Authors

  • Ergasheva Diloromxon

Author Biography

  • Ergasheva Diloromxon

    Fargʻona davlat universiteti

    Tarix mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

    dilorommirzayeva2gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.93155

Keywords:

Eftaliylar sosoniylar T.Noldeke V.Tomashek M.Shtayn Oʻrta Osiyo Bahrom V Peroʻz I. эфталиты сасаниды Т. Нольдеке В. Томашек М. Штейн Средняя Азия Бахром В Пероз И. Ephthalites Sasanians T. Noldeke V. Tomashek M. Stein Central Asia Peroz I.

Abstract

Ushbu maqolada Oʻrta Osiyoning ilk oʻrta asrlardagi kuchli davlatlaridan biri Eftaliylar davlati tarixini XIX asr nemis tarixshunosligida qay darajada oʻrganilganligi qiyosiy tahlillar orqali ochib berilgan. Bunda XIX asr oxirida izlanishlar olib borgan nemis olimlari T.Noldeke, V.Tomashek va M.Shtaynlarning tadqiqotlaridagi eftaliylarga bagʻishlangan qismlar ajratib olinib, ulardagi ma’lumotlar tahlil qilindi.

В статье раскрывается, насколько история эфталитов, одного из могущественных государств Средней Азии в раннем средневековье, изучалась в немецкой историографии XIX века путем сравнительного анализа. Выделены части исследований немецких учёных Т. Нольдеке, В. Томашека и М. Штейна, проводивших исследования в конце XIX в., и проанализирована содержащаяся в них информация.

This article reveals the extent to which the history of the Ephthalites, one of the powerful states of Central Asia in the early Middle Ages, was studied in the German historiography of the 19th century through comparative analysis. At the end of the 19th century, German scientists T. Noldeke, V. Tomashek and M. Shtein, who conducted research, took out the parts dedicated to the Hephthalites, and analyzed the information in them.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

71

XIX ASR NEMIS TARIXSHUNOSLIGIDA OʻRTA OSIYONING ILK

OʻRTA ASRLAR TARIXI MASALASI

Ergasheva Diloromxon,

Fargʻona davlat universiteti

Tarix mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

dilorommirzayeva2gmail.com

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada Oʻrta Osiyoning ilk oʻrta asrlardagi

kuchli davlatlaridan biri Eftaliylar davlati tarixini XIX asr nemis tarixshunosligida

qay darajada oʻrganilganligi qiyosiy tahlillar orqali ochib berilgan. Bunda XIX asr

oxirida izlanishlar olib borgan nemis olimlari T.Noldeke, V.Tomashek va

M.Shtaynlarning tadqiqotlaridagi eftaliylarga bagʻishlangan qismlar ajratib olinib,

ulardagi ma’lumotlar tahlil qilindi.

Kalit soʻzlar:

Eftaliylar,

sosoniylar, T.Noldeke, V.Tomashek, M.Shtayn, Oʻrta

Osiyo, Bahrom V, Peroʻz I.

ПРОБЛЕМА РАННЕСРЕДНЕСРЕДНЕВЕКОВОЙ ИСТОРИИ

ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ В НЕМЕЦКОЙ ИСТОРИОГРАФИИ XIX ВЕКА

АННОТАЦИЯ:

В статье раскрывается, насколько история

эфталитов, одного из могущественных государств Средней Азии в раннем

средневековье, изучалась в немецкой историографии XIX века путем

сравнительного анализа. Выделены части исследований немецких учёных Т.

Нольдеке, В. Томашека и М. Штейна, проводивших исследования в конце XIX в.,

и проанализирована содержащаяся в них информация.

Ключевые слова:

эфталиты, сасаниды, Т. Нольдеке, В. Томашек, М.

Штейн, Средняя Азия, Бахром В, Пероз И.

THE PROBLEM OF EARLY MEDIEVAL HISTORY OF CENTRAL

ASIA IN GERMAN HISTORIOGRAPHY OF THE 19TH CENTURY


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

72

ABSTRACT:

This article reveals the extent to which the history of the

Ephthalites, one of the powerful states of Central Asia in the early Middle Ages, was

studied in the German historiography of the 19th century through comparative

analysis. At the end of the 19th century, German scientists T. Noldeke, V. Tomashek

and M. Shtein, who conducted research, took out the parts dedicated to the

Hephthalites, and analyzed the information in them.

Key words:

Ephthalites, Sasanians, T. Noldeke, V. Tomashek, M. Stein,

Central Asia, Bahrom V, Peroz I.

Dolzarbligi.

Oʻrta Osiyoning ilk oʻrta asrlardagi tarixi toʻla oʻrganilmagan

davr boʻlgani uchun oldimizga qoʻyilgan ushbu masala oʻz dolzarbligini saqlab

kelmoqda. Bundan tashqari oʻrganilayotgan davr tarixshunosligi bu borada katta

ahamiyat kasb etadi. Demak, masalaning tarixshunosligiga toʻxtalar ekamiz, xorij,

ayniqsa, nemis tarixshunosligidagi adabiyotlar e’tiborimizni tortadi. Nemis

tarixshunosligida eftaliylar tarixi, asosan, forslar tarixidan kelib chiqib oʻrganilgan.

Bu davrga oid adabiyotlarning koʻpini aynan forslar tarixiga bagʻishlangan asarlar

tashkil qiladi. Masalaning asosiy qismiga keladigan boʻlsak, nemis tarixshunosligida

Oʻrta Osiyoning ilk oʻrta asrlardagi tarixi aks etgan asarlar koʻp boʻlgani uchun ham

ularni davrlashtirgan holda va ularda aks etgan masalalar yuzasidan toifalashtirgan

holda koʻrib chiqqan maqsadga muvofiqdir, bunda ham asarlarning asosiy qismini

oʻrganib chiqish, ham ularni oʻzaro ichki tahlildan oʻtkazish imkoniyati paydo

boʻladi.

Metodlar va oʻrganilganlik darajasi.

XIX asr nemis tarixshunosligining

taniqli olimlaridan biri bu Teodor Noldeke hisoblanadi. U tarixchi, sharqshunos va

arabshunos olim sifatida izlanishlar olib borgan. Uning 1879-yilda chop etilgan

“Sosoniylar davrida forslar va arablar tarixi” nomli asarida sosoniylar tarixi chuqur

tadqiq etilgan va asarning 90-167-betlarida eftaliylar tarixi haqida soʻz boradi.

Eftaliylarning sosoniylar bilan boʻlgan munosabatini har tomonlama oʻrganishda

ushbu asar qoʻl keladi.

Bundan tashqari V.Tomashek ham XIX asr oxirida oʻz tadqiqotlarini olib

borgan va Oʻrta Osiyoning antik davr va ilk oʻrta asrlardagi tarixini oʻrgangan. Uning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

73

bir qancha asarlari “Keiserlichen Akademie” ya’ni Germaniya imperatorining

akademiyasi nashrida chop etiladi. Ilk oʻrta asrlar tarixiga bagʻishlangan asari

“Markaziy Osiyo tadqiqotlari: Soʻgʻdiyona” boʻlib, unda Soʻgʻdning ilk oʻrta

asrlardagi tarixi yoritilgan.

Yana bir nemis olimi M.Shtaynning 1897-yilda nashr etilgan “Hindiston

shimoli-gʻarbiy chegarasi tarixida oq xunnlar va qarindosh qabilalar” nomli asarida

oq xunnlar ya’ni eftaliylarning Hindistonning shimoli-gʻarbiy chegarasini egallashi

va u yerdagi hukmronlik davri haqida soʻz boradi.

Yuqoridagi asarlar eftaliylar tarixiga oid muhim aabiyotlar sifatida hali toʻliq

yoritilmagan boʻlib, ularni kompleks tarzda qiyosiy tahlillar bilan oʻrganish ushbu

tadqiqotning qimmatliligini oshiradi.

Tadqiqot natijalari:

Noldeke va Tomasheklarning xulosalari orqali quyidagi fikrlarga aniqlik

kiritdik. Eftaliylar V asrning 2-yarmida Eronning shimoli-sharqiy chegarasi hududida

bosqinlarning yangi toʻlqini sifatida paydo boʻlgan. Fors shohi Bahrom V (421-438)

eftaliylar bilan allaqachon jang qilgan va gʻalaba qozongan deb taxmin qilinadi va

shu sababdan ham eftaliylarning birinchi marta nomi tilga olinishi 425-yildan

boshlanishi mumkin. Yuqorida oʻrganilgan Noldekening asarlarida eftaliylar

hukmdorlarining aynan Bahrom V bilan boʻlgan munosabatlari ham bayon etilgan.

Asar asosan arab manbalariga asoslanib yozilgani uchun ham unda eftaliylar nomi

haitallar soʻzi orqali ifodalanadi. Asarda Bahrom V va eftaliylar hukmdori oʻrtasidagi

jang haqida soʻz boradi

[4: 119]

. Biroq Bahrom V tomonidan magʻlub qilingan

bosqinchilarni kimlar boʻlganini aniq ayta olish juda muammoli, chunki bu davrga

tegishli manbalarda bu borada aniq bayonotlar berilmagan va voqealar

xronologiyasini qayta tiklash qiyin masala boʻlib qolmoqda

[10: 104], [9: 25]

. Bu

fikrlar nemis tarixshunoslaridan boʻlmish Walter Pohl va Timo Stiklerlarning

asarlarida ham bir xil holatda keltirilgan. Boshqa tarixshunoslar Daniel Potts va

Nikolaus Shindellarning fikriga koʻra esa, Bahrom V hali ham xioniylar yoki

kidariylarga qarshi kurashib kelgan

[3: 365].

Bundan ko‘rinib turibdiki, XIX asrda

yaratilgan adabiyotlar keyinchalik tahlil qilinib, yangi yondashuvlar bilan tadqiqotlar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

74

olib borilgan. Shu sababli ham adabiyotlardagi ma'lumotlarni o‘zaro qiyoslab

o‘rganish joizdir. Yana boshqa adabiyotlarda quyidagi fikrlar ilgari suriladi:

Ehtimol eftaliylar keyinroq, V asrning 70-yillaridan keyin kirib kelgan,

chunki Peroʻz I 460-yillarda kidariylarga qarshi janglar qilgan, eftaliylar bilan esa

470-yillarda kurashgan

[1: 138]

. Frans Althaym ushbu ma’lumotlarni vizantiya va

arman manbalariga asoslanib berganini oʻz asarida keltirib oʻtadi.

Ammo eftaliylar va kidariylarni bir guruhga kiritilgan tadqiqotlarni ham

koʻrishimiz mumkin. Numizmat olim Robert Gobl ularni “Eron xunnlari” nomi bilan

mashhur boʻlgan guruhga kiritadi

[2: 138]

. Biroq Goblning bu sof numizmatik tasnifi,

albatta, oʻzgartirilishi mumkin, chunki u yozma manbalarni chetlab oʻtgan, va hatto

xioniylar nomi uning ishida uchramaydi

[9: 29]

, ‒ deydi Timo Stickler oʻz asarida.

Eftaliylarning Sosoniylar saltanatiga qayta-qayta yurish qilib, yuqorida tilga olingan

sosoniylar shohi Peroʻz I ni 484-yilda ular tomonidan oʻldirilishi yozma manbalarda

oʻz aksini topgan

[4: 125]

. Noldeke ham oʻz asarida eftaliylar va Peroʻz oʻrtasidagi

muammoli vaziyatni oʻrganadi.

Fors manbalarida 442-yildan boshlab Yazdigird II (435 – 457) bilan jang

qilgan “fetal qabilalari” sifatida tilga olinadi, deydi arman tarixchisi Yelisey

Vardaped. 453-yilda Yazdigird II eftaliylar yoki ularga aloqador guruhlar bilan aloqa

oʻrnatish uchun oʻz saroyini sharqqa koʻchiradi. 458-yilda eftaliylar podshosi

Sosoniylar imperatori Peroʻz I ga ukasidan Fors taxtini tortib olishga yordam beradi.

Buning evaziga esa Peroʻz eftaliylarga kidariylarni yoʻq qilishda yordam bergan

boʻlishlari mumkin

[4: 121]

. 467-yilda ular kidariylarni magʻlub etishadi va

Gandharada panoh topishga majbur boʻlishadi

[6: 74]

. Ushbu ma’lumotni M.Shtayn

o‘zining asarida keltirib o‘tadi.

Eftaliylar davlatining tashkil topishi Sharqdagi sosoniylarning tashqi siyosiy

ta’limotiga sezilarli ta’sir koʻrsatdi. 428-yilda eftaliylar oʻzlarining harbiy va siyosiy

taʼsirini mintaqada kengaytirish maqsadida Sosoniylar Eroniga hujum qildilar, ammo

magʻlubiyatga uchradilar va tinchlik shartnomasini tuzishga majbur boʻldilar, unga

koʻra urushayotgan tomonlar oʻrtasidagi chegaralar belgilandi. Eftaliylarning

sosoniylar bilan bu urushi IX – XI asrlarga oid bir qator arab va fors tilidagi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

75

manbalardan dalolat beradi. Bu maʼlumotlar (kichik tafovutlar bilan) quyidagilarni

aniqlashtirish imkonini beradi: birinchidan, shoh Varahran V (421 – 439)

boshchiligidagi sosoniy qoʻshinlarining Marvga, soʻngra goʻyoki Buxoroga

harakatlanish yoʻli; ikkinchidan, Bahrom V ning sharqiy mudofaa yurishining

geografik hududi, u koʻp jihatdan Kayxusravning Afrosiyob bilan urushidagi

yurishlar maydoniga oʻxshash; uchinchidan, Oʻrta Osiyo Mesopotamiya yarim

mustaqil mulklarining Sosoniylar Eroniga bogʻliqlik darajasi; toʻrtinchidan,

Afgʻoniston va Oʻrta Osiyoning salmoqli qismini (Balx, Garjiston, Xuttalon,

Chagʻoniyon va Buxoro) qamrab olgan eftaliylarning siyosiy hokimiyati tarqalgan

hududlar

[1:252]

. Bobda Eronning shimoli-sharqiy chegarasida eftaliylarga qarshi

kurash sosoniy podshohlari – Yazdigard II (439 – 457) va Peroʻz (459 – 484)larning

asosiy vazifasi boʻlganligi qayd etilgan. Arman-suriya manbalariga koʻra, Yazdigard

II shimoli-sharqiy yoʻnalishda uchta yurish (442 – 449, 450 – 451, 453 – 454) amalga

oshirib, sosoniylar chegaralarini eftaliylar hujumidan himoya qilishga uringan.

Yazdigard II ning birinchi yurishi Janubiy Kaspiy dengizi (Jurjon shahri ulushi bilan),

ikkinchisi Xuroson, uchinchisi Shimoliy Baqtriya-Toxariston hududlarini qamrab

oldi. Xurosonga qarshi yurish yanada muvaffaqiyatli hisoblanadi, chunki bundan

keyin Yazdigard II Kushonshahrda sosoniylarning siyosiy hokimiyatini tikladi va

sosoniylar taxti vorislari orasidan hokimlarni tayinlash amaliyotini tikladi. Ushbu

operatsiyalar ishtirokchisi Yegishe Yazdigard II ning (450 – 451) ikkinchi yurishi

bilan bogʻliq voqealarni bayon qilib, “Eftaliylar mamlakati” (“La terre des

Ephthalite”) haqida gapiradi va bu birinchi xabardir. Birinchi yurishlardagi

muvaffaqiyatlar Yazdigard II ga Sharqqa yanada oldinga siljish imkonini berdi,

ammo bu safar sosoniylar qoʻshini Shimoliy Baqtriya-Toxaristonda eftaliylar bilan

toʻqnash keldi va magʻlubiyatga uchradi. Ayni vaqtda eftaliylar Sosoniylar Eroniga

bostirib kiradilar va Yegishning yozishicha: “... oʻsha paytda Kushonlar oʻlkasidan

dushman otryadi ajralib chiqqani haqida ogʻir xabar keladi, bu otryad chiqib ketib,

koʻplab podsholik hududlarini vayron qiladi”

[11: 148]

. Bu voqea aks-sadolari

Noldekening asarida ham oʻz aksini topgan boʻlib, eftaliylar shohi Faganish (458-yil)

sosoniy shahzodasi Peroʻzga (Yazdigard II davrida) Oʻrta Osiyoning Termiz va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

76

Visegerd shaharlarini eftaliylar qoʻliga oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻzaro kelishuvni

eslatadi

[4: 128]

. Bundan kelib chiqadiki Noldeke nafaqat Tabariyning asarini, balki

arman manbalarini ham tadqiq qilgan.

Bu boradagi fikrlar shu qadar chalkashligidan va manbalarning toʻliq

oʻrganilmaganligi, ulardagi ma’lumotlarning esa yetarli emasligi ilk oʻrta asrlar

tarixini aniq faktlar orqali ochib berishni qiyinlashtiradi.

XVII asr oxirida boshlangan eftaliylar tarixi masalasidagi muammolarni

oʻrganish dastlab xitoy, arab va fors manbalarida asosiy ma’lumotlar saqlanib qolgan

tor doiradagi masalalarni oʻrganish bilan cheklandi. Yevropa va Rossiyada eftaliylar

tarixini oʻrganishning boshlanishi xitoy, arab va fors tilidagi oʻrta asr manbalarini

tarjima qilish va nashr etish bilan bogʻliq. Yevropa tadqiqotchilari Gʻarbiy

sharqshunoslik shakllanishidan ancha oldin tanish boʻlgan eftaliylar haqidagi arman,

yunon, Vizantiya va Suriya rivoyat manbalaridan olingan ma’lumotlar bu masalani

shakllantirish va ilmiy yoritish uchun yetarli emas edi. XX asr sovet va chet el

arxeologlari tomonidan olib borilgan qazishma va kashfiyotlar asosida umuman Oʻrta

Osiyoning ilk oʻrta asrlar tarixi, xususan, eftaliylar tarixi boʻyicha moddiy-axborot

bazasi sezilarli darajada kengaydi. Eftaliylar tarixini oʻrganish Oʻrta Osiyo va uning

alohida tarixiy-madaniy mintaqalari va davlatlari tarixiga oid ilmiy nashrlarda,

shuningdek, Oʻrta Osiyo xalqlari va mamlakatlari tarixi va madaniyatiga oid

umumlashtirilgan ilmiy va akademik ishlarda oʻz aksini topgan.

Natijalarni umumlashtiradigan bo‘lsak, eftaliylarning sosoniylar bilan olib

borgan siyosati nihoyatda muammoli kechgan, goh sosoniy shahzodalar taxtni

egallash uchun eftaliy hukmdorlardan madad so‘ragan bo‘lsa, goh ularga hiyla

ishlatib, urushlarni boshlaganlar. T.Noldeke buni arman manbalari orqali izohlaydi.

Ammo xolislik tamoyili bilan yondashadigan bo‘lsak, armanlar eftaliylar bilan

nihoyatda yaxshi munosabatda bo‘lganligini va ular o‘rtasidagi aloqalar uzoq

vaqtgacha saqlanib qolganiniga ham e’tibor berish lozim. Shu sababdan ham bu

masalani keng doirada, manbalar va adabiyotlardagi ma’lumotlarni qiyoslagan holda

tadqiq etish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Xulosa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

77

Demak, ba’zi ma’lumotlarning qarama-qarshiligi nemis tarixshunosligidagi

adabiyotlarda ham koʻzga tashlanadi. XIX asr nemis tarixshunoslari boʻlmish

Noldeke, Tomashek va Shtaynlarning asarlarini oʻrganish davomida Eftaliylar

davlatining sosoniylar bilan olib borgan tashqi siyosati va ular oʻrtasidagi ziddiyatli

masalalar ham yoritilganiga guvoh boʻldik. T.Noldeke eftaliylarning fors shohi

Bahrom V va Peroʻz bilan qarama-qarshiliklarini nafaqat Tabariyning asari asosida,

balki vizantiya va arman manbalari asosida ham izohlaydi. V.Tomashek va

M.Shtaynlar esa bu masalaga umumiy kontekstda yondashib oʻtganlar.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, XIX asrdayoq nemis tarixshunoslari

Oʻrta Osiyo tarixi masalasiga ham toʻxtalib oʻtganlar. Bir qarashda yuqorida

keltirilgan adabiyotlar bizning tariximizga bogʻliq emasdek koʻrinadi, ammo

tarixshunoslik

nuqtayi

nazaridan

chuqurroq

oʻrganilganda qidirayotgan

ma’lumotlarimizni topishimiz mumkin boʻladi. Ushbu asarlarni ham chuqurroq

oʻrganib, ilm-fanga tatbiq etilsa, tariximizdagi bizga hali hamon noma’lum boʻlib

kelayotgan masalalarga oydinlik kiritishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Altheim, Franz. Geschichte der Hunnen. Band 2: Die Hephthaliten in Iran.

Berlin, 1989. – 347 S.

2.

Gӧbl, Robert. Dokumente zur Geschichte der Iranischen Hunnen und Indien.

Wiesbaden, 1967. – 178 S.

3.

Nikolaus Schindel: Wahram V. Band. 1. – Wien 2004. – 420 S.

4.

Nӧldeke, Teodor. Geschichte der Perser und Araber zur Zeit der Sasaniden.

Aus der arabischen Chronik der Tabari. Leyden, 1879. – 503 S.

5.

Nӧldeke, Teodor. Aufsätze zur persischen Gechichte. Leipzig, 1887. – 450 S.

6.

Stein, M. A. White Huns and Kindred Tribes in the History of the Indian North-

West Frontier. Indian Antiquary 34, 1897. pp. 73 – 87.

7.

Tomaschek, W. Centralasiatische Studien. I. Sogdiana. Sitzungberichte der

philosophisch-historischen Classe der kaiserlichen Akademie der Wissenschaften 87,

1877. 67 – 184 S.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–6_ Январь –2025

78

8.

Tomaschek, W. Chionitae. Paulys Real-Encyclopädie der classischen

Altertumwissenschaft. Herausgegeben von Wissowa, G. Stuttgart – München, 1899.

340 S.

9.

Timo Stickler: Die Hunnen. ‒ München 2007. – 38 S.

10.

Walter Pohl. Die Vӧlkerwanderung. 2. Band. ‒ Stuttgart 2005. – 258 S.

11.

Егишэ. О Вардане и войне армянской / Пер. с др.-арм. яз. акад. И.О.

Орбели; подгот. к изд., предисл. и примеч. К.Н. Юзбашяна. – Ереван: Изд-во

АН АрмССР, 1971. 218 c.