Authors

  • Qo’chqorova Charos Furqat qizi

Author Biography

  • Qo’chqorova Charos Furqat qizi

    CHDPU Boshlang’ich ta’lim fakulteti

    Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi

    4-bosqich talabasi                                                                                                                       

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.92835

Keywords:

kichik sinf o’quvchilari mehnat metod usul malaka integratsiya mukofot.

Abstract

Ushbu maqolada o’quvchilarnig onida mehnatga muhabbat tuyg’usini shakillantirish hamda o’quvchilarda mehnatga bo’lgan salbiy fikrarini ijobiy fikrlarga almashtirish shu bilan bir qatorda o’quvchilarda mehnatning javobi har doim mukofot bilan tugashi haqidagi ijobiy fikrlarni shakillantirishni tashkil etish metodikasi haqida metod va usullar yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–4_ Январь –2025

138

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MEHNAT

TUSHUNCHASINI VA MEHNATGA MUHABBAT TUYG’USINI TO’G’RI

SHAKILLANTIRISHNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Qo’chqorova Charos Furqat qizi

CHDPU Boshlang’ich ta’lim fakulteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi

4-bosqich talabasi

+998997640496

Annotatsiya: Ushbu maqolada o’quvchilarnig onida mehnatga muhabbat

tuyg’usini shakillantirish hamda o’quvchilarda mehnatga bo’lgan salbiy fikrarini

ijobiy fikrlarga almashtirish shu bilan bir qatorda o’quvchilarda mehnatning javobi

har doim mukofot bilan tugashi haqidagi ijobiy fikrlarni shakillantirishni tashkil etish

metodikasi haqida metod va usullar yoritiladi.

Kalit so’zlar: kichik sinf o’quvchilari, mehnat, metod,usul, malaka,

integratsiya, mukofot.

O’zbek xalqining kelib chiqish tarixi va qadimdan band bo’lgan

mashg’ulotlariga nazar tashlaydigan bo’lsak o’zbek xalqi bugun yoki kecha dunyo

sahnasida namoyon bo’lgan milllat emasdir.Xalqimiz buyuk tarixi va matonati,

sabrliligi eng muhimi mehnatsevarligi bilan bir qator yetakchi davlatlarga o’rnak

bo’la olganligini bir qancha tarixga oid kitoblardan ko’rishimiz mumkin.Biroq vaqtlar

o’tib borgani sari insoniyatning ongida va ma’naviyatida mehnatga nisbatan fikrlashi

birmuncha o’zgarib borayotgani hamda insonlar mehnatdan o’zlarini olib

qochayotgani barchamizga qorong’u emasdir. Buning yaxshi taraflari ham yo’q emas

masalan: mehnat bozorida mehnatga talabning sustlashishiga zamonaviy

texnikalarning va sun’iy intelektning glaballashuvi yoki bo’lmasam internet

tarmog’ining ommalashganini sabab qilib ko’rsatadigan bo’lsak, bu sabablar orqali

mehnatga talabning kamayishi arzirlidir, biroq mehnat qilmagan yosh avlodda shukur


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–4_ Январь –2025

139

hissi, qanoat tuyg’usi va qadrsizlash odat tusiga kirib boradi. Buning natijasida esa

bir muncha yo’qotishlar va har bir sohada tormozlanish (ya’ni qotib qolish) yuzaga

keladi. Vaziyat shunday bo’lar ekan o’sib kelayotgan yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash

va ongida mehnatga nisbatan to’g’ri fikr uyg’otish biz pedagoglarning , ayniqsa biz

boshlang’ich sinf o’qituvchilarining asosiy vazifamiz hisoblanadi deb o’ylayman.

Buning yagona sababi shundan iboratki, maktabga ilk qadamini qo’ygan yetti yoshli

bola eng birinchi navbatda o’qituvchining fikriga qo’shiladi va maqullaydi.Bundan

ko’rinib turibdiki boshlang’ich sinf o’quvchilarining har bir fanida va har bir

darsidagi mashg’ulotlar bo’ladimi masala yoki misollar bo’ladimi hamma-hammasini

mehnat bilan integratsiyalash va mehnatning asl mohiyatini hamda tub ma’nosini

tushuntirib borish zarur hisoblanadi.Biz hozir quyida boshlang’ich sinf o’quvchilariga

o’tiladigan bir qancha fanlarda va dam olish daqiqalarida mehnat tushunchasini

ijobiy tushuntirish, tahlil qilish va mehnatga to’g’ri baho berishni ko’rib chiqamiz:

Birinchi fanimiz bu asosiy mazmuni mehnatdan iborat bo’lgan

TEXNALOGIYA

” fani .Fanning tub mohiyati ham mehnatdam iborat bo’lsada biz

bu bilan qanoatlanmasligimiz shart. Texnalogiya darslarida o’quvchilarga bergan

topshiriqlarimizni eng birinchi navbatda o’zimiz ham bajarishimiz bu o’quvchining

psixalogiyasiga uda katta ta’sir o’tkazadigan omillardan biridir. Bu yo’l orqali

o’quvchilar mehnatni doim bajarish kerakligini, mehnat qilishni yoshga ahamiyati

yo’qligini hamda mehnat yillar o’tgani sari zerikarli bo’lmasligini ko’rsatib

beramiz.Texnalogiya darslarida mavzuni boshlashdan oldin dunyodagi mashhur

insonlarni ya’ni birin bir xalqarpo korxona raxbari, taniqli brend ostida faoliyat olib

borayotgan biznesmenlar, kitoblari kitob do’konlarida eng talabchan bo’lgan

yozuvchilar, she’rlari xalqning yuragidan joy egallagan shoirlar,vatanimizni himoya

qilish maqsadida shaxid ketgan o’g’lonlar,tunu-kun xalq xizmatidan nafaqaga

chiqgan nafaqaxo’rlarning hayot tarzidan parchalar ko’rsatish ham o’quvchilarning

ongida qilingan mehnatning rag’batsiz qolmasligi haqidagi fikrni uyg’onishiga sabab

bo’ladi.

Mehnat tushunchasini “

MATEMATIKA

” fani bilan integratsiya qiladigan

bo’lsak matematika fanida bajariladigan misol va masalalar ishlash davomida ham


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–4_ Январь –2025

140

mehnatga urg’u berish orqali o’quvchilar ongiga ijobiy ta’sir o’tkazsa bo’ladi.

Masalan: masalalar ishlaganimizda masala yechimini chiqarishning bir nechta

usullari bo’ladi. Biz o’quvchilar bilan har bir usulni alohida masalaning yechimini

topishlari va har birining javobini tekshirish usulida tekshirib ko’rishlari zarur. Bu

metod orqali o’quvchilar mehnat qilishadi va qilgan amaliyoti sababli har bir bajargan

ishiga ishonchi komil va hotirjam bo’lishadi.Masalalarninh har bir yechimini alohida

ko’rish sababli mehnatdan zerikmaslik hamda mehnatga nisbatan to’g’ri fikrlash

malakasi shakillanadi.

Mehnat tushunchasini “

ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI

fanlari bilan integratsiyalaydigan bo’lsak ona tili va o’qish savodxonligi darslarida

biz eng ko’p yozma shakldagi mashg’ulotlar va vazifalarni bajarish bilan

shug’ullanamiz . Bunday holatlarda o’quvchilarga mehnat tushunchasini tushuntirish

va anglatish uchun hamda fanni mehnat ta’limi bilan integratsiyalash uchun yozma

shakldagi diktantlar, matnlar, ijodiy bayonlar, topishmoqlar va maqollardan

foydalanishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. Na’muna sifatida ko’rsatiswhimiz

mumkinki mehnatni topishmoqlar bilan integratsiyalaganimizda javobi mehnatga oid

bo’lgan topishmoqlarni berishimiz orqali ham bolani mehnatga qiziqtirishimiz ancga

oson hisoblanadi. Sababi bolalar uchun eng qiziqarli xalq ijodi na’munalaridan biri

bu topishmoqlardir.Masalan:

1.Yer tagida quyruq boradi. (omoch)

2. Urdim gup etadi,

Yer tagiga kirib ketadi. (ketmon)

3. Bir qushim bor ajoyib,

Don cho’qiydi yeyolmaydi,

Qanot qoqadi ucholmaydi. (juvoz)

4. U nimadur, quv yog’ochdan og’zi bor,

U nimadur, o’rtasida mag’zi bor,

U nimadur, yelkasida og’zi bor,

U nimadur, suv ostida qimirlar. (tegirmon) kabilarni na’muna qilishimiz

mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–4_ Январь –2025

141

Maqollarga na’munalar:

1.Ayb yilda emas, mehnatda.

2. Aravani ot tortar,

Ko’lankasin it.

3. Ari zahrin chekmagan,

Bol qadrini bilmaydi.

4.Axmoqning kulgusi ko’p,

Dangasaning uyqusi.

Kabi maqollar ham bolalarda mehnatni ulug’lash hissini sgakillantirishga

hizmat qiladi.Yuqoridagi maqol va topishmoqlar orqali mehnat qilgan xor

bo’lmasligini va mehnatda bo’lgan inson kam bo’lmasligini ham tushunib

yetishadilar. Bundan tashqari ijodiy bayon, matn va insholarni yozganda ham mavzu

mehnat haqida bo’lsa o’quvchilarda mehnatga nisbatan qarashlari o’zgaradi.

Yanayam dars jarayonini qiziqarliroq o’tishi uchun bolalarga mavzusi yo’q mehnatga

oid matnlar berib ularni o’qib chiqishlari va matnga oid sarlavha topishlari vazifa qilib

berilsa ham bolalar matnni qiziqib o’qishadilar hamda mehnatga oid sarlavha topish

uchun mehnat haqidagi terminlarni topishga va ularni o’rganishga majbur

bo’lishadilar.

Endilikda mehat tushunchasini fanlardan tashqari yananyam qiziqarli

bo’lishi uchun dam olish daqiqalari bilan ham integratsiyalashimiz maqsadga

muvofiq hisoblanadi. Dam olish daqiqasidan asosan mashqlar va she’rlardan

foydalalanamiz , shular qatorida she’rimiz mehnatga oid bo’lsa ham bolalar u she’ni

darrov yod olishadi, sababi dam olish daqiqasi ayniqsa kichik ssinf o’quvchilarining

eng sevimli mashg’luloti hisoblanadi. Bunday she’rlarga:

1.Mehnat qilib charchadi,

Jajjigina qo’limiz,

Ammo mehnat yoritar,

Har vaqt bizning yo’limiz.

Kabi she’rlardan dam olish daqiqalarida foydalansa bo’ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–4_ Январь –2025

142

Xulosa qilib aytish joizki; mehnat qilish har bir insonni ulug’lasa

ulug’laydiki hech qachon hor qilmaydi. Shunday ekan kelajak avlodni mehnatsevarlik

ruhida tarbiyalash va mehnatsevar qilib kamol topdirish uchun ham mehnat qilaylik

hurmatli ustozlar!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.Robelen, E. (2011, December 7). STEAM: Experts make case for adding arts to

STEM. Education Week. [1;35];

2.Boltaboyeva U. “Nutq madaniyatining o`ziga xos xususiyatlari: mammo va

yechimlar” // Oriental Art and Culture.-2020.-[No I(2).]

3.Yo`ldosheva S. “Kitob mutolaasini shakillantirishda topishmoqlarning o’rni” //

Oriental Art and Culture.-2019.-[No IV (1)].

4. Mamatov J.” Barkamol avlodni tarbiyalashda maqollarning ahamiyati”

//International Engineering Journal For Research &Development.-2020.-T.5.-

[No Conference.-4-4.]