MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
176
NOVDA. KURTAK. NOVDA METAMORFOZI
Orifov Javohir Abduxalilzoda
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Biologiya faoliyat turlari bo’yicha 1-bosqich talabasi
Tilifon raqam:+998770992804
Mamurova Zuxra
O’qituvchi maqola ilmiy raxbari
ANNOTSIYA:
Novda o‘simliklar ko‘plab o‘simlik turlarida turli xil shakl va
tuzilishga ega. Ba’zi o‘simliklarda novda mayda va ingichka bo‘lib, o‘sishni davom
ettirsa, ba’zilarida esa novdalar kuchli va qalin bo‘ladi, ayniqsa daraxtlar va
butalardagi novdalar ko‘proq rivojlanadi.
Kalit so`zi:
Dixotomik yoki ayrisimon shoxlanish,simpodial shoxlanish,novda
metamofozlari,tugunak,xivichsimion,tikanlar,poyada
barglarni
joylashish,
novdalarning ichki meristimasening tuzilishi va faoliyati.
АННОТАЦИЯ:
Стеблевые растения у многих видов растений имеют
различную форму и строение. У некоторых растений стебель маленький и
тонкий и продолжает расти, а у других ветви сильные и толстые, особенно у
деревьев и кустарников, ветки развиваются сильнее.
Ключевые слова:
Дихотомическое или раздвоенное ветвление,
симподиальное ветвление, метаморфоз ветвей, узелок, хивичсимион, шипы,
расположение листьев на стебле, строение и активность внутренней
меристемазы ветвей.
ABSTRACT:
The stems of many plant species have a variety of shapes and
structures. In some plants, the stem is small and thin and continues to grow, while in
others, the branches are strong and thick, especially in trees and shrubs.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
177
Keywords:
Dichotomous or divergent branching, sympodial branching, stem
metamorphosis, node, stipule, spines, arrangement of leaves on the stem, structure
and function of the internal meristem of the branches.
KIRISH
Novda ham ildiz kabi yuksak o’simliklarning asosiy organidir. Novda uchki
meristemaning maxsuli bo’lib, ildizga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega.
Vegetativ novdada quyidagi qismlarni ajratish mumkin: poya, barglar, bug’imlar,
bug’im oraliqlari va kurtaklar. Kurtaklar – murtak holdagi novdalar hisoblanib, ular
uzoq vaqt o’sish va shoxlanish, ya’ni novdalar sistemasini hosil qiladi. Novdagi
barglar muhim vazifani, ya’ni fotosintezni bajaradi. Organlarni biriktirib turuvchi
poya mexanik, o’tkazish va ba’zan g’amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir
butunligi va uning qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar uning shakl o’zgargan
ko’rinishlarida ham yaxshi ifodalangan. Novdani ildizdan ajratib turuvchi muhim
xususiyati barglar bilan qoplanishi hamda bo’g’imlarga ega bo’lishidir. Poyaning
bo’g’imi ba’zi o’simliklarda yo’g’onlashgan yoki yaxshi ifodalangan bo’ladi. Odatda
poyada ikki xil bo’g’imlar farq qilinadi. Agar barg yoki halqasimon barglar poyaning
asosini to’liq o’rab olsa yopiq, qisman o’ragan bo’lsa, ochiq bo’g’im deb qaraladi.
Odatda novdada birnecha bo’g’imlar va bo’g’im oraliqlari bo’lib, ular novdaning o’qi
bo’ylab takrorlanadi.Natijada metamer tuzilish kelib chiqadi. Kurtak - yozilmagan
murtak holdagi novdadir. U boshlang’ich meristematik o’q va uning uchki qismida
bir – birining ustini qoplab yotgan har xil yoshdagi barg boshlang’ichlarini, ‘ni
boshlang’ich metamerlar seriyasidan tashkil topgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
178
Dixotomik yoki ayrisimon shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o’sish konusidagi uchki
kurtaklarning faoliyati natijasida shakllanadi. Bunda kurtaklar bir me’yorda bir –
birlariga nisbatan qarama - qarshi yo’nalishda ayri shaklda o’sadi. Dixotomik
shoxlanish qadimgi sodda shoxlanish turi. Uni moxlar, plaunlar, ko’pchilik
paporotniklar va ba’zi bir ochiq urug’lilarda uchratiladi. Simpodial shoxlanish. Bu
turdagi shoxlanish o’simliklar evolyutsiyasining ancha keyingi davrlarida o’simliklar
evolyutsiyasining ancha keyingi davrlarida kelib chiqqan. Uning asosida monopodial
va dixotomik shoxlanishlar yotadi. Simpodial shoxlanish turi gulli o’simliklarda ham
keng tarqalgan. Ularni daraxt va o’t o’simliklarda ham uchratish mumkin. Bunday
shoxlanish turiga ega bo’lgan o’simliklar bo’yiga ko’p o’smaydi. Bunga sabab uchki
kurtak funktsional holatini yo’qotishidir. Natijasida yon novdalar kuchli o’sishi
kuzatiladi. Shuning uchun ham simpodial shoxlanishida ko’p sondagi meva va
urug’lar hosil bo’ladi. Simpodial shoxlanishning alohida ko’rinishi sifatida soxta
dixotomik shoxlanish turi uchratilib, u uchki kurtakning haloq bo’lishi yoki umuman
rivojlanmasligi natijasida o’sish uchki kurtakning bevosita ostida joylashgan ikki yon
kurtaklar hisobiga sodir bo’ladi. Soxta dixotomik shoxlanish turida ham ayrisimon
shakl kelib chiqadi. Uni nastarin, chinnigul, soxta kashtan va omela kabilarda
uchratish mumkin.
Novda metamorfozlari. Ko’pchilik o’simliklarda novdalari shaklan
o’zgarishi mumkin. Metamorfozlashgan yer ostki va yer ustki novdalar farq qilinadi.
Yer ostki novda metamorfozlari. Ildizpoya keng tarqalgan yer ostki novda
metamorfozi o’isoblanadi. U ko’p yillik o’t o’simliklarda va daraxtsimon
o’simliklardan bambukda uchraydi. Ildizpoya qisqa (gulsanar, shoyigul) va uzun
(bug’doyiq , qamish) bo’lishi mumkin.
Tugunak. Kartoshka va cho’chqakartoshka kabi o’simliklarda yo’g’onlashgan
yer ostki novda, siklamen va rediskalarda esa gipokotilning yo’gonlashgan qismidir.
Kartoshka tugunagi juda qisqargan bo’g’im oraliqlariga ega, xlorofilsiz, lekin
yorug’lik ta’sirida yashil rangga kirishi mumkin. Tugunak shaklida yo’g’onlashish
rangsiz barg qo’ltig’idan o’sib chiqqan uzun yer ostaki poyalarning uchlarida, ya’ni
stolonlarda hosil bo’ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
179
Piyozbosh. Umumiy ko’rinishi bo’yicha kurtakni eslatadi. U shakli o’zgargan
barg va novdadan tashkil topgan. Qisqargan poya qismi piyoz tubi deyiladi. Unga
zich holda etdor, yashil bo’lmagan barglar birikadi. Piyozbosh tashqi tomonidan
quruq qo’ng’ir rangdagi tangacha barglar bilan qoplangan. Piyozbosh tubidan ko’p
sondagi qushimcha ildizlar rivojlanadi. Piyozboshli o’simliklar odatda cho’l va chala
rayonlarda, alpik o’tloqlar va tog’-dasht mintaqalarida ko’p tarqalgan. O’ta Osiyoning
cho’l va chala cho’l zonalarida ular yilning noqulay davrini piyozbosh tarzida 8 – 10
oy davomida tinim holatda o’tkazadilar.
Yer ustki novda metamorfozi. Ma’lumki o’simliklar namlik ekologik omili
rejimiga moslanishi natijasida kelib chiqqan. Qurg’oqchilik shsharoitda yashovchi
o’simliklar bargini erta to’ksa (yantoq), boshqalari barglarini har xil darajada
reduktsiyalanishi bilan xarakterlanadi. Har ikki holatda ham novda barg vazifasini
bajaruvchi, och yashil rangli, yo’g’onlashgan, suv to’plovchi rezervuar va boshqalar
shaklidagi o’zgarishlarga aylanadi. Yer ustki novda metamorfozlariga sukkulentlar,
fillokladodiylar, tikanlar, jingalaklar, xivichsimon (palaksimon) yashil novdalar va
sersuv poyali o’simliklar sukkulentlar deb ataladi. Ularning vakillari Meksika
cho’llaridagi kaktuslar va Afrika sutlamalaridir. Novdaning bargsimon ko’rinishdagi
shakl o’zgarishi fillokladodiy deyiladi. Ular shakli o’zgargan tangachasimon
bargchalar qo’ltig’ida shakllanadi.
Tikanlar. Ikki pallali o’simliklarning daraxtsimon va o’tsimon vakillarida
uchraydi.Novdaning tikanga aylanishi uning ma’lum darajada suv bug’latish yuzasini
kamaytiradi. Tikanlar bundan tashqari o’simlikni hayvonlar yeb qo’yishidan himoya
qiladi.
Jingalaklar. Jingalaklar novdaning metamorfozi hisoblanib, ular ham
o’simlikning qisman bug’latish yuzasini kamaytiradi. Asosiy vazifasi biror substratga
ilashishdir. Jingalaklar uzumdoshlar, qovoqdoshlar va boshqa oila vakillarida
uchraydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
180
Xivichsimon (palaksimon) yashil novdalar. Ular Ispan droki, ritamalar va
boshqa o’simliklarda uchrab, barglarini erta to’kadilar (bahorning o’rtalari yoki
yozning boshlari), natijada novdalar barg vazifasini bajarishga o’tadi. Fotosintez
vazifasini yo’qotgan yer ustki stolonlar asosan vegetativ uo’payish vazifasini
bajargani uchun ba’zan ularni gajaklar (qulupnayda) deyiladi.
Novdalarning uchki meristemasining tuzilishi va faoliyati. Kurtakning
uchki qismida novdaning uchki meristemasi joylashib – apeks deyiladi. Apeks aktiv
ishlovchi o’sish markazi bo’lib, novdaning barcha organlarini va birlamchi
to’qimalarni shakllanishini ta’minlaydi.
Apeksning doimiy yangilanib turishini ta’minlovchi manba apikal
meristemaning initsial hujayralari bo’lib, apeksning uchki qismida joylashgan.
Novdaning vegetativ apeksi, ildiz apkesidan farq qilib, doimo tashqi tomonga
boshlang’ich bargchalar bo’ritmalarini – barg primordiyalarini (lat. - boshlang’ich)
hosil qiladi. Ular pastdan yuqoriga akropetal ketma-ketlik bilan paydo bo’ladi. Poya
apeksining o’sish konusi deb nomlangan uchki – distal qismida ikki qavat meristema
hujayralari yaxshi ko’rinadi. Tashqi qatordagi hujayralar konusining tashqarisiga
perpendikulyar (antiklinal) bo’linib tunika deb nomlanadi va poyaning birlamchi
qoplovchi to’qima epidermasini hosil qiladi. Tunikaning tagida yotgan meristema
hujayralarini korpus deb nomlanib, poyaning barcha ichkaridagi to’qimalarini -
po’stloq va markaziy silindrni hosil qiladi.
Poyada barglarning joylashishi. Novdalarning asosiy o’q qismida - poyasida
barglarning joylashish tartibiga fillotaksis (yunon. fillon - barg, taksis - joylashish)
deyiladi.
Barglarning poyada joylashishi qonuniyati novda apeksining faoliyatiga
bog’liqdir. Barglarning poya bo’g’imlarida joylashishi bir necha xil bo’ladi:
1) Barglarning spiralsimon (navbat bilan) joylashishi – bu holda har bir
bo’g’imda bittadan barg joylashgan bo’lib, novdaning asosidan uchki qismiga qarab
barglar birikkan bo’g’imlarni taxminan spiralsimon chiziqlar bilan tutashtirish
mumkin. Barglarning novdalarda joylashishi nasldan naslga o’tuvchi irsiy belgi
bo’lib, spiral chiziqlarni genetik spirallar deyiladi (tok, olma, g’o’za va boshqalar).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
181
2) Barglarning ikki qator joylashishi – bu holda har bir bo’g’imda bittadan
barg joylashgan bo’lib o’zining kengaygan asosi bilan poyani to’lig’icha o’rab turadi.
Barcha barglarning o’rta (meridian) chizig’i bitta vertikal tekislikda yotadi (gasteriya,
boshoqdoshlar).
3) Barglarning xalqasimon joylashishi – bu holda poyaning har bir bo’g’imida
bir necha barg paydo bo’lib, poyada halqa hosil qilib joylashadi. Adabiyot
ma’lumotlariga qaraganda, har bir barg o’zining bo’g’imiga ega, lekin ular juda yaqin
bo’lganligidan yaxshi bilinmasdan xalqa shaklini beradi (sambitgul, qirqbo’g’um,
qumrio’t v.b.).
4) Barglarning qarama–qarshi joylashishi - bu holda poyaning har bir
bo’g’imida ikkitadan barg bo’lib qarama-qarshi joylashadi. Ikkala bargning o’rta
chizig’i bitta vertikal tekislikda yotadi (rayhon, chinnigul v.b.).
Shunday qilib barglarning poyada joylashuvi o’simlik turi uchun irsiy belgi
bo’lib, ba’zida turkum hatto oilaga ham xos bo’ladi.
Novdalar o’sganda barglarning poyalarda joylashishi o’zgarishi mumkin. Bu
vaqtda barglarning bandi va barg plastinkasi bir-birlariga halaqit bermasdan, soya
qilmasdan, quyosh nuridan to’liq foydalanish uchun joylashishga harakat qiladi.
XULOSA
Novellalar qisqa hikoyalardir, ular odatda bir nechta asosiy voqealar yoki
voqealarning keskin o'zgarishi orqali taqdim etiladi. Metamorfoza - bu o'zgarish,
transformatsiya yoki shakl almashinish jarayonidir. Novellalar janrining
metamorfozasi shundaki, ular vaqt o'tishi bilan o'z shaklini, mazmunini va o'qish
usulini o'zgartirgan. Dastlab, novellalar bir voqeaning yoki syujetning qisqacha
bayoni sifatida ko'rsatilgan bo'lsa, keyinchalik ular psixologik va ijtimoiy
muammolarni yoritish, inson ruhiyatining chuqur o'zgarishlarini ko'rsatish uchun
kengaytirildi.
Novellalar janrining metamorfozasi, uning tarixiy va madaniy o'zgarishlarga
javoban shakllanishi va rivojlanishi, yangi uslub va tarkibiy elementlar bilan boyishi
jarayonini anglatadi. Ularning tasvirlash usullari, syujet va personajlarning o'zgarishi,
ayniqsa, adabiyotda yangi yondashuvlar va o'zgartirishlarga turtki bo'ldi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
182
Novellalar janrining metamorfozasi vaqt o'tishi bilan uning strukturasining va
mazmunining o'zgarishini anglatadi. Avvaliga oddiy va qisqa voqealar tasvirlanib,
asosan oddiy odamlarning hayotidan olingan oddiy voqealar bo'lsa, keyinchalik
novellalar yanada murakkablashdi. Ular chuqur psixologik tahlil, ijtimoiy va
ma'naviy muammolarni yoritish, shuningdek, badiiy shakl va tilning o'zgarishi bilan
rivojlandi.
Novellalar janrining metamorfozasi janrning qatlamlashishi, zamon bilan
uyg'unlashishi va adabiyotning yangi ehtiyojlariga javob berish orqali uning o'zgarish
jarayonini ko'rsatadi. Bu o'zgarishlar nafaqat janrning mazmunini, balki uning
ifodalash usulini, syujetini va personajlarini ham kengaytirdi.
ADABIYOTLARI:
1.
Botanika (o‘smlikar morfalogiyasi va anatomiyasi) M. I. Ikromov, X.N.
Normurodov, A. S. Yuldashev.
2. Botanika (o‘smlikar anatomiyasi va morfalogiyasi) A.S .Dariyev ,
T.A.Madumarov, E.Y. Ro‘zmatov. Borigin. V. A. Jongurazov. F. X. Botanika
"O'qituvchi" T.: 1977.
3. Hamdamov 1, Shukrullayev P va boshqalar botanika asoslari "Mehnat" T.: 1990.
4 Soxabiddinov, S. ARXIV UZ klar sistematikasi III bob. "O`qituvchi" T.: 1976.
5. Hamidovsimliklar geografiyasi" "O'qituvchi" T.: 1984.
6 Belolipov. I. V. Sherallyev. A. Axadova. M. A. "O'rta Osiyo o'simliklari
morfologiyasi SOP, TIPO, T.: 1991.
7. Holdarov. X. Xojtmatov. Κ. Χ."O'zbekiston o'simliklari", "O'qituvchi" T.: 1992.