MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
183
BEQAROR MOLIYA BOZORLARI SHAROITIDA INVESTITSIYA
PORTFELINI BOSHQARISH STRATEGIYALARI
Maxamatov Muxammadkarim Erkin o’gli
Andijon viloyati Marxamat tuman xokimligi
Marhamat tumani “Paxtakor” mahalla fuqarolari yigʻini
Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va
kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi
Aannotatsiya:
Beqaror moliya bozori – bu investisiyalar uchun yuqori
darajadagi noaniqlik va xavfni anglatadi. Bunday sharoitda aktivlarning qiymati tez-
tez oʻzgarib turadi, bu esa investorlar uchun katta xavf tugʻdiradi.
Kalit so’zlar
: beqaror moliya bozori, investitsiya portfeli, strategiya,
diversifikasiya, balanslashtirilgan portfel, uzoq muddatli invetitsiya.
Аннотация:
нестабильный финансовый рынок означает высокий
уровень неопределенности и риска для инвестиций. В этих условиях стоимость
активов часто колеблется, что представляет большой риск для инвесторов.
Ключевые слова:
нестабильный финансовый рынок, инвестиционный
портфель, стратегия, диверсификация, сбалансированный портфель,
долгосрочные инвестиции.
Aannotation:
an unstable financial market means a high level of uncertainty
and risk for investments. Under these conditions, the value of assets often fluctuates,
which poses a significant risk to investors.
Keywords:
unstable financial market, investment portfolio, strategy,
diversification, balanced portfolio, long-term investment.
KIRISH
Har bir inson biror-bir ishni bajarishdan oldin uni rejalashtiradi, xuddi
shuningdek, har bir korxona yoki tashkilot biror-bir vazifani bajarishdan avval uni
rejalashtiradi. Strategiya ham rejalashtirishga o’xshab ketadi, ammo strategiya
kattaroq tushunchadir. Strategiya deganda, avvalambor, tanlangan yo’l tushuniladi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
184
ya’ni korxona o’z faoliyatini, kelajakni o’ylab, kelajakdagi daromadini sarhisob qilib,
bundan so’ng korxonasida qanday risklar borligini va ularning oldini olish yo’llarini
ishlab chiqishi tushuniladi. Hozirda bizda juda oz korxonalarda bunday
rejalashtirishlar, strategiyani tanlash olib boriladi. Chunki, murakkab bozor sharoitida
kelajakni o’ylab aniq bir ishni amalga oshirish juda qiyinligi sababli korxona
rahbarlari bunday strategiyalar tanlashmaydi va to’g’ridan-to’g’ri faoliyat olib
boriladi. Bozorning tez-tez o’zgarib turishi va boshqa bir qancha omillar ta’sirida,
hatto, eng yirik tashkilotlar ham reja tuzmaydilar, strategiya tanlamaydilar. Ammo,
faoliyatni rejalashtirish juda ko’p foyda keltiradi. Buyuk iqtisodchi Melvil Branch
strategiya to’g’risida shunday fikrlar bildiradi: strategiya korxona rahbarlarining
faoliyatlar istiqbolini ko’ra bilishini, korxona tomonidan tanlangan qarorlar
aniqligini, korxona faoliyati yo’nalishini aniq tanlashni (ham siyosiy, ham iqtisodiy),
kelajakdagi risklarni ko’ra bilishni anglatadi.
ASOSIY QISM
Loyiha strategiyasini tuzishda quyidagi to’rt elementga ko’proq e’tibor
qaratmoq lozim. Bular: - geografik joy; - bozor hissasi; - «mahsulot-bozor» aloqasi;
- raqobat va bozor mukammallashuvi. Strategiyaning geografik jihati 37
Mahsulotning raqobatbardoshligini baholash uchun korxona o’ziga qulay bozorni va
patensial iste’molchilari bor bo’lgan hududni tanlashi lozim. Masalan: fotoapparat,
televizor va elektron kalkulyatorlar kabi mahslotlar bozori raqobatli bozorlardan
hisoblanadi. Xalqaro raqobat strategiyasini ishlab chiqishda muhimdir. Faoliyatning
geografik o’rnini, vaziyatni baholash asosida TIAni tuzishda bir nechta strategik
alternativlar ko’rib chiqiladi. Bu alternativ strategiyalar aniq bir mahsulotga hamda
mintaqaviy va lokal bozorlar shuningdek, milliy va xalqaro bozorlar uchun
aniqlanadi. Bunday mintaqalar ya’ni eksprot uchun qulay joylar tanlangandan so’ng,
bir necha alternativlar ichidan eng mukammali tanlanadi va TIA tuziladi. Bozor
hissasi va boshlang’ich strategiya Bu strategiyaning maqsadli yo’nalishidir. Chunki,
har bir korxonaning maqsadi bozorga o’rnashib olish. Investitsion loyiha uchun uzoq
muddatli bozorni hamda bozor hissasini va bozor sigmentini aniqlash zarur. Umuman
olganda, daromad bozor hissasiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Bozordagi kichkina
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
185
joy ham daromadli bo’lishi mumkin. Bu o’z o’rnida iste’molchilar hamda
kamharajatlilikka bog’liq. Sotuv hajmi va bozor hissasining oshishi o’z o’rnida
investitsion, ishlab chiqarish hamda marketing harajatlarini oshirib boradi. Bunday
harajatlarni qoplash hamda daromad olish maqsadida kompaniyalar bozordagi o’rnini
kattalashtirish (kengaytirish) hamda marketing elementlari (narxga skidga qilish,
reklama, yetkazib berish)ni hisobidan daromad olishlari mumkin. Ammo, har bir
bozorning individual xususiyati mavjud, shu jihatdan, TIA tuzilganda daromadlilik
va bozor hissasi orasidagi bog’liqlikning xar bir variantini sinchiklab tahlil qilish
kerak.
Beqaror
moliya
bozorlarida
investisiya
portfelini
boshqarish
strategiyalari:
Beqaror moliya bozorlari investisiya qiluvchilar uchun jiddiy sinov boʻlishi
mumkin. Ammo, toʻgʻri strategiyani tanlab, xavfni boshqarish va daromadlilikni
oshirish mumkin.
Beqarorlik nima degani?
Moliya bozorining beqarorligi aksiyalar, obligasiyalar va boshqa aktivlarning
qiymati tez-tez va keskin oʻzgarishini anglatadi. Bu oʻzgarishlar iqtisodiy
koʻrsatkichlar, siyosiy voqealar, tabiiy ofatlar va boshqa omillar ta'sirida yuzaga
kelishi mumkin.
Beqaror bozorda nima uchun investisiya portfelini boshqarish muhim?
Xavfni kamaytirish:
Diversifikasiya (turli aktivlarga investisiya qilish) va
balanslashtirilgan portfel yaratish orqali xavfni taqsimlash mumkin.
Daromadlilikni oshirish:
Bozorning tushishi davrida ba'zi aktivlarning
qiymati oshadi. Buning natijasida uzoq muddatli daromadlilikni oshirish mumkin.
Psixologik ta'sirni kamaytirish:
Aniq reja va strategiyaga ega boʻlish
bozorning noqulay vaziyatlarida emosional qarorlar qabul qilishdan saqlaydi.
Beqaror bozorda qanday strategiyalarni qoʻllash mumkin?
Diversifikasiya:
Aktiv turlari boʻyicha diversifikasiya:
Aksiyalar, obligasiyalar, fondlar,
koʻchmas mulk va boshqa aktiv turlariga investisiya qilish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
186
Regionlar boʻyicha diversifikasiya:
Turli mamlakatlarning kompaniyalari
aksiyalariga investisiya qilish.
Sektorlar boʻyicha diversifikasiya:
Turli tarmoqlarda faoliyat yurituvchi
kompaniyalarga investisiya qilish.
Balanslashtirilgan portfel:
Xavf va daromadlilikning optimal nisbati:
Portfeldagi xavfli va kam xavfli
aktivlarning ulushini muvozanatlash.
Yosh va moliyaviy maqsadlarga mos kelishi:
Yosh va moliyaviy
maqsadlarga qarab portfelning tarkibini oʻzgartirish.
Uzoq muddatli investisiya:
Qisqa muddatli oʻzgarishlarga e'tibor bermaslik:
Bozorning kunlik yoki
haftalik fluktuasiyalariga e'tibor bermasdan, uzoq muddatli maqsadlarga erishishga
qaratish.
Soliq imtiyozlaridan foydalanish:
Pensiya jamgʻarmalari va boshqa soliq
imtiyozli investisiya instrumentlaridan foydalanish.
Hujjatli investisiya:
Investisiya qilishdan oldin batafsil tahlil qilish:
Kompaniyalarning
moliyaviy holati, bozor tahlili va boshqa omillarni oʻrganish.
Professional maslahatchilardan foydalanish:
Zarur hollarda moliyaviy
maslahatchilardan yordam olish.
Xavfni boshqarish instrumentlaridan foydalanish:
Opsionlar, fyucherslar va boshqa derivativlar:
Xavfni kamaytirish yoki
oshirish uchun ushbu instrumentlardan foydalanish.
Stop-loss orderlari:
Yoʻqotishlarni cheklash uchun ushbu orderlarni qoʻyish.
XULOSA
Investitsion strategiyalar uzoq davomli jarayonlarni o’zida aks ettiradi va shu
bilan birgalikda belgilangan istiqbollarda amal qilishi kerak. Ushbu istiqbolli
mo’ljallangan faoliyat yo’nalish shakli o’zida investitsion strategiyalarni ishlab
chiqish jarayonini aks ettiradi. Kompaniya faoliyatining strategiyasi va investitsion
strategiyalari tushunchalari iqtisodiy nazariyaga bundan 40 yillar ilgari kirib kelgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
187
Buning asosiy sababchisi jamiyat qarashlarining rivojlanishi va ilmiy texnika
rivojidir. Shunday qilib, investitsiya strategiyasi deganda, uzoq muddatli investitsiya
faoliyati maqsadlarini tashkil etish tizimi va bu maqsadga erishish uchun samarali
yo’lni tanlash tushuniladi. Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda strategik faoliyat
terminiga nisbatan 2 xil yo’nalish mavjud.
Birinchi yo’nalish namoyondalari uni uzoqqa mo’ljallangan maqsad tizimi va
undagi istiqbolga erishish jarayoni sifatida, ikkinchisi esa, buni huddi qaror qabul
qilish uchun qoidalar to’plami sifatida, o’z faoliyatini tartibga soladigan yoki o’z
maqsadiga erishish vositasi deb hisoblaydilar[1].
Mantiqan o’ylab qaraganda strategiya uzoqqa mo’ljallangan va belgilangan
maqsadlar shuningdek, istiqbol yo’llarini ishlab chiqish shu bilan birgalikda amalga
oshirish jarayonidir. Investitsion strategiya bu uzoqqa mo’ljallangan investitsion
faoliyat tizimi va samarali yo’llarini tanlashdir. Kompaniyalarning investitsion
faoliyatdagi strategik boshqaruv, shuningdek, uning investitsion strategiyasini ishlab
chiqish jarayoni ushbu investitsion kompaniya portfelidagi boshqaruv taktik faoliyat
yo’nalishi jarayoniga aniqlik kiritishni o’z ichiga oladi. Investitsion portfel
investitsion strategiyadan o’zining o’rta muddatli boshqaruv jarayoni bilan farq
qiladi. O’z o’rnida investitsion faoliyatning boshqaruv taktika jarayoni, loyiha va
alohida investitsion dasturlar amalga oshirishning tezkor boshqaruvida asosiy
hisoblanadi. Xullas investitsion strategiyani ishlab chiqish kompaniyalar investitsion
faoliyatini boshqaruv jarayonining birinchi pog’onasi hisoblanadi. Investitsion
strategiya asosiy bir faktor sifatida kompaniyaning iqtisodiy rivojlanish strategiyasida
samarali yo’nalish hisoblanadi.
Beqaror moliya bozori – bu investisiyalar uchun yuqori darajadagi noaniqlik
va xavfni anglatadi. Bunday bozorda aktivlarning qiymati tez-tez oʻzgarib turadi, bu
esa investorlar uchun katta xavf tugʻdiradi.
Beqaror bozordagi asosiy xavflar:
Bozor xavfi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
188
Bozorning umumiy tushishi:
Butun bozorning qiymati keskin pasayishi. Bu
resessiya, inflyasiya, geosiyosiy tartibsizliklar va boshqa makroiqtisodiy omillar
tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Sektor xavfi:
Muayyan sektordagi barcha kompaniyalarning aksiyalari
qiymatining pasayishi. Masalan, texnologiya sektoridagi kompaniyalar aksiyalarining
qiymati pasayishi.
Kompaniya xavfi:
Muayyan kompaniyaning faoliyatida yuzaga kelgan
muammolar tufayli uning aksiyalari qiymatining pasayishi.
Likvidlik xavfi:
Aktivni tez sota olmaslik xavfi: Bozor beqaror boʻlganda, ayrim aktivlarni tez
va bozor narxida sotib olish qiyin boʻlishi mumkin. Bu, ayniqsa, kam savdo
qilinadigan aktivlarga taalluqli.
Foiz stavkalari xavfi:
Foiz stavkalarining oshishi: Foiz stavkalarining oshishi obligasiyalarning
qiymatini pasaytiradi. Bu, oʻz navbatida, aksiyalar va boshqa aktivlarning qiymatiga
ham salbiy ta'sir koʻrsatishi mumkin.
Valyuta kursi xavfi:
Valyuta kursining oʻzgarishi: Agar siz xorijiy valyutadagi aktivlarga ega
boʻlsangiz, valyuta kursining oʻzgarishi tufayli yoʻqotishlarga uchrashi mumkinsiz.
Inflyasiya xavfi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
189
Inflyasiyaning oshishi:
Yuqori inflyasiya investisiyalarning real qiymatini
pasaytiradi.
Siyosiy xavf:
Siyosiy beqarorlik:
Siyosiy oʻzgarishlar, urushlar va boshqa siyosiy voqealar
bozorlarda katta beqarorlikka olib kelishi mumkin.
Beqaror moliya bozorlarida muvaffaqiyat qozonish uchun uzoq muddatli
strategiya tuzish, diversifikasiya qilish va xavfni boshqarish muhimdir. Investisiya
qilishdan oldin professional maslahatchilar bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.
ADABIYOTLAR
1.
Ансофф И. Стратегическое управление – М,Экономика, 1989, с 68-69.
2.
Шарп У., Александр Г., Бейли Дж. Инвестиции. Пер.с.англ. – М.: ИНФРА.
– 2000. – 979 с.
3.
Ergasheva SH., Uzoqov A. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish.
O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2008. – 208 b.
4.
O’lmasov A.O’., Vahobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: SHarq,
2006. – 480 b.
5.
Қобилов Р.Ш. Иқтисодиёт назарияси. Дарслик. – Т.: Ўзбекистон
Республикаси ИИВ Академияси, 2013. –357 б.
6.
Qosimov M.S., Muxamedjanova G.YA. Investitsiya loyihalari tahlili. O’quv
qo’llanma. – T.: TDIU, 2011. – 212 b.
7.
G’ozibekov D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: Moliya,
2003 yil. – 332 b.
8.
Rashidov O.YU., Xojimatov R.X., Raximov A.A. Investitsion loyihalarni
moliyalashtirish: O’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2010. – 272 b.
9.
Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion
faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari // Dis. ...
iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T.: 2003.
– 300 b.