Authors

  • Bo'rixonova Mahfuza
  • Bobogulova Sarvinoz

Author Biographies

  • Bo'rixonova Mahfuza

    Termiz davlat pedagogika instituti

    Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti

    Tarix ta'lim yo'nalishi

    3- kurs 303- guruh talabasi

  • Bobogulova Sarvinoz

     

    Tarix ta'lim yo'nalishi

    3- kurs 303- guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.93132

Keywords:

Massachusets indeyeslar eksimoslar shtat. Massachusetts indeyes eximos state. Массачусетс индейцы эксимосы штат.

Abstract

AQSHning XVII asrdan XIX asrgacha bo'lgan davrdagi tarixi boy va murakkab voqealar zanjiri bilan bog'liq bo'lib, mamlakatning bugungi kunda shakllangan siyosiy va ijtimoiy tuzilmasining asosi o'sha davrda qo'yilgan. Quyidagi maqolada ushbu davrni bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz.

the history of the United States from the 17th to the 19th centuries is associated with a rich and complex chain of events, and the basis of the political and social structure of the country, formed today, was laid at that time. In the article below, we will look at this period step by step.

история США с семнадцатого по девятнадцатый век связана с богатой и сложной цепочкой событий, и именно в этот период была заложена основа политической и социальной структуры страны, которая сформировалась сегодня. Рассмотрим этот период поэтапно в статье ниже.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

214

XVII- XIX ASARLARDA AQSH

Termiz davlat pedagogika instituti

Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti

Tarix ta'lim yo'nalishi

3- kurs 303- guruh talabasi

Bo'rixonova Mahfuza

tel: +998940112590

Tarix ta'lim yo'nalishi

3- kurs 303- guruh talabasi

Bobogulova Sarvinoz

tel:+998990032103

Anotatsiya: AQSHning XVII asrdan XIX asrgacha bo'lgan davrdagi tarixi boy

va murakkab voqealar zanjiri bilan bog'liq bo'lib, mamlakatning bugungi kunda

shakllangan siyosiy va ijtimoiy tuzilmasining asosi o'sha davrda qo'yilgan. Quyidagi

maqolada ushbu davrni bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: Massachusets, indeyeslar, eksimoslar, shtat.

Anotation: the history of the United States from the 17th to the 19th centuries

is associated with a rich and complex chain of events, and the basis of the political

and social structure of the country, formed today, was laid at that time. In the article

below, we will look at this period step by step.

Keywords: Massachusetts, indeyes, eximos, state.

Аннотация: история США с семнадцатого по девятнадцатый век

связана с богатой и сложной цепочкой событий, и именно в этот период была

заложена основа политической и социальной структуры страны, которая

сформировалась сегодня. Рассмотрим этот период поэтапно в статье ниже.

Ключевые слова: Массачусетс, индейцы, эксимосы, штат.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

215

Kirish

Olimlarning fikricha, amerika qit’asiga dastlabki odamlar Shimoliy Osiyodan

hozirgi Bering bo‘g‘ozi orqali buyuk muzlik davrida, bundan 40 ming yil avval o‘ta

boshlagan va bu jarayon uzoq davom etgan. Natijada bu yerlarga yevropaliklar

kelguniga qadar ham ko‘psonli qabila va elatlar shakllangan.

1

Ular indeyeslar va

eksimoslar edi. Amerika aholisi o'rtasida bir necha tavofutlar ro'y bergan.

XVII asrlarda Amerika iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlana boshladi. 1600-

yillarda Britaniya, Fransiya, Ispaniya va Gollandiya Shimoliy Amerikaga o'z

koloniyalarini asoslash bilan shug'ullanib kelgan edi. Shu davrda AQSh hududida

birinchi Britaniya koloniyalari tashkil etildi.1607-yilda inglizlar birinchi barqaror

koloniyasini Virjiniya shtatining Jamestovn shahrida barpo etishdi. Bu davrdagi

koloniyalar iqtisodiy jihatdan rivojlangan va asosan qishloq xo'jaligi bilan

shug'ullangan.

Ingliz

koloniyalarining

asosiy

iqtisodiy

faoliyati

tamaki,

shakarqamish, paxta va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish va eksport

qilishdan iborat edi. Diniy va siyosiy sabablar: Britaniyadagi din va siyosiy zulmdan

qochgan ko'plab insonlar Shimoliy Amerikaga ko'chib o'tishdi. Ayniqsa,

Massachusetsda ingliz puritanlari o'z diniy e'tiqodlarini amalga oshirish uchun yangi

jamiyat tashkil etishdi. Ushbu mustamlakalar Britaniya hukumati bilan qisman

mustaqillikda bo'lgan bo'lsa-da, o'z hududlarida o'zlariga tegishli qonun-qoidalarni

yaratish imkoniyatiga ega edilar. Iqtisodiy rivojlanish va qullik: 1619-yildan boshlab

qullik Shimoliy Amerikadagi koloniyalarda keng qo'llanila boshladi. Janubiy

koloniyalar, xususan, tamaki va paxta dalalarida ishlash uchun afrikalik qullardan

foydalangan. Bu esa kelajakda mamlakat ichida ijtimoiy va iqtisodiy ziddiyatlarning

kuchayishiga sabab bo'ldi. Kolonistlar yer resurslariga ega bo'lish, iqtisodiy va diniy

erkinlik izlash maqsadida Amerikaga ko'chib keldilar. 1620-yilda Plymut koloniyasi

asos solingan va bu yerda o'rnatilgan ijtimoiy, siyosiy tizimlar keyinchalik Amerika

mustaqilligi uchun poydevor yaratdi.

1

T.O'. Salimov; F.E.Sultonov - Jahon tarixi;Toshkent- 2017; 142- bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

216

XVIII asr AQSh uchun mustaqillik va milliy uyg'onish davri hisoblanadi.

1775–1783-yillardagi Amerika Mustaqillik Urushi: Britaniya koloniyalarining

mustaqillik uchun kurashgan davri hisoblanadi. 1776-yil 4-iyulda Mustaqillik

Deklaratsiyasi e'lon qilinib, AQShning Britaniyadan mustaqil davlat sifatida ajralishi

rasmiylashtirildi. 1787-yilda AQSh Konstitutsiyasi qabul qilindi.

2

Bu hujjat

AQShning huquqiy va siyosiy Mustamlakachilik davri (XVII asrning boshidan XVIII

asrga qadar) AQSH hududidagi dastlabki yevropalik mustamlakachilar asosan

Britaniya, Fransiya, Gollandiya va Ispaniyadan kelgan.

Asosiy qism.

Mustaqillik uchun kurash va Amerika inqilobi (XVIII asr o'rtalari) XVIII

asrning o'rtalariga kelib, Shimoliy Amerikadagi ingliz koloniyalari Britaniya

hukumati bilan iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlarga duch keldi. Britaniya hukumati o'z

koloniyalaridan ko'proq foyda olish maqsadida yangi soliqlar joriy qildi. Ayniqsa,

"Qog'oz solig'i" (Stamp Act) va "Choy solig'i" kabi qonunlar koloniyalardagi

norozilik harakatlarini kuchaytirdi.1770-yillar va Bostondagi voqealar: 1773-yilda

Bostonda ingliz choy solig'iga qarshi norozilik namoyishi yuz berdi. "Bostondagi

choy yuvoshligi" (Boston Tea Party) nomli voqea natijasida ingliz choyi Boston

bandargohida dengizga tashlandi. Bu harakat koloniyalar orasida birlikni kuchaytirdi

va mustaqillik uchun kurashga sabab bo'ldi.

3

Mustaqillik Deklaratsiyasi va urush:

1776-yil 4-iyulda kontinental kongress Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi, bu

hujjat orqali Qo'shma Shtatlar Britaniya imperiyasidan rasman ajralib chiqdi.

Deklaratsiya inson huquqlari, erkinlik va tenglik g'oyalariga asoslangan edi.

Mustaqillik uchun urush 1783-yilda AQSHning rasmiy mustaqilligi bilan tugadi.

AQSH Konstitutsiyasining yaratilishi va federal tuzilmaning shakllanishi (XVIII asr

oxiri) 1787-yilda Filadelfiya shahrida Konstitutsiyaviy konvent chaqirilib, yangi

davlat tuzilishini yaratish uchun AQSH Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Konstitutsiya

hukumatning uch shoxobchasini: ijroiya, qonunchilik va sud tizimlarini tashkil etdi

2

Sh.Ergashev; Jahon tarixi 1- qism; TOSHKENT "O'ZBEKISTON" 2013; 313- bet

3

Bailyn, Bernard - The Ideological Origins of the American Revolution. Harvard University Press, 1967.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

217

va davlatning federal tizim asosida boshqarilishini belgiladi.

4

Konstitutsiyaviy

muhokamalar: Konstitutsiyani ishlab chiqish jarayonida davlatlar orasidagi vakolatlar

bo'yicha muammolar ko'tarildi. Shuningdek, qullik masalasi, shtatlar orasidagi

iqtisodiy farqlar va boshqa ijtimoiy masalalar muhokama qilindi. Natijada "Bo'lim va

tekshiruv" (checks and balances) tizimi yaratilib, federal hukumat va shtatlar

o'rtasidagi vakolatlar muvozanatga keltirildi. Konstitutsiyaning kuchga kirishi: 1789-

yilda Konstitutsiya rasmiy ravishda kuchga kirdi va Jorj Vashington birinchi

prezident sifatida saylandi. Shu tariqa AQSHda federal tizimning asosi qo'yildi va

demokratik boshqaruv usuli mustahkamlandi. XIX asr: kengayish, rivojlanish va

ijtimoiy o'zgarishlar XIX asr AQSH tarixida juda muhim davr hisoblanadi. Shu

davrda mamlakat hududiy jihatdan kengaydi va iqtisodiy rivojlanish kuchayib bordi.

Hududiy kengayish: 1803-yilda AQSH Fransiyadan Luizianani sotib oldi va o'z

hududini ikki barobarga kengaytirdi. Keyinchalik Meksika bilan urush natijasida

Kaliforniya va Texas kabi yangi hududlar qo'shildi. Bu davrda "Manifest Destiny"

(Taqdiri taqdirlangan) g'oyasi ommalashdi, ya'ni AQSH o'z hududlarini Atlantika

okeanidan Tinch okeanigacha kengaytirishi kerak, degan qarash mavjud

edi.Industrial inqilob va iqtisodiy rivojlanish: XIX asr davomida AQSHda

sanoatlashish jarayoni avj oldi. Telegraf va temir yo'llar rivojlandi, fabrikalar ko'paydi

va iqtisodiy faoliyat yuksaldi. Ayniqsa shimoliy hududlarda sanoat rivojlandi va bu

esa janubiy qishloq xo'jaligi hududlari bilan iqtisodiy farqlarni kuchaytirdi.Fuqarolar

urushi va qullikning bekor qilinishi: 1861-yilda AQSHda janubiy va shimoliy shtatlar

orasida qullik masalasiga oid ziddiyatlar tufayli Fuqarolar urushi boshlandi. Urush

1865-yilda janubiy shtatlarning mag'lubiyati bilan tugadi va bu AQSHning birligi

uchun muhim burilish bo'ldi. Fuqarolar urushi natijasida qullik rasman bekor qilindi

va yangi qonunlar qabul qilinib, fuqarolik huquqlari ta'minlandi. XVII- XIX asrlarda

Amerika Qo'shma Shtatlarining iqtisodiy, siyosiy va tashqi siyosatda, rivojlanishga

qadam qo'ygan davri hisoblanadi.

4

Sh.Ergashev; Jahon tarixi 1- qism; TOSHKENT "O'ZBEKISTON" 2013; 313- bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

218

Xulosa

XVII asrdan XIX asrgacha bo'lgan davrda AQSH juda ko'p o'zgarishlarga duch

kelgan, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan rivojlangan. Bu davrda asosiy siyosiy

tamoyillar va qonunchilik asoslari shakllandi, kengayish jarayonlari yuz berdi va

mamlakat o'z mustahkam poydevorini yaratishga muvaffaq bo'ldi.AQSh hududi ham

kengaydi va tashqi siyosatda faol ishtirok etgan. AQSH o'sha vaqtlarda dunyodagi

eng rivojlangan davlatlar qatorida turar edi. AQSHda " Mustaqillik deklaratsiyasini"

qabul qilinishi, amerika xalqini yana bir orzu- istaklari amalga oshishi edi. Hozirgi

kunda AQSH dunyoning eng rivojlangan davlatidir.The countries are walking

shoulder to shoulder on the path of development as good neighbors and mutually

beneficial partners.

In particular, in the last five years, the volume of mutual trade has more than

doubled, and lby the end of this year it will reach five billion dollars.

5

Hozirgi kunga

qiyoslaydigan bo'lsak AQSH iqtisodiy ham siyosiy jihatdan jahon hamjamiyatida

e'tirof etilayotgan davlatdir!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'. SALIMOV; F.E.SULTONOV - JAHON TARIXI;TOSHKENT- 2017; 142-

BET

2. SH.ERGASHEV; JAHON TARIXI 1- QISM; TOSHKENT "O'ZBEKISTON"

2013; 313- BET

3. BAILYN, BERNARD - THE IDEOLOGICAL ORIGINS OF THE AMERICAN

REVOLUTION. HARVARD UNIVERSITY PRESS, 1967.

4. WOOD, GORDON S. - THE AMERICAN REVOLUTION: A HISTORY.

MODERN LIBRARY, 2003.

5. MCPHERSON, JAMES M. - BATTLE CRY OF FREEDOM: THE CIVIL WAR

ERA. OXFORD UNIVERSITY PRESS, 1988.

5

THE CULTURAL AND EDUCATIONAL RELATIONS OF THE STATES OF UZBEKISTAN AND KAZAKHSTAN IN THE EARLY

YEARS OF INDEPENDENCE; Urolova Malika Tulkin kizi Teacher, Termez State Pedagogical Institute.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10578107


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

219

6. FONER, ERIC - THE STORY OF AMERICAN FREEDOM. W.W. NORTON &

COMPANY, 1998.

7. ZINN, HOWARD - A PEOPLE'S HISTORY OF THE UNITED STATES.

HARPER & ROW, 1980.

8. ELLIS, JOSEPH J. - FOUNDING BROTHERS: THE REVOLUTIONARY

GENERATION. KNOPF, 2000.

9. BRANDS, H.W. - AMERICAN COLOSSUS: THE TRIUMPH OF

CAPITALISM, 1865-1900. DOUBLEDAY, 2010.

10. THE CULTURAL AND EDUCATIONAL RELATIONS OF THE STATES OF

UZBEKISTAN AND KAZAKHSTAN IN THE EARLY YEARS OF

INDEPENDENCE; UROLOVA MALIKA TULKIN KIZI TEACHER, TERMEZ

STATE

PEDAGOGICAL

INSTITUTE.

HTTPS://DOI.ORG/10.5281/ZENODO.10578107.