman" degan
lugʻaviy manoga egadir. Odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilari
tasiriga nisbatan subektiv reaksiyalaridir. Yani emotsiya ichki ruhiy holatni, his -
tuygʻularni va tashqi dunyo bilan o’zaro aloqasini aks ettiruvchi psixologik holatdir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
301
Emotsiyaga professor E.G’oziyev quyidagicha tarif berganlar " Emotsiya odatda
tashqi alomatlari yaqqol namoyon boʻladigan xis-tuygʻularni ichki kechinmalaridan
iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklidir "Emotsiya bu individual yani
hususiy ahamiyatga ega. Har bir inson oʻzining temperamentidan, xulq- atvoridan,
ahloqidan kelib chiqqan holatda emotsiyalarni turli xil namoyon qiladilar. Yani har
bir shaxs bitta voqeaga turlicha emotsiya bildiradilar va bildirmasliklari ham mumkin.
Emotsiya asosan yuz ifodalarida, tana harakatlarida, fiziologik holatlarda
namoyon boʻladi. Yuz ifodalarida koʻrinishi masalan: kulish, koʻzlar porlab ketishi,
qovoqlar osilishi, hayratlanish, jirkanish va boshqalar yuz ifodamizda yaqqol
namoyon boʻladi. Fiziologik holatimizda esa yuzlar qizarishi, oqarishi, yurak tez urib
ketishi, tez nafas olish kabilarda emotsiyalarimiz namoyon boʻladi.
Emotsiyalar yaqqol namoyon boʻlishini bilib oldik, endi, emotsiyalarni
namoyon qilmaslik, ularni yashirish, ichga yutish yoki bostirish inson organizmiga
umuman insonga qanday taʼsir qiladi degan savolga javob topsak! Emotsiyalarni
yashirish, ularni bostirish insonga koʻpincha zarar keltirishi mumkin. Ularni
koʻrsatmasdan, chiqarmasdan ichga yutish inson organizmiga, ichki a’zolariga
ruhiyatiga, psixologiyasiga salbiy taʼsirlar koʻrsatadi. Koʻrsatilmagan emotsiyalar
inson fiziologik holatiga taʼsiri yani, insonda nafas qisish holatlari, qon bosim
kasalliklari, yurak bilan bogʻliq baʼzi kasalliklar va boshqalar kelib chiqishi mumkin.
Yashirilgan emotsiyalar inson ruhiyatiga ham salbiy tasirlar koʻrsatadi, masalan
stresslar, affektlar, psixik buzilishlarga olib kelishi mumkin. Affekt bu insonda
birdan paydo boʻladigan va bir necha daqiqa davom etadigan hissiy portlash
jarayonidir. Affekt holatida inson koʻpincha oʻzini boshqarolmay qoladi, buning
natijasida esa atrofdagilarga va oʻzizga zarar yetkashishi mumkin. Affektning
yashirilgan, bostirilgan emotsiyalarga bogʻliqligi shundaki, emotsiyalar yaqqol
namoyon boʻladigan xislardir, ularni namoyon qilmasdan ichga yutish esa bir kun
tanadan affekt holatida chiqishiga sabab bolishi mumkin. Affekt birdan paydo boʻladi
deyilgan lekin affekt yigʻilib borayotgan emotsiyalar, hissiyotlarning "portlashi"
natijasida sodir boʻladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
302
Shuni takidlab oʻtish kerakki, emotsiyalarni tög’ri koʻrsata olish ham juda
muhimdir. Ularni togʻri ifoda etolmaslik tashqi ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.
Emotsiyalarni to’g’ri koʻrsatish, odamning hissiyotlarini samimiy ifodalashini
anglatadi. Insonning oʻz his-tuygʻularini tushunishi va ular bilan boʻlishi, bu
emotsiyalarini boshqalarga togʻri koʻrsatishning eng samarali yoʻlidir. Emotsiyalarni
va his-tuygʻularni yanada aniq qilib korsatishning yana bir usuli bu soʻzlar orqali
tushuntirishdir, masalan "xursandman" "oʻzimni yomon xis qilyapman" “bu
harakatingiz meni hafa qilyapti" va hk orqali emotsional holatlarni yaxshiroq ifodalab
berish mumkin. Emotsiyalarni to’g’ri va ochiq namoyon qilish odamning oʻzini
yaxshiroq, yengilroq his qilishiga yordam beradi. Insonning ruhiy va jismoniy
salomatligiga ijobiy tasir qiladi. Ayniqsa emotsiyalar oilaviy munosabatlarda katta rol
oʻynaydi. Ularni togʻri va ochiq namoyon qilish munosabatlarni yaxshilashga, ularni
mustahkamlashga va asosiysi, er - xotin bir- birini tushunishiga, nima
xohlayotganligini anglashiga yordam beradi.
Emotsiyalarni
notoʻgʻri
koʻrsatish
turli
xil
noqulayliklar
va
kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, emotsiyalarni boshqalarga
haddan tashqari koʻrsatish bu, ayniqsa boshqalar bunday xis-tuyg’ularni qabul
qilishga tayyor bo’lmagan paytlarda noqulayliklar tug’diradi. Insonlar ko’pincha
ichki emotsional holatini yashirish uchun, emotsional holatiga qarama - qarshi
boʻlgan yuz ifodalarini namoyon qiladilar. Masalan jaxl chiqqan holatini, kulish
orqali yashirishga urinadilar. Bu esa oʻzini noqulay xis qilishga va boshqalar
tomonidan notoʻgʻri tushunilishiga olib kelishi mumkin. Bunday notóg’ri
emotsiyalarni ko’rsatish, boshqalar bilan aloqada noqulayliklar yaratishi va ózini
notóg’ri tushunishga sabab bólishi mumkin.
Emotsional holatlarni nazorat qilish jarayoni ham juda muhimdir. Bu borada
N.D.Levitov quyidagi fikrni takidlagan "Inson psixikasi va uning o’ligi bilan
kurashda portlash yuz beradi". Emotsional holatlarni nazorat qila olmaslikda asab
zonalari bardosh bera olmaydi bu holatlar o’z-o’zini nazorat qila olmaslikni keltirib
chiqarishi tabbiy. Bu to’g’risida V.G Afanasev quyidagilarni takidlab o’tgan
"Dunyoda insongina emotsional holatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega agar u
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
303
fikrlasa, o’ylasa, ziyrak bo’lsa, o’ziga boshqalar nigohi bilan qaray bilsa, o’zining
xato va kamchiliklarini ko’ra bilsa, agar aksincha bo’lsachi yani unda emotsional
hissiyot ustunlik qilsa, affektlar haddan tashqari o’zini sevsa inson o’zini nazorat qila
olmaydi".
Xulosa qilib shuni aytadigan boʻlsak, inson oʻzi xis-tuygʻularini tushuna olsa,
o’zidagi boʻlayotgan holatlarni, jarayonlarni anglay olsa va tahlil qila olsagina
emotsiyalarini nazorat qila oladi. Inson emotsiyalarini nazorat qilib va ularni togʻri
koʻrsata olsa oʻziga va atrofdagilarga nisbatan toʻgʻri yoʻl tutgan boʻladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
F.I Haydarov, N.I Xalilova " Umumiy psixologiya" Toshkent 2009
2.
E.G’oziyev " Umumiy psixologiya"
3.
Ivanov.I, Zufarova.M " Umumiy psixologiy" O’z. FMJ.2008