MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
162
GLOBAL OZIQ-OVQAT ISROFI VA UNI KAMAYTIRISH
USULLARI
Samadiy Marjona Fazliddinzoda
Toshkent kimyo-texnalogiya instituti Shahrisabz filiali, Talaba
Annotatsiya:
Mazkur maqolada global oziq-ovqat isrofi va uning sabablari,
oqibatlari hamda muammoni kamaytirish bo‘yicha samarali usullar ko‘rib chiqilgan.
Oziq-ovqat isrofining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ta’sirlari tahlil qilinib, ishlab
chiqarish, transport va iste’mol jarayonlaridagi kamchiliklar asosiy omillar sifatida
ko‘rsatilgan. Shuningdek, uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat miqyosida olib
borilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar, jumladan, rejalashtirilgan xarid qilish,
innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha
tavsiyalar berilgan. Ushbu maqola oziq-ovqat sohasidagi isroflarni kamaytirishga
oid ilmiy va amaliy bilimlarni boyitishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
ekologik ta’sir, global muammo, innovatsion texnologiyalar,
iqlim o‘zgarishi, isroflarni kamaytirish, ocharchilik, oziq-ovqat isrofi, oziq-ovqat
xavfsizligi ,yaroqlilik muddati
Oziq-ovqat isrofi bugungi kunda global miqyosda dolzarb muammolardan
biri hisoblanadi. Jahon oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)
ma’lumotlariga ko‘ra, har yili ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning uchdan bir qismi
(taxminan 1,3 milliard tonna) tashlab yuboriladi yoki isrof bo‘ladi. Bu nafaqat
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga, balki ekologik oqibatlarga ham olib keladi. Shu
kabi o‘ylamasdan amalga oshiriladigan isrofgarchiliklar insoniyat oldidagi eng katta
muammolardan biriga aylanmoqda, deb hisoblaydi nyu-yorklik oshpaz Maks La
Manna. U shu mavzuga bag‘ishlangan «Ko‘proq o‘simlik, kamroq chiqindi» nomli
kitobini yozgan. Maks La Manna «Bi-bi-si»ga bergan
ushbu muammoni
hal qilish uchun har birimiz nima qilishimiz kerakligi haqida to‘xtalib o‘tgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
163
«Ovqat bolalik chog‘larimdan hayotimning muhim qismi bo‘lib kelgan, axir
mening otam bosh oshpaz edi. Ota-onam meni ovqat isrofiga yo‘l qo‘ymaslikka
o‘rgatishgan. Hozirgi kunda sayyoramiz aholisi deyarli 9 milliard kishini tashkil
etadi, ularning 820 milliondan ortig‘i to‘yib ovqatlanish baxtidan mahrum. Oziq-
ovqat mahsulotlarini isrof qilish insoniyatning eng katta muammolaridan biriga
aylanib ulgurdi. Barcha oziq-ovqatlarning uchdan bir qismi shunchaki dalalarda
chirimoqda yoki chiqindiga tashlanmoqda. Shu bilan birga, nafaqat oziq-ovqat, balki
pul, suv, energiya, yer va transport isrof qilinadi. Siz chiqindi qutisiga tashlayotgan
ovqat iqlim o‘zgarishlariga ham ta'sir ko‘rsatadi, chunki ularning aksariyati chirish
jarayonida metan chiqadigan chiqindi tepalarga olib boriladi. Agar oziq-ovqatlarni
alohida mustaqil davlat sifatida tasavvur qilsak, u issiqxona gazlari manbasi bo‘yicha
AQSh va Xitoydan keyingi uchinchi pog‘onada borardi. Ammo siz bunga qarshi
kurashga hissa qo‘shishingiz mumkin», deydi u. Agar uyingizda keragidan ortiqcha
non to‘planib qolsa, uni sovutgichning muzxonasiga qo‘ying.
Supermarket yoki boshqa turli do‘konlarda eng chiroyli ko‘rinishga ega
bo‘lmagan meva va sabzavotlarni xarid qiling. Ularning mazasi boshqalaridan
qolishmaydi, ammo aksariyat insonlar ularni sotib olishni xohlamaganliklari uchun
bu kabi mahsulotlar chiqindixonalarni to‘ldiradi. Agar sizda imkoniyat bo‘lsa, sarxil
mahsulotlarni dehqonlarning o‘zidan yoki dehqon bozorlaridan sotib oling.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, oziq-ovqat mahsulotlarini
iste'molchiga yetkazish oddiy jarayon emas. Buning uchun qanchadan-qancha odam
ter to'kadi, vaqt, mablag' va katta resurslar sarflanadi. Ayrim davlatlar ortiqcha oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarib, isrofgarchilikka yo'l qo'yayotgan bir paytda, ba'zi
kambag'al mamlakatlar aholisi og'zi ovqatga yetmay, ocharchilikdan qiynalayotgani
masalaning qanchalik dolzarbligidan dalolat beradi. Birlashgan Millatlar
Tashkilotining ma'lumotlariga qaraganda, bugungi kunda dunyoda 820 million odam
ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Vaholanki, dunyo bo'yicha oziq-ovqat
mahsulotlarining uchdan bir qismi turli sabablar bilan foydalanilmay, chiqindi
sifatida tashlab yuborilyapti.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
164
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti — FAO ma'lumotlarida qayd
etilishicha, AQSHda yiliga har bir odam 115 kilogrammdan oziq-ovqat
mahsulotlarini isrof qilyapti. Bu ko'rsatkich Yevropada 95, Afrika va Janubi-Sharqiy
Osiyoda 7–11 kilogrammni tashkil etayotir. Ayonki, do'konlar muddati o'tayotgan
oziq-ovqat mahsulotlaridan voz kechadi. Umumiy ovqatlanish muassasalari sotilmay
qolib ketgan, odamlar esa sotib olgan yoki pishirgan taomlarining ortiqchasini tashlab
yuboradi. Aslida ana shunday oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarga muhtoj odamlar
borligi esa inobatga olinmaydi.
BMTning bong urishicha, oziq-ovqat mahsulotlarining isrof etilishi va
aynishining oldini olish dunyoda ocharchilikka qarshi kurashishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu esa fudshering tizimini dunyo miqyosida yo'lga qo'yishni va
rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Dunyodagi ilk fudshering-loyiha Germaniyaning Foodsharing.de platformasi
bo'lib, 2012 yilda ishga tushirilgan. Ayni paytda Germaniya, Avstriya, Shveytsariya
va boshqa Yevropa mamlakatlaridan 200 ming nafardan ziyod kishi mazkur onlayn-
platformadan ro'yxatdan o'tgan. Shu bilan bir qatorda, Germaniyada 1,65 million
nafar kishiga oziq-ovqat mahsulotlarini beg'araz yetkazib beradigan oziq-ovqat
banklari ham mavjud
Fransiyada bir kishi yiliga 30 kilogramm oziq-ovqat mahsulotini isrof qilar
ekan. Buning natijasida mamlakat har yili 12–20 milliard yevrogacha zarar
ko'rmoqda.
Xususan, 2016 yilda Fransiyada supermarketlarning sotilmay qolgan, biroq
iste'molga yaroqli oziq-ovqat mahsulotlaridan voz kechishini taqiqlaydigan qonun
qabul qilingan. Unga muvofiq, savdo do'konlari sotilmay qolib ketgan mahsulotlarni
yordamga muhtoj aholi vakillariga yetkazib berish yuzasidan xayriya tashkilotlari
bilan shartnoma tuza boshladi.
Statistik ma'lumotlar shundan dalolat beryaptiki, Xitoyda har yili 35 million
tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqindi sifatida tashlab yuboriladi. Shu bois, Xitoy
parlamenti 2021 yilda oziq-ovqat mahsulotlarining isrof etilishiga qarshi kurashish
bilan bog'liq qonun qabul qildi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
165
Ayrim davlatlarda, xususan, Belgiyada fudsheringga asoslangan muassasalar
faoliyat ko'rsata boshladi. Ularda oziq-ovqat qoldiqlaridan sho'rvalar tayyorlab
sotilmoqda. Daniyada esa Too Good To Go maxsus ilovasi ishga tushirilgan bo'lib,
unda restoranlar, supermarketlarda sotilmay qolib ketgan mahsulotlar bo'yicha
ma'lumot berib boriladi. Mazkur ilovadan Yevropaning 11 ta mamlakatida
foydalanilmoqda. Bu orqali minglab kilogramm ovqat isrof etilishining oldi
olinmoqda.
Xususan, O`zbekistonda 2021 yil 17 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining
“Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yo'qotishlarini qisqartirishga doir
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy tajribani
chuqur o'rgangan holda, respublikada oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini
kamaytirish, ushbu mahsulotlarni yig'ib olish va ularni xayriya tarzida tarqatish
faoliyatini amalga oshiruvchi “Food Banking” tashkilotlari tizimini joriy etish
belgilangan.
Hozirgi kunda oziq-ovqatlar isrof bo`lish sababa va oqibatlariga bir qator
omillar sabab boladi. Misol qilib men bir nechtalarini keltirib o`taman. Ulardan biri
ishlab chiqarish jarayonidagi muammolar, transport va logistikadagi muammolar,
mahsulotlarning iste’mol qilinmay qolishi va ekologik ta’sirlar sabab bo`ladi. Ishlab
chiqarish jarayonidagi muammolar da asosan hosildorlik jarayonida noto`g`ri yig`im-
terim yoki saqlash sharoitlarining yomonligi sababli mahsulotlar yaroqsiz holga
keladi. , Transport va logistikada uzoq masofaga yetkaziladigan oziq-ovqat
mahsulotlarini saqlash yoki yetkaziz sharoitlariga moslashmagan bo`lsa buziladi.
Mahsulotlarning iste’mol qilinmay qolishi restoranlar va uy xo`jaliklarida ovqatning
ortib qolishi yoki muddati o`tib ketgan mahsulotlarning tashlanishi keng tarqalganligi
sababli oziq-ovqatda muammolar yuzaga keladi. Tashlangan oziq-ovqat
parchalanayotganda metan gazini chiqaradi, bu iqlim o`zgarishiga sezilarli hissa
qo`shadi. Shu bilan birga isrof qilingan oziq-ovqat uchun sarflangan suv va yer
enegiya ham yo`qotiladi, bu esa ekologiya yomonlashishiga katta ta’sirni ko`rsatadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
166
Dunyo bo`yicha oziq-ovqat chiqindilarining yildan- yilga ortib borishi
Dunyo bo`yicha oziq-ovqat isrofini kamaytirish uchun avvalo biz oziq ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqishda standartlarga javob beradigan texnalogiyalardan
foydalanishimiz va ishlab chiqarishdagi mahsulotlarga alohida e’tibor qaratishimiz
kerak. Shu bilan birgalikda biz kundalik tarzimiz uchun oziq-ovqat mahsulotlarini
sotib olyotganimizda rejali iste’mol qilishni o`rganishimiz va xarid ro`yxatini
oldindan tayyorlab kerakli miqdordagi mahsulotlarni sotib olishimiz zarur. Sotib olish
jarayonida yaroqlilik muddatini diqqat bilan kuzatishimiz kerak va ortiqcha mahsulot
sotib olishdan saqlanishimiz kerak . Hozirgi kunda dolzarb muammoga aylangan oziq
ovqat isrofini kamaytirish muamosida mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan
ishlashimiz kerak. Turli xil chelenjlar va
Hamkorlik loyihalaridan biri bu BMTning “Zero Hunger” dasturi kabi oziq-
ovqat xavsizligini ta’minlash dasturlarini qo`llab quvvatlanib dunyoga tadbiq
qilinyapti. Mahalliy hamjamiyatni safarbar qilish boyicha maktablarda do`konlarda
va restoranlar bilan hamkorlikda oziq-ovqat isrofiga qarshi dasturlarni amalga
oshirilib borilyapti. Bundan tashqari yer yuzida jamiyki insonlar oziq-ovqatni
qadrlashdan boshlashi kerak. Uydagi xarajatlarni rejalash, qolgan mahsulotlarni
tashlamaslik va kerak bo`lsa atrofimizdagi ehtiyojmandlarga berishni odat qilish
kerak. Shu tariqa mahalliy harakatlar global o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–6_ Январь –2025
167
Xulosa. Oziq-ovqat isrofi global iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni
chuqurlashtiruvchi omil bo‘lib, bu har yili ishlab chiqarilgan mahsulotning uchdan
biri tashlab yuborilishidan dalolat beradi. Ushbu muammo resurslarning samarasiz
sarflanishiga, iqlim o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi gazlarning ko‘payishiga va
ocharchilik bilan kurashayotgan aholi sonining ortishiga olib kelmoqda.
Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarda qonunchilik va fudshering
platformalari orqali isrofni kamaytirishga qaratilgan muhim qadamlar tashlanmoqda.
O‘zbekistonda ham xalqaro tajriba asosida yangi dasturlarni joriy etish boshlangan.
Shu bilan birga, har bir fuqaro oziq-ovqatni rejalab sotib olish, saqlash qoidalariga
rioya qilish va ortiqcha mahsulotni boshqa ehtiyojmandlarga ulashish orqali isrofni
kamaytirishda bevosita hissa qo‘shishi mumkin. Barcha darajalardagi sa’y-harakatlar
natijasida mahalliy choralar global o‘zgarishlarga zamin yaratishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI:
1. FAO. (2021). Food Loss and Waste Database. Food and Agriculture Organization
of the United Nations. Retrieved from www.fao.org
2. WRAP. (2020). Reducing Food Waste: Global Trends and Opportunities. Waste
and Resources Action Programme. Retrieved from
3. Gustavsson, J., Cederberg, C., & Sonesson, U. (2011). Global Food Losses and
Food Waste – Extent, Causes and Prevention. FAO.
4. ReFED. (2021). Roadmap to Reduce U.S. Food Waste by 2030. Retrieved from
www.refed.com
https://yuz.uz/uz/news?category=Dolzarb
6.
https://yuz.uz/uz/news/fudshering-oziq-ovqat-mahsulotlari-isrof-qilinishining-
oldini-olishda-zamonaviy-yondashuv
7.
https://kun.uz/news/2019/11/12/oziq-ovqatni-isrof-qilmaslik-uchun-qanday-yol-
tutish-kerak-7ta-amaliy-maslahat