Authors

  • Matchonova Marhabo

Author Biography

  • Matchonova Marhabo

    Termiz davlat pedagogika instituti

    Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti

    Tarix ta'lim yo'nalishi

    3- kurs 303- guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.93135

Keywords:

Germaniya german davlatlari XVII asr XVIII asr Prussiya Avstriya 30 yillik urush Vestsfalya tinchligi Napoleon Bonapart Vena kongressi Avstriya-Prussiya urushi Fransiya-Prussiya urushi Germaniya imperiyasi siyosiy tarix ijtimoiy rivojlanish Germaniya birlashishi.

Abstract

Ushbu maqola XVII asrdan 1870-yillargacha Germaniya va german davlatlarining siyosiy tarixi, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini o‘rganadi. Maqolada Germaniya hududining XVI-XVIII asrlarda bo‘linishi, Prussiya va Avstriya kabi kuchli davlatlarning o‘rnini tahlil qilish orqali, Germaniyaning yagona davlat sifatida shakllanishi jarayoni ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, 30 yillik urush, Vestsfalya tinchligi, Avstriya-Prussiya va Fransiya-Prussiya urushlari kabi muhim tarixiy voqealar orqali Germaniya davlatining birlashishiga olib kelgan siyosiy va harbiy omillar yoritilgan. Maqola, shuningdek, Napoleon Bonapartning ta'sirini, Vena kongressi va 1871-yilda Germaniya imperiyasining tashkil topishiga olib kelgan voqealarni ham o‘z ichiga oladi. Bu tarixiy davrda Germaniyaning siyosiy va ijtimoiy shakllanishi yirik yevropacha o‘zgarishlarning bir qismi sifatida tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

201

XVII ASRDAN 1870-YILLARGACHA GERMANIYA VA

GERMAN DAVLATLARI

Termiz davlat pedagogika instituti

Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti

Tarix ta'lim yo'nalishi

3- kurs 303- guruh talabasi

Matchonova Marhabo

Annotasiya: Ushbu maqola XVII asrdan 1870-yillargacha Germaniya va

german davlatlarining siyosiy tarixi, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini o‘rganadi.

Maqolada Germaniya hududining XVI-XVIII asrlarda bo‘linishi, Prussiya va

Avstriya kabi kuchli davlatlarning o‘rnini tahlil qilish orqali, Germaniyaning yagona

davlat sifatida shakllanishi jarayoni ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, 30 yillik urush,

Vestsfalya tinchligi, Avstriya-Prussiya va Fransiya-Prussiya urushlari kabi muhim

tarixiy voqealar orqali Germaniya davlatining birlashishiga olib kelgan siyosiy va

harbiy omillar yoritilgan. Maqola, shuningdek, Napoleon Bonapartning ta'sirini,

Vena kongressi va 1871-yilda Germaniya imperiyasining tashkil topishiga olib

kelgan voqealarni ham o‘z ichiga oladi. Bu tarixiy davrda Germaniyaning siyosiy va

ijtimoiy shakllanishi yirik yevropacha o‘zgarishlarning bir qismi sifatida tahlil

qilinadi.

Kalit soʻzlar: Germaniya, german davlatlari, XVII asr, XVIII asr, Prussiya,

Avstriya, 30 yillik urush, Vestsfalya tinchligi, Napoleon Bonapart, Vena kongressi,

Avstriya-Prussiya urushi, Fransiya-Prussiya urushi, Germaniya imperiyasi, siyosiy

tarix, ijtimoiy rivojlanish, Germaniya birlashishi.

Kirish

Fransiya-Prussiya urushi davom etayotgan bir paytda, ya`ni 1871 yilning 18-

yanvarida barcha German davlatlarining monarxlari Versalga to`planib, Prussiya

qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e`lon qildilar. Ilgari shimoliy german


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

202

ittifoqiga kirgan davlatlarga yana to`rtta Janubiy german davlatlari qo`shildi,

bularning eng yirigi Bavariya edi. Shunday qilib, reaksion Prussiya monarxiyasi

rahbarligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. Yagona va yaxlit Germaniya

imperiyasi barpo qilindi.

1871 yil aprelida Ta`sis Reyxstagi umum german Konstitusiyasini qabul qildi.

Germaniya imperiyasi ittifoqchilar davlati bo`lib qoldi. Imperiya tarkibiga o`zining

qirol yoki knyaz sulolasi bilan 22 monarxiya va 3 erkin shahar: Lyubek, Bremen va

Gamburg kirdi. Elzas va Lotaringiya imperiyaga hokim (shtatgalter) tomonidan idora

qilinadigan «maxsus imperiya viloyati» bo`lib kirdi, bu hokimni imperatorning o`zi

tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim davlatlar o`z konstitusiyalari, vakillik

muassasalari(laydtaglari)ni saqlab qoldilar. Davlat bajargan vazifalarning faqat ba`zi

bir qismi - cherkov faoliyati, ma`rifiy ishlar, «to`g`ri» soliq solish, ma`muriyat ishlari

ularning o`z sho`lida qoldirildi. Bavariya armiyasini idora qilish uchun cheklangan

huquqqa ega bo`lib qoldi. Imperiya konstitusiyasida ittifoqchi davlatlarda xalq

vakolatini kengaytirish nazarda tutilmagan edi.

1871 yilgi Konstitusiyaga muvofiq, ittifoq miqyosida qonun chiqarish

huquqiga ega bo`lgan umum imperiya hokimiyati Imperator va Imperiya kansleri

qo`lida to`plangan edi. Imperiyaning oliy vakolatli muassasalari Ittifoq Kengashi

(Bundesrat) bilan Reyxstag edi. Imperiya Konstitusiyasi shunday tuzilgan ediki, unda

yangidan birlashgan Germaniyada Prussiya gegemonligi mustahkamlangan edi.

Imperator imperiyadagi barcha Qurolli kuchlarga Bosh qo`mondon bo`lib, o`zi

urush e`lon qilar, sulh tuzar, xalqaro munosabatlarda Imperiya nomidan ish ko`rardi.

Imperator o`z ixtiyori bilan Reyxstag va Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish,

ochish, tarqatib yuborish yoki muddatni cho`zish huquqiga ega edi.

Germaniyaning birinchi Imperiya kansleri Otto Bismark edi. U davlat

boshqaruvida katta tajribaga ega bo`lmagan Vilgelm I ni o`ziga tamomila

bo`ysundirib olib, deyarli 20 yil davomida (1871-1890) mamlakatda cheksiz

hokimlik qildi.

Germaniya Konstitusiyasida ko`rsatilganidek, umummiy saylov huquqi faqat

nomigagina umumiy edi. Harbiy xizmatchilardan tashqari, 25 yoshga to`lgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

203

erkaklargina saylov huquqidan foydalanar edilar. Xotin-qizlar saylov huquqidan

mahrum edilar. Qonun chiqarish tashabbusi Reyxstag qo`lida edi. Lekin ittifoq

kengashi va Imperator Reyxstag qarorlarini tasdiqdamaslikka huquqli

bo`lganlaridan,Reyxstag tashabbusi e`tiborsiz qolardi.

Germaniyadagi katolik ruhoniylar ayniqsa uning qo`l ostidagi Polsha, Elzas va

Lotaringiyada

Bismarkning

prusslashtirish

siyosatiga

qarshi

harakatlar

kuchayganligi uchun Bismark 1872 yil mayda ruhoniylar faoliyatini cheklaydigan

qonun chiqarib oldi. Katoliklar cherkovi va ularning organi “Doychland” gazetasi

unga qarshi kompaniya boshladi. “May qonunlari” ularni sindirish uchun qabul qildi.

Bu konunga muvofiq ruhoniylarning maktablar ustidan nazorati bekor

qilindi.Ularning tashviqot, da`vati ta`qiqlandi. Ularni tayyorlash davlat tomonidan

amalga oshiriladigan bo`ldi. Cherkov nikoh,tug`ilish va o`lim holatlarini qayd etishi

bekor qilindi va davlatga o`tkazish uchun Bismarkning katolik cherkoviga qarshi

kurashish tarixda “Kulturkemor” “madaniyat uchun kurash” deb nom olgan. Izeutlar

va itoasiz ruhoniylarga qarshi kurash ana shu nom bilan atalgan.

Germaniyaning Yevropadagi siyosati. Mustamlakachilik ekspansiyasi

Germaniya xalqaro maydondagi ta`sirini kuchaytirish Bismark o`z oldiga

maqsad qilib qo`ydi. 1873-yilda Germaniya, Rossiya va Avstriya-Vengriya bilan

ittifoq to`g`risida shartnoma - «Uch imperator shartnomasi»ni tuzdi. Bismark 1875

yilda Fransiyani 1871 yildagiga nisbatan ham ko`proq qaramlikka olish va uni

Germaniya vassali holiga tushirish uchun unga qarshi urush boshlashga tayyor turgan

edi. Bismark yangidan vujudga kelgan fransuz armiyasini tortib olingan Elzas va

Lotaringiya uchun qasos oluvchi armiya deb bilib, Fransiya hali batamom

mustahkamlanib olmasdan, u bilan urush boshlashga shoshilmoqda edi. Rossiya bilan

Angliya Germaniyaning kuchayib ketishini istamas edilar, shu sababli Bismarkka

Fransiyani yangidan tor-mor keltirishga yo`l qo`ymasliklarini bildirib qo`ydilar.

Germaniya chekindi.

Germaniya ikki frontda urush qilishdan qo`rqardi. U «kaolisiyalar

dahshati» tinchimni buzayapti, deb , ayniqsa, Rossiya bilan urushishdan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

204

cho`chirdi. 1879 yilda Germaniya Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzdi. Bismark

Rossiyaning Fransiya bilan yaqinlashuviga xalaqit berish niyatida 1881-yili «Uch

imperator ittifoqi»ni tiklashga muvaffaq bo`ldi. 1882-yilda Avstriya-Vengriya -

Germaniya ittifoqiga qo`shimcha qilinib, Germaniya va Avstriya-Vengriyaning

Italiya bilan ittifoqi tuzildi. Italiyaning ittifoqqa kirishiga sabab, Fransiya bilan

munosabatlarining keskinlashuvi edi. Chunki, Fransiya Italiya da`vo qilib yurgan

Tunisni 1881-yilda bosib olgan edi. Avstriya-Vengriya imperiyasi esa bu vaqtda

Bolqon yarim orolida Rossiya bilan raqobatlashmoqchi edi. Shunday qilib, uchta

teng maslakdosh kuchlar birlashib, 1882 yili harbiy ittifoq, «Uchlar ittifoqi»ni

tuzishga erishdilar.

Endilikda Germaniya Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan koalisiyaga bosh

bo`lib oldi. Bismark o`z siyosiy rejalarini amalga oshirish yo`lida Rossiyani asosiy

g`ov deb bilar, qanday bo`lmasin Rossiyaga zarar yetkazishni mo`ljallar edi. Shu

maqsadda Angliya bilan Turkiyani Rossiyaga qarshi gij-gijlay boshladi.

Bismark bir vaqtda ikki frontda, ya`ni ham Fransiyaga ham Rossiyaga qarshi

kurashish oson emasligini anglardi. Karl XII va Napoleon I kabi mashhur sarkardalar

ham Rossiyada mag`lubiyatga uchratganini yaxshi bilardi. U shuningdek, chorizm

Rossiyaning taraqqiyotiga g`ov bo`layotganini ham tushunardi. Shuning uchun qulay

payt kelganda Rossiyadagi reaksion unsurlarni qo`llab-quvvatlashiga harakat qilardi.

Uning ishini davom ettirgan Kaprivi Germaniyaning tashqi siyosatiga juda muhim

o`zgarishlar kiritdi. Kaprivi sanoat egalarini siquvi ostida Avstriya-Vengriya bilan

savdo shartnomasini tuzdi. 1894 yili Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan ham

shunday shartnomalar tuzildi. Mamlakatga qishloq xo`jalik mahsulotlari keltirishdan

olinadigan bojlar birmuncha kamaytirildi. Kaprivi siyosati va ayniqsa, Rossiya bilan

savdo shartnomasining tuzilishi yunkerlarni g`azablantirib yubordi. Ular nima bo`lsa

ham «Liberal» kanslerni olib tashlashni o`z oldilariga vazifa qilib qo`ydilar. 1893

yilda katta yer egalari tomonidan tuzilgan «Qishloq xo`jayinlari ittifoqi» se`yzdida

yunkerlar Kaprivining «yangi» yo`liga qarshi norozilik bildirdilar. 1894-yilda Kaprivi

iste`fo berdi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

205

1891 yidda shovinistik tashkilot - German ittifoqi tuzildi. «Qirol Prussiya

ustida, Germaniya ustida, Germaniya dunyo ustida» -degan shior ilgari

surildi.Germaniya Yevropa urushiga tayyorlanishi bilan birga yirik German

kapitalining talabiga ko`ra mustamlakalar bosib olishga kirishdi. 1882-yil Bremen

savdogarlari Afrikaning janubi-g`arbiy sohilidagi Angra-Peken buxtasiga keldilar.

Ular 200 ta eski miltiq va 2000 marka badaliga yerli qabila boshlig`idan anchagina

hududni sotib oldilar. Germaniya bu yerni 1884_yil aprelida o`z protektorati deb e`lon

qildi. Afrikaga amaldorlar va soldatlar yuborildi. Ularning Yangi yerlarni bosib

olishga urinishi mahalliy xalqning qattiq qarshiligiga uchradi. Mustamlakachilar

qurol ishlatdilar. Nemis qo`shinlari afrikaliklar manziliga to`satdan hujum qilib,

aholini vahshiylarcha qirdilar. 1905-yilda mehnat sharoitini yaxshilashni talab

qilgan eng yirik ish tashlash o`tkazildi. Rur konchilari ishtirokida 1906-yilda

Gamburgda mehnatkashlarning huquqlari cheklanishiga qarshi mamlakatda birinchi

marta ommaviy-siyosiy ish tashlash bo`lib o`tdi. Saksoniya va Prussiyada

namoyishchilarning polisiya bilan to`qnashuvlari yuz berdi. Ko`mir qazuvchilarning

ommaviy ish tashlashi kengaydi. Qurolli kuchlarning ko`paytirilishiga va urush

xavfiga qarshi butun mamlakat bo`ylab miting va stachkalarning qudratli to`lqini

bo`lib o`tdi.

XX asrning dastlabki yillarida Germaniyada boshlangan ommaviy ishchilar

harakati 1905-yilgi rus inqilobi ta`siri ostida yanada kuchayib, 1914 yilgi jahon

urushiga qadar tugatildi. Nemis mehnatkashlari monarxiya asoratiga qarshi

demokratiyani kengaytirish,Prussiyada umumiy saylov huquqini joriy qilish uchun

tobora keskinroq kurash olib bordilar. 1910 yil martida Berlinda ana shu talablarni

qo`ygan katta namoyish bo`lib o`tdi. Otliq polisiya namoyishchilarni qilich bilan

chopa boshladi. Ishchilar bu kunni Prussiyaning «qonli yakshanba»si deb atadilar.

Shu yili Germaniyaning Moabit rayonidagi «Kuper» ko`mir firmasi ishchilar

soatbay to`lanadigan ish haqini oshirishni talab qilib ish tashladilar, ularni qo`shni

fabrika va zavodlarning ishchilari qo`llab-quvvatladi. 1912 yil Rur viloyatidagi kon

ishchilarining 250000 kishilik stachkasi bo`lib o`tdi. Ishchilar 8 soatlik ish kunini

joriy etishni, ish haqini oshirishni, xo`jayinlarining mehnat birjalarini tugatishni talab


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

206

qildilar. Hukumat Rurni polisiya va jandarmlar bilan to`ldirib, to`qnashuvlarda

ko`plab ishchilar o`ldirildi va yarador bo`ldi.

Elzas va Lotaringiyada zo`rlik bilan «germanlashtirish» aholining keskin

noroziligiga sabab bo`ldi. 1913 yil noyabrda o`tkazib kelingan milliy kamsitish

siyosati va pruss harbiylarining qo`polligi Elzasning Ka Sabern shahri aholisining

g`azabiga sabab bo`ldi. Shahar qamal qilinib, elzasliklarni qamali keng avj oldi. u

harakatlar umumgerman siyosiy inqiroziga o`sib o`tish darajasiga o`tgan edi.

Xulosa

XVII asrdan 1870-yillargacha bo'lgan davr Germaniya va german davlatlari

tarixida siyosiy, ijtimoiy va harbiy o'zgarishlarning muhim bo'limini tashkil etdi.

Germaniya birlashishi va markazlashgan davlat sifatida tashkil topishi uchun ko'plab

urushlar va siyosiy qarorlar qabul qilindi. Ushbu jarayon Avstriya va Prussiya kabi

davlatlar o'rtasidagi raqobat, Napoleonning Yevropa siyosatiga ta'siri va keyingi

urushlar natijasida amalga oshdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

KARIMOV I. A. TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO`Q. T., “SHARQ”.

1998.

2. KARIMOV I.A. YUKSAK MANAVIYAT YENGILMAS KUCH. T.,

“MA`NAVIYAT” 2008.

3. KARIMOV I.A. JAHON MOLIYAVIY – IQTISODIY INQIROZI ,

O`ZBEKISTON SHAROITIDA UNI BARTARAF ETISH YO`LLARI VA

CHORALARI. T., “O`ZBEKISTON” 2009.

4.. ЕРУСАЛИМСКИЙ А.С. ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА И

ДИПЛОМАТИЯ ГЕРМАНСКОГО ИМПЕРИАЛИЗМА В КОНЦЕ XIX В.

М.,1951.

5. КУЧИНСКИЙ Ю. ОЧЕРКИ ИСТОРИИ ГЕРМАНИИ. М., 1952.

6. БИСМАРК О. МЫСЛИ И ВОСПОМИНАНИЕ. М.,1991.

7. ГАЛКИН И.С. ИСТОРИЯ ГЕРМАНСКОЙ ИМПЕРИИ М. 1986.