Authors

  • Xaitova Laylo Bolikulovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.93128

Keywords:

shahar shaharsozlik urbanizatsiya yodgorlik arxeologik ta’sir.

Abstract

Ma’lumki, har qanday tarixiy obidadan o‘z vaqtida vazifasiga ko‘ra foydalanilgan, keyinchalik saqlanib kelingan. Buzilgan bo‘lsa, tuzatilgan; ba’zan qayta tiklangan. Qadimda obidalarga nisbatan tarixiylik hissiyoti rivoj topmagan edi. Tarixiy obidalami qayta qurishda ko'pchilik ustalar eskisini buzib, yangisini qurishgan. Ba’zan ulardan eski qurilish ashyosi sifatida ham foydalanilgan. Tarixiy binolarni obida sifatida asrab-avaylash uyg'onish davrida taraqqiy etdi. Biroq obidalar bu davrda ham yetarli darajada qadrlanmadi. Yodgorlikni idrok etishda uning atrofi, ya’ni me’moriy va tabiiy muhiti katta e’tiborga molik. Ko’pincha me’moriy muhit yodgorlikning o‘ziga qaraganda tezroq o‘zgargan. Bu urbanizatsiyaga uchragan yirik shaharlarda, ayniqsa, yaqqolroq ko‘rinadi. Yodgorlik va uning atrofi orasidagi stilistik bog‘lanishlar ta’mirchi uchun ham ahamiyatlidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

240

TA’MIRLASH OBYEKTLARINI ANIQLASH.

TA’MIRLANAYOTGAN SHAHARLARNI O‘RGANIB CHIQISH VA

TASHKIL ETISH

Xaitova Laylo Bolikulovna

Annotatsiya:

Ma’lumki, har qanday tarixiy obidadan o‘z vaqtida vazifasiga

ko‘ra foydalanilgan, keyinchalik saqlanib kelingan. Buzilgan bo‘lsa, tuzatilgan;

ba’zan qayta tiklangan. Qadimda obidalarga nisbatan tarixiylik hissiyoti rivoj

topmagan edi. Tarixiy obidalami qayta qurishda ko'pchilik ustalar eskisini buzib,

yangisini qurishgan. Ba’zan ulardan eski qurilish ashyosi sifatida ham foydalanilgan.

Tarixiy binolarni obida sifatida asrab-avaylash uyg'onish davrida taraqqiy etdi.

Biroq obidalar bu davrda ham yetarli darajada qadrlanmadi. Yodgorlikni idrok

etishda uning atrofi, ya’ni me’moriy va tabiiy muhiti katta e’tiborga molik. Ko’pincha

me’moriy muhit yodgorlikning o‘ziga qaraganda tezroq o‘zgargan. Bu

urbanizatsiyaga uchragan yirik shaharlarda, ayniqsa, yaqqolroq ko‘rinadi.

Yodgorlik va uning atrofi orasidagi stilistik bog‘lanishlar ta’mirchi uchun ham

ahamiyatlidir.

Kalit so‘zlar:

shahar, shaharsozlik, urbanizatsiya, yodgorlik, arxeologik

ta’sir.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi, bozor iqtisodiga o‘tish, o‘zbek

xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlariga bo‘lgan e’tiborning oshishi, milliy va

xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar, madaniy, sanoat, jamoat va turar-joy bino va

inshootlari qurilishi keng sur’atlarda olib borilmoqda.

Shu qatorda milliy shaharsozlikka, xususan shahar, tumanlar, qishloq

aholi yashash joylarini rekonstruksiya qilish masalalarida talablar ortib bormoqda.

Bunday masalalami hal etishda bir qancha qonunlar ishlab chiqilgan. Shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik Kodeksida ham alohida e’tibor

qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning shaharsozlik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

241

jihatidan rejalashtirilishiga bag‘ishlangan V bobida shunday deyilgan: O‘zbekiston

Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarixi:

-aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab

chiqarish kuchlarini O‘zbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy

ettirish istiqbollariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalarini;

-mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona

foydalanish ya ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini

saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy

infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini;

-aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlarni;

-alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni;

-suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini;

-rekreatsion hududlarni;

-qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan hududlarni;

-ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo’lgan hududlarni;

-labny va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga

uchragan hududlarni;

-foydali qazilmalar joylashgan hududlarni;

-qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik jihatidan foydalanishning

boshqa turlari belgilanadigan va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun

foydalanishda cheklashlar joriy etiladigan hududlarni;

-hududni rivojlantirishga doir boshqa yechimlarni belgilaydi.

Turar-joy hududini rekonstruksiya qilishda ushbu hududda tarixiy

qiymatga ega bo‘lgan obyektlarning mavjudligini о‘rganib chiqish quyidagi

vazifalardan kelib chiqadi:

• shakllangan strukturada qiymatga ega bo‘lgan elementlarni saqlab qolish

va ularni rekonstruksiya jarayonida qayta shakllanayotgan turar-joy hududi rejaviy

strukturasiga kiritish;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

242

• rekonstruksiya loyiha oldi tarixiy-shaharsozlik izlanishlarini olib

borishning asosiy maqsadi - hududning uzoq muddat o‘z ahamiyatini saqlagan,

turg‘un rejaviy elementlarini aniqlash;

• rejaviy strukturaning o‘z evolyutsiyasi jarayonida shaharsozlik

shakllanish xususiyatlarini aniqlash;

• shakllangan mahalla strukturasi rivojlanishida ketma-ketlikni saqlab

qolish, turar-joy hududi strukturasining shakllanish tarixi, hududni qurilmalarning

vaqti va ko’rinish-stil xususiyatlari bo‘yicha zonalashtirish;

• tabiiy va antropogen landshaftning vizual butunligi - turar-joy hududi

muhiti elementlarini bir vaqtda va ketma-ketlikda qabul qilish imkoniyati;

• barcha ko‘rinishdagi yodgorliklar - arxeologik, tarixiy-landshaft, tarixiy-

madaniy, arxitekturaviy va shaharsozlik yodgorliklari.

Turar-joy hududi strukturasining shakllanish tarixini o’rganib chiqish va

uni zamonaviy rejalashtirish va qurilishida aks ettirish o‘z ichiga arxiv izlanishlar

va tabiiy izlanishlarni oladi:

-arxiv ma’lumotlarini o ‘rganib chiqishda turar-joy strukturasi shakllanishi

xususiyatlarini ko’rsatib beruvchi omillar aniqlanadi;

-tarixiy rejaviy sistema va shaharsozlik kompozitsiyasi yaratiladi; turar- joy

hududi strukturasi evolyutsiyasining asosiy rivojlanish davrlari bo‘yicha

solishtirilgan analizi o‘tkaziladi;

-shaharsozlik-landshaft o‘zaro bog’liqliklari, tarixiy shaharsozlik

aksentlarining kompozitsion ta’sirida saqlanib qolgan hududlar. O‘tkazilgan analizlar

natijalari turar-joy hududining individual xususiyatian, uning evolyutsiyasi va

rejaviy strukturasi o‘zgarishi, shuningdek, har bir davrdagi shaharsozlik

kompozitsiyasi haqida asos ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.

Tabiiy izlanishlar jarayonida rejada tarixiy rejaviy sistemalarning

elementlari aniqlanadi va joyi belgilanadi:

• saqlanib qolgan tarixiy qimmatga ega qurilmaning hududi aniqlanadi,

tarixiy shaharsozlik kompozitsiyasi va qimmatli tabiiy landshaftning saqlanganlik

darajasi belgilanadi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

243

•kompozitsion bog’liqliklar, aksentlar, ansanbllar, panorama qabul qilish

hududlari va turar-joy hududidagi umumiy va uning alohida ansambllaridagi

elementlar ta’sir hududi aniqlanadi. Izlanishlar natijasida holat tarxi ishlab

chiqiladi va unda quyidagilar belgilanadi:

• shaharsozlik va arxitektura yodgorliklari — tarixiy rejaviy sistema —

ko‘chalar tarmoqlari, maydonlar, qadimiy rejalashtirish elementlari, shahar

qo‘rg‘onlari chiziqlari, qurulmalar sistemasi, tarixiy majmualar, kompozitsion

bog’liqliklar, dominantlar, panorama qabul qilish hududlari va tarixiy elementlar

ta’sir hududi, tarixiy va madaniy yodgorliklar;

• tabiiy landshaftning qimmalli elementlari;

• arxeologik hududlar.

Tarixiy holat tarxi asosida tarixiy rejalashtirish va qurilishning

qimmatliligidan kelib chiqib rekonstruksiya rejimlari asosida turar-joy hududining

zonalashtirish sxemasi ishlab chiqiladi. Tarixiy shaharsozlik izlanishlar natijalari

rekonstruksiya tadbirlarining yo‘nalishi va xarakterini aniqlashda asos bo‘lib

xizmat qiladi. Tarixiy shaharsozlik analizlarini olib borishning chuqurligi va

materiallar tarkibi har bir alohida turar-joy hududi spetsifikatsiyasi bo‘yicha va

ko‘zda tutilayotgan rekonstruksiya tadbirlari xarakteri bo‘yicha aniqlanadi.

Shaharni va shahar elementlarini rekonstruksiya qilish va o‘sishini

joylashtirish uchun yaroqli bo‘lgan hududlami aniqlash quyidagilarni hisobga olgan

holda amalga oshiriladi:

-hududlarning shaharsozlik hajmi - ularning aholini loyihaviy o‘sishini

joylashtirish, shaharni tashkil qiluvchi baza obyektlarini, transport va muhandislik

tarmoqlarini joylashtirish imkoniyati;

-maydonlarning tabiiy va muhandislik-qurilish sharoitlari — binolar

qurilishi uchun yaroqliligi;

-yana o‘zlashtiriladigan hududlarni uning funksional va transport

strukturasiga organik kiritishni ta’minlashni hisobga olgan holda shahar

elementlarini o‘zaro joylashtirish sharoitlari.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

244

Maydonlarning shaharsozlik hajmi kompleks loyiha oldi izlanishlar

jarayonida aniqlanadi va quyidagicha xarakterlanadi: u yoki bu hududda faoliyat

ko'rsatishni ta’minlay oladigan hudud o’lchamlari, tabiiy (geologik, suv,

mikroiqlimiy, landshaft va b.) va antxopogen (muhandislik ta’minlanganlik va

transport o‘zlashtirilganligi) hududiy resurslari. Masalan, turar-joyga

mo’ljallangan hududni o'zlashtirish bu hududlarning aholining yashashi, dam

olishi uchun sanitar-gigienik shart-sharoitlarini ta’minlashini aniqlash bilan ishlab

chiqarish bazasi o‘sishini joylashtirish transport va muhandislik tarmoqlari

xarakteri, energiya va suv bilan ta’minlash, ekologik sharoitlar bilan belgilanadi.

Bunda muhim omillardan biri hududning estetik sifatlari hisoblanadi.

Maydonning shaharsozlik hajmi shuningdek, ularai o‘zlashtirishga ketadigan

mablag' hajmi bilan ham aniqlanadi: qurilish narxi, kelajakda ekspluatatsiya

xarajatlari, tabiatni himoya qilish xarajatlari, aholining dam olishini tashkil qilish.

Yangi hududlarni o'zlashtirganda albatta mehnat qilish, turar-joy, markazlar bilan

transport aloqalari sharoitlariga ko‘ra baholanadi.

Hududning tabiiy va muhandislik-qurilish xarakteristikalariga muhandislik-

geologik sharoitlar, relef, gidrogeologiya va gidrografiya, qimmatli tabiiy tarixiy

landshaftlar, o‘rmon massivlari, suv havzalari kiradi. Kompleks holda ular

o‘zlashtirilayotgan maydonlarning rejaviy chegaralarini belgilaydi va faoliyatning

turli shakllarini joylashtirish uchun shakllantiradi, qurilish shartlarini xarakterlaydi

va unda joylashtiriladigan shahar elementlarming rejaviy tashkil etilishiga ta’sir

ko‘rsatadi. Masalan, mahalliy relef hududning qurilish uchun yaroqliligi darajasini

belgilaydi; qimmatli tabiiy va tarixiy landshaftlar hududi qurilish yoki sanoat

hududi uchun foydalanilishi mumkin emas, lekin shahar strukturasiga dam olish

hududi sifatida kiritilishi mumkin.

Shaharning rivojlanishi jarayonida o'sish elementlarini joylashtirish va

ta’mirlash uchun qayta o‘zlashtirilayotgan maydonlarning yaroqliligini hisobga

olish lozim. Baholashning asosiy jihati, ularni bir tekis ijtimoiy samarada

o‘zlashtirish xarajatlari va aksincha, teng xarajatlarda maksimal samara

(iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik xususiyatlarni hisobga olgan holda) hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

245

Shaharlarni loyihalash va rekonstruksiya qilishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-

demografik masalalarni e’tiborga olgan holda aholining to‘laqonli hayot kechirishi

uchun moslashtirib loyihalanishi lozim. Shaharlarni rekonstruksiya qilish va

modernizatsiyalash, ularni zamonaviy infrastruktura bilan ta’minlash va shu

qatorda shaharsozlik an’analarimizga sodiq qolgan holda tarixiy boylikka ega

bo‘lgan hududlarni asrab avaylash, ularda hayot tarzini yaxshilash va dam olishni

to‘g‘ri tashkil etish juda muhim.

Ijtimoiy-madaniy muhitni rivojlantirishga shaharda aholining ijtimoiy-

mutaxassislik va demografik xususiyatlarini to‘g‘ri baholagandagina erishish

mumkin.

Shaharsozlik hayot muhitida aniq bir maqsadga erishishni tashkil

etishdagi muhim vosita hisoblanadi va xalq xo‘jaligi masalalari:

• ishlab chiqarishni kompleks hududiy tashkil etish;

• aholini mehnat, turmush va dam olishini tashkil etish;

• tabiatdan to‘g‘ri foydalanish va tabiiy muhitni jamiyat hayotining asosi

sifatida himoya qilish masalalarini hal etishga qaratilgan.

Shaharsozlikning ijtimoiy-iqtisodiy sohasi quyidagi izlanishlarni o ‘z ichiga

oladi:

- ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish va joylashtirish;

- faoliyatning ishlab chiqarilmaydigan sohasini joylashtirish tadqiqotlari

va fazoviy tashkil etilishi;

- jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy qayta ishlab chiqarish taraqqiyoti

nuqtayi nazaridan aholi joylashishi xarakteristikasini analiz qilishga yo‘naltirilgan

ijtimoiy-demografik qismi;

-tabiiy muhitning ijtimoiy ahamiyatini va tabiatni muhofaza qilish

masalalarini belgilovchi ijtimoiy-ekologik qismi;

- o‘z-o‘zini boshqarishni tartibga solish va shahar muhitining ijtimoiy-

psixologik komfortini ta’minlash maqsadida aholi tomonidan shahar muhitini

qabul qilish masalalarini ko‘rib chiquvchi ijtimoiy- psixologik tadqiqotlar;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

246

- qurilish sanoati va shaharsozlik obyektlarini keyingi texnik

ekspluatatsiyasining samaradorligi nuqtayi nazaridan shaharsozlik yechimlarining

iqtisodiy masalalarini ko‘rib chiquvchi texnik-iqtisodiy bo‘lim. Demografik

omillar sanoat korxonalarini, ijtimoiy-madaniy-maishiy xizmat k ‘rsatish

muassasalarini turar-joy tumanlari rejasida joylashtirish uchun asosiy tavsiyanoma

hisoblanadi.

Shahaming o‘sish darajasi, uning yashash fondi, xizmat ko‘rsatish

tarmog‘i, muhandislik kommunikatsiyalari, transporti aholining demografik

strukturasidan kelib chiqadi, biroq, demografik struktura shaharing va uning

umumiy funksional strukturasi rivojlanishining iqtisodiy bazasiga bog’liq.

Demografik ma’lumotlar o‘zida etnik tarkib, yosh va jins strukturasi, oilaviy

holat, mehnat bilan bandlik, aholining mutaxassis tarkibini aks ettirishi kerak.

Shaharsozlik faoliyatida demografik taxmin asosiy omillardan hisoblanadi.

Aholi joylari tarmoqlarining rivojlanishi. Hozirgi kunda avtonom shaharlardan

o‘zaro bog‘langan shahar hududlariga, aholi joylarining guruhli joylashish

shakllariga aylanmoqda. Bu holat ularda, ayniqsa, shahar aglomeratsiyalarida

yashovchi aholining o'sish tendensiyasida kuzatiladi. Hududiy aholi

joylashishining guruhli shaklini aglomeratsiyalarning boshqarilmas darajada

o’sishi ularning qimmatli bo’lgan qishloq-xo‘jalik yerlarini “yeb” yuboradi.

Buning oqibatida ochiq rekreatsion hududlarni egallab olishga olib keladigan

yaxlit urbanizatsiyalashgan hududlar paydo bo’ladi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Avdotin L.N. i dr. «Gradostroitelnoe proektirovanie» Uchebnik dlyaVUZaM

,,Stroyizdat 1989.

2.

Anikeev,

V.

V.

Vladimirov

V-v

V.«GradostroiteInie problem!

Sovershenstvovaniya adrninistrativno-territorialnogo ustroystva» (2002) .

3. Anikin V.I/'Arxitektum oe proektirovanie jilix rayonov”. Minsk, Visshaya shkola,

1987 g.

4. Askarov Sh.D. “Arixitektura Temuridov” T. 2009 Izd. “San’at”

5. Askarov Sh.D. “Region-Prostranstvo-Gorod” 1998 Izd. “Stroyizdat”


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

247

6. Butyagin V.A. “Planirovka iblagoustroystvo gorodov”. M, Stroyizdat, 1974g.

7. “Gradostroitehiiy kodeks RespubSiki Uzbekistan”. T. 2002 g.

8. Gutnov A.E. “Evolyutsiya gradostroitelstva”. M, 1984 g.

9. Ikonnikov A.V, «Prostranstvo i forma v arxitekture i gradostroitelstve» 2006

10. Isamuxamedova D.U., «Shaharsozlik asoslari va landshaft arxitekiurasi’'. Darslik.

1-qism., “C hoipon’" nashr. Toshkent, 2009 y.

11. Isamuxamedova D.U., Adilova L.A. «Shaharsozlik asoslari va landshaft

arxitekturasi”. Darslik. 2-qism., “Fan va turmush” nashr. Toshkent, 2012 y

12. Isamuxamedova D.U., M irzaev M .K. «Zamonaviy shaharsozlik nazariyasi”.

o‘quv qo’llanma, TASI.Toshkent, 2015 y