MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
188
JAMIYAT SOTSIAL STRUKTURASIGA DOIR TALQINLAR
Navoiy davlat universiteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq
ta’limi” yo‘nalishi 2 – kurs talabasi
Izbosarova Bannura Husenovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatning sotsial strukturasi to‘g‘risida
Aristotel, Platon, Abu Nasr Forobiyning fikrlarlarni ilmiy tahlil qilish asosida ochib
berilgan hamda jamiyat institutlar va birliklarning o‘zaro munosabatlarini ilmiy
jihatdan tahlil qilingan.
Abstract: This article presents the social structure of society based on a
scientific analysis of the ideas of Aristotle, Plato, and Abu Nasr al-Farabi, and
scientifically analyzes the relationships between institutions and units in society.
Аннотация: В данной статье на основе научного анализа мыслей
Аристотеля, Платона, Абу Насра Фараби раскрывается социальная
структура общества, а также научно анализируются социальные отношения
институтов и единиц.
Kirish
Jamiyatning sotsial strukturasi dastlab qadimgi yunon mutafakkirlari Platon
(er.av.427-347 yy.) va Aristotel (er.av. 384-322 yy.) tomonidan tadqiq etilgan. Ular
jamiyat va davlatni aynanlashtirgan bo‘lsalarda, jamiyat a’zosi sifatida faqat erkin
tug‘ilgan va fuqarolik yoshiga yetgan kishilarni e’tirof etgan. Ularning jamiyatga doir
qarashlari asosini sotsial struktura va sotsial adolat konsepsiyalari tashkil etgan.
Platonning fikricha, jamiyat qonunlar asosida boshqarishning afzal tomonlari
haqida fikr yuritib, bunday boshqariladigan davlatni faqat xudolar tomonidan in’om
etilishini ta’kidlaydi. U bu haqida shunday yozadi: “Men qonun kuchiga ega
bo‘lmagan, kimningdir hokimiyati ostida bo‘lgan davlatning halokatini ko‘raman.
Qayerdakim, qonun hukmdorlar ustidan hukmron, hukmdorlar qonunning qurolari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
189
bo‘lishsa, bunday davlatning istiqboli porloq, xalqini faravon ko‘raman. Alhol,
bunday davlat faqatgina xudolar tomonidan in’om etilishi mumkin”
1
.
Platon insonlarning bexovotir yashashlari va jamiyatning barqaror taraqqiyoti
tomonlar tengligi asosiga qurilishi g‘oyasini ilgari surgan. Ozodlik faqat
tomonlarning manfaatlari muvozanati sharoitidagina amalga oshishi mumkin. Lekin
u insoniyatning ideali sifatida davom etgan, shuning uchun ham boshqa mutafakkirlar
tomonidan ham ilgari surilgan va unga erishish ustida bosh qotirib kelingan.
Yunon mutafakkiri Aristotelning fikricha, davlat tabiiy taraqqiyotning
natijasidir. Bu ma’noda u oila, jamoa singari dastlabki tuzilmalarga o‘xshaydi. Lekin
davlat barcha tuzilmalarni o‘z ichiga oluvchi oliy shakldagi tuzilmadir. Arsitotel
xususiy mulk, oila va individual huquq manfaatlaridan kelib chiqib, Aflotunning
ideal davlat to‘g‘risidagi har ikki loyihasini ham tanqid qiladi. Uning ta’kidlashicha,
mulk, xotinlar va bolalarning Aflotun taklif etganidek umumiyligi davlatning barham
topishiga olib keladi.
Arastuning eng yaxshi davlat tuzish loyihasiga ko‘ra, ideal davlatning
aholisi yetarli miqdorda bo‘lmog‘i kerak. Yaxshi davlatning hududi dengiz va
materikda qulay joylashgan bo‘lishi shart. Bunday davlatda hunarmandlar,
dengizchilar va savdogarlar fuqarolik huquqiga ega bo‘lmaydilar. Yer ikki qismga
bo‘lingan, bir qism yer davlatning umumiy tasarrufida bo‘ladi, ikkinchi qism yer
fuqarolarning xususiy mulki hisoblanadi
2
.
Aristotel haqiqatni quyidagicha ta’kidlagan: “Haqiqatni izlash ham oson, ham
mushkul, chunki hech kim unga to‘liq erisha olmaydi. Shuning barobarida, hech kim
uni umuman payqamasiligi ham mumkin emas. Ammo har bir odam tabiatni
anglashimiz uchun ozgina bo‘lsa-da o‘z hissasini qo‘shadi, ushbu hissalar yig‘indisi
natijasida ulug‘uvor manzara paydo bo‘ladi
3
.
Antik yunon falsafasini yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan, Sharq
uyg‘onish davrining mutafakkiri Abu Nasr Forobiy insoniy jamiyatni puxta
1
S. Otamurodov. Globallashuv va milliy -ma’naviy xavfsizlik. Т.: “O
‘
zbekiston”, 2016.- 216 bet.
2
F.Muhiddinova. Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi. O
‘
quv qo
‘
llanma. Т. ТDYUI, 2007.- 47-bet.
3
S. Otamurodov. Globallashuv va milliy -ma’naviy xavfsizlik. Т.: “O
‘
zbekiston”, 2016.- 217 bet.С.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
190
o‘rgangan olimlar jumlasiga kiradi. Forobiy “Fozil shahar odamlari qarashlari”
asarida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqish sabablarini ilmiy jihatdan asoslab
beradi: “Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy
darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, uning bir o‘zi
bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish kishilik jamoasiga ehtiyoj
tug‘iladi... Shu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-biriga yetkazib
beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z
tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining
faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklika erishmoq uchun
zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson ko‘paydi va yerning
aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”
4
.
Mutafakkir nazdidagi inson jamoasi – bu kishilik jamiyati hisoblanadi.
Forobiy jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi (sotsial strukturasi) sifatida
jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalarni chuqur tahlil etadi. Abu Nasr Forobiyning
fikricha, mukammal jamiyatda har bir tabaqa, yaxlit ijtimoiy organizmning ajralmas
qismi sifatida, o‘zining muayyan funksiyalariga ega bo‘lib, go‘yoki shu vazifalarni
bajarish uchun ixtisoslashganlar.
Forobiy orzu qilgan ideal davlatda ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi farqlanishlar
saqlanadi. Platonning ideal davlat tuzumi haqidagi ta’limotida ko‘rsatilgani kabi, har
bir tabaqaning vazifalari va majburiyatlari aniq belgilangan bo‘ladi, tabaqalar
o‘zlarining maqomlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli bo‘lgan faoliyat bilan
shug‘ullanadi. Bir tabaqaga mansub bo‘lgan odam boshqatabaqa vakillari uchun
tegishli bo‘lganishlarni bajarish huquqiga ega emaslar (masalan, boshqaruvchilar
tabaqasiga mansub kishilar dehqonchilik yoki savdo ishlari bilan shug‘ullanmaydi).
Fozil shahar-davlatda har bir tabaqaningjamiyatdao‘rni va maqomi mazkur tabaqa
bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarning qanday bo‘lishi bilan belgilanadi. Tabaqa
martabasining baland yoki past bo‘lishi uning hukmdorga yaqin yoki uzoq bo‘lishiga
bog‘liqdir. Hukmdorga yaqin yoki undan uzoq bo‘lishning belgisi har bir tabaqa
4
А. O
‘
tamurodov. Fuqarolik jamiyati fanidan o
‘
quv - uslubiy majmua. Тошкент, 2017.- 47-bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
191
vakillarining aqliy (intellektual) va ma’naviy kamolot darajalarining yuksakligiga
bog‘liqdir. Aqliy va ma’naviy kamolot darajalari yuksak bo‘lgan tabaqa vakillari,
ya’ni hukmdorga yaqin odamlar yuqori lavozimlarni egallab, hurmatga sazovor
bo‘lgan ishlarni bajaradi, ularning qo‘l ostida ishlovchilar esa pastroq lavozimlardagi
ishlarni bajaradi.
Ko‘rinib turibdiki, Forobiyning ideal davlat tuzumiga asoslangan jamiyatda
(fozil shahar-davlatlarda) kishilarning ijtimoiy tabaqalarga bo‘linishi va ularning
imtiyozlari saqlanadi. Mutafakkir biron-bir tabaqaga mansub odamlarning vazifalari
va majburiyatlari o‘rtasida tafovutlarning saqlanishi, har bir odamning o‘z kasbini
yaxshi bilishi va o‘z vazifalarini bajarishi jamiyatning sobitligi hamda adolatning
yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan omildir, deb qaraydi: har bir odamning o‘z
kasbiga tegishli vazifalarini to‘g‘ri bajarishi - jamiyatda adolatning saqlanishi va uni
barqarorligini ta’minlash asosidir.
Fozillar jamiyatining adolatli bo‘lishi va tabaqalar o‘rtasida tavofutlarning
saqlanishida
adolat huquqiy kategoriya
vazifasini bajaradi. Ana shu jihatlardan
yondashganda, Forobiyningadolatg‘oyasiga nisbatan ishlatgan ta’rifi Platon
talqinlariga yaqindir. Lekin Forobiy qarashlaridagi adolat g‘oyasi kishilar o‘rtasida
axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni, moddiy boyliklarni taqsimlash va
o‘zaro almashuv munosabatlarini ham o‘ziga qamrab oladi. Mana shu yerda
Forobiyning qarashlari Platon talqinlaridan farqlanadi. Forobiy o‘zidan oldingi
barcha o‘tmishdoshlaridan farq qilib, adolat haqidagi quyidagi ta’rifini keltiradi:
“Adolat - avvalambor butun shahar ahli tomonidan yaratilgan ne’matlarni (to‘g‘ri)
taqsimlash hamda kishilar o‘rtasida bu ne’matlarni taqsimlash qoidalarini saqlash
demakdir. Bunday ne’matlar qatoriga (kishilarning) farovonligi, boylik (mol-mulk),
turli unvonlar va jamiyatda tutgan o‘rni hamda odamlarning moddiy-iqtisodiy va
ma’naviy hayotiga oid boshqa ko‘pgina ne’matlar (narsalar) kiradi. Jamoa
a’zolarining har biri o‘zining xizmatiga yarasha bu ne’matlardan tegishli hissasiga
egadir. Agar ne’matlar bir odamga nisbatan kamroq taqsim etilsa, bu holda u odamga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
192
nisbatan adolatsizlik bo‘ladi. Aksincha, o‘sha odamga ne’matlar ko‘proq taqsim
etilsa, unda boshqa fuqarolarga nisbatan adolatsizlik sodir qilingan bo‘ladi”
5
.
Xulosa qilib aytganda, adolat kishilar va turli tabaqalar o‘rtasida o‘zaro
iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarda to‘g‘ri taqsimlashning belgisi vazifasini bajaruvchi
kategoriyadir. Adolatsizlikning sodir bo‘lishi, - deb yozadi Forobiy, - shunda
ifodalanadiki, ne’matlarning tegishli hissasi berilmay qoladi. Mutafakkirnnng
fikricha, sotsial strukturalarning yashash mezoni – bu sotsial tabaqalar o‘rtasida,
shuningdek davlat bilan tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlarda adolat prinsipiga
qilishdir.
Forobiy kishilarning diniy mazhabiga emas, balki ularning turli belgilari -
tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidorlariga hamda ilmlarni o‘rganish va
hayotiy tajriba to‘plash jarayonida orttirgan bilim va ko‘nikmalariga qarab ijtimoiy
guruhlarga bo‘ladi. Uning talqinicha,shahar - bu muayyan bir davlat uyushmasi,
jamiyat (jamoa) esa - shu davlatga tobe bo‘lgan odamlarning tabaqalardan iborat
birlashmasidir. Albatta, bu kabi qarashlar Platon va Aristoteltomonidan ilgari surilgan
jamiyatning sotsial strukturalariga doir ta’limotini va bu strukturalarni tabaqalashish
qonuniyatlarini yanada rivojlantirdi.
Muayyan jamiyatning tarixiy rivojlanishini tahlil etish natijasida olingan
tizimlar nazariyasi va sotsiologik tasniflardan kelib chiqib jamiyatning asosiy
universal tasnifini quyidagicha ifodalash mumkin: a) bir butunlik, yaxlitlik; b)
o‘zgarishlarga boy va rivojlanishga moyillik (dinamizm); v)tizimlilik. Mazkur
universal tasnifdan kelib chiqib jamiyatni quyidagicha ta’riflash mumkin: Jamiyat
(society) – bu yaxlit tuzilma bo‘lib, uning doirasida odamlarning birgalikda yashashi
amalga oshadi; jamiyat o‘zining unsurlaridan iborat bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lgan,
shuningdek o‘zini mavjudlik makon va zamon chegaralariga ega bo‘lgan o‘ziga xos
organizm yoki tizimdir. Shu tariqa, jamiyat muayyan va aniq hududda joylashgan
bo‘ladi va o‘z mavjudligining aniqmuvaqqat doirasiga egadir. Ba’zi jamiyatshunos
olimlarning fikricha, “jamiyat” va “mamlakat” tushunchalari o‘rtasida o‘xshashlik
5
A. O
‘
tamurodov, M. Qirg
‘
izboyev, A. Jalilov, T. Alimardonov, F. Ravshanov, F. Juraqulov, I. Ergashyev, D. Bozorov, A.
Xolmaxmatov, U. Idirov, M. Qurbonov, M. Xasanova, A. Muminov. Fuqarolik jamiyati darslik loyihasi. Toshkent, 2016. - 45 bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
193
mavjud. Jamiyat odamlardan iborat tuzilma sifatida tavsiflanib, u: sotsial aloqalarning
birlashuvi ro‘y beradigan hudud; muayyan bir hudud doirasida yuzaga kelgan sotsial
aloqalar, munosabatlar, birliklarning turli tumanligiga ega; avtonomlik (mustaqil
yashash) qobiliyatiga ega; integratsiyalashuvga moyil (barcha individlarni o‘zaro
qo‘shiluvchanligi, ijtimoiy tartibot natijasidagi birlashuv).
“Jamiyat” deganda barcha insoniy munosabatlar (aloqalar) yig‘indisi
tushuniladi. Yana bir manbada “jamiyat” tushunchasi ma’lum bir hududni egallagan,
oz yoki ko‘p darajada o‘zining boshqalardan farqlanuvchi madaniyati va institutlariga
ega bo‘lgan odamlarning o‘zini o‘zi abadiylashgan yig‘indisi, deyiladi.
6
Jamiyat institutlar va birliklarning o‘zaro munosabatlarini qo‘llab-
quvvatlaydigan, yangi sotsial tuzilmalarni integratsiyalaydigan, o‘z mantig‘idan kelib
chiqib aholining asosiy qismini o‘ziga bo‘ysundiradigan, mazkur hududda yashovchi
odamlar o‘z xatti-harakatlaridagi turli tuman sotsial o‘zaro ta’sirlar va aloqalarni
yagona negizga uyushtirishga undovchi va o‘zini o‘zi muvofiqlashtirish
mexanizmlariga egadir. Jamiyat – odamlar, birliklar va tuzilmalar o‘zaro ta’sirlari va
aloqalarining tarixan rivojalanuvchan, ularning birgalikda yashash jarayonida
o‘zgarib boradigan va tarkib topadigan yaxlit tizimdir.
7
Jamiyatni o‘ziga xos belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1)
sotsiallik; 2) jamiyat a’zolari (insonlar) o‘rtasida o‘zaro ta’sir va bog‘lanishlarning
mavjudligi; 3) ma’lum bir hududga ega bo‘lish (sotsial makon); 4) sotsial zamonning
(vaqtning) mavjudligi; 5) o‘zini o‘zi boshqarishi va muvofiqlshtirishi, o‘zini o‘zi
namoyon qilishi, sotsial jarayonlarni o‘z-o‘zidan anglashi; 6) sotsial institutlarning
mavjudligi; 7) odamlarning ongi, irodasi va faoliyatini har qanday o‘zgarishlarga
ta’sir etib turishi; 8) sotsial strukturaning mavjudligi.
Jamiyat yaxlit tizim sifatida turli tuman unsurlardan (faoliyat turlari,
ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy guruhlar, birliklar, institutlar va uyushmalar) iborat.
6
A. O‘tamurodov, M. Qirg‘izboyev, A. Jalilov, T. Alimardonov, F. Ravshanov, F. Juraqulov, I. Ergashyev, D. Bozorov,
A. Xolmaxmatov, U. Idirov, M. Qurbonov, M. Xasanova, A. Muminov. Fuqarolik jamiyati darslik loyihasi. Toshkent,
2016. - 46 bet.
7
A. O‘tamurodov, M. Qirg‘izboyev, A. Jalilov, T. Alimardonov, F. Ravshanov, F. Juraqulov, I. Ergashyev, D. Bozorov, A.
Xolmaxmatov, U. Idirov, M. Qurbonov, M. Xasanova, A. Muminov. Fuqarolik jamiyati darslik loyihasi. Toshkent, 2016. - 47 bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
194
Ularning barchasi bir-birlariga mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularning jamlanmasi
bir butunlikni (yaxlit jamiyatni) tashkil etadi. “Struktura” (tuzilma) tushunchasi
(lotincha “structura” – tuzilish, tuzilma, joylashish tartibi, tartib) umumiy ma’noda
bir butunning u yoki bu darajadagi barqaror unsurlari yoki ular o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalarni anglatadi
8
.
Biz xorijiy adabiyotlardan foydalanishda qiyinchilik tug‘ilmasligi uchun
“tuzilma” tushunchasini xalqaro miqyosda qabul qilingan shakli – “struktura”
atamasiishlatamiz. Struktura jamiyatning tarkibiy qismlarini turli tartibszliklar
aralashmasidan iborat holda yashashiga yo‘l qo‘ymaydigan, ularni muvofiqlashuviga
shart-sharoitlar yaratib beradigan o‘ziga mexanizm vazifasini ham bajaradi.
Struktura– ob’ektning bir butunligini va uning o‘ziga o‘zi aynanligini, ya’ni
turli ichki va tashqi o‘zgarishlarda o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlay olishini
ta’minlovchi barqaror aloqalar yig‘indisidir. Struktura aksariyat holatlarda “nimanidir
tarkibiy qismlarini o‘zaro joylashishi va o‘zaro aloqalari” yoki “ma’lum bir tuzilish
va tuzilmaga ega bo‘lgan narsa” ma’nolarida ishlatiladi.
Struktura - birinchidan, bu unsurlarni ma’lum bir model sifatida namoyon
qilish, masalan, qandaydir institutlashtirilgan sotsial tasniflashni (rollar, tashkilotlar
va boshq.) “tuzilgan struktura” yoki “bandlik strukturasi” sifatida tartibga solish;
ikkinchidan, ustki struktura asosida yotuvchi (ayniqsa qiyosiy grammatikada) qoida,
tartibdir (“chuqur struktura” - Levi-Stross ta’biricha). Ingliz sotsiolog olimi Giddens
uchun “struktura” tushunchasi sotsial tizimlarni qaytarilishi va takrorlanishida
saqlanadigan “qoidalar va imkoniyatlar”ga taalluklidir.
9
Giddens jamiyatning sotsial strukturasi tushunchasini o‘ziga xos
xususiyatlarini ochib berish barobarida, uni funksionalizm tarafdorlari talqinidagi
noaniqliklar va yengil-elpi ta’riflashlarni keskin tanqid qilib quyidagi fikrlarni ilgari
surdi: Strukturatsiya nazariyasini o‘zagini tashkil etgan muhim tushunchalarni ko‘rib
8
https://www.google.com/search?q=%E2%80%9C%D0%A1%D1%82%D1%80%D1%83%D0%BA%D1%82%D1%83%D1
%80%D0%B0%E2%80%9D&oq=%E2%80%9C%D0%A1%D1%82%D1%80%D1%83%D0%BA%D1%82%D1%83%D1%80%
D0%B0%E2%80%9D&aqs=chrome..69i57j0i512l9.1574j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8
9
A. O‘tamurodov, M. Qirg‘izboyev, A. Jalilov, T. Alimardonov, F. Ravshanov, F. Juraqulov, I. Ergashyev, D. Bozorov, A.
Xolmaxmatov, U. Idirov, M. Qurbonov, M. Xasanova, A. Muminov. Fuqarolik jamiyati darslik loyihasi. Toshkent, 2016. - 47 bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
195
chiqamiz: “struktura”, “tizim” va “strukturaning dualligi (ikki taraflamaligi)”. Hech
shubhasiz aytish mumkinki, ularning ichida birinchisi – struktura (yoki “sotsial
struktura”) – funksionalizm oqimi tarafdorlari ichida juda ham ommaviylashib ketdi
va ular o‘z nomidan kelib chiqib ham “strukturalizm” an’analari oldida o‘z burchini
bajarishga urindi. Lekin, barcha nazariyalar ham bu tushunchaga sotsial-ilmiy
nazariyalarning talablari darajasida ta’rif bera olmadi. Funksionalizm tarafdorlari va
ularning tanqidchilari o‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborini faqat “funksiya”
tushunchasiga qaratib, “struktura”ga oid tasavvurlarga muhim e’tibor bermadi; shu
tariqa, bu tushunchaning ahamiyati eski holidan nariga o‘tmadi.
Shu bilan birga, biz funksionalizm tarafdorlari “struktura” deganda nimani
tushunishini yaxshi bilamiz. Lekin, darhaqiqat,jamiyatshunos-tahlilchilar bu
tushunchani sotsial munosabatlar va hodisalarni o‘ziga xos “modellashtirish” deb
tushunadi. Ko‘pincha struktura tushunchasi skelet yoki organizm tuzilishi, yoki bino
sinchi (qobirg‘asi) kabi ko‘zga ilinmas tasavvurlar shaklida talqin etildi. Bu
yondashuv va unga tegishli tushuncha sub’ekt va sotsial ob’ektning ikki taraflamaligi
(dualligi) bilan mustahkam ravishda o‘zaro bog‘liqlikda talqin etildi: bunda
“struktura” insoniy faoliyatga nisbatan qandaydir “tashqi” holatni ifodalab, mustaqil
sub’ektning erkin tashabbuslarini chegaralashni keltirib chiqaruvchi manba ma’nosini
bera boshladi. Strukturalizm doirasida paydo bo‘lgan strukturaga doir tasavvurlar
bizga qiziqarli bo‘lib tuyuladi. Bunda, struktura haqida so‘zlaganda, biz u yoki bu
sotsial munosabatlar va hodisalarning modellarini emas, balki mavjudlik va mavjud
emaslikning (yo‘qlikning)o‘zaro kesishgan nuqtasini nazarda tutamiz; shu tarzda,
yuzaki namoyon bo‘lishdan kelib chiqqan holda uning poydevori - asos solinadigan
prinsiplari chiqarib tashlanadi.
Giddens “sotsial struktura” va “tizim” tushunchalaridagi farqlanish va bir-
birini to‘ldirish xususiyatlarini ochib beradi, shuningdek ularga doir izlanishlarni
yanada chuqurlashtirishning istiqboldagi vazifalariga to‘xtaladi: “Dastlabki qarashda
strukturaga doir yuqorida keltirilgan tasavvurlar umumiylikka hech qanday dahli
yo‘qdek ko‘rinadi. Lekin, aslida ularning har biri sotsial munosabatlarni
strukturalashning muhim jihatlariga tegishlidir. Bu jihatlar strukturalashtirish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
196
(strukturatsiya) nazariyasida “struktura” va “tizim” tushunchalariga differensiyaviy
(bir butunni bo‘laklarga va farqlanuvchi jihatlariga qarab o‘rganish) yondashuv
vositasida anglab yetiladi. Sotsial munosabatlarni tahlil qilar ekanmiz, biz
mummmoning, bir tomondan, sintagmatik jihatlari – sotsial munosabatlarni vaziyatli
amaliyotini takror yaratishni o‘z ichiga olgan holda makonda va zamonda
modellashtirish, ikkinchi tomondan, shu kabi takror yaratish jarayonida muttasil
ravishda ishtirok etuvchi “strukturalashning usullari”ni ma’lum sharoitlarda tartibga
solishni nazarda tutishga qaratilgan paradigmaviy o‘lchash”ni e’tiborga olishimiz
zarur bo‘ladi.
“Ijtimoiy” tushunchasi lotincha (socialis) “sotsial” ma’nosini bildirib, u
odamlarning jamiyatdagi o‘zaro munosabatlari va hayot kechirish tarzi tufayli bir-
birlariga bog‘liq ekanligini anglatadi. Jamiyat keng ma’noda – bu umumiy
manfaatlar, qadriyatlar va maqsadlarga ega bo‘lgan odamlarning birlashish shaklidir.
Insoniy jamiyat insonlararo munosabatlar (sotsial munosabatlar) modeli (jamiyat
sub’ektlari o‘zaro munosabatlari yig‘indisi) sifatida tavsiflanadi.
Bu tushunchalar o‘zaro birlashtirilganida, “jamiyatning sotsial strukturasi”
ma’nosini beradi. Bu tushuncha jamiyatning (birlikning, guruhlarning) ichki
tuzilishini ifodalaydi; bu - tartibga solingan sotsial birliklar, sotsial institutlar va
ularning o‘zaro aloqalari yig‘indisi demakdir. Sotsial struktura tor ma’noda
funksional jihatlardan o‘zaro bog‘langan sotsial maqomlar va rollarning yig‘indisidir.
Sotsial struktura jamiyatning yaxlitligi va barqarorligini ta’minlab turadi. Sotsial
strukturani tahlil etishda odatda quyidagi sotsial hodisalar ko‘rib chiqiladi: sotsial
maqom, sotsial rol, sotsial differensiatsiya, sotsial stratifikatsiya, sotsial notenglik,
sotsial mobillik, sotsial marginallik, sotsial institutlar va boshqalar.
Xulosa
Umuman, jamiyatning sotsial strukturasi barcha jamiyatlar uchun xos bo‘lib,
ularning shakllari, funksiyalari, ta’siri natijalari turli jamiyatlarda fuqarolarning
milliy qadriyatlari, tarixiy rivojlanish tajribasi, siyosiy va huquqiy madaniyatga
bog‘lik holda turlicha bo‘lishi mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
197
FOYDALANILGAN MANBALAR
1.
S. Otamurodov. Globallashuv va milliy -ma’naviy xavfsizlik. Т.:
“O
‘
zbekiston”, 2016.- 216 bet.
2.
F.Muhiddinova. Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi. O
‘
quv qo
‘
llanma. Т.
ТDYUI, 2007.- 47-bet.
3.
S. Otamurodov. Globallashuv va milliy -ma’naviy xavfsizlik. Т.:
“O‘zbekiston”, 2016.- 217 bet.С.
4.
А. O‘tamurodov. Fuqarolik jamiyati fanidan o‘quv - uslubiy majmua.
Тошкент, 2017.- 47-bet.
5.
A. O‘tamurodov, M. Qirg‘izboyev, A. Jalilov, T. Alimardonov, F. Ravshanov,
F. Juraqulov, I. Ergashyev, D. Bozorov, A. Xolmaxmatov, U. Idirov, M. Qurbonov,
M. Xasanova, A. Muminov. Fuqarolik jamiyati darslik loyihasi. Toshkent, 2016. - 45
bet.
https://www.google.com/search?q=%E2%80%9C%D0%A1%D1%82%D1%
80%D1%83%D0%BA%D1%82%D1%83%D1%80%D0%B0%E2%80%9D&oq=%
E2%80%9C%D0%A1%D1%82%D1%80%D1%83%D0%BA%D1%82%D1%83%
D1%80%D0%B0%E2%80%9D&aqs=chrome..69i57j0i512l9.1574j0j7&sourceid=c