MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
270
XORAZM YIGITLAR RAQSI HAQIDA MULOHAZA
Baxtiyarov Muhammadali Alisher oʻgʻli
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali 4-bosqich
talabasi
Ismoilova Muxlisa Shuhrat qizi
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali 4-bosqich
talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Xorazm yigitlar raqsi haqida mulohaza
yuritilgan. Yigitlar
raqsi o‘zining baquvvat va erkaklarga xos harakatlar bilan ajralib
turishi, ko‘pincha erkaklar tomonidan kuch, epchillik va muvofiqlashtirishni
namoyish etish uchun ijro etilishi haqida atroflicha ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek, “Masxaraboz
lazgi”si, uni ijro etgan xorazmlik raqqoslar haqida so‘z
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: raqs maktablari, urf-odatlar, epchillik, jangovar xarakter,
“Lazgi”,
“Masxaraboz lazgi”
КОММЕНТАРИЙ О ХОРЕЗМСКОМ МУЖСКОМ ТАНЦЕ
Аннотация: В этой статье обсуждается танец хорезмских юношей.
юношеские танцы отличаются энергичностью и мужественностью, часто
исполняются мужчинами для демонстрации силы, ловкости и координации.
Также упоминается «Клоунский лазги», исполнявший его хорезмские танцоры.
Ключевые слова: танцевальные школы, традиции, ловкость, боевой
характер, «Лазги», «Масхарабоз лазги»
A COMMENT ON KHOREZM MEN’S DANCE
Abstract: This article discusses the dance of Khwarezm youths. Youthful
dances are characterized by vigor and masculinity, often performed by men to
demonstrate strength, agility and coordination. Also mentioned is the "Clown Lazgi,"
performed by his Khorezm dancers.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
271
Keywords: dance schools, traditions, dexterity, fighting character, "Lazgi,"
"Masharaboz lazgi"
Muhtaram Yurtboshimizining 2020-yil 4-fevraldagi “Milliy raqs san’atini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 4584-sonli qarorida “Ko‘p asrlik
boy va betakror madaniyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan milliy raqs san’atining
xalqimiz ma’naviyati, badiiy-estetik qarashlarini yuksaltirish, yosh avlodni milliy
qadriyat va an’analarimizga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash
borasidagi o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bu esa ushbu san’atni bugungi kunda jamiyatimiz hayotining barcha
sohalarida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarga mos holda rivojlantirish, milliy
raqsning turli yo‘nalish va namunalarini, mamlakatimizning turli mintaqalarida
shakllangan mumtoz raqs maktablarini qayta tiklash va kelajak avlodlarga bezavol
yetkazish hamda bu boradagi ta’lim-tarbiya, targ‘ibot ishlarini kuchaytirishni taqozo
etmoqda” [1] - deb ta’kidlangan. Mazkur qaror ijrosini sifatli va tizimli ta’minlash,
ko‘p asrlik nomoddiy madaniy merosimizni asrab-avaylash, mumtoz raqs
maktablarini qayta tiklash va rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga
oshirlmoqda. Jumladan, Xorazm viloyatida O‘zbekiston davlat xoreografiya
akademiyasi Urganch filialining tashkil etilganligi, ko‘plab raqqos va raqqosalarning
ta’lim olib bu sirli san’at turining sir-sinoatlarini qunt bilan o‘rganib kelayotganligi,
yurtimizda qolaversa, butun dunyo miqiyosida tashkil etilayotgan turli xil bayram va
tadbirlarda o‘zbek raqs san’atini namoyish etib kelayotganligi fikrimizning isbotidir.
Bizga ma’lumki, yurtimizda Farg‘ona, Qorqaqalpoq, Buxoro, Xorazm va
Surxon raqs maktablari o‘z yo‘nalishi, ijro uslubi, harakatlari, liboslari va turlari bilan
bir-biridan
farqlangan
holda
xalqimizning
qadimiy
milliy
urf-odat
va
qadriyatlarimizni tarannum etib kelmoqda. Bu raqs maktablari ichida o‘zining
qadiymiyligi va jo‘shqin, o‘ynoqiligi bilan ajralib turadigani Xorazm raqs maktabidir.
Xorazm raqs maktabi an’anaviy o‘zbek raqs shakllarini, xususan, Xorazm
xalqining xalq raqslarini saqlash va targ‘ib qilish bilan mashhur. Xorazm raqs maktabi
mintaqaning madaniy merosini raqs orqali o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, ko‘pincha
klassik va xalq uslublarini ta’kidlaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
272
Xorazmning raqs an’analari tarixga boy bo‘lib, uning o‘ziga xos chiqishlari
mintaqa folklorini va tarixini aks ettiruvchi turli xil harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu raqslar odatda nafis, jo‘shqin harakatlar, murakkab oyoq harakatlari va ifodali
imo-ishoralar bilan ajralib turadi. Bu o‘zgachalik Xorazm yigitlar raqsidan ham
yaqqol namoyon bo‘ladi. Xorazm yigitlar raqsi – an’anaviy xalq raqsidir. Ushbu raqs
o‘zining baquvvat va erkaklarga xos harakatlar bilan ajralib turadi, ko‘pincha erkaklar
tomonidan kuch, epchillik va muvofiqlashtirishni namoyish etish uchun ijro etiladi.
Bu Xorazm xalqining madaniy merosining muhim qismi bo‘lib, uning tarixi, urf-
odatlari va mahalliy g‘ururini ifodalaydi.
Xorazm yigitlar raqsi
— o‘zbek xalqining boy madaniy merosidan biri
bo‘lib, u asrlar davomida shakllanib, o‘ziga xos tarzda rivojlangan. Bu raqs Xorazm
mintaqasining boy tarixiy, madaniy va musiqiy an’analarini aks ettiradi. U nafaqat
san’at turi, balki xalqning xarakteri, tarixi va dunyoqarashini ifodalovchi vosita
sifatida ham qadrlanadi. Xorazm yigitlar raqsi mintaqadagi qadimgi madaniy
qatlamlardan ildiz olgan. Xorazm vohasida yashagan xalqlarning diniy marosimlari
va urf-odatlari raqs orqali ifoda etilgan. Ushbu hududda qadimda zardushtiylik,
keyinchalik islom dini tarqalgan va bu e’tiqodlar raqsning mazmunida va uslubida
aks etgan.
Raqslardagi jangovar xarakter:
Xorazm yigitlarining kuch-qudratini,
jangovar tayyorgarligini va epchilligini namoyon etuvchi harakatlarni o‘z ichiga
oladi. Bu raqsning ildizlari qadimgi jangovar o‘yinlar va urf-odatlarga borib taqaladi.
Raqsda qo‘l harakatlari, sakrashlar va turli murakkab qadamlar jangovar ruhni ifoda
etadi.
Musiqa va milliy cholg‘u asboblari: Ushbu raqs an’anaviy Xorazm musiqasi
bilan uyg‘unlashgan bo‘lib, asosan doira, surnay va nog‘ora kabi cholg‘u asboblari
hamrohligida ijro etiladi. Musiqaning tezkor va jo‘shqin ritmi yigitlarning kuchli
energiyasini ifodalaydi.
Milliy liboslar:
Raqs ijro etilishida yigitlar Xorazmga xos milliy liboslarni
kiyishadi. Liboslar ko‘pincha rang-barang, bezakli va epchillikni ta’minlashga mos
ravishda tikilgan bo‘ladi. Raqsda yigitlarning kuchli, qat’iyatli va dadil harakatlari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
273
asosiy o‘rinni egallaydi, raqsning ritmi tez-tez o‘zgaradi, harakatlar va ifodalar orqali
yigitlarning mardligi va xalqining ma’naviy kuchi namoyon bo‘ladi bu esa uning
tomosha qilishga yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi.
Shu o‘rinda, Xorazm vohasida qadim zamonlarda shakllangan va asrlar
davomida rivojlanib kelgan Xorazm “Masxaraboz lazgi”si xususida to‘xtalib o‘tishni
joiz bildik. Lazgining ushbu turi ibtidoiy jamoa davrida paydo bo‘lib, asrlar davomida
shakllanib, rivojlanib,sayqal topib erkaklar tomonidan ijro etilib kelgan. “Qadimda
masxarabozlar tomonidan “Ayiq o‘yini”, “Dev o‘yini”, “Maymun o‘yini”, “Ot
o‘yini” o‘ynalib kelingani va bu o‘yinlar ko‘pincha niqob kiyib o‘ynalganligi
xalqimizga ma’lum. Hozirgi davrda ham ijro qilib kelinayotgan “Qumpishik o‘yini”,
“Chorloq o‘yini”, “Yumronqoziq o‘yini”, “Echki o‘yini”, “Qirg‘ovul o‘yini”, juda
qadimiy bo‘lib, ularni masxarabozlar musiqa va ashula jo‘rligida o‘ynab taqlid
qilinayotgan hayvonlarning xususiyatlarini katta mahorat bilan tasvirlay olganlar”-
deb yozadi O‘zbekiston xalq artisti, faxriy professor G. Matyaqubova [2]. Bu raqs
xorazmliklarning sevib o‘ynaydigan va tomosha qiladigan o‘yinlaridan biri
hisoblanadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atidan “masxaraboz” so‘zining lug‘aviy
ma’nosiga qaraydigan bo‘lsak, masxara – “ermaklash, mazax, hazil, kamsituvchi,
kulgi qiluvchi gapso‘z, mazxaralamoq” so‘zlaridan kelib chiqqanligi aytiladi.
Masxaraboz esa tomoshaxonalarda, sayillarda va umuman, xalq ko‘p to‘planadigan
maskanlarda tomoshabinlarni kuldiradigan, o‘yinlar ko‘rsatadigan qiziqchi, artist
ma’nosida qo‘llanadi. “Lazgi” so‘zi esa qadimgi Xorazmiy tilida “sovqotmoq”,
“qaltiramoq” (“shuningdek, titramoq”) kabi ma’nolarini anglatishi esa mazkur raqs
turining “Masxaraboz lazgi” deya nom olishiga asos bo‘lgan, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Vaqt o‘tgan sayin masxarabozlik o‘yinlarining elementlari “Lazgi”
o‘yinida aks etib boradi. Buning natijasida esa “Masxaraboz lazgi” vujudga keladi.
Ushbu raqsning asosiy harakatlari taqlidchilikka asoslangan. Lazgining ushbu turi
biror hayvon, qush, salbiy xarakterdagi odamning tashqi ko‘rinishi hamda
xususiyatlariga taqlid shaklida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, badiiy
adabiyotlarda “Masxaraboz” obrazi Gyotening “Faust”, V.Shekspirning “Gamlet”,
“Qirol Lir” asarlarida ham uchraydi. Bu asarlarda asosan o‘sha davrdagi yuqori
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
274
tabaqa vakillarining xatti-harakatlari hajv qilinadi. Bu ayni paytda qaysidir ma’noda
masxarabozlarning bajaradigan funksiyasi bir-biriga chambarchas bog‘liqligidan
dalolat beradi. “Masxaraboz lazgi”sining bir necha asrlardan buyon shakllanib,
avloddan- avlodga o‘tib, bugungi kungacha yetib kelishida Komiljon Qutlimurodov,
Sulton Otaniyozov, Rajabboy Davlatov, Davlatyor Erjanov, Quronboy Sa’dullayev
kabi san’atkor ustozlarimizning beqiyos hissasi bo‘lganini ham mamnuniyat bilan
e’tirof etsak arziydi.
Raqs san’ati ixlosmandlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, “Masxaraboz
lazgi” ijrosida o‘tgan asrning 50-yillarida xorazmlik mashhur raqqos Sulton
Otaniyazov nom chiqargan. U boshiga piyola qo‘yib, turli xil taqlidiy harakatlar bilan
ijro qilgan.
Xorazm masxarabozlik san’ati o‘tgan asrning birinchi yarmigacha o‘z
mashhurligini yo‘qotmagan. Ammo ikkinchi yarmiga kelib tanazzulga yuz tutib
boshlagan. Hozirgi vaqtda Xorazm viloyatining Shovot tumanida “Monoq
masxarabozlari” nomi ostida faoliyat yuritib kelayotgan folklor etnografik ansambli
masxarabozlari tomonidangina ijro etilib kelinmoqda. Bu ansambl o‘tgan asrning 80-
yillarida marhum Shovotlik masxaraboz Davlatyor Erjanov tomonidan tashkil
qilingan. Davlatyor Erjanov Xorazm masxarabozlari maktabining ulkan
namoyondalaridan biri bo‘lgan.
Bugungi kunda Davlatyor Erjanov orqali avloddan avlodga o‘tib kelayotgan
bu san’at turini uning sevimli shogirdi “Shuhrat” medali va “O‘zbekiston
Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi ko‘krak nishoni” sohibi, Quronboy
Sa’dullayev davom ettirib kelmoqda.
Quronboy Sa’dullayev yoshligidan madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishi
juda katta bo‘lgan. “1965-1970-yillari mahallamizda bo‘ladigan to‘ylarga, sayllarga
Masxarabozlar kelar edi shularga havas qilib ustozim Erjanov Davlatyordan
masxarabozlik sirlarini o‘rganganman. Uyimizda otamning qo‘y terisidan bo‘lgan
qishqi kiyimi bor edi. Bir kuni shuning yengini kasb olib, boshimga kiyib raqsga
tushib barchani kuldirdim. Shundan so‘ng o‘z o‘zidan masxaraboz raqslarni ijro qilish
qiziqishi paydo bo‘ldi. 1988-yilda mahallalar o‘rtasida Sayil bayrami munosabati
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
275
bilan turli xil musabaqalar uyushtirildi. Unda ustozim Erjanov Davlatyor
boshchiligida masxaraboz o‘yinlarini ijro qilib birinchi o‘rinni egalladik. 1989-yilda
Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan “Marhabo talantlar” festivalida ishtirok etib,
masxarabozlik san’ati bilan “Sartarosh va Usta shogird” raqsini ijro qilib birinchi
o‘rinni qo‘lga kiritdik” – deb xotiralaydi Quronboy Sadullayev.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach milliy qadriyatlar va urf-odatlarimizni
qayta tiklash va eʼzozlash boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirila boshlandi. Yo‘qolib
ketayotgan tarixiy nomoddiy madaniy meroslarimizni asrab qolish, qayta tiklash,
ularni kelajak avlodlarga bus-butun holda yetkazish, yoshlar ongiga singdirish,
farzandlarimizni Ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, manan yetuk va jismonat
sog‘lom qilib voyaga yetkazish asosiy tamoyillarimizdan biriga aylandi.
Mustaqillik yillarida Xorazm madaniyati va san’atini yoyish, tarannum
qilishda ham Xorazm masxarabozlarining xizmati beqiyosdir. Yurtimizda bo‘ladigan
turli bayram va tadbirlarda “Monoq masxarabozalari” tomonidan ijro etiladigan
tomoshalar muxlislar qalbidan joy olib kelmoqda. Bu ansamblning dasturida
“Hayronman”, “Chaparozi mog‘oldoq”, “Arka bola”, “Sartarosh”, “Po‘rxon”, “Axov
polvon va moxov polvon”, “Uylanish”, “Qum pishik”, “Cho‘girma” singari qadimiy
asarlar o‘rin olgan.
Bugungi kunda “Masxaraboz lazgi” sini maromiga yetkazib ijro qilib
kelayotgan masxarabozlar sifatida Quronboy Sadullayev va shogirdi Otanazar
Matyoqubovlar hamda Shovot tumani Madaniyat bo‘limi tarkibidagi “Monoq
masxarabozalari” folklor-etnografik ansamblining raqqos yigitlarini ayta olamiz.
Xulosa o‘rnida shuni aytish o‘rinliki, masxarabozlik san’ati faqat erkaklarga
xos bo‘lganligi tufayli “Masxaraboz lazgisi”ni faqat erkaklar ijro qiladi. Bu san’at
turini asrash, qayta tiklash, rivojlantirish, ilmiy va amaliy jihatdan chuqur tadbiq etish
zarur. Negaki bunday noyob nomoddiy madaniy meros namunasi o‘zbek
san’atshunosligini, raqsshunosligini butun dunyoga mashxur qilishda asosiy rol
o‘ynaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
276
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Milliy raqs
san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 4584-sonli qarori
2.
G.Matyoqubova, Sh.Eshjonova “Lazgi”. – Xorazm: Urganch, 2017
3.
“Nafosat hayotbaxsh qudrat”. “Xalq sо‘zi” gazetasi, 2021-yil, 21-avgust.
4.
Abdeyeva L. О‘zbekiston raqs san’ati. – Toshkent: О‘zSSR davlat badiiy
adabiyot nashryoti, 1960.
5.
Abraykulova N.E. Raqs. – T.: “Turon-Iqbol”, 2018.