Authors

  • Yuldasheva. D

Author Biography

  • Yuldasheva. D

    Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining

    ilmiy xodimi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94079

Keywords:

Yuldasheva. D

Abstract

Mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qo‘llab quvatlash,ularning marketing siyosati va xizmatlari soxasini kompleks rivojlantirish,muzeylarga inovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash, shuningdek muzeylarda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi,Birinchi va Ikkinchi Renesans davrlari, buyuk allomalar xayoti va faoliyatiga oid zamonaviy yangi ekspoziyalarni yaratish,muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy va madaniy me’rosimizni keng targ‘ib qilish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

180

MUZEYSHUNOSLIK FANNING MAQSADI

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining

ilmiy xodimi

Yuldasheva. D

Mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qo‘llab quvatlash,ularning marketing

siyosati va xizmatlari soxasini kompleks rivojlantirish,muzeylarga inovatsion

texnologiyalarni samarali qo‘llash, shuningdek muzeylarda o‘zbek xalqi va

davlatchiligi tarixi,Birinchi va Ikkinchi Renesans davrlari, buyuk allomalar xayoti va

faoliyatiga oid zamonaviy yangi ekspoziyalarni yaratish,muzey to‘plamlaridagi boy

tarixiy va madaniy me’rosimizni keng targ‘ib qilish

Muzeyshunoslik-muzeylarning tarixi va ijtimoiy vazifalari, muzey ishining

nazariyasi va metodikasi masalalarini o`rganuvchi fan hisoblanadi. Muzeyshunoslik

muzey

ishi

nazariyasi,

muzey

ishi

tarixi,

muzey

manbashunosligi,

muzeyshunoslikning ilmiy metodikasi kabi tarmoqlarga bo`linadi. Muzeyshunoslikda

muzeylarning tabiat va jamiyatni o`rganish bilan uzviy bog`liq bo`lgan manbalarni

to`ldirish, muzey buyumlarini ilmiy hujjatlashtirish, o`rganish va saqlash,

ekspozitsiya va ko`rgazmalar tashkil etish, ilmiy-ma`rifatparvarlik faoliyati va

boshqalarda namoyon bo`ladigan sotsial funksiyalari ustida tadqiqotlar olib boriladi.

Shuningdek muzeylarni to`ldirish, yodgorliklarni hisobga olish, saqlash va

restavratsiya qilishning ilmiy prinsiplarini o`rganadi.

Muzeyshunoslik deganda odatda «muzey ishi haqidagi fan», «muzeylar

haqidagi fan» yoki qisqa qilib aytganda «muzey nazariyasi» tushuniladi. Lekin bu

yuzaki tasavvur bo`lib, hozirgi kunda shu bilan kifoyalanib bo`lmaydi. Shunday ekan

muzeyshunoslik tushunchasining hal qiluvchi aniqlovchi belgisi va formulirokasini

aniqlash vazifasi paydo bo`ladi. Yagona va hamma tan oladigan ilmiy ta`rif hozircha

mavjud emas. Bunday murakkablik faqat muzeyshunoslikki xos bo`lmasdan, yangi

paydo bo`lgan ko`plab fanlarda ham mavjud.

Muzeyshunoslik (kamida 16 asrdan boshlab) tajribalarni umumlashtirish va

materiallarni tizimlashtirishning uzoq yo`li orqali o`zining nazariy tizimini, uslubini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

181

va fanlar ichidagi o`zining o`rnini aniqlay boshladi. Lekin faqat keyingi o`n

yilliklarda asosiy tushunchalarning shakllanishi, fanning umumiy nazariy

elementlarining yaratilishi muzeyshunoslikning rivojlanishini belgilab berdi.

Muzeyshunoslikka oid adabiyotlarda ilmiy fan bo`lgan muzeyshunoslik bir

xilda tadqiq qilinmaydi. Ko`plab mamlakatlarda muzeyshunoslikka mustaqil fan

sifatida qaraladi, lekin uning xarakterli belgilarini aniqlashda ayrim tafovutlar,

kelishmovchiliklar mavjud.

Bundan tashqari ayrim mamlakatlardagi olimlar muzeyshunoslikning maxsus

fan sifatida shakllanishi mumkinligini butunlay rad qilishadi. Shularga qaramasdan

hozirgi kunda muzeyshunoslik muzeylarning Xalqaro Kengashi (IKOM) tomonidan

to`la tan olindi. Shunday qilib, muzeyshunoslikka ta`rif beradigan bo`lsak,

Muzeyshunoslik-bu ijtimoiy fan bo`lib, sotsial informatsiyalarni to`plash, saqlash

jarayonlarini, bilimlarni va hissiyotni bilish va muzey predmetlari orqali yetkazib

berishni, muzey ishini, ijtimoiy institut sifatida muzeyni, uning sotsial funksiyalarini

va turli ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda ularning amalga oshirish formalarini o`rganadi.

Lekin o`rganishning predmeti, o`rganishning obyektidan farq qilib, doimo

o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lishi kerak va ana shu o`ziga xoslik mustaqil ilmiy

fanning muhim belgisi hisoblanadi. Uni topish va loyihalash kerak bo`ladi.

Hozirgacha olib borilgan ilmiy izlanishlarga tayanib, muzeyshunoslikning predmetini

quyidagicha belgilash mumkin: Muzeyshunoslikning predmeti-sotsial axborotlarni

to`plash va saqlash jarayonlarining, bilimlarni, an`analarni, tasavvurlarni va

hissiyotini anglash va muzey predmetlari orqali yetkazib berishning, muzeyning,

muzey ishining paydo bo`lishi, rivojlanishi va ijtimoiy doirasini o`rganishdan

iboratdir.

Endi muzey predmeti tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Bu masalaga

olimlar XVII asrdayoq aniqlik kiritishga harakat qilishgan. I. D. Mayorning

urinishlari bunga misol bo`la oladi. U muzeyda saqalanadigan predmetlarga real,

to`la, haqqoniy, qudratli va uzoq vaqt saqlanadigan narsalar sifatida qaragan.

XIX asrga kelib fanning ixtisoslashuvi shunga olib keldiki, muzeylarda

saqlanayotgan predmetlarga ko`proq turli fanlarning manbalari sifatida san`at


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

182

asarlari, tabiat parchalari sifatida qarala boshlandi. Bularning barchasini

umumlashtiruvchi «kolleksion predmet» degan tushuncha paydo bo`ldi.

Hozirgi paytda muzey predmeti deganda asl nusxadagi hujjat ahamiyatiga ega

bo`lgan va muzey sohasiga mos tushadigan inson faoliyatining natijasi yoki tabiat

hayoti tushuniladi.

Hozirgacha fan to`plagan ma`lumotlarga asoslanib muzey predmeti-bu real

voqelikdan ajratib olingan, muzey ahamiyatiga ega bo`lgan, muzey to`plamiga

kiritilgan va uzoq vaqt saqlanishi mumkin bo`lgan predmetdir. U ijtimoiy yoki tabiiy-

ilmiy axborotlarni tashuvchi-bilimlar va ruhiy kechinmalarning asl manbai, madaniy-

tarixiy boylik-milliy mulkning bir bo`lagi hisoblanadi.

Aytilganlardan xulosa qilib muzeyga quyidagicha ta`rif berish mumkin.

Muzey-bu sotsial axborotlarning tarixan o`zaro bog`lovchi ko`p funksiyali institut

bo`lib, madaniy-tarixiy va tabiiy-ilmiy boyliklarni saqlashga, axborotlarni to`plashga

va muzey predmetlari orqali tarqatishga mo`ljallangandir. Muzey turli jarayonlarni,

tabiat va jamiyat hodisalarini hujjatlashtiradi, muzey predmetlarining kolleksiyasini

to`ldiradi, saqlaydi, o`rganadi, shuningdek ulardan ilmiy, ma`rifiy-tarbiyaviy va

tashviqotchilik maqsadlarida foydalaniladi.

Muzey predmetlarini tadqiq qilishda, muzey kommunikatsiyasini amalga

oshirishda ijtimoiy va tabiiy fanlarning har xil uslublari qo`llaniladi. Jumladan,

maxsus va yordamchi tarix fanlarining, san`atshunoslik va adabiyotshunoslikning

uslublari keng qo`llaniladi. Muzey ekspozitsiyasini va ko`rgazmasini tayyorlashda,

muzeyga keluvchilarni o`rganishda va turli formadagi ta`lim-tarbiyaviy faoliyatini

amalga oshirishda pedagogika va psixologiyaning uslublaridan ham foydalaniladi.

Muzey predmetlarini restavratsiya va konservatsiya qilishda tabiiy fanlarning

uslublari-rentgenografiya, spektografiya va boshqa uslublar qo`llaniladi.

Ko`plab tabiiy va ijtimoiy fanlarda mavjud bo`lgan dala tadqiqotlari uslubidan

foydalaniladi. Bu uslub mavjud bo`lgan va amal qilinayotgan tizimlarni o`rganishda

qo`llaniladi.

Ekspozitsiya sohasidagi tadqiqot, uni o`zlashtirish, konservatsiyaga oid ish,

muzey predmetlarini restavratsiya qilish ekspremental uslubni qo`llashni talab qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

183

Bu uslublarning barchasi muzeyshunoslikda o`rganish predmetining

xususiyatiga qarab bir holatdan boshqa xolatga o`tib turadi. Muzeyshunoslikda

qo`llaniladigan ilmiy uslublar hozircha ana shulardan iborat. Albatta fanning

rivojlanishi bilan u qo`llanadigan uslublar ham ko`paya boraveradi.

Misol tariqasida qadimgi Yunon muzeylarini keltirish mumkin. Muzeylarning

dastlabki vatani Yunonistondir. Yunonistonda Gelikon tog`i atrofida muzalarga

bag`ishlab har besh yilda bir marta bayramlar o`tkazilib,unda shoirlar, rassomlar, va

haykaltaroshlarning o`zaro musobaqalari bo`lib turgan.

Muzeylar ayniqsa Yevropada Uyg`onish davrida rivojlangan. 15 asrda

Italiyada ilk marotaba ommaviy muzey ochilgan. Londondagi Britaniya muzeyi

(1753), Parijdagi Luvr muzeyi (1793) va boshqalar ham Yevropadagi ilk ommaviy

muzeylardan hisoblanadi.

O`rta Osiyo, xususan O`zbekiston muzeylari haqida gapiriladigan bo`lsa,

san`at asarlari, badiiy boyliklar, odamlar sig`inadigan hayvonlar, xudolarning

haykallari va yozuvlari qadrlangan va yig`ib borilgan, ammo ommaviy muzeylar

yurtimizda rus bosqinidan keyin paydo bo`lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

:

1.Almeyev R. Muzei Uzbekistana i sotsialno-kulturnie perspektivi ix razvitiya. –

Tashkent: Izdatelsko-poligraficheskiy dom imeni Gafura Gulyama. 2007.

2.Ilalov I. Muzeyevedeniye. – Tashkent: Musiqa, 2006.

3.Arxiv.uz