Authors

  • Shermatov G’olibjon Sherzod og’li
  • Seytmuratov Atabek Bekmurat uli

Author Biographies

  • Shermatov G’olibjon Sherzod og’li

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO’MITASINING BOJXONA INSTITUTI 1­­­­­-KURS KURSANTI

  • Seytmuratov Atabek Bekmurat uli

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO’MITASINING BOJXONA INSTITUTI 1­­­­­-KURS KURSANTI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.92820

Keywords:

Yangi O’zbekiston-yangi jamiyat fuqarolik jamiyati jamoatchilik nazorati samarali tashabbus jamoatchilik institutlari “Ommaviy axborot vositalari-to’rtinchi hokimiyat” adolat tuyg'usi madaniyat ma’naviyat mafkura yangicha dunyoqarash huquqiy psixologiya huquqiy tarbiya yuksak huquqiyong ijtimoiy fikr. New Uzbekistan new society civil society public control effective initiative public institutions “Mass media - the fourth power” sense of justice culture spirituality ideology new worldview legal psychology legal education high legal awareness social opinion. Новый Узбекистан новое общество гражданское общество общественный контроль эффективная инициатива общественные институты «СМИ - четвертая власть» чувство справедливости культура духовность идеология новый мировой взгляд правовая психология правовое воспитание высокое правовое сознание общественное мнение

Abstract

Ushbu maqola yangi O’zbekiston jamiyatida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishdagi muammolarga     bag'ishlangan.     Maqolada     jamiyatdagi huquqiy ongning bugungi holati o‘rganilib, qayd etilgan muammoni  hal  etish  yo‘llari  taklif  etilgan.  Shuningdek mamlakatimizada   olib   borilayotgan   har   bir   islohotning jamiyatda  samarali  olib  borilishiga  qaratilgan  faoliyatni to’ri  tashkil  etish  bo’yicha  fikr-mulohaza   yuritilgan.   Bu yo‘nalishning  dolzarbligi  XXI  asr  boshlarida  mamlakat hayotining  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy  va  boshqa jabhalarida yuz bergan o‘zgarishlar, davlat va huquqning mohiyatiga oid yangicha qarashlarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Mamlakatda barcha davlat organlari, fuqarolik  jamiyati  institutlari  hamda  mansabdor  shaxslar tomonidanfuqarolarning     huquqiy     ong     va     huquqiy madaniyatni     rivojlantirish     maqsadidaolib     boriladigan huquqiy targ’ibot faoliyatini yanada kengroq olib borish zarurligi  nazarda  tutilgan.  Huquqiy  targ’ibotni  amalga oshirishda    ommaviy   axborot    vositalari    rolini    oshirishmasalalari ifodalangan.

This article is dedicated to the problems of developing legal awareness and legal culture in the new society of Uzbekistan. The article examines the current state of legal awareness in society and proposes solutions to the identified issues. Additionally, it discusses the necessary activities for effectively organizing the implementation of each reform currently being carried out in the country. The relevance of this direction is marked by changes in the political, socio-economic, cultural, and other areas of the country’s life at the beginning of the 21st century, as well as the emergence of new perspectives on the nature of the state and law. The article emphasizes the need for all state bodies, civil society institutions, and public officials to expand the legal advocacy activities aimed at developing citizens' legal awareness and legal culture. It also highlights the importance of increasing the role of mass media in implementing legal advocacy.

Данная статья посвящена проблемам развития правового сознания и правовой культуры в новом обществе Узбекистана. В статье исследуется текущее состояние правового сознания в обществе, а также предлагаются пути решения выявленных проблем. Кроме того, рассматриваются вопросы эффективной организации деятельности по внедрению реформ, проводимых в стране. Актуальность данного направления определяется изменениями в политической, социально-экономической, культурной и других сферах жизни страны на рубеже XXI века, а также появлением новых взглядов на сущность государства и права. В статье подчеркивается необходимость расширения правозащитной деятельности всех государственных органов, институтов гражданского общества и должностных лиц, направленной на развитие правового сознания и правовой культуры граждан. Также отмечается важность повышения роли средств массовой информации в осуществлении правозащитной работы.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–3_ Январь –2025

322

MAVZU: YANGI O’ZBEKISTON JAMIYATIDA HUQUQIY ONG

VA HUQUQIY MADANIYAT RIVOJLANISH TENDENSIYALAR

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi

Bojxona qo’mitasi Bojxona instituti

Umumhuquqiy fanlar kafedrasi

Shermatov G’olibjon Sherzod og’li

Seytmuratov Atabek Bekmurat uli

1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO’MITASINING

BOJXONA INSTITUTI 1-KURS KURSANTI

2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO’MITASINING

BOJXONA INSTITUTI 1-KURS KURSANTI

Annotatsiya:

Ushbu maqola yangi O’zbekiston jamiyatida huquqiy ong va

huquqiy madaniyatni rivojlantirishdagi muammolarga bag'ishlangan. Maqolada

jamiyatdagi huquqiy ongning bugungi holati o‘rganilib, qayd etilgan muammoni hal

etish yo‘llari taklif etilgan. Shuningdek mamlakatimizada olib borilayotgan har

bir islohotning jamiyatda samarali olib borilishiga qaratilgan faoliyatni to’ri


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–3_ Январь –2025

323

tashkil etish bo’yicha fikr-mulohaza yuritilgan. Bu yo‘nalishning dolzarbligi

XXI asr boshlarida mamlakat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va

boshqa jabhalarida yuz bergan o‘zgarishlar, davlat va huquqning mohiyatiga oid

yangicha qarashlarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Mamlakatda barcha davlat

organlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mansabdor shaxslar

tomonidanfuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni

rivojlantirish maqsadidaolib boriladigan huquqiy targ’ibot faoliyatini yanada

kengroq olib borish zarurligi nazarda tutilgan. Huquqiy targ’ibotni amalga

oshirishda ommaviy axborot vositalari rolini oshirishmasalalari ifodalangan.

Kalit so’zlar:

Yangi O’zbekiston-yangi jamiyat, fuqarolik jamiyati,

jamoatchilik nazorati, samarali tashabbus, jamoatchilik institutlari, “Ommaviy

axborot vositalari-to’rtinchi hokimiyat”, adolat tuyg'usi, madaniyat, ma’naviyat,

mafkura, yangicha dunyoqarash, huquqiy psixologiya, huquqiy tarbiya, yuksak

huquqiyong, ijtimoiy fikr.

Annotation

:

This article is dedicated to the problems of developing legal

awareness and legal culture in the new society of Uzbekistan. The article examines

the current state of legal awareness in society and proposes solutions to the identified

issues. Additionally, it discusses the necessary activities for effectively organizing the

implementation of each reform currently being carried out in the country. The

relevance of this direction is marked by changes in the political, socio-economic,

cultural, and other areas of the country’s life at the beginning of the 21st century, as

well as the emergence of new perspectives on the nature of the state and law. The

article emphasizes the need for all state bodies, civil society institutions, and

public

officials to expand the legal advocacy activities aimed at developing citizens' legal

awareness and legal culture. It also highlights the importance of increasing the role

of mass media in implementing legal advocacy.

Keywords: New Uzbekistan, new society, civil society, public control,

effective initiative, public institutions, “Mass media - the fourth power”, sense of

justice, culture, spirituality, ideology, new worldview, legal psychology, legal

education, high legal awareness, social opinion.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–3_ Январь –2025

324

Аннотация

:

Данная статья посвящена проблемам развития правового

сознания и правовой культуры в новом обществе Узбекистана. В статье

исследуется текущее состояние правового сознания в обществе, а также

предлагаются

пути

решения

выявленных

проблем.

Кроме того,

рассматриваются вопросы эффективной организации деятельности по

внедрению реформ, проводимых в стране. Актуальность данного направления

определяется изменениями в политической, социально-экономической,

культурной и других сферах жизни страны на рубеже XXI века, а также

появлением новых взглядов на сущность государства и права. В статье

подчеркивается необходимость расширения правозащитной деятельности

всех государственных органов, институтов гражданского общества и

должностных лиц, направленной на развитие правового сознания и правовой

культуры граждан. Также отмечается важность повышения роли средств

массовой информации в осуществлении правозащитной работы.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, новое общество, гражданское

общество, общественный контроль, эффективная инициатива, общественные

институты, «СМИ - четвертая власть», чувство справедливости, культура,

духовность, идеология, новый мировой взгляд, правовая психология, правовое

воспитание, высокое правовое сознание, общественное мнение

KIRISH

Bu yo‘nalishning dolzarbligi XXI asr boshlarida mamlakat hayotining

siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa jabhalarida yuz bergan o‘zgarishlar,

davlat va huquqning mohiyatiga oid yangicha qarashlarning paydo bo‘lishi bilan

belgilanadi. Mamlakatda barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari

hamda mansabdor shaxslar tomonidanfuqarolarning huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni rivojlantirish maqsadidaolib boriladigan huquqiy targ’ibot

faoliyatini yanada kengroq olib borish zarurligi nazarda tutilgan. Huquqiy

targ’ibotni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari rolini

oshirishmasalalari ifodalangan. Hozirgi kunda, chinakkam huquqiy demokratik

davlat qurish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, eng ustuvor vazifa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–3_ Январь –2025

325

sifatida jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish,

qonun ustuvorligini ta’minlash eng muhim siyosiy masala bo’lib qolmoqda. Huquqiy

davlatning eng muhim belgisi, shuningdek, uning shakllanishining ko'rsatkichi

jamiyatning, fuqarolarning, huquqiy madaniyati darajasiga bog’liq bo'lib, ijtimoiy-

huquqiy faoliyatni nazarda tutuvchi demokratik institutlarning rivojlanishi bilan

belgilanadi.

Asosiy qism

Ayni paytda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini

shakllantirishning samarali tizimini yaratish nihoyatda muhim. Yangi O’zbekiston

jamiyatida ham bu borada qator muammolar mavjud bo’lib, mazkur huquqiy

muammolarni quyidagicha ifodalashimiz mumkin:

• jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning pastligi;

• huquqiy tartibsizlik holatlarining ortib borishi;• huquqiy nigilizm va

infantilizm;

• hayotning barcha jabhalarida hukm surayotgan huquqiy

madaniyatning etishmasligi, odamlarning kundalik munosabatlari sohasidan

(fuqarolar davlatning huquqiy tizimi, amaldagi qonun hujjatlari to'g'risida zarur

bilimga ega bo'lmasa, o'z huquq va majburiyatlarini amalga oshira olmasa,

o'z manfaatlarini himoya qila olmasa);

• Ommaviy axborot vositalari faoliyati yetarli darajada emasligi,

xususan surishtiruv jurnalistikasi rivojlanmaganligi;

• aholini, xususan, yosh avlodni huquqiy tarbiyalash va

tarbiyalashtizimining izchil emasligi; ommaviy axborot vositalari faoliyatining

samaradorligi yetishmasligi. Bu kabi muammolar yangi O’zbekistonda olib

borilayotgan siyosatning maqsad va vazifalarini chuqur anglab yetish hamda

uni real hayotda to’g’ri tadbiq etish yo’lida asosiy to’siq yaratadi. Darhaqiqat, bu kabi

muammolar nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda kuzatish mumkin.

Misol tariqasida “Zamonaviy rus jamiyatida huquqiy ong inqirozi mavjudligi,

shuningdek, Rossiya 21-asrga samarasiz huquqiy tizim, rivojlanmagan

huquqiy madaniyat va yuqori darajadagi jinoyatlar bilan kirib kelmoqda” degan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–3_ Январь –2025

326

fikr taniqli rus mutafakkiri va huquqshunosi P.I. Novgorodtsev tomonidan keltirib

o’tilgan. Unga ko’ra olingan so'rov ma'lumotlarini tahlil qilinib, ushbu tahlil

markazi quyidagi xulosalarga kelgan. Hozirgi vaqtda ruslarning katta qismi

konstitutsiyaning Rossiya Federatsiyasining asosiy qonuni sifatidagi roliga

ahamiyat bermasligi,va afsuski, so'ralgan har o'ninchi fuqaro Rossiya

Federatsiyasi Konstitutsiyasining mazmunini yaxshi tushunishini aytdi.

Fuqarolarning atigi beshdan bir qismi konstitutsiya mamlakat ehtiyojlariga

toʻliq javob beradi, deb hisoblaydi va qariyb yarmi Asosiy qonun mamlakatdagi

ishlar holatiga mos keladimi yoki yoʻqligi haqida hatto tasavvurga ham ega emas

11

.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini, shu

jumladan davlat organlari, ommaviy axborot vositalari va jamoat birlashmalarini

huquqiy ta'lim va tarbiyalashning izchil, o'zaro bog'liq tizimini yaratish

uchun mamlakatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish bo'yicha federal dasturni

ishlab chiqish, uning tarkibida huquqiy ta’lim bo‘yicha aniq kengash tuzish

(tarkibiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, madaniyat

arboblari, kino, televideniye, ilmiy va ta’lim huquqiy muassasalar vakillari va

boshqalar kirishi lozim), shu bilan birga mazkur organ aholining huquqiy

ma’rifat darajasini o‘rganishi, huquqiy bilimlarni tarqatish bo‘yicha ishlarning

shakl va usullarini umumlashtirishi zarur. huquqiy ta’limni tashkil etish, huquqiy

materiallar va ularni taqdim etish shakllarini tahlil qilish, targ‘ibot

ishlarining eng dolzarb yo‘nalishlarini belgilash, tavsiyalar va yo‘riqnomalar

ishlab chiqishi belgilab o’tilgan. Biz esa yangi O’zbekiston va yangi

jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlar samarali bo’lishi uchun bu kabi

muammolarni yuzaga kelishini oldini olishga qaratilgan qat’iy chora-tadbirlar

kompleksini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirmog’imiz lozim.

Mazkur faoliyatni amalga oshirishda nafaqat davlat boshqaruv organlari

va yuqori turuvchi tashkilotlar balki barcha davlat idoralarihamda fuqarolik

1

Yuriy Levada tahliliy markazi (Levada markazi) [Elektron resurs] URL:http: //

www.Levada.ru/fuqarolarning “Konstitutsiya haqida ruslar” savoli (sanasi 06/05/2015)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–3_ Январь –2025

327

jamiyati institutlari tomonidan faol, tashabbuskor hamda oqilona faoliyat olib

borilishi nazarda tutiladi. Bugungi kungacha aholini huquqiy ongi va huquqiy

madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirib

kelinayotganligi hamda bu islohotlar anchagina samarali natija berayotganligini

ham ko’rishimiz mumkin. Bu borada, davlatimiz rahbarining 2019-yilgi PF-5618-

sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini

tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi

2

Farmoni mazkur sohaga qaratilgan alohida

e’tibor bo’ldi. Unga ko’ra, quyidagilar asosiy vazifa etib belgilangan edi:

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilash;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng ko’lamda

foydalanishini ta’minlash,ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari

va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish bo’yicha

muvofiqlashtirilgan faoliyatni tshkil etish; ommaviy axborot vositalarining huquqiy

axborot bilan ta’minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ’ibotning innovatsion

usullaridan foydalanib, veb-texnologiyalarni qo’llashni kengaytirish; jamiyatda

huquqiy ong va huquqiy yuksaltirish konsepsiyasini samarali amalga oshirish

bo’yicha “yo’l xaritasi”ni tasdiqlash belgilanib, konsepsiyada “Jamiyatda

qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish –demokratik huquqiy davlat qurishning

garovidir!” , “Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o’rtasidagi

muvozanatni saqlash”, “Yuksak huquqiy madaniyat –mamlakat taraqqiyoti

kafolati”degan g’oyalar singdirish hamda “Shaxs –oila –mahalla –ta’lim muassasasi

–tashkilot –jamiyat” prinsipini tizimli va uzviy tashkil etish nazarda tutildi

2

.

Islohotning mantiqiy davomi sifatida 2020 yil “Ta’lim to’g’risida”gi O’RQ-637-

sonli Qonun hamda 2020-yil PF-5987-sonli “O‘zbekiston respublikasida yuridik

ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar

to‘g‘risida”gi Farmon natijasida ta’limning barcha shakllari joriy etilib, keng yuridik

2

“O„zbekiston respublikasida yuridik ta‟lim va fanni tubdan takomillashtirish bo„yicha

qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi 2020-yil PF-5987-sonli Farmon


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–3_ Январь –2025

328

jamoatchilik ishtirokida yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish,

shuningdek, huquqiy targ’ibotni samarali amalga oshirish va oliy ta’lim tizimini

2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish

boshlandi.2.Biz qurmoqchi bo’lgan yangi O’zbekiston jamiyatida huquqiy ong va

huquqiy madaniyatni oshirishda davlat organlari, ayniqsa huquqni muhofaza

qiluvchi idoralar, sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari, adliya organlarigina

emas, balki barcha fuqarolik jamiyati institutlari, mansabdor shaxslar hamda keng

jamoatchilik ishtirokida yangicha chora-tadbirlar amalga oshirilib, ularni

ommaviy axborot vositalari yordamida keng targ’ib qilish lozim. Amalda esa

fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari faoliyati hamkorligi

va samarali faoliyati borasida qator muammolar borligini kuzatishimiz mumkin,

ammo huquqiy targ’ibot borasidagi amalga oshirilayotgan ayrim tashabbuslar

yetarlicha samara bermoqda.

Huquqiy tarbiya – bu jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish va

fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish jarayonidir. Bu jarayon huquqiy

normalarni, qadriyatlarni va tamoyillarni o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Huquqiy tarbiya fuqarolarni huquqiy ongli, mas'uliyatli va faol shaxslar bo'lishiga

yordam beradi. U, shuningdek, huquqiy tizimga bo'lgan ishonchni mustahkamlash va

ijtimoiy adolatni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega

33

.

Huquqiy tarbiyani keng va tor ma’noda tushunish mumkin.

Tor ma’nodagi tarbiya-

huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari

tomonidan maxsus tashkil etilgan

jarayon bo’lib, bunda shaxsni tarbiyalash uchun

tarbiyaning barcha shakllari va usullari bir maqsadga qaratiladi,yo’naltiriladi .Uning

tashkilotchilari,ya’ni asosiy subyektlari – ota -onalar, o’qituvchilar, huquqni

3

Sh.A.,Saydullayev

Davlat va huquq nazariyasi [Matn]: darslik\
Sh.A.Saydullayev-T,; TDYU nashriyot,2024 .-264 b.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–3_ Январь –2025

329

muhofaza qilish organlarining xodimlari va ularning boshliqlari va boshqalar

hisoblanadilar.

Keng ma’nodagi tarbiya –

shaxsning tarbiyalanishida uning tarbiyasiga ijobiy

ta’sir qila oladigan ,shaxslar tomonidan maxsus tashkil etilgan yoki tashkil etilmagan

tarbiya jarayonlarining yig’indisi. Bunda oila,bog’cha,maktab,ish va yashash

joylarida, bevosita profilaktika noziri tomonidan olib boriladigan tarbiyaviy

profiaktik ishlar tushuniladi.Mazkur jarayonlarda ko’pincha kuzatilishicha, muhit

tarbiyaga ta’sir etadi ,muhit o’zgarsa ,tarbiyaning mohiyati va shaxslarning xatti –

harakati ham o’zgaradi. Shaxsning xatti-harakati ijtimoiy muhit ta’sirida shaxsning

shakllanishiga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n to’rtinchi yalpi majlisida

Adliya vaziri Ruslan Davletovning huquqiy targ’ibot va ma’rifatni yuksaltirish

borasidagi axborotidan // Inson va Qonun, 2018 3-aprel, No132. 2017-2021-yillarda

O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha

harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqotva inson manfaatlari yilida amalga

oshirishga oid davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola. –T:

Ma’naviyat, 2017, 142-b3. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash

va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori

1059-son, 2019 31-dekabr.nrm.uz4. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish

Markazi tomonidan O’bekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi

mavzusida jamoatchilik fikri so’rovi. Kun.uz 24.11.20175.Yuriy Levada tahliliy

markazi (Levada markazi) [Elektron resurs] URL:http: //

www.Levada.ru/fuqarolarning

“Konstitutsiya haqida ruslar”savoli (sanasi

06/05/2015)6. “2021-2025-yillarda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

PF-6181-son Farmoni 04.03.217.“O‘zbekiston respublikasida yuridik ta’lim va

fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

2020-yil PF-5987-sonli Farmon8. “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi 2019-yilgi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–3_ Январь –2025

330

PF-5618-sonli Farmon9. “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi 1999-yil

Qonun. Qonunchilik ma’lumotlari milliyba’zasi, 21.04.2021 10.Odilqoriyev X.T

Davlat va huquq nazariyasi (darslik). –“Adolat”, 2018, 287-b11. “Huquqiy yetuklik

–barkamolikka eltadi”. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. –T.:Adolat 2011

6-b