MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
304
ONA QORNIDAGI HOMILANING QON AYLANISHINI
O‘RGANISH USULLARI
Ergasheva Malika Ergashali qizi
Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Jarrohlik kafedrasi yetakchi oʻqituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada homilaning intrauterin rivojlanishi davomida
qon aylanish tizimini o‘rganishning zamonaviy usullari va texnologiyalari yoritiladi.
Dopplerografiya, ultratovush tekshiruvlari, MRI va kardiotokografiya kabi
usullarning ahamiyati tahlil qilinib, ularning diagnostik imkoniyatlari haqida
ma’lumot beriladi. Tadqiqotda homilaning qon aylanishi monitoringining
homiladorlik davridagi patologiyalarni aniqlashdagi roli va ularning tug‘ruq
jarayoniga ta’siri o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar: MRI va kardiotokografiya, qon aylanish, hayot, tug‘ruq,
monitoring.
Abstract. This article discusses modern methods and technologies for
studying the circulatory system of the fetus during intrauterine development. The
importance of such methods as Dopplerography, ultrasound, MRI and
cardiotocography is analyzed, and information about their diagnostic capabilities is
provided. The study examines the role of fetal circulatory monitoring in identifying
pathologies during pregnancy and their impact on the labor process.
Key words: MRI and cardiotocography, circulation, life, labor, monitoring.
Homila — ona qornida 2-oyning oxiridan (9-hafta) boshlab tugʻilish
vaqtigacha (40-hafta) rivojlanayotgan pusht (embrion). 9-haftada homila inson
qiyofasiga kiradi (bu davrda homilaning boshi, koʻzi, burni, ogʻzi, tanasi, qoʻloyoqlari
aniq boʻladi). Bir akusher oyi (28-kun)da homila tuxumidan pusht va uning pardasi
rivojlanib, homila shakllana boshlaydi. 2-oyning oxirida homila boʻyi 3,5 sm, vazni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
305
4 g; 3-oyning soʻngida homila boʻyi 8—9 sm, vazni 40 g cha boʻlib, boshi
kattalashadi, jinsi shakllanadi, qoʻl-oyoq harakatlari sust boʻladi. 4-oy oxiriga kelib
homila boʻyi 16 sm, vazni 120 g ga yetadi, qoʻl-oyoq harakatlari faollashadi (lekin
hali onaga sezilmaydi), jinsi aniqlashadi. Homila 5 oylik boʻlga-nida boʻyi 24—26
sm, vazni 280—300 g, terisi nozik, qip-qizil badani mayin tuklar bilan qoplanadi;
harakatlari onaga sezila boshlaydi. Ona qorniga quloq tutilganda H. yuragi urayotgani
bilinadi. 6-oyning oxirida homila serharakat boʻlib, boʻyi 30 sm, vazni 600—700 gr
ga yetadi. 7-oyning soʻngida homila boʻyi 35 sm, vazni 1000— 1200 gr ga yetadi
(rasm); bu davrda homila tirik tugʻilishi mumkin, lekin chala hisoblanadi, biroq
maxsus parvarish qilinsa, yashab ketadi (qarang Chsish tugʻilgan bola); 8 oylikda
homilaning boʻyi 40 sm, vazni 1500—1600 gr cha keladi. 9-oyning oxirida homila
boʻyi 45 sm, vazni 2400—2500 gr ga yetadi, teri osti yogʻ qavati qalinlashadi,
badanidagi tuklar kamayadi, terisi silliqlashib, pushti rangga kiradi, sochlari uzayadi.
10-oy oxirida (9 kalendar oyiga toʻgʻri keladi) homila yetilib tugʻiladi; boʻyi 50 sm,
vazni 3200—3500 gr boʻladi. Homila taraqqiyotining oʻziga xosligi uning ona
qornida boʻlishi bilan ifodalanadi; unda bosh miya poʻstlogʻi toʻla-toʻkis taraqqiy
etmagan boʻlib, asosiy hayotiy funkiiyalar (oziqlanish, nafas olish, ajratish) plasenta
bilan uzviy bogʻlangan orqa miya orqali boshqariladi; platsenta homila bilan kindik
orqali bogʻlanadi. Homila ona organizmidan oʻzining oʻsishi va rivojlanishi uchun
zarur oziq moddalar (oqsil, yogʻ, uglevodlar), tuz, suv, vitaminlar, shuningdek,
kislorodni qon tomirlar orqali olib, moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻlgan
chiqindilarni chiqaradi va hokazo Shuning uchun ayrim kasalliklar (yurak poroklari,
gipertoniya, qandli diabet, infeksion kasalliklar), notoʻgʻri ovqatlanish, rejim
buzilishi, atrof-muhitdagi zararli omillar (ishlab chiqarishdagi zaharli moddalar,
vibratsiya, nurlanish), ich-kilik ichish, chekish va boshqa natijasida platsenta
funksiyasining buzilishi homilaning oʻsishiga, ayniqsa, homiladorlikning dastlabki 3-
oyida, homila aʼzolarining taraqqiyot davrida yomon taʼsir koʻrsatadi. Bu davrda
homilaning oʻsishida qator oʻzgarish va nuqsonlar paydo boʻlishi, jumladan, homila
toʻla yetilmasligi, u majruh boʻli-shi, oʻlik tugʻilishi yoki oʻz-oʻzidan tushishi,
shuningdek, asfiksiya, kalla suyagining shikastlanib tugʻilish hollari uchrashi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
306
mumkin. Homiladorlikning 4-oyidan homilaning turli taʼsirotlarga nisbatan sezgirligi
bir qadar pasayadi. Gigiyena qoidalariga rioya qilish — ovqatlanish, mehnat qilish va
dam olishni toʻgʻri uyushtirish homilaning normal oʻsishini taʼminlaydi, shuningdek,
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxushliklarni (oʻlik tugʻish, chilla davrida oʻlish va
hokazo) oldini oladi.
1
Homila rivojlanishini kuzatish, uning qon aylanish tizimidagi o‘zgarishlarni
o‘z vaqtida aniqlash homiladorlikni nazorat qilishning muhim qismi hisoblanadi. Qon
aylanish tizimining holati nafaqat homilaning umumiy salomatligi, balki ona va
bolaning hayot xavfsizligini ta'minlashda ham katta ahamiyatga ega. Zamonaviy
diagnostika usullari homiladorlik patologiyalarini erta bosqichlarda aniqlash
imkonini beradi va bu orqali asoratlarni kamaytirish mumkin.
1. Homilaning qon aylanish tizimi: anatomik va fiziologik xususiyatlar
Homila rivojlanishida qon aylanish tizimi asosiy rol o‘ynaydi. Plasenta orqali
ona va homila o‘rtasida oziq moddalar va kislorod almashinuvi yuz beradi. Ushbu
jarayonning optimal bo‘lishi homilaning sog‘lom rivojlanishini ta'minlaydi.
2. Dopplerografiya
Doppler ultratovush usuli yordamida homila qon aylanishi dinamikasi
o‘rganiladi. Bu usul orqali qon oqimining tezligi, qarshiligi va plasental tomirlardagi
patologiyalar aniqlanadi.
3. Ultratovush diagnostikasi (UZD)
UZD qon aylanish tizimini kuzatishning asosiy usuli hisoblanadi. Ushbu usul
homila yuragi, tomirlari va plasenta funktsiyasini tahlil qilish imkonini beradi.
4. Magnit-rezonans tomografiya (MRI)
MRI orqali homila qon aylanish tizimining uch o‘lchamli tasvirlarini olish va
murakkab patologiyalarni aniqlash imkoniyati mavjud.
5. Kardiotokografiya (KTG)
KTG orqali homilaning yurak urish chastotasi va uning o‘zgarishlari
kuzatiladi. Ushbu usul homilaning kislorod bilan ta’minlanishini baholash uchun
muhim.
1
V. V. Saveliev, "Perinatal tibbiyotda Doppler diagnostika", Moskva, 2021
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
307
Xulosa qilib aytganda, homila qon aylanish tizimini o‘rganish zamonaviy
diagnostika usullari yordamida yuqori aniqlik bilan amalga oshiriladi.
Dopplerografiya, UZD, MRI va KTG usullari orqali homiladorlikning murakkab
asoratlarini oldindan aniqlash va ular bo‘yicha chora ko‘rish mumkin. Ushbu usullar
ona va bola sog‘lig‘ini ta'minlashga qaratilgan muhim tibbiy amaliyotlar hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. T.V. Klyuchareva, "Prenatal diagnostikaning zamonaviy usullari", 2023.
2. Smith J., "Fetal Circulation and Diagnostic Imaging", Cambridge University Press,
2022.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi: "Homiladorlikni monitoring
qilish bo‘yicha klinik ko‘rsatmalar", 2024.
4. Radiology Journal, "MRI in Obstetrics: Applications and Innovations", 2023.
5. V. V. Saveliev, "Perinatal tibbiyotda Doppler diagnostika", Moskva, 2021.